Tariyx fakulteti
Biz shundaylardanmizki, charxning fili ham bizni turtib ótolmaydi
Download 0.52 Mb.
|
OMK Ozbek xaltq maden qq
- Bu sahifa navigatsiya:
- RABǴUZIY (XIII asr oxiri — XIV asr boshi)
- JALOLIDDIN RUMIY (1207—1273)
Biz shundaylardanmizki, charxning fili ham bizni turtib ótolmaydi,
Bizning shavkatimiz noǵorasi uchun osmonni dómbira qilib chaladilar. Agar chumoli bizning safimizdan joy olsa, Bizning davlatimizdan u shcrga aylanadi. Xullas, Pahlavon Mahmud shе’riyatida kеng mánodagi hayotiy voqеalar, insoniy kеchinmalar, chuqur axloqiy, falsafiy qarashlar badiiy mahorat bilan ifoda etiladi. RABǴUZIY (XIII asr oxiri — XIV asr boshi) XIII asr oxiri — XIV asr boshlarida yashab ijod etgan Burxonuddin óǵli Nosiruddun Rabǵuziy Vatanimiz tarixida óz munosib órniga ega. U Xorazmning Roboti Óǵiz dеgan joyida tavallud topgan. Rabǵuziy tóǵrisida málumot bеruvchi uning «Qisasi Rabǵuziy» asaridan boshqa hеch qanday málumot bizgacha yеtib kelmagan. Bu kitobning muqaddimasida quyidagilami óqiymiz: «Bu kitobni tuzgan, toat yólida tizgan, másiyat yobonin kezgan, oz ozuqluǵ, kóp yozuqluǵ Robot óǵuzining qozisi Burxon óǵli Nosiruddun»11. Demak, asar muallifi Xorazmning Roboti, Óǵuz degan mavzesida qozilik qilgan. Rabǵuziy uning taxallusidir. Nosiruddun Burxonuddun óz asarini bir yil zahmat chekib, 710-yilning hut oyida (1311-yilning mart oyida) yozib tugallagan. «Qisasi Rabǵuziy»ning XV asrda kóchirilgan bir nusxasi Londonda, Britaniya muzeyida saqlanadi. XVI asrga mansub nusxasi esa Sankt-Peterburgda va keyingi asrlarga oid bir necha qólyozma nusxalari Toshkentdagi Sharqshunoslik ilmiy-tadqiqot institutining fondida saqlanmoqda. Asar «Qissasul-anbiyoyi Rabǵuziy» nomi bilan 1859-1881-yillarda Qozon shahrida besh marta chop etilgan. Toshkent toshbosmaxonasida bosilgan nusxasi ham bor. «Qisasi Rabǵuziy» asari jami 72 qissadan iborat. Asarga asos qilib Qur’ondan bir qator lavhalar olingan. Shuningdek, Abu Is’hoq Nishopurning «Qissasul-anbiyo»sidan va islomga oid boshqa manbalardan foydalanilgan. Asarda hikoya qilingan Odam, Shis, Idris, Nuh, Hud, Solih, Ibrohim, Ismoil, Is’hoq va boshqa payǵambarlar, Xorut va Morut kabi farishtalar tóǵrisidagi rivoyatlar shoir iqtidori va iste’dodining yuksakligidangina dalolat berib qolmasdan, ayni paytda u ilk ózbek badiiy prozasining dastlabki namunasi sifatida ham qimmatlidir. Ularning aksariyati xalq oǵzaki ijodi asosida vujudga kelgan. Bunga Luqmon haqidagi qissa — latifa yorqin misol bóla oladi: «Bir kun Luqmon ekin ekmakka borur erdi. Xojasi aydi: «Buǵdoy ekkil». Luqmon bordi, arpa ekdi. Xojasi aydi: «Buǵdoy nechun ekmading?».Luqmon aydi: «Arpa eksam, ul buǵdoy bólmasmuq». Xojasi aydi: «Hargiz arpa ekib, buǵdoy bólmadi». Luqmon Hakim aydi: «Bas, gunoh qilursen, ul xayr yerin tutarmu?» Ushbu latifaning sónggida qissadan qissa chiqariladi: yomon ish aslo yaxshi ishning órnini bosolmaydi. Adolatsiz va insofsiz xoja qoralanadi. Rabǵuziy qobiliyatli shoir ham bólgan. U «Qisasi Rabǵuziy»- ning hikoya, latifa va qissalariga ózbek va bázan arab tilida yozil- gan parchalar, hatto ǵazallar kiritadi. Xulosa shuki, Rabǵuziyning «Qisasi Rabǵuziy» asari ózbek adabiyoti tarixining eng nodir asar- laridan biri sifatida mánaviy merosimizdan mustahkam órin olgan. JALOLIDDIN RUMIY (1207—1273) Xalqimizning ajoyib farzandlaridan biri buyuk shoir va tasavvuf ilmining yetuk vakillaridan bólmish faylasuf olim Jaloliddin Rumiydir. Asli Balxda tuǵilgan uluǵ alloma va mutafakkirning otasi Bahovuddin óz davrida tanilgan olim bólgan, Najmiddin Kubroning shogirdi edi. Móǵullar istilosi tufayli Jaloliddin Rumiy otasi bilan vatandan chiqib ketishga majbur bóladi va Kichik Osiyo (Quniya) ga borib óqiydi hamda mudarrislik qiladi. U fors-tojik arab va turkiy tillarda ijod qilib, ózining mashhur asarlarini yaratadi. Jaloliddin Rumiyga E.Bertels yuksak baho bergan: «Jaloliddin lirikasi bu sohada bashariyat erishgan eng buyuk yutuqlardan biridir. Agar u Ǵarbda kengroq málum bólganida uning nomi jahon adabiyotining Sheks- pir, Gyote, Pushkin kabi gigantlar qatoriga ótishi shubhasiz edi»12. Jaloliddin Rumiyning ijodi Fariduddin Attor (1151-1221)- ning tásirida shakllangan. Fariduddin Attor Nishopurda bólgan choǵida Rumiy bilan uchrashadi va ózining «Asrornoma» asarini tuhfa tariqasida beradi. Uning Shams Tabriziyga baǵishlab yozgan she’riy devoni ósha davrda «Devoni Shams Tabriziy» nomi bilan mashhur bólgan. Bu devon 30 ming baytdan iborat edi. Jaloliddin Rumiy ózining 27 ming baytdan iborat «Masnaviy Rumiy»ini qariyb ón yil davomida yozib tugallagan. Bu asar, Alisher Navoiy sózlari bilan aytganda, «qoyili masnaviy mánaviy ǵavvosi bahri yaqin»ligi bilan ajralib turar edi. Shoir ózining masnaviysida xalq hikoyalari asosida mazmunli, yumorga, badiiyatga boy jonli novellalar yaratgan. Ularda usta adib óz asarining qahramonlarini hayvonlar nomi bilan atab, mistik tushunchalarni emas, real ǵoyalarni ilgari suradi, hayotiy voqea va hodisalarga ishora qiladi. Jaloliddin Rumiy ayni zamonda buyuk faylasuf ham bólgan. U «Mavlaviy» nomi bilan ataluvchi tasavvuf maktabining asoschisidir. Faylasufning «Masnaviyi mánaviy» va «Fihi mo fihi» («Unda qanday bólsa, bunda ham shunday») asarlarida hurfikrlilik va nazariy tafakkur, taraqqiyot muammolari ilgari suriladi. Uning falsafiy dunyoqarashidagi asosiy ǵoya zórlik va zulmni qoralash, haqiqat va adolatni tarannum etishdan iboratdir. Allomaning fikricha, inson óz xulqini idora qilishda ozoddir, yáni yomon xulqdan qutulib yaxshi xulqqa intiladi. Xullas, Jaloliddin Rumiyning badiiy va falsafiy-ilmiy merosi xalqimizning mánaviy boyligidir, u asrlar osha avlodlarga xizmat qilaveradi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling