Tarjima haqida
Alloh (yo'li)da haqqoniy jiddu jahd qilingiz! Sizlarni (shu din uchun) U tanladi va dinda sizlarga
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt
78. Alloh (yo'li)da haqqoniy jiddu jahd qilingiz! Sizlarni (shu din uchun) U tanladi va dinda sizlarga biror haraj (qiyinchilik) qilmadi. Otalaringiz Ibrohimning dini (Islom)ni (ushlangiz)! Toki (qiyomatda) payg'ambar sizlarga guvoh bo'lishi uchun, sizlar esa (qolgan) odamlarlarga guvoh bo'lishingiz uchun (Allohning) o'zi sizlarni ilgari (muqaddas kitoblarda) atagandek, mana shu (Qur'on) da ham musulmonlar deb atadi. Bas, namozni mukammal ado etingiz, zakotni beringiz va Allohga bog'laningiz! U sizlarning xojangizdir. Bas, u Zot naqadar yaxshi xoja va naqadar yaxshi madadkordir!
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 223
O’N SAKKIZINCHI JUZ’ *************************
Mu'minun - mo'minlar. Mo'min-musulmonlarga loyiq sifatlar zikri bilan boshlangani uchun shunday nom berilgan. Unda Muhammad (a. s.) ning Makkadagi davrlarida ahli Islomga mushriklar tarafidan berilgan aziyatlarga sabr qilish, oxirat saodati uchun bu dunyoda qilish zarur bo'lgan solih amallar va boshqa muhim ilohiy o'gitlar yoritiladi.
to'g'rida G'arbning yirik olimlari talay ilmiy izlanishlar natijasida, Qur'oni karimning ilohiy mo''jiza ekanligini yana bir bor tasdiq etdilar.
16. So'ngra sizlar, albatta, qiyomat kuni qayta tirilursizlar. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 224
17. Darvoqe, Biz ustingizda yetti yo'lni (yetti qavat osmonni) yaratdik. Biz yaratuvchilikdan g'ofil bo'lmadik.
zolimlar qavmidan qutqargan Allohga hamd (aytamiz)". 29. Yana ayt: "Ey, Rabbim! Meni bir muborak manzilga tushirgin. Sen (manzilga) tushiruvchilarning yaxshisidirsan". 30. Albatta, bunda (Nuh va uning qavmi voqeasida) alomatlar bordir. Biz imtihon qiluvchidirmiz. 31. So'ngra Biz ulardan keyin boshqa avlodni (Od qabilasini) paydo qildik. 32. Bas, ularga o'zlaridan bir payg'ambarni (Hudni) yubordik. (U aytdi): "Allohga ibodat qilinglar! Sizlar uchun Undan o'zga iloh yo'qdir. Axir, qo'rqmaysizlarmi?!" 33. Uning qavmidan kofir bo'lgan, oxirat muloqotini inkor etgan va Biz dunyo hayotida badavlat qilib Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 225
qo'ygan kimsalar dedilar: "Bu ham xuddi sizlarga o'xshagan odam. U ham sizlar yeydigan narsadan yeydi, sizlar ichadigan narsadan ichadi. 34. Qasamki, agar sizlar o'zingizga o'xshagan odamga itoat qilsangizlar, u holda sizlar, albatta, ziyon ko'ruvchidirsizlar. 35. U sizlarga o'lib tuproq va suyaklarga aylanganingizdan keyin, albatta, (qabrlaringizdan) chiqariluvchidirsizlar, deb va'da bermoqdami? 36. Sizlarga va'da qilinayotgan narsa (aqldan) juda-juda uzoqdir! 37. Hayot faqat (shu) dunyodagi hayotimizdir. (Ayrimlarimiz) o'lsak, (boshqalarimiz) yashayveramiz. Biz qayta tiriluvchi emasmiz. 38. U (Hud) faqat Alloh sha'niga yolg'on to'qigan shaxsdir. Bizlar unga imon keltiruvchi emasmiz". 39. (Shunda Hud) aytdi: "Ey, Rabbim! Meni yolg'onchi qilganlari bois menga yordam qilgin". 40. (Alloh) dedi: "Ozginadan keyin ular, albatta, pushaymon qiluvchilarga aylanib qolurlar". 41. Bas, haqiqatan ham ularni (mudhish bir) qichqiriq tutdi. Biz esa ularni xazonga aylantirdik. Zolimlar qavmiga halokat bo'lgay! 42. So'ngra ulardan keyin boshqa avlodlarni paydo qildik.
44. So'ngra paydar-pay payg'ambarlar yubordik. Har gal biror ummatga (o'z) payg'ambari kelsa, uni inkor etdilar. Bas, Biz ularni birin-ketin (halok) qildik va ularni (odamlar og'zida yuradigan) gapga aylantirib qo'ydik. Bas, imon keltirmaydigan qavmga halokat bo'lgay! 45. So'ngra Biz Muso va uning birodari Horunni mo''jizalarimiz va aniq hujjat bilan yubordik. 46. Fir'avn va uning zodagonlariga (payg'ambar qilib yubordik). Ular esa kibr-havo qildilar. Ular mutakabbirlar qavmi edilar. 47.Bas, aytdilar: "Xuddi o'zimizga o'xshagan ikki kishiga imon keltiramizmi?! Holbuki, ularning qavmi (Isroil avlodi) bizlarga quldirlar". 48. Bas, ikkisini yolg'onchiga chiqarishib, halok qilinuvchilardan bo'ldilar. 49. Darhaqiqat, Musoga hidoyat topishlari uchun Kitob (Tavrot)ni ato etdik. 50. (Keyin) Maryamning o'g'li (Iso)ni va uning onasini alomat qildik va ikkisini bir oqin suvli baland qarorgohga joyladik. 51. (Payg'ambarlarimizga shunday dedik): "Ey, payg'ambarlar! Pok (taom)lardan yenglar va ezgu (ish) qilinglar! Albatta, Men qilayotgan ishlaringizni biluvchidirman. 52. Albatta, u (ya'ni, diningiz) bir millat (ya'ni, Islomdir). Men esa sizlarning Rabbingizdirman, bas, Mendan qo'rqingiz!" Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 226
53. So'ng (odamlar) ishlarini (dinlarini) turlarga bo'lib yubordilar. Har bir guruh o'z oldilaridagi narsa (din) bilan mamnundirlar. 54. Bas, (ey, Muhammad,) Siz ularni (ma'lum) vaqtgacha o'z g'aflatlarida qoldiring! 55. Biz ularga berayotgan boylik va farzandlarni 56. o'zlari uchun yaxshiliklarni tezlatishimiz (belgisi) deb hisoblaydilarmi?! Yo'q, ular (buning hikmatini) sezmaydilar! 57. Albatta, Parvardigorlaridan qo'rqib, xavfda turuvchilar, 58. Parvardigorlarining oyatlariga imon keltiradiganlar, 59. Parvardigorlariga shirk keltirmaydiganlar,
holda beradigan kishilar, 61. aynan o'shalar yaxshiliklarni qilishga shoshurlar va unda o'zuvchidirlar. 62. Biz hech bir jon (egasi)ni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmaymiz. Bizning dargohimizda faqat haqni so'zlaydigan bitik bordir. Ularga zulm qilinmas.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 227
yaxshiroqdir. U eng yaxshi rizq beruvchidir! 73. Albatta, Siz ularni faqat to'g'ri yo'lga da'vat qilursiz. 74. Oxiratga imon keltirmaydiganlar yo'ldan ozuvchidirlar.
tug'yonlarida gangib yurishgan bo'lur edilar. 76. Mana, Biz ularni azobga tutdik. Ular esa na Parvardigorga bo'yin egdilar va na (tavba) tazarru qildilar. 77. To qachonki, Biz ularga qattiq azob (qahatchilik) eshigini ochib qo'yganimizda esa, bexos ular noumid bo'luvchidirlar. 78. U (Alloh) sizlar uchun quloq(lar)ni, ko'zlarni va dillarni paydo qilgan zotdir. (Sizlar bunga) juda kam shukr qilursizlar. 79. U sizlarni yer yuzida (yaratib, so'ngra) taratgan zotdir. Sizlar (qiyomat kuni) Uning huzuriga to'planursizlar. 80. U tiriltiradigan va o'ldiradigan zotdir. Kecha va kunduzning o'zgarib turishi ham Unga (bog'liq)dir. Axir, aql yurgizmaysizlarmi?! 81. Yo'q, ular ham xuddi avvalgilar aytgan so'zlarni aytdilar. 82. Dedilar: "Bizlar o'lib, tuproq va suyaklarga aylanganimizda, yana qayta tiriluvchimizmi?! 83. Darvoqe, bizlarga ham, ota-bobolarimizga ham oldin mana shu va'da qilingan edi. Bu faqat avvalgilarning afsonalaridir!" 84. (Ey, Muhammad, ularga) ayting: "Agar biluvchi bo'lsangizlar (aytinglar-chi), Yer va undagi bor jonzot kimniki?" 85. Ular: Albatta, "Allohnikidir", - derlar. Ayting: "Bas, (shundan) eslatma olmaysizlarmi?!" 86. Ayting: "Yetti osmonning Rabbi hamda ulug' Arshning Rabbi kimdir?" 87. Ular: "(Bular ham) Allohnikidir",- derlar. Ayting: "Axir qo'rqmaysizlarmi?!" 88. Ayting: "Agar bilsangizlar (aytinglarchi), barcha narsaning hukmronligi "qo'li"da bo'lgan, o'zi (barchaga) homiylik qiladigan, Unga qarshi homiylik qilinmaydigan zot kimdir?" 89. Ular: "(Bular ham) Allohnikidir", - derlar. Ayting: "Bas, (unda) nechuk sehrlanmoqdasizlar?!"
91. Alloh farzand tutgan emas va U bilan birga biror iloh bo'lgan emasdir. Aks holda, albatta, har bir iloh o'zi yaratgan narsa bilan ketib, bir-biridan ustun bo'lib olur edilar (natijada Yeru osmon buzilib ketgan bo'lur edi). Alloh ular aytayotgan sifatlardan pokdir. 92. U maxfiy (sir) va oshkora (gap va ishlar)ni biluvchidir. Bas, keltirayotgan shirklaridan U oliy Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 228
(pok)dir. 93. Ayting: "Ey, Rabbim, menga (kofirlarga) va'da qilinayotgan narsa (azob)ni, ko'rsatsangchi?! 94. Ey, Rabbim! (o'shanda) meni u zolimlar qavmi ichida qilmagin!" 95. Albatta, Biz ularga va'da qilayotgan narsa (azob)ni Sizga ko'rsatishga qodirdirmiz. 96. Siz (ular qilayotgan) yomonlikni go'zal (so'zlar) bilan daf eting! Biz ular sifatlayotgan narsani yaxshi biluvchidirmiz. 97. Ayting: "Ey, Rabbim! Men Sendan shaytonlarning vasvasalaridan panoh berishingni so'rayman. 98. Yana men Sendan ey, Rabbim, ular mening huzurimga kelishlaridan panoh so'rayman". 99. Toki ulardan (mushriklardan) birortasiga o'lim kelganida: "Ey, Rabbim! Meni (yana hayotga) qaytaringlar.
mubolag'a uchun ko'p marta "Alloh" lafzini aytish o'rnida ishlatishdir.
haqiqatan u aytuvchisi bo'lgan so'zdir. Ularning ortida, to qayta tiriladigan kunlarigacha, (ikki dunyo o'rtasini to'sib turadigan) bir to'siq bordir.
emasmidingizlar?!" (deyilganida), 106. ular deydilar: "Ey, Rabbimiz! Badbaxtligimiz bizlarga g'olib kelib, adashgan qavm bo'lib qolgan ekanmiz. 107. Parvardigoro, bizlarni (jahannamdan dunyoga) chiqargin. Bas, agar yana (kufr va tug'yonga) qaytsak, u holda biz shaksiz (o'zimizga) zulm qiluvchidirmiz". 108. (Alloh) aytadi: "(Jahannamda) xor bo'lingiz va Menga so'z qotmangiz! 109. Darvoqe, Mening bandalarim ichida bir guruh bor edi. Ular: "Ey, Rabbimiz! (o'zingga) imon keltirdik. Bas, bizlarni mag'firat qilgin va bizlarga rahm ayla. Sen o'zing rahm qiluvchilarning yaxshisidirsan", - der edilar. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 229
110. Bas, sizlar ularni masxara qildingiz, hatto ular (bu kulish) sizlarga Meni eslashni unuttirdi. Sizlar ulardan kulgan edingiz. 111. Men bugun ularni sabr qilganlari sababli mukofotladim - ular haqiqatan yutuqqa erishuvchidirlar". 112. "Yerda yillar hisobi bo'yicha qancha turdingizlar?" - deydi (Alloh). 113. Ular aytadilar: "Bir kun yoki yarim kun. Sanab turuvchi (farishtalar)dan so'ragin!" 114. (Alloh) deydi: "Agar sizlar biladigan bo'lsangizlar, (dunyoda) juda oz turdingizlar. 115. Yoki sizlarning gumoningizcha, Biz sizlarni behuda yaratdigu, sizlar Bizning huzurimizga qaytarilmaysizlarmi?!" 116. Zotan, haqqoniy Podshoh - Alloh yuksakdir. Undan o'zga iloh yo'qdir va (U) ulug' Arshning rabbidir. 117. Kimki o'zida hech qanday hujjat bo'lmagan holda Alloh bilan birga boshqa (biror) "iloh"ga iltijo qilsa, bas, uning hisob-kitobi Parvardigorning huzuridadir. Albatta, kofir bo'lganlar najot topmaslar! 118. (Ey, Muhammad,) ayting: "Ey, Rabbim! (gunohlarimizni) mag'firat et va (holimizga) rahm ayla! Sen (o'zing) rahm qiluvchilarning yaxshisidirsan!".
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 230
Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling