Tariyx fakulteti
Download 0.52 Mb.
|
OMK Ozbek xaltq maden qq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Badriddin Chochiy
BADRIDDIN CHOCHIY (1285—1344/45)
Móǵullar bosqini tufayli ózga yurtlarga bosh olib tarki vatan etgan shoir, adib, olim va mutafakkirlardan biri Badriddin Chochiydir. U Choch (Toshkent)da tavallud topgan, Samarqand va Buxoroda yigitlik yillarini ótkazadi, ilm-márifat bilan oshno bóladi. Chochiy 1332-1333-yillarda Makkai mukarramadan qay- tishda Dehlida tóxtaydi va móǵullar zulmi hukm surayotgan óz ona Vataniga qaytib kelishga jur’at qila olmasdan ósha yerda qolib ketadi. U Tóǵluq Muhammad saroyida xizmat qilgan. Yozma manbalarga qaraganda, Chochiy Movarounnahrda yashagan kezlarida turkiy tilda she’rlar bitgan va omma orasida shuhrat qozongan edi. U Hindistondagi faoliyati davomida ósha davrning asosiy adabiy tillaridan bólgan fors-tojik tilida ijod qilgan. «Tazkirayi Husayniy»da yozilishicha, u 6 ming baytli lirik devon tuzgan. Baxtovorxonning «Me’rotul olam» («Olamning kózgusi») asarida qayd etilishicha, Badriddin Chochiy 35 ming baytli «Shohnoma» asarini yaratgan. Undan bizgacha ólimidan bir yil muqaddam tuzilgan «Sharhi qasoidi Badri Chochiy» yetib kelgan. Unda 70 dan ziyod qasida, kópgina ruboiylar, qit’a va ǵazallar jamlangan. Sadriddin Ayniyning fikricha, Badriddin Chochiyning she’rlari juda murakkab usulda bitilgan, atoqli hind olimi, «Riyosul-luǵat» kitobining muallifi Riyosiddin binni Jaloliddin Mustafo 1256- (1840/41) yilda Badriddin Chochiy asarlarini kitobxonlarga yetkazish maqsadida ularga sharh sifatida «Kashful asror» («Sirlarning ochilishi») asarini yozgan. Badriddin Chochiy buyuk sóz sańatkorlaridan biridir. Uning ijodiy durdonalari bólgan asarlari chuqur ijtimoiy-falsafiy mazmuni, yuksak badiiyligi bilan ajralib turadi. Ammo Badriddin Chochiyning ijodi yetarli darajada órganilgan emas. Shunday qilib, XIII asr va XIV asrning birinchi yarmi tari- ximizning eng oǵir kechgan davrlaridan biridir. Bu davrda hukm surgan móǵullar istilosi va zulmi ólkamiz xalqlari hayotida oǵir iz qoldirdi, madaniy taraqqiyotni bir necha ón va yuz yillar orqaga surib yubordi, ammo uni abadul-abad taraqqiyotdan tóxtatib qola olmadi. Ozodlik hurlik va erkka tashna uluǵ avlod-ajdodlarimiz móǵullar zulmiga qarshi kurashdilar, márifatga, ziyoga va nurga intildilar va nihoyat bosqinchi galalarni Vatanimiz hududidan uloqtirib tashladilar. Jonajon ona tariximizning bu oltin davri uluǵ bobokalonimiz Sohibqiron Amir Tеmur faoliyati bilan boǵliqdir. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling