Tarjima haqida


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/72
Sana04.05.2020
Hajmi1.61 Mb.
#103210
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   72
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt


www.ziyouz.com кутубхонаси 

110


lozim topganlar. Surada shu kabi sinovlarga baho beriladi.  

 

8. Jinoyatchilar (mushriklar) yoqtirmasalar ham (Alloh) haqni haq, nohaqni nohaq (ekanini isbot) etish 



uchun (shu ishlarni qiladi).  

 

9. Rabbingizga (yordam so'rab) faryod qilganingizda: "Men sizlarga ketma-ket (keluvchi) ming nafar 



farishta bilan madad beruvchidirman", - deb (duoingizni) ijobat etganini eslang!  

 

10. Alloh (bu yordamni) faqat (sizlarga) xushxabar bo'lishi va dillaringiz taskin topishi uchun qildi. 

G'alaba faqat Alloh huzuridangina (bo'lur). Alloh, albatta, qudrat va hikmat sohibidir.  

 

11. Uning tarafidan xotirjamlik uchun sizlarni mudroq bostirgani, ustilaringizga osmondan suv 

(yomg'ir) tushirib, u bilan sizlarni poklash, shaytonning vasvasasini sizlardan daf etish, dillaringizga 

(o'zaro) aloqa paydo qilish va u bilan qadamlaringizni sobit (mustahkam) qilishni iroda etganini eslang!  

 

12. Rabbingiz farishtalarga vahiy qilib: "Men sizlar bilan birgadirman. Bas, imon keltirganlarni sabotga 

undangiz! Kufrga ketganlarning dillariga qo'rquv solib qo'yajakman. Bo'yinlar uzra uringiz (qatl 

etingiz) va ularning har bir barmog'iga (har taraflama) zarba beringiz", - deganimni eslang!  

 

13. Bu shuning uchunki, ular Alloh va Rasuliga muxolif bo'ldilar. Kimki Alloh va Rasuliga muxoliflik 

qilsa, bas, Alloh jazosi qattiq zotdir.  

 

14. Ana shu sizlarga! Uni totib ko'ringiz! Kofirlar uchun (esa) do'zax azobi muqarrardir.  

 

15. Ey, imon keltirganlar! Kofir bo'lganlar to'dasi bilan to'qnashganingizda, ulardan ortga qarab 

chekinmangiz!  

 

16. Kimki o'sha kuni ulardan ortga chekinsa - jang ishi bilan chetlagan va biror bo'linmaga qo'shilishga 

borganlar bundan mustasno - Allohning g'azabi bilan (birga) qaytgan bo'lib, joyi jahannam bo'lur. 

Qanday ham yomon oqibat bu?!  

 

17. Ularni sizlar o'ldirmadingiz, balki ularni Alloh o'ldirdi. Otganingizda Siz otmadingiz (ey, 



Muhammad,) balki Alloh otdi. Mo'minlarni O'zining yaxshi sinovi bilan (bir) sinash uchun (shunday 

qildi). Albatta, Alloh eshituvchi va biluvchidir.  

 

Izoh: Muhammad (a. s.) yov lashkari bilan to'qnash kelganlarida, qo'llariga bir hovuch tuproq olib: "Shohatil - 



vujuh!" -ya'ni, yuzlaring qursin! - deb ular tomon sochib yuborganlar. Allohning amri bilan lashkarlar ko'zi 

chang bilan to'lgan. Oyatda shu ilohiy madadlar eslatilmoqda.  

 

18. Sizlarga - shu! Alloh esa kofirlar makrini susaytiruvchidir.  

 

Izoh: Bu yerda Makka ahliga qarata xitob qilinmoqda.  

 

19. Agar yordam so'rasangiz, mana sizlarga yordam keldi. Agar tiyilsangiz, unda u sizlar uchun 



yaxshidir. Bordi-yu (yana) qaytsangiz, (Biz ham) qaytamiz. Sizlarga to'dangiz biror foyda bermaydi

garchi ko'pchilik bo'lsa ham. Alloh esa, mo'minlar bilan birgadir.  

 

20. Ey, imon keltirganlar, Allohga va (Uning) Rasuliga itoat etingiz! O'zlaringiz eshitib turib, Undan yuz 

o'girib ketmangiz!  

 

21. O'zlari eshitmasalarda, "Eshitdik" deydiganlardan bo'lmangiz!  

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

111


22. Allohning nazdida hayvonlarning eng yomoni bu aqlni ishlatmaydigan "kar" va "soqov"lardir.  

 

23. Agar Alloh ularda yaxshilik (bo'lishi)ni bilsa edi, ularni eshitadigan qilib qo'yar edi. Eshitadigan 

qilganda ham (ular) bosh tortib, yuz o'girgan bo'lar edilar.  

 

24. Ey, imon keltirganlar! Sizlarni tiriltiruvchi narsa (ilm olish) uchun chorlaganlarida, Allohga va 

Rasulga (labbay deb) javob qilingizlar! Yana bilib qo'yingizki, Alloh inson bilan uning dili (o'rtasi)da 

"parda"ni bo'lib turadi va Uning (huzuriga) jam bo'lursizlar.  

 

Izoh: Ya'ni Alloh shu qadar insonga yaqin.  

 

25. Sizlardan faqat zolimlargagina xos bo'lmagan (balki hammalaringizga ommaviy bo'ladigan) fitna 

(azob)dan saqlaningiz va bilib qo'yingizki, Alloh jazosi qattiq (zot)dir.  

 

Izoh: Arab tilida fitna oyatdagi sinov ma'nosida ham keladi. Demak, boylik va farzandlarni Alloh taolo 



bandalarini sinab ko'rish uchun berar ekan. Ya'ni boylikni xayrli ishlarga sarf etish, farzandlarga to'g'ri 

tarbiya berish orqali barkamol avlodni voyaga yetkazish lozimligi ma'lum bo'ladi.  

 

26. Yana, sizlar Yerda (Makkada) ozchilik va zaiflashgan holingizda, odamlar (mushriklar) sizlarni 



talon-taroj qilib ketishlaridan qo'rqib turganingizda, sizlarga (Madinadan) joy berib, yordami bilan 

sizlarni quvvatlagani va shukr qilarsizlar, deb pokiza (ne'mat)lar bilan rizqlantirganini eslangizlar!  

 

27. Ey, imon keltirganlar! Allohga va Rasulga (buyruqlariga) xiyonat qilmangiz va (bir-biringizdagi 

qo'ygan) omonatlaringizga (ham) bilib turib xiyonat qilmangiz!  

 

28. Bilib qo'yingizki, albatta, mol-mulklaringiz va farzandlaringiz fitna (gunoh, azob va mashaqqat 

manbai)dir. Allohning huzurida (esa) ulkan mukofot (bordir).  

 

29. Ey, imon keltirganlar! Agar Allohdan qo'rqsangiz, Sizlar uchun (haq bilan nohaqlikni) ajrim etuvchi 

(yordam)ni berur va gunohlaringdan o'tib, sizlarni mag'firat qilur. Alloh ulkan fazl sohibidir.  

 

30. Kofir bo'lganlarning Sizni asir olish yo o'ldirish yoki (yurtdan) chiqarib yuborish uchun makr 

qilganlarini eslang! (Ular) makr qiladilar, Alloh (ham) "makr" qiladi*. Alloh makr qiluvchilarning 

yaxshisidir.  

 

31. Ularga oyatlarimiz o'qib berilsa, "Eshitdik, bas! Xohlasak, (biz ham) shunga o'xshash (oyatlar)ni 

aytar edik. Bu avvalgilarning afsonalaridan boshqa narsa emas",- deyishadi.  

 

32. Ular: "Ey, Alloh! Agar shu (Qur'on) Sening huzuringdanligi haq bo'lsa, (mayli) ustimizga osmondan 

tosh yog'dir yoki bizga alamli azob keltir",- deganlarini eslang!  

 

33. Ularning ichida Siz bo'la turib, Alloh ularni azoblovchi emas. Ular istig'for aytib (kechirim so'rab) 

turgan hollarida ham Alloh ularni azoblovchi emas.  

 

34. Ularga ne bo'ldiki, (mo'minlarni) Masjidi Harom (ziyorati)dan to'ssalar ham, ularni Alloh 



azoblamasin, deydilar?! Ular uning (Masjidi Harom)ning egasi emaslar. Uning egalari faqat taqvoli 

(mo'min) kishilardir. Lekin, ularning aksariyati (buni) bilmaydilar.  

 

35. Ularning Bayt (Ka'ba) oldidagi namozlari faqat hushtak va chapak chalishdan iborat edi*. Bas, (ey, 

mushriklar, Badr jangi kuni) kufringiz sababli azobni totingiz!  

 

Izoh: Ya'ni Rasululloh Ka'bada namoz o'qisalar, ular qiroatdan yanglishtirish maqsadida hushtak va chapak 



Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

112


chalar edilar.  

 

36. Kofir bo'lganlar mol-mulklarini Alloh yo'lidan to'sish uchun sarflaydilar. Bas, ularni sarflaydilar-u, 



(lekin) o'zlariga (bu) hasrat bo'lib, so'ngra mag'lubiyatga uchraydilar. Kofir bo'lganlar jahannamga 

(haydalish uchun) jam qilinurlar.  

 

37. (Bu) Allohning nopokni pokdan ajrim etishi va nopok (kimsa-kofir)larni bir-birlariga qo'shib, 

qalashgan hollarida hammasini jahannamga tashlashi uchundir. Ana o'shalar ziyon ko'ruvchilardir!  

 

38. Kofir bo'lganlarga ayting, agar (kufrdan) to'xtasalar, o'tmish (gunoh)lari kechirilur. Bordiyu 

(kufrga) qaytsalar, (unda) oldingilarning yo'li (ibrat sifatida) o'tgan.  

 

Izoh: Ya'ni o'sha kufrda o'tganlarning kuni bular boshiga ham kelur.  

 

39. Fitna (shirk) yo'q bo'lgunicha va din butunlay Allohga bo'lgunga qadar ular bilan urishingiz! Agar 

(kufr)dan qaytsalar, albatta, Alloh ularning ishlarini ko'rib turuvchidir.  

 

Izoh: Din butunlay Allohga bo'lgunicha deyishdan maqsad - botil dinlar o'rniga Islom dini kelguniga qadar 



demakdir.  

 

40. Bordiyu (ular) yuz o'girsalar, bilib qo'yingizki, Alloh xojangizdir. (U) naqadar yaxshi xoja va 



naqadar yaxshi madadkordir! 

 

O'NINCHI JUZ’ 



************************* 

 

41. Agar Allohga va ajrim kuni* - ikki qo'shin to'qnashgan kuni - bandamiz (Muhammad)ga nozil qilgan 



narsamiz (oyatlar, farishtalar, g'alaba)ga imon keltirgan bo'lsangiz, bilib qo'yingizki, o'lja qilib olgan 

narsalaringizning beshdan biri Allohga, Rasulga, qarindosh(lari), yetimlar, miskinlar va musofirlarga 

(tegishli)dir. Alloh har narsaga qodirdir.  

 

Izoh: Ajrim kuni - Badr jangida haq bilan botil ajrim bo'lgan kun.  

 

42. Qaysiki, sizlar (Madina)ga yaqinroq tomonda, ular (mushrik)lar uzoqroq tomonda, otliqlar esa 

sizlardan pastroqda edilar. Agar (mushriklar bilan) va'dalashganingizda ham (baribir) va'da joyi va 

vaqtida kelisha olmagan bo'lur edingiz. Lekin, Alloh (jang sababli) halok bo'lganlar ham hujjat bilan 

halok bo'lishlari, tirik qolganlar ham hujjat bilan tirik qolishlari uchun bo'ladigan ishni (taqdir)ni 

tamomiga yetkazish maqsadida (yov bilan tasodifan to'qnashtirib qo'ydi). Albatta, Alloh eshituvchi va 

biluvchidir.  

 

43. Tushingizda Alloh ularni Sizga ozchilik qilib ko'rsatganini eslang! Agar ularni Sizga ko'pchilik qilib 

ko'rsatganda edi, sizlar sustlashib qolgan va bu ish (jang) to'g'risida nizolashgan bo'lur edingiz. Lekin, 

Alloh sizlarni (bundan) salomat qildi. Albatta, U siynalar (dillar)dagi sirlarni biluvchidir.  

 

44. Bo'ladigan ish (taqdir)ni tamomiga yetkazish uchun (yov bilan) to'qnashganingizda, ko'zingizga 

ularni ozchilik qilib ko'rsatgani va ularning ko'zlariga sizlarni ozchilik qilib ko'rsatganini eslang! 

(Barcha) ishlar Allohga qaytarilur.  

 

45. Ey, imon keltirganlar! Biror to'daga to'qnash kelsangiz, sabot (va matonat) bilan turingiz va Allohni 

ko'p yod etingiz, shoyad (shunda) sizga tole yor bo'lsa!  

 

46. Allohga va Rasuliga itoat qilingiz va nizolashmangiz, aks holda sustlashib ketursiz va bo'yingiz 



Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

113


(obro'yingiz) ketib qolur. Sabr qilingiz! Albatta, Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir.  

 

47. O'z yurtlaridan - kibr va riyokorlik bilan chiqqan va Allohning yo'lidan to'sadiganlar kabi 

bo'lmangiz! Alloh ularning qilayotgan ishlarini qamrab (hisobga) oluvchidir.  

 

Izoh: Gap Makka mushriklari ustida borayotir.  

 

48. O'shanda shayton ularga qilayotgan ishlarini ziynatli qilib ko'rsatib: "Bu kun odamlar ichida 

sizlarga g'olib keladigani yo'q. Mana, men yoningizdadirman!" - dedi. Ikki to'p (lashkarlar) 

to'qnashganda esa (shayton) ortiga chekinib: "Men sizlardan bezorman. Men sizlar ko'rmagan narsani 

ko'rayapman. Men Allohdan qo'rqaman. Alloh jazosi qattiq (zot)dir", - dedi.  

 

Izoh: Shaytonning ko'rgan narsasi - osmondan tushayotgan farishtalar edi. Ular musulmon lashkarlari ichiga 



kirib, yov bilan urushib, g'alabaga sabab bo'ldilar.  

 

49. Munofiqlar va dillarida "illat" bor kimsalar: "Ana u (musulmon)larni (o'z) dinlari mag'rurlantirib 



qo'yibdi", - deb yurganlarini eslang!* Kimki Allohga tavakkul etsa (U inobatga oladi), albatta, Alloh 

qudratli va hikmatli (zot)dir.  

 

Izoh: Musulmonlar ozchilik bo'lishlariga qaramay ko'psonli yov qo'shini bilan to'qnashishga qaror 



qilganlarida, ba'zi munofiq va dili buzuqlar mazkur ta'na so'zlarni aytgan edilar.  

 

50. Farishtalar kofir bo'lganlarning yuzlari va ketlariga urib jonlarini olayotganlarini ko'rganingizda 



edi. (Farishtalar o'sha paytda aytadilar:) "Yong'in (do'zax) azobini totingiz!"  

 

51. Bu - o'z qo'llaringiz bilan qilgan qilmishlaringiz tufaylidir. Alloh esa bandalarga zulm etuvchi 

emasdir.  

 

52. (Ularning bu hollari) Fir'avn zodagonlari va ulardan oldingilarning qilmishlari kabidir. (Ular) 

Allohning oyatlarini inkor qilishgach, Alloh ularni gunohlari sababli tutgan edi. Albatta, Alloh quvvatli 

va jazosi qattiq (zot)dir.  

 

53. Bu (jazolarning sababi) Allohning bir qavmga in'om etgan ne'matini, to ular o'zlaridagi narsani 



(yomon holatga) o'zgartirmagunlaricha, o'zgartiruvchi bo'lmaganidandir. Shuningdek, yana Allohning 

eshituvchi va biluvchi ekanidandir.  

 

Izoh: Oyatni yanada kengroq anglash uchun "Ra'd" surasining 11-oyati tajimasi va izohiga qaralsin.  

 

54. (Bu) Fir'avn zodagonlari va ulardan oldingilarning qilmishlari kabidirki, (ular) Parvardigorlarining 

oyatlarini yolg'onga chiqarishgach, gunohlari sababli ularni halok etdik va Fir'avn zodagonlarini (suvga) 

g'arq qildik. Hammasi zolim edilar.  

 

55. Allohning nazdida jonzotlarning eng yomoni - bu kofir bo'lgan kimsalardir. Bas, (shuning uchun 

ham ular aslo) imon keltirmaydilar.  

 

56. Ularning ichida Siz bilan ahdlashgandan so'ng, taqvosizlik qilib, har gal ahdlarini buzaveradiganlari 

bordir.  

 

57. Bas, agar ularni jangda topsangiz, ularni (halok qilish) bilan ortlaridagi (himoyachi)larni tum-

taraqay qiling! Shoyad (shunda) ular eslatma olsalar.  

 

58. Agar (biror) qavm tarafidan (ahdga) xiyonat (bo'lishi)dan qo'rqsangiz, ularga (ahd bekor qilingani 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

114


to'g'risidagi xabarni) barobar tarzda tashlang! Albatta, Alloh xoinlarni yaxshi ko'rmagay.  

 

59. Kofir bo'lganlar "o'zib ketdik" deb o'ylamasinlar. Ular (Allohni) sira ojiz qoldira olmaydilar.  

 

60. Ular uchun imkoningiz boricha (harbiy) kuch va otliq bo'linmalarni tayyorlab qo'yingizlar! Bu bilan 

Allohning va o'zlaringizning dushmaningizni va ulardan o'zga sizlar bilmaydigan, lekin Alloh biladigan 

(dushman)larni ham qo'rquvga solgan bo'lursizlar. Allohning yo'lida nimani sarf qilsangiz, sizlarga 

(uning savobi) zulm qilinmagan holingizda to'la-to'kis berilur.  

 

61. Agar ular sulhga moyil bo'lsalar, Siz ham unga moyil bo'ling va Allohga tavakkul qiling! Albatta, U 

eshituvchi va biluvchidir.  

 

62. Agar (ular) Sizni aldamoqchi bo'lsalar, bas, albatta, Sizga Alloh (O'zi) kifoyadir. U Sizni (O'z) 



yordami va mo'minlar bilan quvvatlantirgan  

 

63. va ularning dillarini (o'zaro) yaqinlashtirgan zotdir. Agar (Siz) yerdagi (hamma) narsani 

sarflaganingizda ham (ularning) dillarini (bir-biriga) bog'lay olmagan bo'lur edingiz. Lekin, Alloh 

ularning o'rtasini bog'ladi. Albatta, U qudratli va hikmatlidir.  

 

64. Ey, Payg'ambar! Sizga va Sizga ergashgan mo'minlarga Alloh kifoyadir.  

 

65. Ey, Payg'ambar! Mo'minlarni jangga undang! Agar sizlardan yigirma nafar sabrli (kishi) bo'lsa, ikki 

yuz nafar (dushman)ni yengar. Agar sizlardan yuz nafar bo'lsa, mingta kofir bo'lganlarni yengar. Sabab 

- ularning anglamaydigan qavm ekanligidir.  

 

66. Endi, Alloh sizlardan (yukingizni olib) yengillashtirdi. Sizlarda ojizlik bor ekanini bildi. Bas, 

sizlardan yuz nafar sabrli (jangchi) bo'lsa, ikki yuzta (yov)ni yengar. Agar sizlardan ming nafar bo'lsa, 

Allohning izni bilan ikki ming (yov)ni yengar. Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir.  

 

67. Biror Payg'ambar uchun, to yerda (dushmanlarga) zarba bermagunicha, asirlarga ega bo'lish 

mumkin emas. (Siz - mo'minlar) dunyo matohini istaysizlar. Alloh esa, (sizlar uchun) oxiratni istaydi. 

Alloh qudratli va hikmatli (zot)dir.  

 

68. Agar Allohning (taqdirda xatoni kechi- rishi to'g'risidagi) bitigi bo'lmaganda, albatta, sizlarga olgan 

(tovon)laringiz uchun ulkan azob yetgan bo'lur edi.  

 

69. Olgan o'ljalaringizdan halol-pok holida tanovul etingiz va Allohdan qo'rqingiz! Albatta, Alloh 

kechirimli va rahmlidir.  

 

70. Ey, Payg'ambar! Qo'llaringizdagi asirlarga ayting: "Agar Alloh dillaringizda yaxshilik (imon 



borligi)ni bilsa, sizlardan olingan (tovon)dan yaxshiroq narsa berur va sizlarni kechirur. Alloh 

kechirimli va rahmlidir".  

 

71. Agar (ular) Sizga xiyonat qilmoqchi bo'lsalar, ular ilgari ham Allohga xiyonat qilgan edilar. Shunda 

ulardan (jazoga) imkoniyat hosil bo'lgan edi. Alloh ilmli va hikmatli (zot)dir.  

 

72. Albatta, imon keltirganlar, hijrat qilganlar, mollari va jonlari bilan Alloh yo'lida (dushmanga qarshi) 

kurashgan va (muhojirlarga) joy berib yordam ko'rsatgan (madinalik ansor)lar, aynan o'shalar bir-

birlariga do'stdirlar. Imon keltirganu, lekin hijrat qilmaganlar, to hijrat qilmagunlariga qadar, ular 

bilan do'stlik qilish sizlar uchun joiz emasdir. Agar (ular) sizlardan din xususida yordam so'rasalar, 

ularga yordam berish sizning zimmangizdadir. Illo, o'rtalaringizda (urushmaslik haqida) ahdlashuv 

bo'lgan qavm ziddiga (yordamlashish joiz) emas. Alloh qilayotgan amallaringizni ko'rib turuvchidir.  

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

115


 

Izoh: Makkalik musulmonlar zimmasidagi Madinaga hijrat qilish (ko'chib ketish) farzligi sakkizinchi hijriy yili, 

ya'ni Makka fath etilganidaN keyin mansuh (bekor) qilinda.  

 

73. Kofir bo'lganlar (ham) bir-birlariga do'stdirlar. Agar shuni qilmasangiz, yerda fitna va katta fasod 



bo'lur.  

 

74. Imon keltirgan, hijrat qilgan va Alloh yo'lida (yovga qarshi) kurashganlar hamda (muhojirlarga) joy 

berib yordam qilganlar, aynan o'shalar haqiqiy mo'mindirlar. Ular uchun mag'firat va farovon rizq 

bordir.  

 

75. Keyinroq imon keltirib, hijrat qilgan va sizlar bilan birga (yov bilan) kurashganlar, aynan o'shalar 

(ham) sizlardandirlar. Qarindoshlar esa, Allohning Kitobida bir-birlariga yaqinroqdirlar. Albatta, Alloh 

har narsani biluvchidir.  

 

Izoh: Ya'ni bir-birlaridan meros olishga haqlidirlar.  

 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

116


TAVBA SURASI 

 

Surada tavbaning qabul qilinishi to'g'risidagi oyat gunohkor bandalar uchun eng bashoratli hodisa bo'lgani 



uchun unga "tavba surasi" deb nom berilgan. U "Baroat surasi" deb ham ataladi. Baroat - ora ochiqlik.  

 

 Sura avvalida "Bismilloh"ning yo'qligining sababi to'g'risida turli fikrlar aytilgan. Ba'zilar sura oldingi "Anfol 



surasi"ning davomi desalar, boshqalar surada ko'proq urush, jang, qatl to'g'risida tafsilot kelgani uchun bu 

maqom "Bismillohir Rahmonir Rahim" kabi Allohning rahmati va mehribonligiga dalolat qiladigan oyat 

o'qiladigan maqom emas, deb ta'vil qiladilar. Rasulullohdan esa bu to'g'rida ko'rsatma berilmagan.  

 

 Surada asosan 9-hijriy sanada Madina bilan Shom oralig'ida joylashgan Tabuk jangi to'g'risidagi oyatlar o'z 



ifodasini topgan. Shuningdek, unda yaxshi va yomon niyat bilan masjid qurishning natijalari, imon, kufr, 

savob-gunoh, tavba-tazarru va boshqa muhim mavzular bayon etilgan.  

 

1. (Bu) Alloh va (Uning) Payg'ambaridan sizlar (bilan) ahdlashgan mushriklarga (nisbatan) ora 

ochiqlikdir.  

 

Izoh: Ora ochiqlik, ya'ni, mushriklar sulh uchun tuzgan ahdnomalarini buzgandan keyin Alloh taolo 



musulmonlar ham bundan ogoh bo'lib, ahdnoma bekor etilganini bilib qo'ysinlar, demoqchi.  

 

2. (Ey, mushriklar, urush harom etilgan) to'rt oyda yer (yuzi) bo'ylab sayohat qilingiz va bilib 



qo'yingizki, sizlar Allohni ojiz qoldiruvchi emassiz va Alloh kofirlarni sharmsor etuvchidir! 

 

3. Shuningdek, (bu) Alloh va (Uning) Payg'ambaridan "Hajji akbar" (Qurbon hayiti) kuni odamlarga 

Allohning va Rasulining mushriklardan bezor ekanliklarini e'loni (ham)dir. Agar tavba qilsangiz, bu 

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling