Tarjima haqida
O'zlaridan (bo'lmish) bir kishiga (Muhammadga), odamlarni ogohlantiring, imon keltirganlarga
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt
2. O'zlaridan (bo'lmish) bir kishiga (Muhammadga), odamlarni ogohlantiring, imon keltirganlarga Parvardigorlari huzurida sodiq qadamlik (to'g'ri yo'ldan yurishlik darajasi) borligi haqida xushxabar bering, deb vahiy yuborganimiz odamlarga ajablanarli bo'ldimi?! Kofirlar esa: "Albatta, bu (Muhammad) aniq sehrgardir", - dedilar. 3. Albatta, Rabbingiz osmonlar va Yerni olti kunda yaratib, so'ngra Arsh uzra mustaviy bo'lgan Allohdir. Ish tadbirini (puxta) ko'rar. Uning iznisiz biror shafoat qiluvchi bo'lmas. Ana o'sha Alloh Rabbingizdir, Unga ibodat qilingiz! (Bundan) eslatma olmaysizlarmi?! 4. Barchangizning qaytish joyingiz Uning huzuridir. Allohning va'dasi haqdir. U yaratishni boshlaydi, so'ngra imon keltirib, ezgu ish qilganlarni adolat bilan mukofatlash uchun uni (barcha yaratganlarini) yana (hayotga) qaytaradi. Kofir bo'lganlarga esa, qaynoq suvdan iborat ichimlik va kofir bo'lganlari sababli alamli azob bordir. 5. U quyoshni ziyo (taratuvchi) va oyni nur (sochuvchi) etgan hamda yillarning adadini va (vaqt o'lchovlaridagi) hisobni bilishlaringiz uchun uni (oyni) manzil (burj)larga (bo'lib) o'lchab qo'ygan zotdir. Buni Alloh faqat haq (hikmat) bilangina yaratdi. Biluvchi qavm uchun oyatlarni (U) batafsil bayon qilur. 6. Albatta, tun va kunning almashib turishida hamda osmonlar va Yerdagi Alloh yaratib qo'ygan narsalarda Allohdan qo'rqadigan qavm uchun alomatlar bor.
taskin topganlar hamda oyatlarimizdan g'ofil bo'lganlar, 8. ana o'shalarning joylari - qilmishlari tufayli - do'zaxdir. 9. Imon keltirgan va ezgu ishlarni qilganlarni esa imonlari sababli Parvardigorlari hidoyat qilur, ne'mati mo'l jannat (bog'lari)da ostilaridan anhorlar oqib turur. 10. U yerdagi duolari: "Ey, Alloh! Senga tasbeh aytamiz" deyishlik va u yerdagi so'rashishlari "Salom- alik"dir. Duolarining oxiri esa: "Olamlar Parvardigori – Allohga hamd!" deyishlikdir. 11. Mabodo Alloh odamlarga yomonlikni (ular) yaxshilikka shoshilganlari kabi tezlashtirganda edi, albatta, ularning ajallari bitgan bo'lur edi. Bas, Bizning muloqotimizni kutmaganlarni o'z tug'yon (tajovuzkorlik)larida gangib yurishlariga tashlab qo'yamiz. 12. Insonga zarar yetganda, yotgan holda yo o'tirib yoki tik turib ham Bizga iltijo qiladi. Undan zararini ketkazganimizda esa, go'yo yetgan zararidan Bizga duo qilmagandek ketaveradi. Mana shu tarzda isrofchi (tajovuzkor)larga o'z qilmishlari ziynatli (chiroyli) qilib qo'yildi. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 129
13. Sizlardan oldingi avlodlarni (ham) zulm qilganlarida va payg'ambarlari (ilohiy) hujjatlarni keltirgach, inonmaganlarida, halok qilganmiz. Shu tarzda jinoyatchilar qavmini jazolagaymiz. 14. So'ngra qanday ish qilishingizni ko'rishimiz uchun sizlarni ulardan keyin Yerga xalifa (o'rinbosar) qildik.
yoki uni (oyatlarini) o'zgartir!"- deydilar. Ayting: "Uni o'z tomonimdan o'zgartirish menga mumkin emas. Men faqat, menga vahiy qilingan oyatlargagina ergashurman. Men, agar Rabbimga itoatsizlik qilsam, ulug' Kun (qiyomat) azobidan qo'rqaman". 16. Ayting: "Agar Alloh xohlaganda edi, men uni (Qur'onni) o'qimas edim va sizlarga ham (Alloh) uni bildirmagan bo'lur edi. (Axir) undan oldin ham umr bo'yi sizlarning orangizda (yashab) turdim-ku! Bas, aql yurgizmaysizlarmi?!". 17. Alloh nomidan yolg'on to'qigan yoki oyatlarini yolg'onga yo'ygan kimsadan ham zolimroq kishi bormi?! Zotan, jinoyatchilarga tole yor bo'lmas. 18. Allohni qo'yib, ularga zarar ham, foyda ham keltira olmaydigan narsalarga ibodat qiladilar va "Ana shular Alloh huzurida bizni shafoat qiluvchilarimizdir", - deydilar. Ayting: "Allohga osmonlar va Yerdagi U bilmaydigan narsalarni bildirib qo'ymoqchimisizlar?! Alloh ularning shirklaridan pok va yuksakdir!" 19. Odamlar yagona ummat (bir dinda) edilar*. So'ngra turli xil bo'lib ketdilar. Agar Rabbingizdan (qiyomatgacha qo'yib berish haqida) so'z kechmaganida, tortishayotgan narsalari haqida hukm qilingan bo'lur edi.
oyatlarimizga nisbatan makr (inkor) namoyon bo'ladi. Ayting: "Alloh tezroq "makr" qiluvchidir. " Rasul (farishta)larimiz qilayotgan makringizni yozib qo'yurlar. 22. U sizlarni quruqlik va dengizda sayr qildirur. Sizlar kemada bo'lgan paytingizda va u mayin shamol bilan ularni (sizlarni) olib ketayotganida va ular bundan shodlanib turganlarida, qattiq shamol kelib hamda har tomondan to'lqin kelganda, ular qurshovda qolganlarini bilib: "Agar shundan bizni xalos qilsang, albatta, shukr qiluvchilardan bo'lurmiz!" - deb ixlos bilan Allohga iltijo qilurlar.
deb ataladi. O'zbek tilida ham "men" o'rniga "biz", "siz" o'rniga "ular". so'zi qo'llaniladi. Haj safaridan kelgan kishiga: "haj qilibsizda" o'rniga "Haj qilibdilar-da!" - deyilishi kabi.
odamlar! Bu tajovuzingiz faqat o'zingizga zarardir. (Bu) dunyo hayotining matohi (ovunchog'i)dir. So'ngra qaytish joyingiz Bizning huzurimizdir. Bas, (o'shanda) qilgan ishlaringiz xabarini sizlarga berurmiz. 24. Haqiqatan, dunyo hayotining misoli xuddi Biz osmondan tushirgan (yog'dirgan) suv bo'lib, odamzot va hayvonot yeydigan narsalardan iborat yer giyohlari u bilan aralashib, to yer yasanib va Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 130
ziynatlangach, yer egalari o'zlarini unga qodir deb bilgan bir paytda yerga tunda yoki kunduzi Bizning amrimiz kelib, uni kechagi kuni obod bo'lmagandek (yig'ib olingan) hosilga aylantirib qo'yganimizga o'xshaydi. Tafakkur qiluvchi qavm uchun (Biz) oyatlarni shu tarzda batafsil bayon qilurmiz. 25. Alloh (odamlarni) salom diyori (jannat)ga chorlaydi va xohlagan kishini to'g'ri yo'lga hidoyat etadi.
Ularning yuzlarini qoralik ham, xorlik ham qoplamas. Aynan o'shalar jannat ahlidirlar, ular u yerda mangudirlar.
oladigani bormi?!" Ayting: "Alloh oldin yaratib, so'ngra qaytara oladi. Bas, qayoqqa og'ib ketmoqdasizlar?!" 35. Ayting: "Sherik (but, sanam)laringiz ichida haq yo'lga soladigani bormi?!" Ayting: "Alloh haq yo'lga soladi. Haq yo'lga sola oladigan Zot ergashilishga haqliroqmi yoki yo'lga sola olmaydigan, balki o'zi yo'lga solinishga muhtoj narsami?! Bas, sizlarga ne bo'ldi?! Qanday hukm qilmoqdasiz (o'zi)?!" 36. Aksariyati faqat gumon ortidan ergashadilar. Gumon esa, biror narsada haqiqat o'rniga o'tmaydi. Albatta, Alloh ularning ishlaridan ogohdir. 37. Ushbu Qur'on Allohdan boshqa kimningdir tomonidan to'qilgan bo'lishi mumkin emas. Balki, u (butun) olamlar Parvardigori tomonidan (kelgan), shubhasiz, o'zidan oldingi narsa (ilohiy kitoblar)ni tasdiqlovchi va batafsil (bayon etilgan) kitobdir. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 131
38. Yoki: "Uni (Muhammad) to'qigan", - deydilarmi?! Ayting: "U holda, agar rostgo'y bo'lsangizlar, unga teng birgina sura keltirib, Allohdan boshqa imkoningiz boricha kishilarni (yordamga) chorlangiz!" 39. Balki, (ular Qur'on) ilmini egallamay turib va uning ta'vili (tafsiri) kelmay turib, yolg'onga yo'ydilar. Ulardan oldingilar ham (payg'ambarlarini) xuddi shunday yolg'onchiga chiqargan edilar. Zolimlarning taqdiri qanday bo'lganiga boqing! 40. Ular ichida (unga) imon keltirganlari bor va ular ichida unga imon keltirmaydiganlari ham bor. Rabbingiz esa buzg'unchilarni biluvchiroqdir. 41. Agar Sizni yolg'onchiga chiqarsalar, ayting: "Mening ishim - menga. Sizlarning ishlaringiz - sizlarga! Cizlar mening qilayotgan ishimga daxlsizdirsizlar, men sizlarning ishlaringizga daxlsizdirman". 42. Ular ichida Sizga (beparvolik bilan) quloq soladiganlari ham bor. O'zlari aql yurgizmaganlaridan keyin Siz "karlar"ga (gap) eshittira olarmidingiz?!
yo'lga sola olarmidingiz?! 44. Albatta, Alloh odamlarga biror narsada zulm qilmaydi. Lekin odamlar o'zlariga zulm qiladilar. 45. Ularni (qiyomatda) to'playdigan kunda (o'zlarini bu dunyoda) go'yo kunduz kunning bir soaticha turgandek sezishib, bir-birlarini taniy boshlaydilar. Alloh bilan muloqotda bo'lishni inkor etganlar ziyon ko'rdilar va hidoyat topganlardan bo'lmadilar. 46. Agar Biz ularga va'da qilayotgan (azob)ning bir qismini Sizga ko'rsatsak yoki (oldinroq) Sizni vafot ettirsak ham, baribir ularning qaytib boradigan joyi Bizning huzurimizdir. So'ngra (qolganiga) Alloh ularning kirdikorlariga guvohdir. 47. Har bir ummat uchun payg'ambar (bordir). Bas, payg'ambarlari kelganda, ularga zulm qilinmagan holda o'rtalarida odilona hukm qilinur.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 132
54. Zulm qilgan har bir jon (egasi)da Yerdagi bor narsa bo'lgan taqdirda (azobdan qutulish uchun), albatta, uni to'lagan bo'lur edi. Azobni ko'rishgach, armonlarini ichlarida saqlaydilar. O'rtalarida ularga zulm qilinmasdan odilona hukm qilinur. 55. Ogoh bo'lingizki, osmonlar va Yerdagi narsalar, albatta, Allohnikidir. Ogoh bo'lingizki, albatta, Allohning va'dasi haqdir, lekin ularning aksariyati (buni) bilmaydilar. 56. U tiriltirur va o'ldirur hamda Uning huzurigagina qaytarilursizlar. 57. Ey, odamlar! Sizlarga Rabbingizdan va'z (nasihat), dillardagi narsa (shirk illati)ga shifo va mo'minlarga hidoyat va rahmat keldi. 58. Ayting: "Allohning fazli va rahmati bilan, bas, (albatta), shular sababli (mo'minlar) shodlansinlar! U to'plagan (boyliklari)dan yaxshiroqdir.
Ya'ni, Qur'oni karim. Hadisi sharifda aytiladiki, "kimgakim Alloh taolo Islom dini va Qur'on ilmini nasib etgan bo'lsayu, u kambag'alman deb koyinsa, Alloh to qiyomat kunigacha uning ikki ko'zi o'rtasiga (peshonasiga) faqirlik tamg'asini bosib qo'yar".
oldingiz". Ayting: "Ko'rdingizmi, sizlarga Alloh ruxsat berdimi yoki Allohga tuhmat qilyapsizlarmi?!" 60. Alloh sha'niga yolg'on to'qiydiganlarning qiyomat kuni haqidagi gumonlari nimadan iborat ekan?! Albatta, Alloh odamlarga (nisbatan) fazl sohibidir, lekin ularning aksariyati shukr qilmaydilar. 61. Qaysi bir mashg'ulotda bo'lmang, undan (Qur'ondan) biror (oyat) tilovat qilmang, (umuman) qanday ish qilmang, illo o'shanga kirishganingizdayoq sizlarga shohid bo'lurmiz. Yerda, xoh osmonda biror zarra miqdorida yoxud unda kichikroq narsa ham Rabbingizdan chetda qolmaydi, balki (u) aniq Kitob (Lavhul-Mahfuz)da bordir.
chekmaslar. 63. Ular imon keltirgan va taqvoli bo'lganlardir. 64. Ularga dunyo hayotida ham, oxiratda ham bashorat (xushxabar) bordir. Allohning so'zlarida o'zgartirish yo'qdir. Ana shu buyuk yutuqdir. 65. Ularning (kofirlarning) gapi Sizni xafa qilmasin! Kuch-qudratning hammasi Allohdadir. U eshituvchi va biluvchidir. 66. Ogoh bo'lingizki, albatta, osmonlar va Yerdagi barcha jonzotlar Allohnikidir. Allohni qo'yib, sherik (but-sanam)larga ergashib, iltijo qiladiganlar faqat gumon (narsa)ga ergashadilar va ular faqat taxmin qiladilar. 67. U sizlarga orom olishlaringiz uchun kechani va (yashash uchun) yorug'lik beradigan qilib kunduzni yaratgan zotdir. Albatta, bunda eshituvchi qavm uchun alomatlar bordir. 68. "Alloh farzand tutdi", - dedilar. U (bu tuhmatdan) mutlaqo pokdir. U boydir. Osmonlar va Yerdagi narsalar Unikidir. Sizlarning huzuringizda bu to'g'rida (Allohning farzandli ekanini isbotlaydigan) hech Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 133
qanday hujjat yo'qdir. Alloh sha'niga bilmaydigan narsalaringizni gapirasizlarmi?! 69. Ayting: "Albatta, Alloh nomidan yolg'on to'qiyotganlar najot topmaslar". 70. (Ular uchun) bu dunyoda ozgina bahramandlik bor. So'ngra, qaytishlari Biz saridir. (Shundan) so'ng kofir bo'lganlari uchun ularga qattiq azobni tottirurmiz. .
qavmim! Agar sizlarga (mening orangizda) turishim va Allohning oyatlarini (sizlarga) eslatishim og'irlik qilgan bo'lsa, bas, Allohga tavakkul qildim. Sherik (but va sanam)laringiz bilan bir bo'lib ishlaringizni qilaveringizlar! Keyin ishlaringiz sizlarga g'am-tashvish bo'lmasin, tag'in! So'ngra hukmingizni menga ijro etaveringizlar, meni kutib o'tirmangizlar!
qilingan. Masalan, "maxfiy bo'lmasin", - degan ma'noda. Bunga qaraganda, jumlaning ma'nosi Nuh (a. s.) o'z qavmiga: "Meni halok qilish niyatlaring maxfiy emas, oshkora bo'lsin", -degan bo'ladilar.
haqqim (savobim) Allohning zimmasidadir. (Men Allohga) taslim etuvchilardan bo'lishga buyurilganman". 73. Bas, uni (Nuhni) yolg'onchiga chiqarishgach, Biz uni va u bilan kemada birga bo'lganlarni xalos etdik va ularni (Yerda) o'rinbosarlar qildik. Oyatlarimizni yolg'onga yo'yganlarni esa (to'fon suviga) g'arq qildik. Ogohlantirilganlarning oqibatiga (taqdiriga) boqing! 74. So'ngra undan keyin (bir qator) payg'ambarlarni (o'z) qavmlariga yubordik. Bas, ularga hujjatlarni keltirdilar. Ular oldin yolg'onga yo'ygan narsalariga (endi ham) imon keltirmadilar. Tajovuzkorlarning dillarini shu tarzda muhrlab qo'yamiz. 75. So'ngra, ularning ortidan Muso bilan Horunni Fir'avn va (uning) zodagonlari huzuriga mo''jizalarimiz bilan birga yubordik. Bas, (ular) kibrlandilar va jinoyatchi qavm bo'ldilar.
chigirtka, bit-burga, qurbaqa, qon, qahatchilik. Tafsiloti tarix va siyratga doir manbalardan mutolaa qilinur.
77. Muso dedi: "Sizlarga haqiqat kelganda (uni inkoriga) so'z qilasizlarmi?! Sehrmi shu?! Sehrgarlarning omadi yurishmaydi-ku!" 78. Aytdilar: "Ota-bobolarimizning biz unda topgan narsa (dinlari)dan bizni burish va ikkovingizga Yerda kattalik (hukmronlik) bo'lishi uchun bizga keldingmi? Biz ikkingizga (ham) ishonuvchi emasmiz".
80. Bas, sehrgarlar kelgach, Muso ularga: "Tashlamoqchi bo'lgan narsangizni tashlangiz!" dedi. 81. (Qo'llaridagi narsalarni) tashlaganlarida, Muso dedi: "Sizlar keltirgan narsa – bu sehrdir. Alloh, Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling