«tariyxiy ulketaniw»


Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana25.02.2017
Hajmi0.65 Mb.
#1262
1   2   3   4   5   6   7

 

Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar: 

1. Ulkashunoslikta arxiv xujjatlarning urganilishi? 

2. Ulkashunoslikta ezma manbalarni foydalanish? 

 

 

O`lkashunoslikni urganishda muzey eksponatlari 

Reja: 

1. O`zbekiston xalqlari tarixi muzeyi haqida 

2. Muzey turlari 

3. Muzey zallaridan parchalar tariximiz tasviri 

4. Maktab muzeyi vazifalari 

5.  Maktab muzeyini tashkil etish 

6. Maktab muzeyi sahasini tanglash 

T.t. muzey turlari, ekspozitsiya.   

 

Adabiyotlar: 

1.

 



Nabiev A. Tarixiy o`lkashunoslik. Toshkent, 1996. 

2.

 



Sodikova N.S. Madaniy edgorliklar. Toshkent, 1981. 

3.

 



Oybek nomidagi O`zbekiston xalqlari tarixiy muzeyi 100 eshda. Toshkent, 1978 

4.

 



Muzey o`lkashunoslik praktikasi. Toshkent, 1978 

5.

 



O`zbekiston tarixiy davlat muzeyi. Toshkent, 1994. 

6.

 



Gosudarstvennыy kraevedcheskiy muzey Karakalpakstana. Nukus, 1992 

7.

 



El`kin G.Yu. Ogirizko Z.A. Shkol`nыe muzei. M.,1972. 

 

O`zbekiston  tarixi  muzeyi  Turkistonning  mashhur  olimlari  va  jamoat  arboblarining 



harakati bilan va bevosita rahbarligi hamda erdamida 1976 yilda tashkil etilgan. O`zbekiston 

va umuman butun Turkistonning edgorliklari ko`pdan buen olimlarning diqqatini uziga jalb 

qilib  kelardi.  XIX  asr  davomida  asari  atikalar  ustida  arxeologik  kuzatishlar  qidiruv  ishlari 

olib  borildi.  Bu  sohada  P.I.Lerx,  N.I.Veselovskiy,  V.A.Jukovskiy,  V.V.Bartol`d, 



 

52 


M.S.Andreev, 

V.L.Vatkin, 

A.A.Divaev, 

L.A.Zimiya, 

V.A.Kallaur, 

e.F.Kal`, 

V.N.Kastal`skiy,  A.L.Kun,  N.P.Ostoumov,  N.N.Pantusov,  A.A.Semenov,  e.T.Smirnovlar 

to`plagan  materillar  O`zbekiston  Turkistonning  qadimiy  edgarliklarini  hisobga  olish, 

ta`riflash  va  tekshirish  ilmiy  muassasalari:  Imperator  Sharq  bo`limi,  shunigdek,  1903  yil 

aprelda tashkil qilingan O`rta va Sharqiy Osie tarixiy, arxeologiya, lingvistka va etnografiya 

jamiyatlarining  qimmatbaho  materiallari  hamda  rus  xavaskor  kollektsiyachilari: 

Barshchevskiy,  Vyatkin,  Dobrosmislov,  Kastal`ski,  Komarov,  Petrov-Borzna,  Poslavskiy, 

Stolyarov,  Terent`ev,  Trofimov  va  boshqalar  tuplagan  ko`pdan  ko`p  ajoyib  materiallar  bu 

muzeyning asosiy fondlarini tashkil etadi. 

Muzeyni tashkil qilishda A.P.Fedchenko foal ishtirok etgan. U Tabiot antropologiya 

va  etnografiyaga  oid  materiallar  tuplagan.  Bu  materiallar  dastlabki  eksponat  sifatida 

muzeyga  qo`yilgan.  Fedchenko  vafotidan  so`ng  bu  ishga  N.A.Severtsev,  I.V.Mushketov, 

V.F.Oshanin  kabi  mashhur  rus  olimlari  kata  hissa  qushdilar.  Birinchi  mahalliy  arxeolog 

Akrom polvon Asqarovning xizmatlari ham kattadir. Akrom polvon Asqarov o`zi to`plagan 

juda  ko`p  ajoyib  edgorliklar  (faqat  tanga-chaqalardan  15  mingdan  ko`proqini  manna  shu 

muzeyga topshirgan) muzey fondini ancha boyitgan. 

Umuman,  bu  muzeyning  ochilishi  va  uning  faoliyati  ulkaning  madaniy  haetida 

muhim voqea bo`ldi.  Muzey eksponatlari xalqaro kurganzamalarda namoyish qilindi, unda 

tuzilgan kataloglar esa hozirgi o`z ahamiyatini yo`qotgan emas. 

Asrimizning  boshlarida,  ya`ni  20  yillardan  keyin  bu  muzey  haqiqiy  ilmiy  va 

madaniy-ma`rifiy muassasaga bo`lib qoldi. Muzey jamoasi O`zbekiston xalqlarining qadim 

zamonlardan  buengi  tarixini  urganish  yuzasidan  ilmiy  tekshirish  ishlari  olib  bormoqda. 

Muzey  fondi  republikaning  hamma  viloyatlariga  yuborib  turiladigan  arxeologiya, 

etnografiya  ilmiy  safarlarining  materiallari  Bilan  doimiy  ravishda  boyitilmoqda.  Hozirgi 

vaqtda  muzeyda  40  mingdan  ortiq  arxeologiyaga  oid  eksponatlar,  44  ming  qadimgi  pul 

nusxalari,  10 mingdan ortiq turli-tuman etnografiyaga oid buyumlar, 2 mingdan ortiq noeb 

edgorlik  buyumlar  mavjud.  Muzey  fondidagi  materiallar  orasida  qushni  respublikalar-

Turkmaniston, Tojikiston va Qirg`izistionga taalluqli ma`lumotlar ham ko`p. 

Muzeyda asosan materiallarning asl nushalari, shuningdek, maketlar, badiiy va grafik 

tasvirlar,  chizmalar,  diagrammalar,  rasmlar  quyilgan.  Eksponatlar  orasida  noeb  ko`p  1917 

yildan  keyingi  davr  xronologik  ravishda  1965  yilgacha  ko`rsatilgn  Muzey  1967  yilda  XIX 

asrning  ma`morchilik  edgorliklaridan  biri  hisoblangan  binoga  kuchdi.  Bu  binodan  1919 

yilda  Butun  Rossiya  Markaziy  Ijroiya  Kumitasi  va  RSFSR  Xalq  Komissarlari  Sovetining 

Turkiston  ishlari  bo`yicha  komissiyasi  (Turkkomissiya)  ishlagan  edi.  Bu  binoda  45  ta 

bo`lib, ularda 7 mingdan ortiq eksponat joylashtirilgan. 

Respublikamiz  hududida  uch  turdagi  muzeylar  mavjud  bo`lib,  birinchi  turdagi 

muzeylar ilmiy-tadqiqot va  madaniy-ma`rifiy ishlarni olib boradigan muzeylar kiradi. Ular 

bir vaqtning uzida ilmiy-tadqiqot va madaniy-ma`rifiy hamda ta`lim-tarbiyaviy ishlarni olib 

boradi.  Ikkinchi  turdagi  muzeylarga  faqat  bir  soha  bo`yicha  ilmiy-tadqiqot  ishlari  olib 

boradigan  muzey  laboratoriyalariga  ega  bo`lgan  maxsus  muzeylar  (masalan  O`zbekiston 

Fanlar  akademiyasi  qoshidagi  bakteriologiya  va  mineralogiya  muzeyi)  kiradi  va  nihoyat, 

uchinchi  turdagi  muzeylarga    faqat  o`quv  turidagi  muzeylar  kiradi.  Bu  muzeyning  asosiy 

maqsadi o`quv jaraenini yaxshilashdan iborat. 

Muzey  turlari  ko`p  jihatdan  unda  saqlanaetgan  kollektsiya  fondlarining  xarakteriga 

va ular faoliyatining yo`nalishiga bog`liqdir. 

Shuningdek  turli  Fan  sohalariga  bo`lingan  muzeylar  ham  bor.  Bu  muzeylar  orasida 

ko`proq  ma`lum  bulganlari  eki  faqat  usha  soha  mutaxassislarigagina  ravshan  bo`lgan 

ma`lum tarmoqni aks ettiruvchi muzeylar ham mavjud. Masalan, Toshkendagi M.T. Oybek 

nomli O`zbekiston tarixi muzeyini, Tasviriy san`at muzeyini Alisher Navoiy nomli adabiet 

muzeyini,  Turkiston  Harbiy  Okrugi  muzeyini,  Tabiatshunoslik  muzeyini  ko`pchilik  omma 


 

53 


yaxshi  biladi,  amma  arxeologiya,  etnografiya,  harbiy  memorial,  regional,  san`atshunoslik 

texnik muzeylarini ko`proq usha soha mutaxassislari biladilar. 

Muzey  zallari  tomoshabinlarni  O`zbekiston  tarixi  muzeyi  ekspozitsiyasida  bulgan 

moddiy madaniyat edgorliklari Bilan tanishtirishni nazarda tutadi. 

Muzey  fondlari  asosan  turt  kata  davrga  bo`lingan  bo`lib,  ular  qo`yidagicha 

nomlangan:  Ibtidoiy  jamoa  va  quldorlik  tuzumi  davri,  Feodalizm  davri,  Turkiston  chor 

Rossiyasi tarkibida, va nihoyat turtinchi bo`lim O`zbekiston tarixining 1917-1990 yilardagi 

davri, deb nomlanadi. 

Ibtidoiy  jamoa  va  quldorlik  tuzimi  davri  deb  nomlangan  birinchi  bo`lim  ibtidoiy 

jamoa odamlarining yashagan makonlariga ta`rif berish bilan boshlanadi. 

Ibtidoiy  odamlar  chaylarda,  gorlarda  yashaganlar,  1938  yilda  Boysuntorning 

Teshiktosh  g`orida  (surxandare  viloyati)  qadimiy  tosh  davri  (must`e  davri)  da  odam 

yashganligi aniqlandi. g`orning ichi keng, balandligi 21 metrcha keladi. g`or ichida gulhon 

qoldiqlari,  toshdan  yasalgan  mehnat  qurollari,  evvoyi  va  hayvonlar-ayiq,  kiyik,  tog` 

echkisining suyaklari topildiki, bul xoll Teshiktoshda  yashagan odamlar ovchilik bilan kun 

kechirganliklaridan  dalolat  beradi.  Yuqoridagi  ta`rifga  binoan  Teshiktosh  qori  (maketi) 

quyilgan. 

Qadimgi adamlarning tirikchiligi asosan ovchilik va gulolchiliku Bilan kechgan. Ular 

tog`  echkisi,  evvoiy  ot,  ayiq,  qaplonlarni  ov  qilishgan.  Ibtidoiy  odam  sinantrop  ovda, 

Eramizdan 600-400 ming iyl ilgari deb nomlangan maket huddi jonliday qilib ishlangan. 

T.Sodiqov  tomonidan  chizilgan  «Malika  Tumaris  kasos  olmoqda»,  nomli  suratga 

quyidagicha ta`rif berilgan: miloddan oldingi VI asrda O`rta Osiega forslar hujim qilganlar. 

Miloddan  oldingi  529  yilda  bosqinchilar  massagetlar  tomonidan  tor-mor  qilinadi,  podshoh 

Kir  esa  uldiriladi.  Afsonada  talqin  qilinishicha,  massagetlar  malikasi  Tumaris  Kirning 

boshini qon tuldirilgan meshga tashlatar ekan: Yurtimizga qon ichgani kelding. Manna endi 

to`yib-to`yib qon ichgin degan. 

Miloddan  oldingi  329  yilda  Aleksandr  Makedonskiy  (Iskandar  Zulqarnayn) 

qushinlari  O`rta  Osiega  bostirib  kirgan.  Xalq  bosqinchilarga  qarshi  bosh  kutarib  chiqqan. 

Rassos  M.Nabiev  chizgan  rasmda  Spitamen  chavandozlarining  Marokanda  (Samaoqand) 

atrofida makedoniyaliklar qushiniga hujumi tasvirlangan. 

1932  yilda Amudare Oktyabrenoq katerida ketaetgan chegarachilar Ayritomga yaqin 

joyda oq tosh qurganlar. Bu nogorachi tasviri uyib solingan tosh friz ekan. 1934 yilda usha 

erga  professor  M.e.Masson  boshchiligida  ekspeditsiya  yuborildi.  Shunday  qilib, 

Amudarening qirg`og`idagi Ayritimda milodimizning I-II asrlariga oib Budda ibodatxonasi 

topildi.  U  ouok  toshdan  ishlangan  ajoyib  friz  bilan  bezatilgan  edi.  Frizda  akant  barglari 

orasiga  sozandalar  va  gulchambarlar  tasviri  kuzga  tashlanadi.  Bu  Kushanlar  zamonidan 

qolgan noeb san`at edgorligidir. Bu joyga Ayritom frizi, ning asl nusxasi quyilgan. 

Tuproqqal`a  milodimizning  III-IV  asrlarida  Xorazm  hukmronlarining  poytaxti 

bo`lgan. 

Muzeyda  Tuproqqal`a  saroyidan  topilgan  qizil  bosh,  xaykalini  va  usha  Saroy 

devoridagi arfa chaluvchi ael, rasmini kuramiz. 

Diniy  e`tiqodlar  bilan  bog`liq  bulgan  terrakotik  haykalchilar  hosildorlik  ma`budasi 

Anaxita, erkaklar va chavandozlar tasvirilangan haykalchalar juda ajoyibligi Bilan diqqatni 

o`ziga  jalb  etadi.  Bu  muzeyga  Surxandare  viloyatidan  topilgan,  miloddan  ilgarigi  I  asrga 

doir Ma`buda Anaxita haykalchasi, ning asl nushasi quyilgan. 

Endi  O`zbekiston  tarixi  muzeyidagi  Feodalizm  davri,  deb  nomlangan  ikkinchi 

bo`limi qisqacha tuxtalib utamiz. 

Bu bo`lim Samarqanddagi Ishtratxona maketini tanishtirish bilan boshlnadi. Bu erga 

V-VI asrlarga oid Bolaliktepadan topilgan rasm ham qo`yilgan. 


 

54 


Bu bo`limda turk askarlari qabriga quyiladigan tosh haykallar ham bor. Bu haykallar 

kosa  eki  oyna  ushlab  turgan  askarni  tasvir  etadi.  Haykalchalar  atrofiga  mazkur  Askar 

uldirgan  dushmaninng  soniga  teng  bulgan  tosh  terilgan.  Bu  erga  VII-VIII  asrlarga  oid 

bo`lgan  bu  voqeani  aks  ettiruvchi  anna  shunday  Turk  tosh  haykalchasining  asl  nushasi 

qo`yilgan. 

Feodalizm  davrida  O`rta  Osieda  me`morchilik  va  binokorlik  yanada  rivoj  topadi. 

Buxorodagi  Ismoil  Somoniy  maqbarsi  (X  asrda  qurilgan).  Minorai  Kalon  (XII  asrda 

qurilgan),  Termiz  shohlar  saroyi,  Xorazm  shohlar  saroyi  (XII  asr  boshlarida  qurilgan) 

me`morchilikning ajoyib namunalaridandir. 

Uymakor,  murakkab  nafis  geometrik  va  o`simlik  nusha  ornamentlar  qilish  keng  tu 

solgan.  Bu  ta`riflardan  so`ng  Ismoil  Somoniy  maqbarasi,  Jarqurg`on  minorasi,  Minorai 

Kalon kabi bir qator ajoyib maqbara va minoralar rasmlari berilgan. 

Temur  davrida  va  uning  avlodlari-temuriylar  davrida  saroylar,  masjid,  madrasalar 

qurilishi misli kurilmagan darajada avj olib ketdi. 

Bu  erda  Samarqanddagi  Bibixanum  masjidining,  Gurii  Amir,  maqbarasi  rasmlari 

quyilgan.  Muzeyda  Samarqanddagi  Ulug`bek  rasadxonasining  V.A.Nil`son  tomonidan 

ta`mirlangan umumiy kurinishining rasmi qo`yilgan. Bulardan tashqari, Ulug`bek jahonning 

mashhur astronomlari orasida, degan (XVII asr) gravyura ham quyilgan. 

Uchinchi bo`lim Turkiston chor Rossiyasi tarkibida deb nomlangan  

Muzeyning IV bo`limida ayniqsa urush yillari eksponatlariga tuqtaymiz. Ulug` Vatan 

urushi  qahromani  general-mayor  Sobir  Raximov  (1902-1945)  «oyat  iste`dodli  va  jasur 

harbiy  sarkarda,  birinchi  o`zbek  generali  edi.  1945  yil  mart  oyida  general  S.Raximov 

diviziyasi Boltiq bo`yidagi kata port shahri Gdan`ska yaqinlashadi. Shiddatli janglar vaqtida 

u og`ir yaralanadi. S.Raximov jangovor postda, Vatan ozodligi va mustaqilligi yo`lida o`zini 

qurbon qildi. U jangovor xizmatlari uchun ikkinchi darajali Suvorov ordenli, turtta jangovor 

Qizil  Bayroq  ordeni,  Qizil  Yulduz  orden  iva  Kavkaz  mudofasi  uchun  medali  bilan 

mukofotlangan  edi.  O`zbekiston  tarixi  muzeyida  general-mayor  Sobir  Raximovga 

bag`ishlangan maxsus burchak tashkil qilinib, bu erda uning harbiy kiyim-kechaklari, qurol-

aslahalari va shaxsiy hujjatlari, fotosuratlari quyilganki, bularning hammasi eshlarni harbiy 

vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda kata daoioiy hujjat bo`lib xizmat qiladi. 

1941-yil  dekabrida  O`zbekistonning  birinchi  prezidenti  Yo`ldosh  Axunboboev 

boshchiligida  birinchi  O`zbekiston  delegatsiyasi  frontga  junab  ketdi.  Delegatsiya  a`zolari 

Bilan suhbatda general L.A.Govorov bunday deydi. Kabix dushman Moskvaga yaqinlashib, 

Moskva  xavf  ostida  qolganda

  bizlar  o`z  pozitsiyamizda  mustahkam  turdik.  Biz  butun 



sovet  xalqining,  shu  jumladan,  o`zbek  xalqining  doimiy  erdami  va  qullab-quvvatlashini 

sezib  turdik.  Qorli  Moskvadan  queshli  O`zbekistongacha-minglarcha  kilometr.  Ammo  bu 

masofa bizni ajrata olmaydi. Biz bilamizki, siz bizlarga yaqin va azizdirsizlar, biz ham sizga 

yaqin va azizdirmiz. Manna shu so`zlar O`zbekiston delegatsiyasi g`arbiy frontda, General-

leytenant  L.A.Govorov  O`zbekistonning  birinchi  prezidenti  Yo`ldosh  Oxunboboev  bilan 

degan panno ostiga ezib quyilgan. 

Qoraqalpog`iston Davlat Ulkashunoslik muzeyi 1929 yilda Turtkul shahrida ochilib, 

1944  yilda  Nukusga  kuchirildi.  Hozirgi  vaqtda  muzey  eksponatlari  juda  kupaygan  va  boy 

milliy qadiriyatlarimiz tariximiz haqida batafsil ma`lumot beradi. 

Xulosa  qilib  shuni  aytish  mumkinki,  muzey  materiallari  ulkamizdagi  qadim 

zamonlarda  yaratilgan  eng  noeb  edgorliklar  va  keyingi  davrda  qulga  kiritilgan 

muvaffaqiyatlarni namoyish qilish bilan keng mehnatkash ommani, shu jumladan, o`quvchi 

va studentlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishiga xizmat qiladi. 

Rivoj  topgan  muzeylar  tarix  va  madaniyat  edgorliklarni  targ`ib  qiladigan  muhim 

maskanlarga,  oqil  va  fozil  kishilar  asrlarning,  eng  nodir  qulezmalarning  xalq  ustalari 

yasagan buyumlarining xazinalariga aylandi. Hozir respublikada 31 ta davlat va 150 ta xalq 



 

55 


muyzei bor. Ularning fondida O`zbekiston xalq ustalarining nodir asarlari alohida o`rin olib 

turibdi. 

Maktab muzeyi eshlar oldiga quyidagi vazifalarni birinchidan, jamiyat haeti va xalq 

turmushidagi  eng  muhim  tarixiy  voqealarni,  davlat  va  harbiy  arboblarning,  xalq 

qahramonlarining haeti va faoliyati bilan bog`liq bo`lgan binolar, inshoatlar, esdalik joylarni 

o`z  ulkasiga  bog`lab  urganishni,  ikkinchidan,  arxeologiya  edgorliklari:  kuxna  shaharlar, 

qurg`onlar,  qal`alar,  manzilgohlar,  istexkomlar,  korxonalar,  joylar-mozorlarni,  tosh 

haykallar,  qoyalardagi  tasvirlarni,  qadimiy  buyumlarni  o`z  joyiga  bog`lab  urganishni: 

uchinchidan,  me`morchilik  obidalari,  tarixiy  markazlar,  kvartallar,  maydonlar,  kuchalar, 

shahar  va  boshqa  aholi  yashaydigan    manzillarning  qadimiy  tuzilishi,  qurilishi  va 

qoldiqlarni:  grajdan,  sanoat,  harbiy  diniy  xalq  me`morchiligi  inshoatlarini,  tabiat 

landshaftlarini  o`z  hududiga  moslab  urganishni;  to`rtinchidan:  san`at  edgorliklari 

monumental,  tasviriy,  Amaliy-dekarativ  va  boshqa  turdagi  san`at  asarlarini  beshinchidan, 

edgorlik  hujjatlari-davlat  hokimiyat  organlari  va  davlat  boshqaruv  organlarining  aktlari, 

boshqa ezma va grafik hujjatlar, kino-foto hujjatlar va tovush nzuvlari, shuningdek, qadimiy 

va  boshqa  qulezmlar  hamda  arxivlar,  fol`klor  va  muzika  ezuvlari  vash  u  kabi  nodir 

materiallarni izlab topish, urganish va umumlashtirish vazifalarini quyadi. 

Maktab muzeyi oldiga juda kata va ulkan vazifalar quyilgan bulsa-da xalq va davlat 

muzeylaridan uziga xos xususiyatlari Bilan tubdan farq qiladi. Birinchidan, maktab muzeyi 

o`quvchilar  uchun  muljallangan.  Ikkinchidan,  bu  muzey  maktab  o`qituvchilar  jamoasi 

eshlar  tashkilotlari  tomonidan  yig`ilgan  materiallar  asosida  tashkil  etilgan.  Uchinchidan, 

muzeydan  faqat  yuksak  tarbiyaviy  maqsaddagina  emas,  balki  ta`lim  jaraenida  ham  unumli 

foydalanish  mmkin.  Politexnika  ta`limida  kichik  muzeyi  tashkil  etish  benixon  kata 

ahamiyatga egadir. 

Maktab  muzeyi  sohasini  tanlab  olishda  maktab  eshlar  tashkilotlari  va  o`qituvchilar 

jamoasi  hamda  ota-onalar  kumitasi  uning  g`oyaviy-siesiy  va  ta`lim  tarviyaaiy  vazifalarni 

hisobga olishlari kerak. 

Bunda bevosita yuqorida ta`kidlab utilgandek, o`z ulkasidagi mavjud tarixiy, moddiy 

va  ma`naviy  dgorliklarni  qidirib,  u  erlardan  muzey  uchun  yaroqli  bulgan  arxeologiya, 

etnografiya,  toponimikaga  oid  topilmalarni  muzey  fondiga  topshirish  vash  u  yo`l  bilan 

eksponatlar sonini kupaytirish mumkin. 

Bunda ulkashunos rahbar-o`qituvchi ma`lum hududni tanlab olishi va ta tadqiqot olib 

boradigan  qishloq,  rayon,  shahar  eki  mikrorayonlarni  aniq  chegralab  quyishi  zarur.  Ayrim 

hollarda  maktab  muzeyi  faqat  maktab  tarixini  urganish  bilangina  chegaralanib  qoladi. 

Bunda,  albatta,  maktab  mikrouchastkasining  qadimgi  haeti,  arxeologiyasi,  etnografiyasi  va 

toponimikasiga  oid  materiallari  bilan  ham  qiziqish  kerak.  Shu  bilan  birga  usha  hudadda 

yashab  mehnat  qilgan,  hozirda  ham    ishlab  turgan  xalq  qahormonlarining  va  mehnat 

qahramonlarining,  grajdanlar  urushida  va  Ulug`  Vatan  urushida  qatnashgan  kishilarning 

faoliyatiga oid materiallar muzey fondlaridan joy olishi lozim. 

Juda  ko`pchilik  maktablar  ulkashunoslik  sohasini  tanglab  tu»ri  qiladi.  Bu  narsa, 

birinchidan,  maktab  muzeyini tashkil etishda  va turli-tuman  materiallar, tuplashda qulaylik 

tug`dirsa,  ikkinchidan,  bu  sohada  muzey  uchun  istalganicha  o`quvchilarning  bevosita 

erdamida o`z o`lkalarning madaniyat tarixini, ya`ni arxeologiyasi, etnografisi, toponimikasi 

va  arxiv  hujjatlarini  yig`ish  imkonini  beradi.  Uchinchidan,  bu  ishga  o`quvchilarning 

hoxishlari va istaklari kata bo`ladi. Turtinchidan, u boshqa fanlar bilan, ya`ni tarix, inson va 

jamiyat, geografiya, adabiet, tilshunoslik fanlari bilan yaqin aloqada bo`ladi, bu esa muzey 

materiallarini ko`p miqdorda topishga imkon beradi. 

Shunday  qilib,  maktabda  tashkil  etilgan  tarix  va  ulkashunoslik  muzey  iva  unga 

quyilgan eksponatlar maktab o`quv ta`lim tarbiya talablariga tuliq javob berishi kerak. 


 

56 


Maktab muzeyini tashkil etish uchun avvalambor quyidagi tashkiliy ishlarni amalga 

oshirish lozim muzey sohasi maktab o`quvchilari majlisida muhokama qilinib, unga rahbar 

tayinlanadi; muzey tashkil qilish masalasi yuqori sinf uquvchilari yig`ilishlarida muhokama 

qilinadi.  Yi»ilishlarda  o`qituvchilar  majlisida  tayinlangan  rahbar  muzey  tashkil  qilish 

yuzasidan  axborot  berdi;  o`qituvchilar  yig`ilishida  muzey  kengashi  saylanadi.  Ular  vaqt-

vaqti bilan muzey ishlari qanday boraetganlgi haqida o`quvchilar iyig`lishida axborot berib 

turadi. 

Ko`pincha  o`lkashunoslik  tugaragi  a`zolari  bu  ishning  tashabbuskori  bulishib,  ular 

tarix  va  o`lkashunoslik  bo`yicha  tashkil  qilingan  saexat  va  ilmiy  safarlarda  tualangan 

kollektsiyalari. Arxeologiya, etnografiya, toponimikaga  oid  materiallarni  maktab  muzeyiga 

eksponat sifatida topshradilar. Bu materiallar muzey fondiga aylanadi. Muzey kengashi har 

yil saylanadi. Uning tarkibiga 10-13 kishidan iborat faqat a`lo uqiydigan vash u ishga juda 

qiziqadigan jamoatchi a`zolari bo`ladi. Bular urtasida ishlar quydagicha taqsimlanadi. 

1.  Muzey  kengashi  raisi.  U  o`qituvchining  bevosita  rahbarligida  kengashning  ish 

rejasini  tuzadi,  rejaga  asosan  ishlarni  taqsim  qiladi.  Kengashning  tashkiliy  masalalarin  hal 

qiladi,  material  tuplash,  ekspozitsiya  tuzish.  Muzeydagi  navbatchilik  jadvalini  tuzish  bilan 

bu ishlarning bajarilishini kuzatadi. 

2.  Muzeyning  kata  saqlovchisi.  U  muzeydagi  barcha  materiallar  va  eksponatlarning 

saqlanishiga  va  urni-urniga  quyilishiga  javob  beradi.  Muzey  materiallarini  hisobga  olish 

daftari yuritadi va muzeymateriallarining asl nushalariga kartotekalar tuzadi. 

3. Muzey kenashining kotibi. U saexatlar va ilmiy safar ishlarining yakuniga belgilab 

utkaziladigan  va  muzeydagi  barcha  ishlar  bo`yicha  utkaziladigan  yi»ilishlar  qarorlarini 

muntazzam ezib boradi. Barcha olib borilgan ishlarni hisobga olib boradi. 

4.  Muzey  Kengashi  a`zolari.  Ular  ekspozitsiya  tuzishga,  material  tuplashga, 

ekspozitsiyalarni  bezash  ishlariga  javobgar  shaxslar  tayinlaydi,  fuqaoralar  urushi  va  2- 

jahon  urushi  faxriylari  Bilan  uchrashuvlar  tashkil  qiladi  va  hakozolar.  Bunda  tashqari, 

Kengash  a`zolari  muzeyiga  materiallar  yig`ish,  ilmiy  safar  va  saexatlar  uyushtirish, 

muzeyshunoslikka  oid  bulgan  adabietlarni  uqish,  jamoat  ulkashunosligi  xodimlari  va 

kollektsionerlar bilan suxbatlar uchrashuvlar utkazish bo`yicha aniq reja tuzib chiqadilar. 

Muzey  kengashi  yaqinroqda  joylashgan  rayon  eki  viloyat  ulkashunoslik  muzeyi 

xodimlaridan  ekspozitsiyalarni  tug`ri  va  ilmiy  ravishda  urganish  va  joylashtirishda 

muntazzam maslahat olib trushlari kerak. 

Maktab  muzeyi  uzining  asosiy  fondida  bulgan  materiallar  haqida  ulkashunoslik 

muzeylariga  quyidagi  shaklda  ma`lumot  berib  turishi  kerak.  1.  Muzeydagi  topilmalarning 

tartib  raqami.  2.  Eksponatlarning  inventar`  raqami.  3.  Topilmalarning  nomi.  4. 

Topilmalarning  topilgan  joyi.  T.  Topilmalarning  kim  tomonidan  topilib,  muzeyga  qachon 

topshirilgani. 

Muzey  Kengashining  asosiy  vazifalaridan  yana  bir  o`qituvchilarning  muzey  ishiga 

doimiy  faolligini  oshirishdan,  ya`ni  material  tuplash,  ekspozitsiya  tayerlash,  muzeyni 

bezash,  navbatchilik  qilish  kabilardan  iborat.  Maktab  muzey  kengashi  tarkibiga  ota-onalar 

qumitsai a`zolaridan kiritish ham maqsadga muvofiqdir. 

Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar: 

1. Ulkashunoslikta muzey eksponatlari urganilishi? 

2. Maktab muzey vazifasi? 

3. Muzeylarni tashkil etish? 



 

 

 



Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling