Tarixshunoslik
Download 183.08 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqKORABOYEV ELMUROD 20.1 GURUH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hazorasp
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI “TARIX O’QITISH METODIKASI” YO’NALISHI 20/1 GURUH TALABASI KORABOYEV ELMURODNING “TARIXSHUNOSLIK” FANIDAN REJA: 1. Xiva xonligini bosib olishga tayorgalik 2. XIVANING BOSIB OLINISHI 3. GANDIMIYON SHARTNOMASI VA UNING OQIBATLARI Kaufman o`zining birinchi harbiy kampaniyasidan so`ng besh yil davomida Xivaga yurish uchun tayyorgarlik ko`rdi. Pyotr I farmoni bilan yurish qilgan Bekovich- Cherkasskiy qo`shinining katta qismi halokatga uchraganiva Perovskiy qo`shinlarining yomon tayyorgarlikko`rilganligi sababli Xiva xonligi chegaralarigachayetib bormay, qaytib ketishga majbur bo`lgani uning yodida edi. Xiva xonligini bosib olishga tayyorgarlik davom etardi, chunki Xiva ustidan nazorat o`rnatishbutun Amudaryo ustidan hukmronlikni, bu yerdamuntazam kema qatnovini yo`lga qo`yishni va uningquyi oqimidagi g`oyat boy tekislikdan foydalanishimkoniyatini berar edi. O`rta Osiyoni Rossiya imperiyasi tomonidan bosibolinishining uchinchi bosqichi (1873—1879) o`rtaOsiyodagi barcha harbiy harakatlari orasidagi eng kengko`lamlisi edi. Undan ko`zlangan maqsad Xiva xonligini bosib olish edi. Hujum to`rt harbiy okrugdan: g`arb-da — Mang`ishloq, shimolda — Orenburg, sharqda —Turkiston va Krasnovodsk harbiy okruglaridan olib borildi. Ularda 12 ming nafardan ziyod .askar bor edi. Transport 4600 otdan va 20 ming tuyadan iborat edi. Kaufman ushbu barcha kuchlarning bosh qo`mondoni etib tayinlandi. U ushbu ulkan armiya bilan 1873-yil fevralda o`zining Toshkent, Kazalinsk, Orenburg, Mang`ishloq va Krasnovodskdagi barcha bazalaridan deyarli bir vaqtda yo`lga chiqdi. Biroq hujum rejasi yomon rejalashtirilganligi sababli, qo`shin avvaliga sovuq 25 daraja va keyinroq issiq soyada 42 darajaga yetadigan, qum 60 darajagacha qiziydigan, quduqlarda deyarli suv bo`lmagan dasht-u biyobondan o`tishda katta qiyinchiliklarga duch keladi. Toliqqan odamlar holdan toyib, dastlab bitta-bitta, keyinchalik esa guruh-guruh bo`lib ortda qola boshlashdi. Qo`shin hali yo`lning yarmini ham bosib o`tmasidan 120 kishilik rotalarda jangga shay askarlar ko`pi bilan 25 nafar qolgandi. Yo`lga chiqqan 13 ming kishidan 7,5 ming nafarigina Xivagacha yetib bordi, xolos. Ko`pchilik issiqdan yoki kasalliklar tufayli vafot etdi yoxud yarador holda o`z bazalariga qaytib ketdi. Krasnovodsk va Mang`ishloq qo`shinlari jazirama issiqdan va suv yetishmasligidan holdan toyganligi sababli yo`lning yarmiga bormay orqaga qaytib ketdilar. Turkiston, Orenburg qo`shinlari 1873-yil may oyida Xiva xonligi chegaralariga yaqin kelishdi. Yo`lda podsho qo`shinlariga xivaliklarning ko`plab mayda guruhlari hujum qilib, jiddiy talafot yetkazishardi. Xiva vohasi va Amudaryo sohillariga yaqinlashgan sayin xivaliklarning qarshiligi kuchayib borardi. 1873-yil may oyida Hazorasp va Qo`ng`irot yaqinida ayniqsa shiddatli janglar bo`lib o`tdi. May oyi davomida Xo`jayli, Download 183.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling