Tarixning antik falsafasi


Download 100.5 Kb.
bet1/5
Sana16.06.2023
Hajmi100.5 Kb.
#1505376
  1   2   3   4   5
Bog'liq
TARIXNING ANTIK FALSAFASI


TARIXNING ANTIK FALSAFASI
Reja:



  1. Gretsiyada tarix fani.

  2. Geradot – ilmiy tarixning yaratilishi

  3. Polibiy

  4. Tit Liviy

  5. Avgustin va uning talimotida xristian dining tasiri

Gretsiyada tarix fani birdaniga vujudga kelgan emas. Greklarning tasavvuricha tarix fan emas, balki sanatdan va pand – nasihatdan iborat, shu sababli qadimgi greklar boshqa fanlar singari tarihning ham о`z muzasi bor, bu muza Kliodir Klmo boshqa muzalar bilan bir qatorda sanatlar xudosi Apolon ayonlari orasida bо`lgan, deb hisoblaganlar . Greklar tarixiy voqealar tо`g`risida chiroyli va pand – nasixatli hikoyani xammadan kо`proq qadirlaganlar. Ular tarixning asosiy vazifasi pand – nasixatdan iborat deb hisoblaganlar.


Dastlabki vaqtlarda logograf deb ataluvchi kishilar (“logos” “sо`z”, “grafo”- yozaman demakdir) shaharlarning odatda о`zlari tug`ilgan shaharlarning tarixi tо`g`risida yozganlar. Logograflar eramizdan avvalgi VII asrda va V asrning boshlarida yashaganlar. О`z asarlarida ular biron shaharning tarixini yozganlar, lekin ular bu tarixni afsona bilan aralashtirganlar.
Geradot – ilmiy tarixning yaratilishi.
Geradotni biz tarixchi sifatida yaxshi bilamiz. Uning tо`qqiz tо`mli tarix asarining har biri yuz ellik va undan ortiq hikoya, rivoyat va о`ziga xos tarixiy novellalarni о`z ichiga oladi.
Geradot asarlari Plutarx, Yustin, ijodlariga ham katta tasir о`tkazgan, taniqli tadqiqotchi M, Mandesning fikricha Yustinning kо`pgina fikrlari Geradotdan olinganligi Diadorning kо`pgina tasvirlari Fukididga yaqin turganligi qayd etiladi.
Arrian Ksenofont ijodini davom ettirganligini ochiq oydin aytadi. Geradot yoshligididan syoxat qilishni yashi kо`radi. Galikarnos port shahri, savdo-sotiq bilan shug`illanuvchi savdogarlar, yо`lovchilar shahri bо`lgani uchunmi о`spirinlik yillaridayoq u yaqin atrofdagi mamlakatlarga borib qoladi. Dengiz shunqori va sayohlari tilidan g`aroyib sarguzashtlarni tinglashni juda – juda yoqtiradi. “eron tarixi kitobi” Geradot etiborini ayniqsa о`ziga tortadi. Xaronning “Eron tarixi” kitobida Ahamoniylar davlatiga qaram bо`lgan Osiyodagi kо`pgina malumotlar haqida qimmatli malumotlar bor.
Gerodot tug`ilgan о`lka tarixiy sarguzashtlarga boy edi. Bunday tarixiy voqealarni kо`p eshitgan Gerodot keyinchalik haqli ravishda tarixiy hikoyalar ijodkori bо`lib, qoladi. Gerodotning ona shahri Galikarnos hokimi Lagdimid qarshi kо`tarilgan isyonda Paniasid bilan bostiriladi. Geradot esa mamlakatdan quvg`in qilinadi. Shundan sо`ng bо`lajak tarixchi Osiyo bо`ylab safarga chiqishga qaror qildi. Geradot qora dengiz qirg`oqlari bо`ylab safardaligida Olviya shahri va ularga yaqin joylashgan skiflar haqida qiziqarli malumotlarni eshitadi. Undan ilgari ham skiflar haqida talaygina kitoblarni о`qib ularning hayot kechirish tarziga qiziqib qolgan edi.
Geradot Samos orolida bir muncha vaqt bо`lib, Osiyo bо`ylab safarga jо`naydi. Geradot dastlab, Ahamoniylar davlatining markazi bо`lgan suz shahriga keladi.efes va Sard shaharlarida bо`ldi. Kichik Osiyodagi Galis, Mesopatamiyadagi Efrat va Tigr daryolaridan о`tadi. Geradotning fikricha, Kaspiy bо`ylarida kо`chmanchi massagetlar yashaydi. Massagetlar baliq gо`shti, parranda va sutli taomlarni istemol qilishadi. Bu yerning xalqlari juda jangari bо`lishgan. Aytishlaricha Eron shohi Kir xam ularni о`ziga bо`ysudira olmagan. Geradot Mesopatamiya va Vaviloniya о`lkalarining tabiatiga ham keng tо`xtaladi. Bu joylar Orol dengiziga yaqin bо`lib, ayrim tadqiqotchilar bu о`lkalarga Geradot kelmagan deyishsa, boshqalar kelgan deyishadi. Geradot О`rta Osiyo haqida muhim malumotlar keltiradi. Bu yerda bir necha hokimliklar mavjudligini, ularning hammasi ulkan Eron davlatiga qaram ekanligini tasdiqlaydi. Bu hokimliklarni aniq nomi bilan ataydi. Jumladan, Baqtriya, Girkaniya, Kaspiy, sо`g`dlar, saklar, xorasmiylar va oriylar, bu о`rinda izoh talab nomlardan oriylar Afg`onistonning g`arbiy qismiga joylashgan elatlardir. Baqtriyaning poytaxti о`sha vaqtda Balh shahri bо`lgan kaspiy hokimligida Turkmanistonning janubi- g`arbiy qismida joylashgan qabilalar kirgan Xorazmiylar xorazmliklar, sо`g`dlar Politmet (Zarafshon) bо`ylarida, saklar Tyanshan tog`ining g`arbiy etaklarida joylashgan edilar. Shundan sо`ng Geradot Hindiston о`lkasida sayohatini davom ettirib, Panjobga boradi. Bu yerga bostirib kelgan Doro haqida qimmatli malumotlar tо`playdi. Geradot keyingi asarlarida Liviya, Misr о`lkalarini ham keng tasvirlaydi. Geradot tarixning shunchaki xabarchisi emas, balki tarixni jonlantirib kо`rsatuvchi yetuk ijodkordir. Uning skiflar haqidagi asarlari nihoyatda bebaxo va qadrli.
Geradotning “skiflar” asari jahon xazinasida munosib о`rin tutgan, bu asar juda kо`plab tillarga tarjima qilingan. Skiflarni birinchi bо`lib, jahonga tanitgan ham Geradotdir, XVII – XVIII asrlardayoq rus imperatorlari Geradotning “skiflar” asarini juda katta qiziqish bilan о`qishgan va juda kо`p nushalarda tarjima qilishga buyuruq berishgan. Natijada, asar bir necha marta tarjima qilinib, qayta-qayta nashr etiladi. Skiflar haqida Geradotdan ilgari Yunon olimlari Gomer,Esxil ham yozganlar, lekin skiflarning xaqiqiy va birinchi targ`ibotchisi Geradot edi. Geradotning “skiflar” asarining uslubi, undagi hikoyalarning xarakterli xususiyat-lari haqida bir qancha ilmiy tadqiqot ishlari yuzaga keldi. Bu ilmiy tadqiqotlar ichida ayniqsa, I. Y. Timoshenkoning “ Geradot va uning asari” Vitold Klingerning “hikoyachilik motivlari” asarlari shuningdek, sharq halqlarini tarixiy hikoyalari” kabi juda katta axamiyatga ega bо`lgan ijod durdonalari yuzaga keldi. Geradot katta ishga qо`l uradi. Faqat skiflarni emas Yevropa va Osiyodagi hatto Afrikadagi kо`pgina qabilalarning hayotiga oid malumotlarni aks ettiradi. Geradot ijodi Tarix nomli Tо`qqiz kitobi katta ilmiy xazinani tashkil etib, bu kitoblarning har qaysisi yuzlab hikoyalarni о`z ichiga olgan. Geradot antik davrdagi boshqa olimlardan shu bilan farq qiladiki, u fidoyi tarixchi edi. О`z hayotini taxlikaga qо`yib bо`lsa – da ijod dardida uzoq yurtlarni kezdi. Jahongashta tarixchi ne - ne xavf – xatarlarlarga duch kelmadi. Bu safarlarida u avval о`z kо`zi bilan kо`rib, qulog`i bilan eshitgach, keyin ijod qilardi. Xar qanday faraz va taxminlar uning uchun begona edi. U minglab qabila va elatlarda bо`ladi. Yuzlab daryolarni kechib о`tadi. О`sha paytda xech bir olimning qadami yetmagan uzoq о`lkalarni kezadi.xali kо`p kо`rilmagan mavzularni birinchi bо`lib yoritadi. Shuning uchun ham Geradot nomi tariximizda alohida axamiyat kasb etadi.
Yuqoridagi faktlar asosida biz aytishimiz mumkinki ilmiy tarixning yaratilishida Geradotning Tarix asari muxim axamiyat kasb etadi.

Download 100.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling