Tarixiy tadqiqot uchun manbalarni turkumlashning ahamiyati
Download 22.38 Kb.
|
1 2
Bog'liqsh p
Tarixiy tadqiqot uchun manbalarni turkumlashning ahamiyati. Shark yozma manbalarni turkumlashning yagona anik bir koidasi xozirgacha ishlab chikilmagan. Mavjud ko`lyozma manbalar fixristi bir kismi asarlar tili no`ktai nazaridan kelib chikib tuzilgan. Masalan, Angliyaning Britaniya muzeyida saklanayotgan shark ko`lyozmalari yirik sharkshunos Charlz Riyo tomonidan ularning kaysi tilda yozilganiga karab, arab, fors va turkiy tildagi ko`lyozmalarni aloxida, aloxida tavsifga olib fixrist tuzgan. Frantsiya poytaxti Parijdagi Milliy kutubxonadagi saklanayotgan shark ko`lyozmalari xakida Edgar Bloshe xam shu tartibda katalog tuzgan. Toshkentdagi Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharkshunoslik instituti xazinasidagi ko`yozmalar birinchi bor saklanayotgan tashkilot “O`zbekiston Fanlar Akademiyasi Shark ko`lyozmalari majmuasi” nomi ostida turli tildagi va turli mavzudagi asarlar tavsifga olinib, ularning o`n bir jildda nashr etilgan. Xozir ko`lyozmalarni kaysi fan soxasiga oidligiga karab tavsifga olish boshlab yuborilgan mana shunday kataloglar chop etilmokda. Ba`zi manbashunoslar ko`lyozmalarni mazmuniga karab, asarda kaysi masala bayon etilganiga karab, turkumlashni lozim topsalar, ularning boshka bir guruxi asarning kelib chikishiga, ya`ni kaerda va kachon yozilganligiga karab turkumlashni ma`kul ko`radilar. Yana bir gurux olimlar esa ularni rasmiy xujjatlar, tarixiy, geo-kosmografik va biografik asarlar kabi turlarga bo`lib o`rganishni tavsiya kiladilar. Manbalarni avtograf – ya`ni muallifning o`z ko`li bilan ekanligiga karab yoki ko`chirilgan nusxa ekanligigi karab turkumlash xollari xam uchraydi. Xozirgi paytda tarixchi manbashunoslar manbalar ustida ishlashning fakat bittasiga, ya`ni ularning turlariga karab tadkik etishni maksadga muvofik deb xisoblaydilar. Chunki boshka tadkikot yo`llari yozma manbani chukur va atroflicha o`rganish xamda taxlil kilish vazifalariga to`la javob bera olmaydi. Birinchidan, tarixiy manbalar ichida fakat bir masala – ijtimoiy-iktisodiy, siyosiy, madaniy va boshkaga butunlay bagishlangan asar deyarli yo`k yoki juda kam. Til bo`yicha manbalarni o`rganish yomon emas, lekin biror mavzuga oid manbalarni o`rganganda, fakat bir yoki ikki tilda yaratilgan asarlar bilan chegaralanish tadkikot ilmiy kiymatini pasaytiradi. Mana shularni inobatga olganda, tarixiy manbalarni turlariga va kaysi davr vokealarini aks ettirganligiga karab turkumlash maksadga muvofikdir. Avvalgi paytlarda talaygina markaziy oliy o`kuv yurtlarida o`kitilgan “CCJM tarixi manbashunosligi” va “O`rta asrlar tarixi manbashunosligi” darsliklari mana shu koidaga asoslangan. B. A. Axmedov “O`zbekiston tarixi (o`rta asrlar) manbalari”ni (yozma manbalarni) kuyidagi uch turga bo`lib o`rganishni tavsiya kilgan: 1) Ashyoviy manbalar, ya`ni arxeologik kazishlar natijasida topilgan ashyolar; 2) rasmiy xujjatlar; 3) tarixiy, geo-kosmografik xamda biografik asarlar. Ushbu turkumda kayd etilgan arxeologik yoki ashyoviy manbalar, ya`ni kadimda ajdodlarimiz turmush tarzi va ijtimoiy faoliyatini o`rganish uchun asosiy manba bo`lib xizmat kiluvchi manbalar asosan arxeologiya fani tomonidan o`rganiladi va biz uchun ko`shimcha yoki yordamchi dalil sifatida tadkikotlarga jalb etilishi mumkin. Bizning fikrimizcha, O`zbekiston tarixi yozma manbalarini asasan ikki turga bo`lib o`rganish ma`kul ko`rinadi. 1) rasmiy xujjatlar – yorliklar, farmonlar, inoyatnomalar, vakfnomalar, xisob-kitob daftarlari, raxnomalar, rasmiy yozishmalar, maktublar va boshkalar. Download 22.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling