Tarjima haqida


Albatta, mana shu (Mening) To'g'ri yo'limdir. Unga ergashingizlar! (Boshqa turli) yo'llarga


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/72
Sana04.05.2020
Hajmi1.61 Mb.
#103210
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   72
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt


 

153. Albatta, mana shu (Mening) To'g'ri yo'limdir. Unga ergashingizlar! (Boshqa turli) yo'llarga 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

92

ergashmangiz! Aks holda, ular sizlarni Uning yo'lidan ayirib qo'yadi. Taqvoli bo'lishlaringiz uchun 



(Alloh) qilgan hukm(lar)i mana shu(lar)dir".  

 

154. So'ngra, chiroyli (savobli) amal qilgan(lar)ga (ne'matlarimizni) mukammal berish va barcha narsa 

tafsiloti uchun hamda hidoyat va rahmat bo'lishi uchun Musoga Kitob (Tavrot)ni berdik, toki ular 

(Isroil avlodi) Parvardigorlari bilan muloqotda bo'lishlariga imon keltirsinlar.  

 

155. Mana bu Biz nozil qilgan muborak Kitob (Qur'on)dir, unga ergashingiz va taqvoli bo'lingiz, toki 

rahm qilingaysizlar.  

 

156. "Bizdan oldingi ikki toifaga kitob nozil qilingan edi. Biz esa ularni o'rganishdan g'ofilmiz", - 

deyishlaringiz  

 

157. yoki: "Agar bizga (ham) kitob nozil qilinganda edi, biz ulardan ko'ra hidoyatliroq bo'lar edik", - 

deyishlaringiz (Bizga ma'lum bo'lgani uchun Qur'onni nozil etdik). Albatta, sizlarga Rabbingizdan 

hujjat, hidoyat va rahmat keldi. Bas, Allohning oyatlarini yolg'onga chiqargan va ulardan yuz 

o'girgandan ko'ra kim zolimroq ekan?! Oyatlarimizdan yuz o'girganlarni, yuz o'girib yurganlari tufayli 

yomon azob bilan jazolagaymiz.  

 

158. Ular faqat (jon oluvchi) farishtalar kelishini yo Rabbingiz (azobi) kelishini yoki Rabbingiz belgilari 



(qiyomat alomatlari)dan ba'zisi kelishinigina kutmoqdalar. Rabbingiz belgilaridan ba'zisi kelgan kuni 

esa, oldin imon keltirmagan yoki imonida yaxshilik orttirmagan jonga (bu) imoni foyda bermaydi. 

Ayting: "Kutaveringiz, biz ham kutuvchilarmiz".  

 

159. Dinlarini (firqalarga) bo'lib, (turli) guruhlarga aylanganlar (uchun) biror narsada (Siz mas'ul) 

emassiz. Ularning ishi Allohga (havola). So'ngra (U) ularni qilib yurgan amallaridan ogoh qilur.  

 

160. Kimki (bir) hasana (savobli ish) qilsa, unga o'n barobar (ko'paytirib yozilur). Kimki (bir) yomon 

(gunoh ish) qilsa, faqat o'sha (gunoh) miqdorida (bir gunohga yarasha) jazolanur. Ularga zulm 

qilinmagay.  

 

161. Ayting: "Rabbim meni To'g'ri yo'lga, rost dinga, (haq yo'lda) barqaror Ibrohimning diniga yo'lladi. 

(U) mushriklardan emas edi".  

 

162. Ayting: "Albatta, namozim, ibodatim va hayotu mamotim olamlar Rabbi Alloh uchundir.  

 

163. Uning sherigi yo'qdir. Mana shu(aqida)ga buyurilganman va men (Allohning buyruqlariga) taslim 

etuvchilarning avvaliman. "  

 

Izoh: Ya'ni o'zim da'vat qilayotgan dinga o'zim birinchi bo'lib kirganman.  

 

164. Ayting: "Allohdan o'zga parvardigor qidirayinmi, vaholanki, U har narsaning Rabbi bo'lsa?!" Har 

bir jon (egasi) faqat o'zi uchun ish qiladi. (Hech bir) ko'taruvchi (gunohkor) o'zga (jon)ning yuki 

(gunohi)ni ko'tarmaydi. So'ngra qaytish joyingiz Alloh huzuridir. O'shanda sizlarga kelisha olmay 

yurgan (ish)laringizdan xabar berur.  

 

165. U sizlarni Yerning xalifalari qilib qo'ygan va ato etgan (ne'mat)larida sizlarni sinash uchun 

ba'zilaringizni ba'zilaringizdan (yuqori) darajalarga ko'targan zotdir. Albatta, Rabbingiz jazoda tezkor 

va U kechirimli va rahmlidir.  

 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

93

A'ROF SURASI 

 

Anfol - o'ljalar.  



 

 A'rof - jannat bilan do'zaxni ajratib turadigan maydon, arasot. Bu maydonda jannatga ham do'zaxga ham loyiq 

topilmagan kimsalar ma'lum muddat, ya'ni, vaqti-soati kelib, Alloh taolo ularni jannatga ravona qilishiga umid 

bog'lab tururlar. Surada Nuh, Hud, Solih, Lut, Shuayb va Muso payg'ambarlarning qissalari, tavhid, imon-

e'tiqod, qiyomat, hisob-kitob masalalari va boshqa muhim ma'lumotlar beriladi.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. Alif, Lom, Mim, Sod.  

 

2. (Bu Qur'on) Sizga nozil qilingan Kitobdir. U bilan (ummatingizni) ogohlantirishingizda ko'ksingizda 

undan tanglik (shak) bo'lmasin. U (Qur'on) mo'minlar uchun eslatma hamdir.  

 

3. Rabbingizdan sizlarga nozil qilingan narsa (Qur'on ta'limoti)ga ergashingiz, undan boshqa 

"do'stlar"ga ergashmangiz! Eslatmadan juda kam ta'sirlanmoqdasizlar.  

 

4. Qanchadan-qancha qishloq (ahli)ni halok qildik - ularga azobimiz tun yoki kun uyqusida 

ekanliklarida keldi.  

 

5. Ularga azobimiz kelganda duolari: "Biz o'zimiz zolim edik", - deyishdan o'zga bo'lmadi.  

 

6. Albatta, (payg'ambar) yuborilganlar bilan ham, payg'ambarlar bilan ham savol-javob qilurmiz.  

 

7. Ularga, albatta, (qilmishlarini) bilgan holda so'zlab berurmiz. Biz g'oyib emasmiz.  

 

8. O'sha kuni vazn (amallarni o'lchab tortishlik) haqiqatdir. Kimning mezonlari (amallari) og'ir kelsa, 

aynan o'shalar tolei yor kishilardir.  

 

9. Kimning mezonlari (amallari) yengil kelsa, ana o'shalar oyatlarimizga zulm (inkor) qilganlari sababli, 

o'zlariga ziyon qilganlardir.  

 

10. Albatta, sizlarni Yerda qaror toptirdik va unda sizlar uchun maishiy vositalarni (paydo) qildik. 

(Lekin) juda oz shukr qilursizlar.  

 

11. Albatta, (Biz) sizlarni (Odam Atoni) yaratdik, so'ngra sizlarga (unga) suvrat berdik, so'ngra 

farishtalarga: "Odamga sajda qilinglar!" - dedik. (Ular) sajda qildilar, illo Iblis sajda qiluvchilardan 

bo'lmadi.  

 

12. (Alloh) aytdi: "Senga buyurganimda sajda qilishingga nima mone'lik qildi?" U dedi: "Men undan 



yaxshiman, meni olovdan yaratgansan. Uni (Odamni esa) loydan yaratding".  

 

13. Aytdi: "Undan (jannatdan) chiq! U yer (jannat)da takabburlik qilishing senga (joiz) emas. Bas, chiq! 

Albatta, sen haqirlardandirsan. " 

 

14. (U) dedi: "Meni (insonlar) tiriltiriladigan kungacha kechiktir!"  

 

Izoh: Ya'ni to qiyomatgacha meni jazolamay tur.  

 

15. Aytdi: "Albatta, sen kechiktirilganlardansan".  


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

94

 



16. U (alamidan) dedi: "Qasamyod etamanki, meni yanglishtirganing tufayli Sening To'g'ri yo'ling 

(Islom dini) uzra ular (odamlarni chalg'itish) uchun o'tiraman.  

 

17. So'ngra, ularga oldilaridan, ortlaridan, o'ng tomonlaridan va so'l tomonlaridan (chalg'itish uchun) 

kelaman. (Natijada) ularning aksariyatini shukr qiluvchi holda topmaysan".  

 

18. Aytdi: "Undan (jannatdan) ayblangan va haydalgan holingda chiq! Qasamyod etamanki, kimki 

senga ergashsa, sizlarning barchangiz bilan jahannamni to'ldirajakman".  

 

19. (Biz dedik): "Ey, Odam! Jufting (Havvo) bilan jannatda turingiz va xohlagan joyingizdan tanovul 

qiling! Faqat ushbu daraxtga (mevasidan yeyish uchun) yaqinlashmangiz. Aks holda zolimlardan 

bo'lursiz!"  

 

20. So'ngra shayton ularning yopilgan avratlarini ochib yuborish (sharmanda qilish) uchun ikkisiga 

vasvasa qildi* va aytdi: "Rabbingiz sizlarni farishtalarga aylanib qolmasinlar yoki (jannatda) mangu 

qoluvchilardan bo'lmasinlar debgina sizlarni ushbu daraxtdan man etdi".  

 

Izoh: Bu oyatdan ma'lum bo'ladiki, satri avrat, ya'ni, avratni ochmasdan yopib yurish Odam Atodan boshlab 



inson tabiatida mavjud ekan.  

 

21. Yana ikkisiga qasam bilan: "Men sizlarga (xolis) nasihatgo'ylardandirman", - dedi.  



 

22. Shunday qilib (shayton) ularni (noqulay holatga) tushirdi. Daraxt (mevasi)dan totib ko'rishlari 

bilanoq, ikkisining avratlari ochilib qoldi va o'zlarini jannat yaproqlari bilan to'sa boshladilar. Shunda 

ularga Parvardigorlari: "Sizlarni o'sha daraxtdan man etmaganmidim va shayton sizlarning yaqqol 

dushmaningiz, demaganmidim?!" - deb nido qildi.  

 

Izoh: Ya'ni taqiqlangan mevadan yeb qo'yganlaridan keyin qorinlari og'rib, bo'shalish zarurati tug'ildi. 



Bo'shalish asnosida esa avratlari ochilib qoldi. So'ngra avratlarini anjir yoki banan yaproqlari bilan yopishga 

o'tdilar.  

 

23. Ikkisi aytdilar: "Ey, Rabbimiz! Biz o'zimizga (o'zimiz) zulm qildik. Agar bizni kechirmasang va 



bizga rahm qilmasang, biz, albatta, ziyon ko'ruvchilardan bo'lib qolurmiz".  

 

24. (Alloh) dedi: "Bir-biringizga nisbatan dushman bo'lgan holingizda (jannatdan) tushingiz! Sizlar 

uchun (ma'lum) vaqt (ajalingiz yetgun)gacha Yerda qaror olish va foydalanish (bordir)".  

 

25. (Yana) dedi: "Unda yashaysizlar, unda o'lursizlar va undan (oxiratda) chiqarilursizlar.  

 

Izoh: Ya'ni Yerda yashab, Yerga ko'milib, so'ngra qiyomatda Yerdan tiriltirilgan holatda chiqarilursizlar.  

 

26. Ey, Odam avlodi! Sizlarga avratlaringizni berkitadigan libos va patlar (ziynat kiyimlari)ni tushirdik. 

(Ammo) taqvo libosi bu yaxshiroqdir. Bu(lar) Allohning mo''jizalaridandir. Shoyad (buni) eslab 

ko'rsalar!  

 

Izoh: Oyatdan ma'lum bo'ladiki, avratlarni yopadigan kiyim asosiy kiyim, boshqa qo'shimcha kiyim-kechaklar 



esa zebu ziynat hisoblanar ekan. "Lekin, - deydi Parvardigor, - bu liboslaringiz uyatdan, issiq-sovuqdan 

saqlasa, taqvo libosi oxirat azobidan saqlaydi. " Demak, qimmatbaho kiyimlardan ko'ra ham taqvoni libos qilib 

kiyib olish yaxshiroq ekan.  

 

27. Ey, Odam avlodi! Shayton ota-onalaringiz (Odam va Havvo)ning avratlarini ularga fosh qilish 



Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

95

(uyaltirish) uchun jannatdan chiqargani kabi sizlarni ham aldab qo'ymasin! Zero, u va uning to'dasi 



sizlar ularni ko'ra olmaydigan tarafdan sizlarni ko'radilar. Biz shaytonlarni imon keltirmaydiganlarga 

do'st qilib qo'ydik".  

 

28. (Mushriklar) biror fahsh ish qilsalar: "Ota-bobolarimizni shu (odat) uzra topganmiz. Uni bizga Alloh 

(O'zi) buyurgan", - deydilar*. (Siz ularga): "Alloh aslo fahsh ishlarga buyurmaydi. Alloh sha'niga 

o'zlaring bilmagan (gap)larni aytaverasizlarmi?!" - deb ayting!  

 

Izoh: Mushriklar Allohdan boshqa soxta ma'budalarga sig'inishni va yalang'och holda Ka'bani tavof qilishni 



ota-bobolarimizdan bizlarga qolgan meros deb da'vo qilar edilar.  

 

29. (Yana) ayting: "Rabbim adolatli bo'lishga buyurgan. Har bir masjid (namoz) oldidan yuzlaringiz 



(dillaringiz)ni to'g'ri qiling! Unga (Allohga) dinni xolis qilgan hollaringizda duo qilingizlar. Sizlarni 

(avval boshda yarata) boshlaganidek, (qiyomatda mangu hayotga) qaytursizlar".  

 

30. Bir guruhni hidoyatga yo'lladi, (boshqa) bir guruhga esa zalolat (bitilgani) haq bo'lib chiqdi. Zero, 

ular Allohni qo'yib shaytonlarni do'st qilib olib, ularni to'g'ri yo'ldagilar deb o'ylaydilar.  

 

31. Ey, Odam avlodi! Har bir masjid (namoz) oldidan ziynatlaringiz (kiyimlaringiz)ni (kiyib) olingiz! 



Shuningdek, yenglar va ichinglar, (lekin) isrof qilmangizlar! Zero, U isrof qiluvchilarni sevmaydi.  

 

32. Ayting: "Bandalari uchun chiqargan Allohning ziynatini va pok rizqlarni kim haromga chiqardi?" 

Ayting: "U (ziynat va pok rizqlar) bu dunyoda imon keltirganlar (va boshqalar) uchun, qiyomat kunida 

esa, xolis (mo'minlarning o'zlari uchun bo'lur)". Shunday qilib, oyatlarni biladigan qavmlarga mufassal 

bayon qilurmiz.  

 

33. Ayting: "Rabbim faqat fahsh ishlarning oshkorayu pinhonasini, gunoh (ishlar)ni, nohaq gunoh va 

tajovuzkorlikni va Alloh hech qanday hujjat tushirmagan narsa(lar)ni Unga sherik qilishingizni hamda 

Allohning sha'niga o'zingiz bilmagan narsalarni gapirishingizni harom qildi".  

 

34. Har bir ummatga (jazo uchun) muhlat (belgilangan). Qachonki, ularning muhlati kelar ekan, (uni) 

biror soat kechga ham, ilgariga ham sura olmaydilar.  

 

35. Ey, Odam avlodi! Agar sizlarga o'z (jins)laringizdan bo'lgan payg'ambarlar Mening oyatlarimni 

sizlarga o'qigan holda kelsalar, (bilib qo'yingizki,) kimki taqvoli bo'lib, (o'zini) tuzatsa, u (kabi)larga 

xavf yo'q va ular tashvish ham chekmaydilar.  

 

36. Oyatlarimizni yolg'onga chiqargan va ulardan (o'zlarini yuqori tutib) kibr qilganlar - ana o'shalar 

do'zax ahlidirlar. Ular u yerda mangu (qoluvchi)dirlar.  

 

37. Alloh sha'niga yolg'on to'qigan yoki Uning oyatlarini yolg'onga chiqargan (odam)dan kim ham 

zolimroq ekan?! Ana o'shalarga Kitobdagi (yashash) nasibalari bitgach, vafot ettiruvchi farishtalarimiz 

ularga kelganlarida: "Allohni qo'yib iltijo qilgan narsa (but)laring qani?!" - deganlarida, ular: "Bizdan 

yo'qoldilar", - deyishadi. O'zlarining zararlariga kofir bo'lganlari to'g'risida guvohlik berurlar.  

 

38. (Ularga Alloh) aytadi: "Sizlardan oldin o'tgan jin va insdan iborat (kofir) ummatlar ichida (sizlar 



ham) do'zaxga kiringizlar!" Har bir ummat (do'zaxga) kirganda, sherigini la'natlaydi. U yerda bir-

birlari bilan jam bo'lib topishishgach, oxirgi (ummat) o'zidan oldingisi haqida: "Ey, Rabbimiz! Ana 

o'shalar bizni adashtirganlar. Ularga do'zax azobini ikki barobar (qilib) bergin!" - deydilar. (Shunda 

Alloh): "Har birlaringiz uchun ikki barobardir, lekin (sizlar buning hikmatini) bilmaysizlar", - degay.  

 

39. Avvalgilari keyingilariga aytadilar: "Sizlarning bizlardan ortiqligingiz yo'q. Qilmishlaringizga 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

96

yarasha (ushbu) azobni totaveringizlar!"  



 

40. Albatta, oyatlarimizni yolg'onga chiqargan va ulardan kibrlanib bosh tortganlar uchun osmon 

eshiklari sira ochilmagay va nina ko'zidan tuya o'tmagunga qadar jannatga kirmaslar. Jinoyatchilarni 

ana shunday jazolagaymiz.  

 

Izoh: Nina teshigidan tuya o'tmaguncha deb shart qo'yish o'sha ishning hech qachon amalga oshmasligidan 



dalolatdir. Ya'ni, oyatlarimizni inkor etuvchi mutakabbir kishilar hech qachon jannatga kirmaslar.  

 

41. Ularga jahannam (o'ti)dan (ostilariga) gilam va ustilariga yopinchiq (bo'lur). Zolimlarni ana shunday 



jazolagaymiz.  

 

42. Imon keltirgan va solih (savobli) ishlarni qilganlar esa - hech bir jonni toqatidan ortiqqa majbur 

etmaymiz - aynan o'shalar jannat ahlidirlar. Ular u yerda mangu (qoluvchi)dirlar.  

 

43. Dillaridagi (o'zaro) adovat (to'yg'ulari)ni sug'urib tashlaymiz. Ostilaridan anhorlar oqajak. (Shunda) 

ayturlarki: "Ushbu (ne'matlar)ga bizni boshlab kelgan Allohga hamd (aytamiz). Agar bizni (O'zi) 

boshlamaganida, (o'zimizcha) yo'lni topa olmagan bo'lur edik. Rabbimizning elchi (payg'ambar)lari 

haqiqatni keltirgan ekanlar". Ularga nido qilinurki: "Mana shu - jannat. Qilgan (savobli) amallaringiz 

sababli u sizlarga meros qilib berildi".  

 

44. Jannat ahli do'zax ahliga (qiyomat kuni): "Rabbimiz bizga va'da qilgan narsa (jannat)ni biz haq 



ekanini topdik. Sizlar ham Rabbingiz va'da qilgan (ogohlantirgan do'zax)ning haq ekanini 

topdingizmi?" - deb nido qilurlar. Ular: "Ha", - deydilar. So'ngra o'rtalaridan bir jarchi (farishta 

chiqib) jar soladi: "Zolimlar uzra Allohning la'nati (yog'ilsin)! 

 

45. Zero, ular Allohning yo'lidan to'sadigan, uni qing'ir qilishni istaydigan, oxiratga esa ishonmaydigan 

edilar".  

 

46. (Jannat va do'zax ahllari) o'rtalarida parda (bordir). A'rof (arasot) uzra (jannat va 

do'zaxdagilarning) har birini siymolari (alomatlari)dan tanib oladigan kishilar (bo'lur). Jannat ahliga: 

"Sizlarga salom!" - deydilaru (kirishdan) tamagir bo'lib, kira olmaydilar.  

 

47. Ko'zlari do'zax ahli tarafiga burilib qolsa, aytadilar: "Ey, Rabbimiz! Bizni bu zolimlar qavmi bilan 

birga qilib qo'ymagin!" 

 

48. Arasot ahli siymolaridan tanish kishilariga aytadilar: "To'plagan (boylik)laringiz va qilgan 

kibrlaringiz sizlarga (kuningizga) yaramabdi-ku! 

 

49. Allohning rahmati yetmaydi, deb siz qasam ichib yurgan (faqir musulmon)lar ana ularmi?" 

(Shundan so'ng Alloh arasot ahliga deydi): "Jannatga kiringiz! Sizlarga xavf yo'q va sizlar tashvish ham 

chekmaysizlar!" 

 

50. Do'zax ahli jannat ahliga: "Bizning ustimizga suvdan yoki Alloh sizlarni rizqlantirgan narsadan 

to'kingiz", - deb nido qilurlar. Ular (javobiga): "Alloh (siz so'ragan) har ikki (narsa)ni kofirlarga - 

 

51. dinlarini hazil va o'yin qilib olgan va foniy dunyo aldab qo'yganlarga harom (man) etgan", - 

deydilar. Bugun ushbu Kun muloqotini unutganlari va oyatlarimizni inkor etganlari kabi (Biz ham) 

ularni "unutamiz".  

 

52. Ular (Makka ahli)ga ishonadigan qavm uchun hidoyat va rahmat (manbai) sifatida ilm bilan O'zimiz 



mufassal bayon qilgan Kitob (Qur'on)ni keltirdik.  

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

97

 



53. Ular (esa) uning (aniq ma'nolari qolib,) ta'vili (boshqacha mazmun berilishi)ni kutadilar. Ta'vili 

kelgan kuni (qiyomat)da uni (Qur'onni) ilgari unutgan (mensimagan)lar aytadilar: "Rabbimizning elchi 

(payg'ambar)lari haqiqatni keltirgan ekanlar. Bas, qani (endi) oqlovchi (but-sanam)lar (bo'lsayu,) bizni 

oqlasalar yoki (dunyoga yana) qaytarilsag-u qilgan ishlarimizdan o'zgacha ish qilsak?" (Ular) o'zlariga 

ziyon qildilar va to'qib yurgan (buhton)lari ulardan g'oyib bo'ldi.  

 

54. Darhaqiqat, Rabbingiz osmonlaru Yerni olti kunda yaratgan, so'ngra Arsh uzra mustaviy bo'lgan, 

kunduzga tunni qoplatadigan - uni (ya'ni, tun kunni) shitob quviydi - quyosh, oy, yulduzlarni O'z amriga 

musaxxar (mute) qilib qo'ygan Allohdir. Ogoh bo'lingizki, yaratish va buyurish Unga xosdir. 

Olamlarning Rabbi - Alloh barakotlidir.  

 

55. Rabbingizga zorlanib va xufyona (ovozsiz) duo qilingiz! Zero, U haddan oshuvchilarni yoqtirmaydi.  

 

56. Yerni (Alloh xayrli ishlarga) yaroqli qilib qo'ygandan keyin (unda) buzg'unchilik qilmangizlar! Unga 

(Allohga) ham qo'rqinch va ham umid bilan duo qilingizlar! Allohning rahmati ezgu ish qiluvchilarga 

yaqindir.  

 

57. U o'z rahmatining darakchisi sifatida shamollarni yuboruvchi zot bo'lib, (shamollar) og'ir bulutlarni 

ko'tarib olgach, uni o'lik (chanqoq) shahar (usti)ga haydaymiz. Bas, unga suv (yomg'ir) yog'dirib, u 

sababli mevalarning har turidan chiqarurmiz. O'liklarni ham (qabrlaridan) shu tarzda chiqarurmiz, 

shoyad eslatma olsangizlar.  

 

58. Yaxshi shahar (yeri)ning giyohi Rabbining izni bilan (unib) chiqaveradi. Yomon (shahar yeri esa) 



faqat unimsiz bo'lur. Shukr qiluvchi qavm uchun oyatlarni shu tarzda tasarruf eturmiz.  

 

Izoh: Bu zarbul-masaldan murod pand-nasihat yaxshi odamga, ya'ni, mo'min kishiga ta'sir qiladi, kufrdagi 



kimsaga esa ta'sir qilmaydi, degan ma'nodir.  

 

59. Darvoqe, Nuhni o'z qavmiga (elchi qilib) yubordik. Shunda u dedi: "Ey, qavmim! Allohga sig'iningiz! 



Sizlarga Undan o'zga iloh yo'qdir. Men sizlarga buyuk Kun (qiyomat) azobi (bo'lishi)dan qo'rqaman".  

 

60. Qavmining zodagonlari: "Biz seni ochiq yanglish uzra ko'rmoqdamiz", - dedilar.  

 

61. (Nuh) dedi: "Ey, qavmim! Menda yanglish yo'q. Lekin, men olamlar Rabbi (tomoni)dan elchi 

(payg'ambar)durman.  

 

62. Sizlarga Rabbimning topshiriqlarini yetkazurman va sizlarga nasihat qilurman hamda Allohdan 

(kelgan vahiy orqali) sizlar bilmaydigan narsalarni bilurman.  

 

63. Sizlarni ogohlantirish, taqvoli bo'lishingiz va rahm qilishingiz uchun sizlarga Rabbingizdan (kelmish) 

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling