Tarixshunoslik
Download 183.08 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqKORABOYEV ELMUROD 20.1 GURUH
Mang`it shaharlari yaqinida va Xivaning o`zidan 10 krn
masofada ham shu kabi shiddatli janglar bo`ldi. Biroq Xiva qo`shinlari uncha katta bo`lmagan guruhlar bilan hujum qilishgani bois podsho qo`shinlari ularni parokanda qilib, shaharlarni bosib olishga muvaffaq bo`lardi. 1873- yil may o`rtalarida podsho qo`shinlarining ilg`or otryadi Xivaga yetib bordi va hujutn boshladi. Birinchi hujum qaytarildi va podsho otryadi katta talafot ko`rdi. Hujumga qo`mondonlik qilgan general Veryovkin hatn yarador bo`ldi. Talafot juda katta bo`lgani sababli otryad chekinishga hamda general Kaufman boshchiligidagi asosiy kuchlar yetib kelishini kutishga majbur bo`ldi. Kaufman yetib kelishi bilan qo`shin yana shaharni qo`lga kiritishga urinib ko`rdi, biroq bu urinish ham muvaffaqiyatsiz chiqdi. Kaufman muzokaralar olib borishga qaror qildi, shundan keyingina unga Hazorasp darvozasi ochildi. 29-may kuni general shaharga tantana bilan kirib keldi. Xivani bosib olgach, Kaufman xon xazinasini kontributsiya hisobidan musodara qilishni va uni Sankt-Peterburgga jo`natishni buyurdi. Qadimiy qo`lyozmalar, tanga tayyorlanadigan chekanlar (tanga- chaqa zarb qiladigan tamg`a va zarb tasviri), qo`ng`irot sulolasi xonlarining hokimiyati ramzlari ham qo`shib jo`natildi. Shundan so`ng Kaufman Gandimiyon qishlog`idagi qarorgohiga yo’1 oldi va Xiva xoni bilan muzokaralar shu yerda o`tkazildi. Yo`lga chiqqan 13 ming kishidan 7,5 ming nafarigina Xivagacha yetib bordi, xolos. Ko`pchilik issiqdan yoki kasalliklar tufayli vafot etdi yoxud yarador holda o`z bazalariga qaytib ketdi. Krasnovodsk va Mang`ishloq qo`shinlari jazirama issiqdan va suv yetishmasligidan holdan toyganligi sababli yo`lning yarmiga bormay orqaga qaytib ketdilar. Xiva xonligidagi hamma shahar va qishloqlar rus savdosi uchun ochiq. Rus savdogarlari va karvonlari xonlikda erkin harakatlanadilar va mahalliy hokimiyatning alohida g`amxo`rligidan foydalanadilar. Karvonlar va omborlarning xavfsizligi uchun xon hukumati javob beradi. Xonlikda savdo qiluvchi rus savdogarlari har qanday soliqlardan ozod qilinadi, xuddi shunday Xiva savdogarlari ham Kazalinsk yo`lida va Kaspiy dengizining Orenburg pristanida savdo qilganlari uchun soliq to`lamaydilar. Rus savdogarlariga xonlik yerlaridan qo`shni davlatlarga yuklarini bojsiz olib o`tish huquqi beriladi". Xiva xonligi zimmasiga 2,2 million rubl miqdorida mashaqqatli tovon (kofitributsiya) to`lash yuklandi. Xon xazinasida pul bo`lmagani uchun bu mablag` xalqdan yig`ib olinishi lozim edi. Foydalanilgan adabiyotlar 1.Majid Hasaniy "Yurt bo'ynidagi qilichi yoki istilo".T.:"Adolat" 1997 2.Bobobekov H.N "Po'latxon qo'zg'aloni",T.:1996 3.Muhammad Aziz Marg'iloniy "Tarixi Aziziy",T.:"Ma'naviyat" 1999 . TEST 1. O`rta Osiyoni Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinshining uchinchi bosqichi nechanchi yillarni o’z ichiga oladi ? A. 1873- 1879 B.1874 -1878 C.1871- 1879 D.1872- 1878 2. Gandiymon shartnomasi qachon imzolandi ? A. 1872-yil 12-avgust B.1873-yil 13- avgust C. 1876-yil 12-avgust D.1873-yil 12-avgust 3.Xiva shahri qachon egallandi? A.1873-yil 18-may B. 1873-yil 16-may C.1873-yil 29- may D. 1874-yil 29-may 4. 13 ming askardan necha nafari Xivagacha yetib oldi? A.7,5 ming B.8ming C. 9ming D. hammmasi 5. 1873 -yil qaysi oyda Xiva Xonligiga xujum boshlandi? A. fevral B. mart C. avgust D. iyun 6. Hujum nacha harbiy okrugdan iborat bo’lgan ? A.4 B.3 C.2 D.5 7. Kaufman o’zining birinchi harbiy kompaniyasidan so’ng necha yil davomida Xivaga yurish uchun tayyorgarlik ko’rdi? A.5 B .3 C .6 D.7 8. Qo’shin avvaliga yo’lda necha daraja sovuqda qoldi? A. -16 B.-19 C. -20 D. -25 9.Qo’shin hali yo’lning yarmini ham bosib o’tmasidan 120 kishilik rotalarda jangga shay askarlar ko’pi bilan necha kishi qolgandi? A. 25 B.26 C. 27 D. 29 10. Xiva xonligi zimmasiga necha million rubl miqdorda tovon to’lash yuklangandi? A. 2.3 B. 2.4 C. 2.2 D. 3 Download 183.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling