Tarjima haqida


sig'inadilar yoki isyonkor shaytonga sig'inadilar


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/72
Sana04.05.2020
Hajmi1.61 Mb.
#103210
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   72
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt


sig'inadilar yoki isyonkor shaytonga sig'inadilar.  

 

118. Alloh uni (shaytonni) la'natladi. (U) dedi: "Albatta, bandalaringdan belgilangan ulushimni 

olurman,  

 

119. ularni adashtiraman, ularni hoyu havasga cho'ktiraman. Buyursam ular hayvonlar qulog'ini 

kesadilar, buyursam Alloh yaratgan narsalarni o'zgartiradilar". Kimki Allohni qo'yib shaytonni do'st 

tutsa, demak, u aniq ziyon qilibdi.  

 

Izoh:Alloh yaratgan narsani o'zgartirish deganda erkaklik va ayollik jinslarini, qiyofasini o'zgartirish, 



odamzotni bichish kabilar kiradi. Alloh taolo insoniyatni turli millat, xilma-xil shakl va rangda yaratgan 

hamda ushbu ilohiy andoza to qiyomatgacha davom etishini iroda qilgan. Ba'zi shakkok kimsalarning o'z milliy 

xususiyatlaridan voz kechishlari ilohiy ta'limotga zid ekanligi mazkur oyat va uning tafsirlarida o'z ifodasini 

topgan.  

 

120. Ularga (shayton) va'da beradi, ularni hoyu havasga soladi. Shayton ularga g'urur (vasvasasi)dan 



o'zga narsani va'da qilmaydi.  

 

121. Ana o'shalarning joyi jahannamdir. Undan xalos topa olmaydilar.  

 

122. Imon keltirib, solih ishlarni qilganlarni (esa) ostidan anhorlar oqadigan jannat bog'lariga kiriturmiz 



Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

63

- ular u yerda abadiy qolib yasharlar. Bu Allohning haqqoniy va'dasidir. Allohdan so'zi to'g'riroq 



kimdir?!  

 

123. (Bu) - sizlarning orzularing bilan ham emas, ahli kitoblarning orzulari bilan ham (erishadigan 

narsa) emasdir. Kimki yomonlik qilsa, o'sha (yomonlik) bilan jazolanur. O'ziga Allohdan o'zga na biror 

do'st topadi va na biror yordamchi.  

 

124. Kimki, u xoh erkak bo'lsin, xoh ayol - mo'minlik holida savobli ishlar qilsa, aynan ular jannatga 

kirurlar va ularga xurmoning dumicha ham zulm qilinmagay.  

 

125. Ezgu ish qiluvchi holida yuzi (o'zi)ni Allohga bo'yin sundirgan va to'g'ri yo'l (sanalmish) Ibrohim 

diniga ergashgan kishidan boshqa kimning dini chiroylidir?! Alloh esa, Ibrohimni do'st tutgandir.  

 

126. Osmonlar va Yerdagi borliq Allohnikidir. Alloh har narsani ihota etuvchi (qamrab oluvchi)dir.  

 

127. Sizdan (ey, Muhammad,) ayollar to'g'risida fatvo so'raydilar. Ayting: "Ular to'g'risida sizlarga 

Alloh fatvo berur hamda Kitob (Qur'on)da tilovat qilinadigan (oyatlar) ham: yetim ayollar, ular uchun 

farz qilingan narsa (mahr)ni bermasdan nikohingizga olishga qiziqishingiz, zaif bolalar va yetimlarga 

nisbatan adolatli turishingiz (haqida). Nimaiki yaxshilik qilsangiz, Alloh, albatta, uni biluvchidir.  

 

128. Qaysi bir xotin eridan (unga nisbatan) ko'ngilsizlik yoki voz kechishdan qo'rqsa, ikkalasi o'rtalarini 

isloh qilib olishlarida ularga gunoh yo'qdir. Sulh (ajralishdan) yaxshiroqdir. Nafslarga baxillik 

(qizg'anchiqlik) bitilgan. Agar (xotinlaringizga) yaxshilik (chiroyli muomala) qilsangiz va Allohdan 

qo'rqsangiz, albatta, Alloh qilayotgan ishlaringizdan xabardordir.  

 

129. Har qancha istasangiz ham xotinlaringiz o'rtasida adolatli (hammasiga bir xil munosabatda) bo'la 

olmaysiz. Bas, (biriga) butunlay berilib ketib, (ikkinchisini) muallaq holda tashlab qo'ymangiz! Agar 

(ular bilan munosabatingizni adolat asosida) tuzatsangizlar va taqvoli bo'lsangizlar, albatta, Alloh 

kechirimli va rahmlidir.  

 

130. Agar ikkisi (er-xotin biror sabab bilan) ajralishib ketsa, Alloh (ularning) har birini o'z kengligidan 

(rizqi bilan) ta'minlab qo'yadi. Alloh (karami) keng va hikmat sohibidir.  

 

Izoh:Qandaydir sabab bilan turmushi buzilgan er-xotinlar uchun ushbu oyat tasalli beradi. Zero, Allohning o'zi 



va'da qilayaptiki, shunday holatga tushganlarni O'zining fazlu karami bilan moddiy va ma'naviy jihatdan 

ta'minlaydi.  

 

131. Osmonlar va Yerdagi narsalar Allohnikidir. Sizlardan oldingi Kitob berilganlarga va sizlarga ham, 



Allohdan qo'rqinglar, deb vasiyat qilganmiz. Agar kufrni ixtiyor etsangizlar, bas, albatta, osmonlaru 

Yerdagi narsalar Allohnikidir. Alloh behojat va hamd egasidir.  

 

132. Osmonlar va Yerdagi narsalar Allohnikidir. Alloh yetarli vakildir.  

 

133. Agar (U) xohlasa, ey, insonlar, sizlarni ketkazib (yo'q qilib), boshqalarni keltiradi. Alloh bunga 

qodirdir.  

 

134. Kimki bu dunyo savobini istasa, (bilib qo'ysinki,) Alloh huzurida ham bu dunyoning, ham 

oxiratning savobi bordir. Alloh eshituvchi va ko'ruvchidir.  

 

135. Ey, imon keltirganlar! Adolatda barqaror turib, o'zlaring yoki ota-onalaring va qarindoshlaring 



zarariga bo'lsa-da, Alloh uchun (to'g'ri) guvohlik beringizlar! U (guvohlik beriluvchi) boy bo'ladimi, 

kambag'al bo'ladimi, Alloh u ikkisiga yaqinroqdir. Bas, adolatli bo'lishlaringiz uchun havoyi nafsga 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

64

berilib ketmangizlar! Agar (tillaringizni) bursangizlar yoki (guvohlikdan) bosh tortsangizlar, albatta, 



Alloh qilayotgan ishlaringizdan xabardordir.  

 

136. Ey, imon keltirganlar! Allohga, Payg'ambariga, (shu) Payg'ambariga nozil qilgan Kitob (Qur'on)ga 

hamda ilgari nozil qilgan Kitobga imon keltiringizlar! Kimki Allohni, farishtalarini, kitoblarini, 

payg'ambarlarini va oxirgi Kunni inkor etsa, demak, u juda uzoq (qattiq) adashibdi.  

 

137. Darhaqiqat, imon keltirib, so'ngra kufrga ketgan, keyin yana imon keltirib, so'ngra yana kofir 

bo'lgan, so'ngra kufrlari ortib borganlarga (nisbatan) Alloh sira mag'firat etadigan va to'g'ri yo'lga 

soladigan emasdir.  

 

138. Munofiqlar uchun alamli azob borligi haqida ularga "bashorat" berib qo'ying!  

 

139. (Ular) mo'minlarni qo'yib, kofirlar bilan do'st tutinadilar. O'sha (kofir)lardan kuch-quvvat 

izlaydilarmi?! Bor kuch-qudrat Allohniki-ku!  

 

140. Alloh sizlarga Kitobda: "Allohning oyatlari inkor etilayotgani va mazax qilinayotganini eshitsangiz, 

to boshqa gapga o'tmagunlaricha, ular bilan birga o'tirmangiz!"- deb, (oyat) nozil qilgan edi. Albatta, 

sizlar unda (birga o'tirganda), ular bilan (gunohda) tengsiz. Albatta, Alloh barcha kofirlar va 

munofiqlarni jahannamga jam qiluvchidir.  

 

141. Ular sizlarni kuzatib turadilar: agar sizlarga Allohdan fathu zafar (g'alaba) bo'lsa, "sizlar bilan 



birga emasmidik? (O'ljadan bizga ham beringlar)", - deyishadi. Bordiyu (g'alabadan) kofirlar nasibador 

bo'lishsa: "Sizlardan ustun turgan va sizlarni mo'minlardan himoya qilgan biz emasmi?" - deyishadi. 

Ular haqida Allohning (O'zi) qiyomat kuni hukm chiqaradi. Alloh kofirlar uchun mo'minlarga qarshi 

sira yo'l bermaydi.  

 

142. Darhaqiqat, munofiqlar Allohni aldamoqchi bo'ladilar. Holbuki, Alloh ularni "aldab qo'yuvchidir". 

Namozga tursalar ham dangasalik bilan odamlar ko'rsinga turadilar va Allohni juda kam esga oladilar.  

 

143. Ular o'rtada sarsondirlar: na u yoqlik emaslar va na bu yoqlik. Kimniki Alloh adashtirsa, unga sira 

yo'l (chora) topa olmaysiz.  

 

144. Ey, imon keltirganlar! Mo'minlar qolib, kofirlar bilan do'st tutinmangiz! Allohga o'zingizga qarshi 

aniq hujjat paydo qilmoqchimisiz?! 

 

145. Albatta, munofiqlar do'zaxning eng tubida (bo'lur)lar. Ularga (biror) yordamchi topmaysiz.  

 

146. Illo, tavba qilib o'zlarini tuzatgan, Alloh bilan bog'lanib, dinlarini Alloh uchun xolis qilganlar, 

aynan ular mo'minlar bilan birga bo'lurlar. Mo'minlarga esa Alloh buyuk mukofot ato etur.  

 

147. Agar shukr qilsangiz va imon keltirsangiz, Alloh sizlarni azoblab nima ham qiladi?! Alloh shukrni 

qabul etuvchi va biluvchi zotdir.  

 

 



OLTINCHI JUZ’ 

************************* 

 

148. Alloh yomonlikni so'z bilan oshkora aytishlikni suymaydi. Zulm qilingan kishi bundan mustasno*. 



Alloh eshituvchi va biluvchidir.  

 

Izoh:Ya'ni birovning qilgan yomonligidan nolib, uni yomonlik qilgan odamning o'ziga yoki boshqalarga 



Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

65

gapirib shikoyat qilish yoxud o'ch olishga urinishni Alloh xush ko'rmaydi.  

 

149. Yaxshilikni oshkora qilsangiz ham, pinhona qilsangiz ham yoki yomonlikni afv etsangiz ham, 

albatta, Alloh afv etuvchi va qudratli zotdir.  

 

150. Allohga va payg'ambarlariga kufr keltiruvchilar, Alloh bilan payg'ambarlari o'rtasini uzishni 

xohlovchilar, biriga ishonamiz, biriga ishonmaymiz, deb o'rtacha yo'l tutuvchilar,  

 

151. ana o'shalar haqiqiy kofirlardir. Kofirlarga esa xor etuvchi azobni tayyorlab qo'yganmiz.  

 

152. Allohga va payg'ambarlariga imon keltirgan, ulardan birortasini ajratib qo'ymaganlar esa, aynan 

ularga mukofotlarini, albatta, berur. Alloh kechirimli va rahmlidir.  

 

153. Ahli kitoblar Sizdan osmondan kitob tushirishingizni so'raydilar. Musodan ham bundan kattaroq 

narsani so'rab: "Bizga Allohni ochiq ko'rsat!" - deyishgan edi. Shunda (bu) zulmlari sababli ularni 

chaqmoq urgan edi. So'ngra (aniq) hujjatlar kelgandan keyin buzoqni (ma'bud qilib) olishdi. Shuni ham 

kechirdik va Musoga aniq saltanat (hujjat) berdik.  

 

154. Ahdlari (olinishi) uchun tepalariga Tur (tog'i)ni ko'tarib turdik va ularga: "Darvozadan sajda 

qilgan holingizda kiring", - dedik. Yana ularga: "Shanba kuni (sinovi)da haddan oshmang", - dedik va 

ulardan qattiq ahd oldik.  

 

155. Ahdni buzganlari, Allohning oyatlarini inkor etganlari, payg'ambarlarni nohaq o'ldirganlari va 



"Dillarimiz berk" deganlari sababli (ularni jazoladik). Yo'q! Balki, kufrlari tufayli Alloh ularning 

dillarini muhrlab qo'ygandir. Shuning uchun ozchilikdan tashqarilari imon keltirmaydilar.  

 

156. Yana kufrlari va Maryam (sha'ni)ga aytgan ulkan bo'htonni gapirganlari sababli,  

 

Izoh:Maryam sha'niga ular zinokor deb tuhmat qilganlar.  

 

157. shuningdek, Allohning payg'ambari Iso Masih ibn Maryamni biz o'ldirdik, degan gaplari tufayli 

(jazoladik). Holbuki, uni o'ldirganlari ham, osganlari ham yo'q. Faqat (boshqa bir kishi Isoga) o'xshatib 

qo'yildi, xolos. Albatta, uning to'g'risida bahslashganlar u haqda shubhadadirlar. Ularda gumonga 

ergashishdan boshqa biror (to'g'ri) ma'lumot yo'q. Aniqki, uni o'ldirmaganlar.  

 

158. Balki, uni Alloh O'z huzuriga ko'tardi. Alloh qudrat va hikmat egasidir.  

 

159. Hech bir ahli kitob yo'qki, o'limidan oldin unga imon keltirmasa. Qiyomat kuni esa u (Iso) ularga 

qarshi guvoh bo'ladi.  

 

160. Yahudiy bo'lganlarning zolimliklari va ko'p (kishilar)ni Alloh yo'lidan to'sganlari sababidan ularga 

(oldin) halol qilingan narsalarni* harom qilib qo'ydik.  

 

Izoh:An'om surasining 146-oyatiga qaralsin.  

 

161. (Yana boshqa) sabablari - ularning ustama (foiz) olishlari va odamlarning mol-mulklarini nohaq 

yeganlaridir. Ulardan kofirlariga alamli azobni tayyorlab qo'yganmiz.  

 

162. Lekin, ular (yahudiylar) orasida ilmda mustahkam bo'lganlar hamda Sizga nozil qilingan narsaga 

va Sizdan ilgari nozil qilingan narsaga imon keltiradigan mo'minlar, xususan, namozni barpo 

qiluvchilar, zakotni ado etuvchilar, Allohga va oxirat kuniga imon keltiruvchilar ham borki, aynan 

ularga, albatta, ulkan mukofot ato eturmiz.  


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

66

 



163. (Ey, Muhammad,) albatta, Biz Nuhga va undan keyingi payg'ambarlarga vahiy yuborganimiz kabi 

Sizga ham vahiy yubordik. Shuningdek, Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Ya'qub va uning avlodi, Iso, Ayyub, 

Yunus, Horun va Sulaymonga ham vahiy yuborganmiz. Dovudga esa Zabur berdik.  

 

164. (Bir qator) payg'ambarlar haqida qissalarni Sizga ilgari aytdik. (Ayrim) payg'ambarlar qissalarini 

esa aytganimiz yo'q. Alloh Muso bilan (bevosita) gaplashdi.  

 

165. Payg'ambarlar (kelgan)dan keyin odamlar uchun Allohga qarshi hujjat bo'lmasin deb 

payg'ambarlarni xushxabar beruvchi va ogohlantiruvchi qilib (yubordik). Alloh qudrat va hikmat 

egasidir.  

 

166. Lekin, Alloh Sizga nozil qilgan narsa (Qur'on)ga O'z ilmi bilan guvohlik beradi. Farishtalar ham 

guvohlik berurlar. Alloh (O'zi) yetarli guvohdir.  

 

167. Albatta, kofir bo'lgan va Allohning yo'lidan to'sganlar uzoq (qattiq) adashgandirlar.  

 

168. Albatta, kofir bo'lgan va zolimlik qilganlarni Alloh kechirmaydi va (to'g'ri) yo'lga hidoyat qilmaydi.  

 

169. Aksincha, (ularni) jahannam yo'liga (ravona qilur). U yerda esa abadiy qolurlar. Bu (ish) Allohga 

osondir.  

 

170. Ey, odamlar! Payg'ambar sizlarga Rabbingizdan haq (Islom)ni keltirdi. Bas, imon keltiringiz. 

(Shunda) o'zingiz uchun yaxshi bo'lur. Bordiyu inkor etsangiz, bas, osmonlaru Yerdagi narsalar 

Allohnikidir. Alloh bilim va hikmat sohibidir.  

 

171. Ey, ahli kitoblar! (Isoni ilohiylashtirib) diningizda haddan oshib ketmangiz! Alloh (sha'ni)ga esa 



faqat haq (gap)ni aytingiz! Albatta, Iso Masih ibn Maryam faqat Allohning payg'ambari va Uning 

Maryamga tashlagan "So'zi" hamda Uning tomonidan (kelmish) ruhdir, xolos. Bas, Allohga va Uning 

payg'ambarlariga imon keltiringiz! "Uchta" demangiz! Qaytingiz - o'zlaringizga yaxshi bo'lur! Albatta-

albatta, Alloh yagona ilohdir! U farzandli bo'lishdan pokdir. Osmonlardagiyu Yerdagi narsalar 

Unikidir. Alloh (O'zi) yetarli vakildir.  

 

172. Masih Allohga banda (qul) bo'lishdan sira or qilmaydi, muqarrab (Allohga yaqin) farishtalar ham. 

Kimki Unga banda bo'lishdan or qilsa va kibrlansa, (U) ularning barchasini, albatta, O'z huzuriga jam 

qilajak.  

 

173. Ana o'shanda imon keltirib, solih amallarni qilganlarga mukofotlarini to'la berish bilan birga, yana 

O'z fazlidan ularga ziyodalik ato qilur. Ammo, or qilgan va kibrli bo'lganlarni alamli azob bilan 

jazolagay. O'zlari uchun Allohdan boshqa na do'st topadilar va na yordamchi.  

 

174. Ey, odamlar! Sizlarga Rabbingizdan hujjat (Payg'ambar va mo''jizalar) keldi. Sizlarga yana 

ravshan nur (Qur'on ) ham nozil etdik.  

 

175. Allohga imon keltirgan va Unga bog'langanlarni (U) O'zining rahmati va fazliga musharraf etgay va 

ularni to'g'ri yo'lga yo'llagay.  

 

176. (Ey, Muhammad,) Sizdan fatvo so'raydilar. Ayting: "Alloh sizlarga otasi ham, farzandi ham 



bo'lmagan odam to'g'risida (shunday) fatvo beradi: agar farzandsiz bo'lgan bir erkak halok bo'lsa 

(o'lsa), agar singlisi (qolgan) bo'lsa, qoldirgan merosning yarmini olur. Agar singlisining farzandi 

bo'lmasa, u (akasi) merosxo'r bo'lur. Agar (singillar) ikkita bo'lsa, ularga (aka) qoldirgan narsaning 

uchdan ikkisi (tegur). Agar (merosxo'rlar) aka-uka va opa-singillar bo'lsa, (har) bir erkakka ikki ayol 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

67

hissasi (berilur). Yanglishib ketmasliklaring uchun Alloh sizlarga (meros hukmlarini O'zi) bayon etadi. 



Alloh har bir narsani biluvchidir.  

 

 



Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

68

MOIDA SURASI 

 

Moida - dasturxon demakdir.  



 

 Surada Islom mafkurasiga oid masalalar, shar'iy hukmlar, haj, umra, tahorat, nikoh, jinoyat, jazo, ichkilik, 

qimor hukmlari, payg'ambarlar qissasi va boshqa muhim ma'lumotlar bayon etiladi.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. Ey, imon keltirganlar! Bitimlar (ahdlar)ga vafo qilingiz! Sizlar uchun chorva (xonaki) hayvonlar 

(go'shti) halol qilindi. Sizlarga (nomlari) o'g'ilajak (hayvonlar) bundan mustasno. Ehrom (haj ibodati)da 

bo'lganlaringizda ov qilishni halol deb sanamagaysiz. Albatta, Alloh iroda qilgan narsaga hukm qilur.  

 

2. Ey, imon keltirganlar! Allohning (hajga doir) shiorlarini, Harom oy (haj oylari)ni, qurbonliklarni, 

(ularga taqib qo'yilgan) taqinchoqlarni, Parvardigorlarining fazli va roziligini topish niyati bilan Baytul-

Harom (Ka'ba)ga boruvchilarni (ularga qarshilik qilishni) halol deb hisoblamangiz!* Halol (qilingan 

holat)ga chiqqanlaringda esa, ov qilaveringiz. Sizlarni Masjidul-Haromdan to'suvchi qavmning adovati 

tajovuz qilishingizga undamasin! Ezgulik va taqvo (yo'li)da hamkorlik qilingiz, gunoh va adovat (yo'li)da 

hamkorlik qilmangiz! Allohdan qo'rqingiz! Albatta, Alloh azobi qattiq zotdir.  

 

3. O'limtik, qon, cho'chqa go'shti, Allohdan o'zganing nomi aytib so'yilgan, bo'g'ilib o'lgan, urib 



o'ldirilgan, yiqilib o'lgan, suzishdan o'lgan va yirtqich hayvon (qisman) yegan (hayvonlar) sizlarga 

harom qilindi, illo (shar'an) so'yganingiz (haloldir). Yana, but-sanamlarga atab so'yilgan hayvonlar 

(go'shti) va fol cho'plaridan qismatingizni istashingiz (ham harom qilindi). Bu ishingiz fosiqlikdir. 

Bugunga kelib, endi kofirlar diningiz (mag'lubiyati)dan noumid bo'ldilar. Shuning uchun ulardan 

qo'rqmangiz, Mendan qo'rqingiz! Ana, endi bugun, diningizni kamoliga yetkazdim, ne'matimni 

tamomila berdim va sizlar uchun Islomni din bo'lishiga rozi bo'ldim. Kimki, gunohga moyilligidan emas, 

balki ocharchilikda (mazkur man etilgan narsalardan yeyishga) majbur bo'lsa, albatta, Alloh kechirimli 

va rahmlidir.  

 

4. Sizdan (o'zlariga) halol qilingan narsalar haqida so'raydilar. Ayting: "Sizlarga pokiza narsalar va 

Alloh sizlarga bildirganidan sizlar o'rgatgan yirtqichlar (keltirgan ovlar) halol qilindi. Bas, ular sizlar 

uchun tutgan (ovlar)idan "Bismilloh"ni aytib yeyaveringiz va Allohdan qo'rqingizlar. Zero, Alloh hisobi 

tez zotdir.  

 

5. Bugun sizlar uchun pokiza narsalar halol qilindi. Shuningdek, Ahli Kitoblarning taomi sizlar uchun 

halol va taomingiz ular uchun haloldir. Zinokorlik va maxfiy o'ynash qilib olish uchun emas, balki 

mahrlarini bersangiz, mo'mina ayollarning iffatlilari va sizlardan oldin Kitob berilganlarning iffatli 

ayollari (ham haloldir). Kimki, imondan kufrga qaytsa, (qilgan savobli) ishi, albatta, zoye bo'lur va u 

oxiratda ziyon ko'ruvchilardandir.  

 

6. Ey, imon keltirganlar! Namoz (o'qish)ga turar ekansiz, albatta, yuzlaringizni, qo'llaringizni 



tirsaklarigacha yuvingizlar, boshlaringizga mash tortingizlar va oyoqlaringizni to'piqlarigacha 

(yuvingizlar)! Agar junub bo'lsangiz, obdon poklaningizlar (cho'milingizlar)! Agar bemor yoki safarda 

bo'lsangiz, yoki sizlardan biror kishi hojatxonadan (chiqib) kelsa, yoxud xotinlaringiz bilan surkalishgan 

(qovushgan) bo'lsangizu, (lekin) suv topmasangiz, pok tuproqqa tayammum qilib, undan yuzlaringiz va 

qo'llaringizga surting! Alloh sizlarga biror qiyinchilik (paydo) qilishni ravo ko'rmaydi, aksincha, sizlarni 

poklash va ne'mat(lar)ini sizlarga mukammal berishni xohlaydi, zora shukr qilsangizlar*.  

 

Izoh: Tahorat farzlaridan sanalmish qo'l va oyoqlarni yuvishda ularning qaysi joyigacha suv yetishi shart 



degan nizoli masala bor. Oyatda "qo'llaringizni tirsaklarigacha, oyoqlaringizni to'piqlarigacha" deyilgan. Abu 

Hanifa (r. a. ) shu "gacha" qo'shimchasini "bilan" deb tafsir qilganlar va tirsak va to'piqlar ham qo'shib 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

69

yuvilishini farz deb hisoblaydilar. Imom Molik, Zufar, Sha'biy, Ibn Jarir at-Tabariy kabi olimlar esa tirsak va 



to'piqlar yuvilishi farz doirasiga kirmaydi, deganlar. Har ikki tomon ham o'z dalillariga egadirlar. Tahoratda 

niyat hukmiga kelsak, Abu Hanifa (r. a. ): "niyat tahoratda farz emas", - deganlar. Imom Shofe'iy (r. a. ) esa: 

"u farz",- deydilar. Boshga mash tortish farzida ham mujtahid ulamolar o'rtasida ixtilof mavjud. Hanafiy 

mazhabida boshning to'rtdan biriga mash tortish farzdir. Molikiy mazhabida boshning hammasiga mash tortish 

farzdir. Shofeiy mazhabida boshning ozgina qismiga, hatto sochning uch tolasi uzra mash tortsa ham farzni 

ado etgan hisoblanadi. Ularning barchalari ham mo''tabar va maqbul dalillar bilan o'z hukmlarini 

isbotlaganlar. Bu oyatda tayammum qilish to'g'risida ham so'z yuritilgan. Tayammum - bu suv bo'lmaganda, 

toza tuproq yoki changga yoxud toza matohga ikki qo'l kaftlari bilan bir zarb urib, yuzga surtish va yana bir 

zarb urib, ikki qo'lning tirsaklari bilan qo'shib silab chiqishdir.  

 


Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling