Tariyx fakulteti


PAHLAVON MAHMUD (1248-1326)


Download 0.52 Mb.
bet20/52
Sana27.03.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1299388
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   52
Bog'liq
OMK Ozbek xaltq maden qq

PAHLAVON MAHMUD (1248-1326)
XIII asrning ikkinchi yarmi va XIV asrning boshlarida Xorazmda shoir, mutafakkir va faylasuf Pahlavon Mahmud yashab ijod etgan. Uning tarjimayi holiga oid málumotlar kam saqlangan. U Xiva yaqinida hunarmand oilasida dunyoga kelgan. Ózi ham póstindózlik, telpakdózlik kasbi bilan shuǵullangan. U xalq orasida Pahlavon Mahmud nomi bilan tanilgan, chunki jismoniy jihatdan baquvvat bólgan. Rivoyatlarga qaraganda, u dunyoning juda kóp mamlakatlarini kezgan, manman degan polvonlar bilan kurash tushgan. Lekin biror marta bólsa-da, uning kuragi yerga tegmagan. Hikoya qilishlaricha, Pahlavon Mahmud bir jangda Hindiston shohi Roy Ropoy Chónani ólimdan qutqarib qoladi. Buning evaziga hind shohi qachonlardir Hindistonga asir tushgan xorazmliklarni ozod qiladi. Otashin vatanparvar Xiva yaqinida móǵullarga qarshi jangda kurashib halok bólgan Xorazm askarlarining qabri ustiga maqbara qurdiradi.
Ayni zamonda Pahlavon Mahmud ilm-márifat bilan qiziqadi, «badiiy ijod bilan shuǵullanadi. U ǵazal, ruboiy, masnaviy janrida samarali ijod qilgan shoir sifatida ham tilga olinadi. Pahlavon Mahmudni elga mashhur qilgan, avlodlar ehtiromini qozonishga sabab bólgan narsa, bu eng avvalo, uning otashnafas ruboiylaridir. Shoirning ijtimoiy, falsafiy qarashlari ham uning ruboiylari mazmunida aks etgan.
Pahlavon Mahmud ósha davrda Xurosonda kеng tarqalgan ilǵor mafkuraviy oqim — juvonmardlik yónalishida kóplab ruboiylar ijod etgan. Shamsiddin Somibеkning «Qomus álam» («Atoqli kishilar qomusi») va Lutf Alibеk Ozarning «Otashkadan ozariy» asarlaridagi málumotlarga qaraganda, u «Kanzul Haqoyiq» («Haqiqatlar xazinasi») nomli bir masnaviy ham yaratgan. Ularda faylasuf shoir Umar Hayyom yólidan borib, mardlik, jasurlik, oddiy kishilarga nisbatan shafqat va e’tibor, inson ǵururini baland kótarish, ezgu maqsad yólida halol va fidokorona kurash olib borish ǵoyalarini ifodalaydi. Jumladan, u bir ruboiysida ózi mansub bólgan oqim kishilari tabiatini umumlashtirib, quyidagi satrlarni bitadi:

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling