Tarjima haqida
(atalgan) barakotlar bilan (kemadan yerga) tushgin! (Ummatingdan kelajakda shunday kofir) jamoalar
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt
(atalgan) barakotlar bilan (kemadan yerga) tushgin! (Ummatingdan kelajakda shunday kofir) jamoalar Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 140
ham bo'ladiki, ularni ozgina bahramand qilurmiz, so'ngra ularni Bizdan (yuboriluvchi) alamli azob tutar". 49. (Ey, Muhammad!) Bular Biz Sizga vahiy qilayotgan g'ayb xabarlaridandir. Bularni ilgari na Siz va na qavmingiz bilar edingiz. Bas, sabr qiling! Albatta, oqibat (yutuq) taqvodorlarnikidir. 50. Od (qabilasi)ga birodarlari Hudni (payg'ambar etib yubordik). U aytdi: "Ey, Qavmim! Allohga sig'iningiz! Sizlarga Undan o'zga iloh yo'qdir! Sizlar (soxta ilohlarni) faqat o'zlaringiz to'qib oluvchisizlar. 51. Ey, qavmim! Cizlardan (elchilik xizmati uchun) haq so'ramayman. Mening ajrim (mukofotim) faqat meni yaratgan Zot zimmasidadir. Aqlni ishlatmaysizlarmi?! 52. Ey, qavmim! Rabbingizdan mag'firat (kechirim) so'rangiz, so'ngra Unga tavba qilingiz, shunda U osmondan (yomg'ir) yog'dirar va quvvatingizga quvvat qo'shar. Jinoyatchi bo'lib ketmangizlar!"
da'vatlarida ham qayd etilgan. (Nuh surasi 10,11,12-oyatlarga qarang).
ilohlarimizni tark etuvchi ham, senga ishonuvchi ham emasmiz.
guvoh qilaman va sizlar ham guvoh bo'lingizlarki, men sizlar keltirayotgan shirkdan bezorman. 55. (Zero, u) Allohdan o'zgadir. Bas, endi hammangiz menga makr qilaveringiz, so'ngra menga (uni) kechiktirib o'tirmangizlar! 56. Men Rabbim va Rabbingiz - Allohga tavakkul qildim. O'rmalovchi (jonivor) borki, uning inon- ixtiyori (tasarrufi) Uning qo'lidadir. Albatta, Rabbim to'g'ri yo'ldadir. 57. Agar sizlar (imon va tavbadan) bosh tortsangiz, bas, sizlarga yetkazishim topshirilgan narsani sizlarga yetkazib bo'ldim. Rabbim sizlardan boshqa qavmni o'rinlaringizga xalifa qilib keltirur. Sizlar esa Unga zarar yetkaza olmaysizlar. Albatta, Rabbim hamma narsani qo'riqlovchidir". 58. Amrimiz (shamol azobi) kelgach, Hudni va u bilan birga imon keltirganlarni Bizdan (bo'lmish) marhamat tufayli xalos etdik va ularga qattiq azobdan najot berdik.
davrilarigacha ham Yaman tog'larida saqlanib qolgan.
(qabilasi) Parvardigorlarini inkor etgan edilar. Ogoh bo'ling, Hudning qavmi – Od qabilasi)ga halokat bo'lsin! 61. Samud (qabilasiga) birodarlari Solihni (payg'ambar etib yubordik). (U) aytdi: "Ey, qavmim! Allohga sig'iningizlar! Sizlar uchun Undan o'zga iloh yo'q. U sizlarni yerdan paydo qilib, sizlarni uni obod Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 141
etuvchi etdi. Bas, Undan kechirim so'rangizlar, so'ngra Unga tavba etingizlar! Albatta, Rabbim yaqin va (duolarni) ijobat etuvchidir". 62. (Ular) dedilar: "Ey, Solih! Bundan oldin umid qilinadigan kishi eding. (Endi) bizni bobolarimiz sig'inadigan narsalarga sig'inishimizdan man etasanmi? Biz sen da'vat etayotgan narsangdan shak shubhadamiz".
tomonidan rahmat (payg'ambarlik) bergan bo'lsa-yu, (men) Unga itoatsizlik qilsam, Alloh (jazosi)dan meni kim yordam beradi (qutqaradi)? Menga ziyondanboshqa(narsa)orttirmayapsizlar. 64. Ey, qavmim! Mana bu - Allohning mo''jizali tuyasi. Bas, uni Allohning yerida o'tlab yurishiga qo'yib beringlar va unga biror yomonlik yetkazmangizlar. Aks holda sizlarni yaqin azob tutar". 65. Bas, uni (tuyani) so'ydilar. (Solih) dedi: "Uylaringizda uch kun (hayotdan) bahramand bo'lib turingiz! Bu yolg'ondan tashqari va'dadir". 66. Buyrug'imiz (azobimiz) kelgach, Solihni va u bilan birga imon keltirganlarni Bizdan bo'lmish rahmat bilan (azobdan) va o'sha kunning sharmandaligidan xalos etdik. Albatta, Rabbingiz kuchli va qudratlidir! 67. Zulm qilganlarni qichqiriq* tutdi. Bas, (ular o'z) uylarida murdaga aylandilar.
kelishdimikan, deb o'ylagan edilar.
(ismli nabira berishimiz) haqida xushxabar berdik.
qiziq narsa-ku!" 73. (Farishtalar) dedilar: "Allohning ishidan ajablanasanmi?! Ey, xonadon ahli, sizlarga Allohning rahmati va barakoti bo'lsin! Albatta, U hamd va ulug'lik egasidir". 74. Ibrohimdan qo'rquv ketib, unga xushxabar yetgach, Biz bilan Lut qavmi (halokati) to'g'risida bahslasha boshladi. 75. Albatta, Ibrohim halim, serqayg'u va sertavbadir. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 142
76. (Farishtalar): "Ey, Ibrohim! Bu (bahs)dan qayt! Zero, Rabbingning amri (Lut qavmiga atagan azobi) kelib bo'lgan. Ularga qaytarilmas azob kelgusidir!" 77. Elchilarimiz Lutning huzuriga kelganlarida ular sababli (holi) yomonlashdi va ular tufayli tashvish chekdi* hamda "Bu – og'ir kun!" dedi.
yigitlar shaklida kelgan edilar.
edilar. U (Lut) dedi: "Ey, qavmim! Ana ular qizlarim (Ularga uylaninglar). Ular sizlar uchun pokroqdir*. Bas, Allohdan qo'rqingizlar va mehmonim oldida meni sharmanda qilmangizlar! Sizlarda birorta to'g'ri odam yo'qmi?!" Izoh: Lut (a. s.) o'z qizlarini kofir qavmiga erga berishga rozi bo'lishlarining sababi qadim davrdan to Payg'ambarimiz Muhammad (a. s.) ning ilk da'vat zamonalarigacha musulmon qizni kofirga nikohi joiz bo'lgan. Rasululloh qizlaridan birini Abu Lahabning o'g'liga nikohlab, keyinroq ajratib olganlari Islom tarixidan ma'lum. 79. (Ular) dedilar: "Bizning qizlaringga hojatimiz yo'qligini bilasan va bizning maqsadimiz ham senga ma'lum".
iborat toshlarni paydar-pay yog'dirdik. 83. (U toshlar) Rabbingiz huzurida belgili qilib qo'yilgan edi. U (toshlar) zolimlarga uzoq emasdir
yoki har qanday zolimga ham yetishi mumkin.
Allohga sig'iningiz! Sizlar uchun Undan o'zga iloh yo'qdir. O'lchov va vazndan urib qolmangiz. Men sizlarni (hozircha) yaxshilik (farovonlik)da ko'rib turibman va men sizlarga (hammani) qamrab oluvchi kun (qiyomat)ning azobi (bo'lishi)dan qo'rqaman. 85. Ey, qavmim! O'lchov va vaznni adolat bilan to'la beringiz! Odamlarning narsalarini urib qolmangiz va Yerda fasod ishlarini qilib, buzg'unchilik qilmangiz!" 86. Agar mo'min bo'lsangiz (bilib qo'yingizki), Allohning (halol kasbdan) qoldirgani sizlar uchun yaxshidir. Men esa, sizlarga qo'riqchi emasman".
boylikning foydali ekani, haloldan topilgan boylikning barakali bo'lishi va uni qo'riqlashning ham hojati yo'qligiga ishorat qilmoqda. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 143
87. (Ular) dedilar: "Ey, Shuayb! Ota-bobolarimiz sig'inib kelayotgan narsa (ma'buda)larni tark etishimizga yoki mol-mulklarimizni qanday xohlasak, shunday boshqarishimiz (mumkin emasligi) haqida senga namozing buyruq beradimi? Axir, sen halim va to'g'ri eding-ku?!" 88. (Shuayb) dedi: "Ey, qavmim? (O'ylab) ko'rdingizmi, agar (men) Rabbim tomonidan hujjatga ega bo'lsam va (U) meni yaxshi rizq bilan ta'minlagan bo'lsa (qanday qilib sizlarni yomon ishlardan qaytarmayin?). Men sizlarga muxoliflik qilib, sizlarni qaytarayotgan narsani o'zim qilishni istamayman. Islohdan o'zga hech narsani imkonim boricha xohlamasman. (Bunga) muvaffaq qilish esa Allohning ixtiyoridadir. Unga tavvakul etdim va Unga inobat qildim (ixtiyorimni topshirdim)
yetganga o'xshagan balolar yetishiga olib kelmasin, tag'in! Lut ham sizlardan uzoq emas. 90. Rabbingizdan mag'firat (kechirim) so'rangiz, so'ngra Unga tavba qilingiz! Albatta, Rabbim rahmli va do'stlashuvchi zotdir". 91. Dedilar: "Ey, Shuayb! Sening aytayotganlaringdan ko'pini anglamayapmiz va biz sening oramizdagi bir ojiz (inson) ekanligingni ko'rmoqdamiz. Agar qarindoshlaring bo'lmaganida, seni toshbo'ron qilgan bo'lur edik. Sen biz uchun aziz odam emassan. "
mumkin deb kofirlar hadiksirab turar edilar.
uchun Uni ortingizga (e'tiborsiz) tashlab qo'ydingizmi? Albatta, Rabbim qilmishlaringni qamrab oluvchidir. 93. Ey, qavmim! Maqomingizda (e'tiqodingizda) turib ish qilaveringiz! Men ham ish qiluvchiman. So'ngra kimga xor qiluvchi azob kelishi va kim yolg'onchi ekanini bilursiz. (Kutib) kuzatib turingiz! Men ham sizlar bilan birga kuzatuvchidirman". 94. Amrimiz (azobimiz) kelganda esa, Shuaybga va u bilan birga imon keltirganlarga Bizdan (bo'lmish) rahmat sababli najot berdik. Zulm qilganlarni esa, qichqiriq tutdi. Bas, (ular) uylarida murdaga aylandilar.
qanday ham yomon yer?! 99. Ularga ushbu (dunyo)da ham, qiyomat kunida ham la'nat yetkazilur. Berilgan "yordam" qanday ham yomon yordam?! Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 144
100. Ana shu Biz Sizga (ey, Muhammad,) qissasini aytayotgan shaharlarning xabarlaridandir. Ulardan (hozirgacha) turgani va (yo'q bo'lib) bitgani bor. 101. Ularga Biz zulm qilmadik, balki o'zlariga (o'zlari) zulm qildilar. Rabbingiz amri (azobi) kelganda esa, Allohni qo'yib sig'ingan (ma'buda)lari hech ham foyda bermadi va ularga ziyondan boshqa narsani orttirmadi. 102. Aholisi zolim yurtlarni tutganda Rabbingizning tutishi shundaydir. Albatta, Uning tutishi alamli va shiddatlidir. 103. Albatta, bunda oxirat azobidan ko'rqqanlar uchun ibrat bordir. Bu kun odamlar to'planadigan va hozir bo'linadigan kundir. 104. U (kun)ni faqat sanoqli muddatgachagina kechiktiramiz. 105. (U) kelgan kuni hech bir jon (egasi) Uning ruxsatisiz gapirmas. Ular ichida baxtsiz ham, baxtli (insonlar) ham bo'lur. 106. Bas, o'shanda baxtsiz bo'lganlar do'zaxda bo'lurlar va ular u yerda ingrab-hangrab tururlar
sig'ingandek sig'inaveradilar. Biz ham ularning ulushlarini kamaytirmasdan to'la beruvchidirmiz. 110. Musoga ham Kitob bergan edik. Bas, u haqda ixtilof qilindi. Agar Rabbingizdan (kechiktirish haqida) so'z kechmaganda edi, ularning o'rtalarida (shu dunyoda) hukm chiqarilgan bo'lur edi. Ular (mushriklar) u (Qur'on yoki azob) to'g'risida shak-shubhadadirlar. 111. Barchaga, albatta, Rabbingiz amallari (mukofoti va jazosi)ni mukammal berur. Zero, U (ularning) qilayotgan ishlaridan xabardordir. 112. Bas, buyurilganingizdek to'g'ri bo'ling! Siz bilan birga tavba qilganlar ham (to'g'ri) bo'lsinlar! Haddan oshib ketmangizlar! Albatta, U qilayotgan ishlaringizni ko'rib turuvchidir.
peshin, asr namozlari vaqti, tunning bir bo'lagini esa shom va xuftan namozlari vaqti deb ta'vil qilish mumkin.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 145
115. Sabr qiling! Bas, albatta, Alloh ezgu ish qiluvchilar mukofotini zoye qilmas. 116. (Qani endi) sizlardan oldingi asrlarda o'tgan fazilat egalari yer (yuzi)dagi fasod (ishlar)dan qaytarganlarida edi? Lekin ular ichida Biz najot berganlardan ozchiligi (bu) ishni qildilar. Zulm qilganlar o'z rohat-farog'atlari ketidan ketdilar va jinoyatchi bo'lib qoldilar. 117. Rabbingiz aholisi islohotchi bo'lgan shaharlarni zulm bilan halok etuvchi emasdir!
mudom turlicha (har xil e'tiqodda) bo'lib borurlar. 119. Rabbingiz rahm qilgan kishilar esa bundan mustasnodirlar. Ularni shuning uchun yaratgandir. Rabbingizning "Jahannamni barcha (kufrda o'tgan) jinlar va odamlar bilan to'ldirajakman", - degan so'zi haqdir. 120. Sizga (ey, Muhammad!) Payg'ambarlarning xabarlaridan dilingizga sabot baxsh etadiganlarini aytib bermoqdamiz. Bu (qissalar)da haqiqat, mo'minlar uchun nasihat va eslatma keldi. 121. Imon keltirmaydiganlarga ayting: "O'z hollaringcha ish qilaveringiz! Biz ham ish qiluvchilarmiz. 122. Kutaveringiz ham. Biz ham kutuvchilarmiz". 123. Osmonlar va Yerning g'aybiy siri Allohga xosdir. Barcha ish Ungagina qaytarilur. Bas, Unga ibodat qiling va Unga tavakkul eting! Qilayotgan ishlaringizdan (esa) Rabbingiz g'ofil emasdir. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 146
YUSUF SURASI
Yusuf-payg'ambar nomi. "Go'zal qissa" deb ta'riflanuvchi ushbu surada asosan Ya'qub (a. s.) ning 12-o'g'li Yusuf (a. s.) ning boshidan kechirgan voqealari aks ettiriladi. Surada otalik va birodarlik mehri, ishq-muhabbat, ayollar makri, tush ta'biri, saxiylik va kechirimli bo'lish kabi insoniy xususiyatlar ajib uslubda o'z ifodasini topgan. Bu suradan ilhomlangan shoir va yozuvchilar to hanuz Yusuf-Zulayho qissasi rukni bilan turli dostonlar ijod etganlar. Ular ichida Abdurahmon Jomiy, Fuzuliy, Firdavsiy, Rabg'uziy, Durbek, Balxiy kabi shoirlarning asarlari diqqatga sazovordir.
qilishadi. Zero, shayton insonga aniq dushmandir*.
s.)ning Layyo degan xotini (tog'asining qizi)dan tug'ilgan. Yana Zulfa va Balha degan cho'rilaridan to'rt o'g'il - Don, Naftoli, Jod, Oshar. Layyo vafot etgandan keyin uning singlisi Rohilga uylanadilar. Undan Yusuf va Binyomin tug'iladi. Hammasi bo'lib Yusufning 10 akasi va bir ukasi bo'lgan. Shu o'nikki birodarlarni "Asbot" deyiladi. Izoh (a): Ya'qub (a. s.) Yusufni aqlzakovati, husnu-siyrati, axloq-odobi yuqori darajada bo'lganidan juda sevar edi. Bu mehrni payqagan akalari Yusufga hasad qilishar edi. Shuning uchun ko'rgan tushini bilsalar, rashk va hasadlari yanada oshib ketmasin, deb, uni ogohlantirib qo'ydi.
Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling