Tarjima haqida
chiqarganmiz va: "Alloh (hech kimga) hech narsa nozil qilgan emas, sizlar faqat katta zalolat
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt
chiqarganmiz va: "Alloh (hech kimga) hech narsa nozil qilgan emas, sizlar faqat katta zalolat (gumrohlik)dadirsizlar", - deganmiz. 10. Ular (kofirlar) yana: "Agar bizlar (payg’ambar so'zlarini) tinglab, aql yurgizuvchi bo'lganimizda, do'zax ahlidan bo'lmas edik",- derlar. 11. Bas, ular o'z gunohlarini (shu tarzda) e'tirof etadilar. Endi, do'zax ahliga halokat bo'lgay! 12. Parvardigorlaridan g'oyibona qo'rqadigan zotlar uchun maqfirat va katta mukofot bordir.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 401
ham biluvchidir. 14. (Axir) yaratgan zot (O'zi yaratgan narsalarini) bilmaydimi?! U lutfli va xabardor zotdir. 15. U (Alloh) sizlarga yerni xoksor (bo'ysunuvchi) qilib qo'ygan zotdir. Bas, u (Yer)ning har tomonida (sayohat, tijorat yoki dehqonchilik qilib) yuraveringlar va (Allohning bergan) rizqidan yenglar. Tirilib chiqish Uning huzurigadir. 16. (Ey, Makka kofirlari,) yo sizlar osmondagi zot sizlarni yerga yuttirib yuborishidan, bas, birdaniga (yer) larzaga kelishidan (sizlarni halok qilishidan) xotirjammisizlar (qo'rqmaysizlarmi)?! 17. Yoki sizlar "osmondagi" zot ustingizga tosh yog'dirishidan xotirjammisizlar?! Hali (azob kelganda), Mening ogohlantirishim qanday ekanligini bilib olajaksizlar! 18. Darvoqe, ulardan avvalgi kimsalar ham (o'z payg'ambarlarini) yolg'onchiga chiqargandilar. Bas, Mening inkorim (azobim) qanday bo'ldi?! 19. Ular ustilarida (qanotlarini) yoyuvchi va yiqqan holda (uchib yurgan) qushlarni ko'rmadilarmi?! U (qush)larni yolg'iz Rahmongina (samoda) tutib turar. Albatta, U barcha narsani ko'rib turuvchidir. 20. (Ey, mushriklar,) Rahmondan o'zga sizlarga yordam beradigan qo'shiningiz kim ekan o'zi?! Kofirlar faqat mag'rurlikdadirlar. 21. Yoki (Rahmon) O'z rizqini to'xtatib qo'ysa, sizlarga rizq beradigan o'sha zot kim o'zi?! Yo'q, ular (kofirlar) qaysarlikda va (haqdan) yiroqlashishda davom etdilar. 22. Axir, yuz tuban (yerga qarab) yuradigan kimsa Haq yo'lni topuvchiroqmi yoki tik holda to'g'ri yo'lda yuradigan kishimi?! 23. (Ey, Muhammad, u (kofirlarga) ayting: "U (Alloh) sizlarni paydo qilgan va sizlar uchun quloq, ko'zlar va dillarni (ato) qilgan zotdir. (Sizlar esa) kamdan-kam shukr qilursizlar". 24. Ayting: "U sizlarni Yer (yuzi)da yaratib qo'ygan zotdir. Sizlar (Qiyomatda) Uning huzuriga to'planursizlar". 25. Ular: "Agar rostgo'y bo'lsangizlar, (aytinglarchi) ushbu va'da (Qiyomat kuni) qachon bo'ladi?" - derlar. 26. (Ey, Muhammad, ularga) ayting: "(Qiyomat haqidagi) bilim, albatta, Allohning huzuridadir. Men faqat aniq ogohlantiruvchidirman.
va (ularga): "Mana shu sizlar so'ragan narsadir", - deyilur. 28. (Kofirlarga) ayting: "Xabar beringiz-chi, agar Alloh meni va men bilan birga bo'lgan kishilarni halok qilsa yoki (halok qilmay) bizlarga shafqat qilsa (O'zining ixtiyoridadir). Ammo, kofirlarni (sizlarni) alamli azobdan kim himoya qilur?! 29. Ayting: "U Rahmon (mehribon)dir. Bizlar Unga imon keltirdik va Ungagina tavakkul qildik. Hali sizlar kim aniq zalolatda ekanini bilib olajaksizlar". 30. Ayting: "Xabar beringiz-chi, agar suvingiz (yer qariga) singib ketsa, bas, kim sizlarga oqin suvni Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 402
keltira olur?!" Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 403
QALAM SURASI Surada qalam va yozuv qurollarining sha'ni ulug'lanadi va ular bilan qasamyod etib, Alloh taolo O'z payg'ambarlarining haq ekanini, mushriklar inkori va bo'htonlari botil ekanini isbotlaydi. Surada baxillik qoralanadi va uning yomon oqibatlari ifoda etiladi. Undagi oyatlarda insoniyat uchun muhim ilohiy o'gitlar mavjud.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 404
Izoh: Bu oyatlardagi salbiy sifatlar mashhur kofir Valid ibn Mug'iraga mansubdir. Darhaqiqat, u Badr jangida "tumshug'idan tamg'alanadi", ya'ni burnidan qilich yeb, so'ngra shu chandig'i bilan yuradi. Keyingi oyatlarda Yaman diyorida bir saxiy bog'bon bo'lib, u har yili kuzda mevalarni terish uchun kambag'al-miskinlarni taklif etib, daraxtdan tergani bog'bonga, yerga tushgani teruvchilarga deb ularni siylar ekan. U olamdan o'tgach, farzandlari baxillik ko'yiga kirib xatoga yo'l qo'yganliklari to'g'risida so'z boradi.
albatta, uni (bog' hosilini) erta tongda uzib olamiz deb qasam ichgan edilar. 18. Lekin, istisno qilmagan edilar (Xudo xohlasa, demagan edilar). 19. Bas, (tunda) ular uyquda bo'lgan chog'larida, u (bog') uzra Parvardigoringiz tomonidan bo'lmish aylanuvchi (ofat - olov) aylandi. 20. Bas, (hosil) yig'ilgandek bo'lib qoldi (bog' kuyib kul bo'ldi). 21. Erta tongda turishib, bir-birini chaqirishdi: 22. "Agar (hosilni) uzmoqchi bo'lsangizlar, ziroatgohingizga bora qolinglar", - (deb). 23. So'ngra shivirlashib jo'nadilar. 24. "Bugun (bog'da hosil terayotgan vaqtda) ustilaringizga biror miskin kirib qolmasin-da", - der edilar. 25. Ular (o'zlaricha mazkur) g'arazga qodir bo'lgan hollarida tong-saharlab bordilar. 26. Bas, qachonki, uni (kulga aylangan bog'ni) ko'rishgach, (avval): "Shubhasiz, bizlar (yo'ldan) adashib qoldik (ya'ni, boshqa boqqa kelib qoldik)", - dedilar. 27. (So'ngra:) "Yo'q, bizlar (bog'imizdan) mahrum bo'libmiz" (dedilar). 28. (Shunda) ularning o'rtaholrog'i: "Men sizlarga (Allohga) tasbeh aytmaysizlarmi (hosil shukronasiga kambag'allar ulushini bermaysizlarmi) demaganmidim?" - dedi. 29. Ular (kech bo'lsa-da): "Rabbimizga tasbeh aytamiz. Haqiqatan, bizlar (o'zimizga) zulm qiluvchi bo'ldik", - dedilar. 30. So'ngra ular bir-birlariga qarab, malomat qila boshladilar. 31. (Ular) dedilar: "Holimizga voy! Darhaqiqat, bizlar haddan oshuvchi bo'ldik. 32. Shoyadki, Rabbimiz bizlarga u (bog')dan ham yaxshirog'ini almashtirib bersa. Bizlar, albatta, Rabbimiz sari intiluvchidirmiz". 33. Azob mana shunday! Agar bilsalar, albatta, oxirat azobi yanada kattaroqdir. 34. Albatta, taqvodorlar uchun Parvardigorlari huzurida ne'mat bog'lari bordir. 35. Axir, Biz musulmonlarni jinoyatchi (kofir)larga barobar qilarmidik?! 36. (Ey, mushriklar,) sizlarga ne bo'ldi? Qanaqa hukm chiqarmoqdasizlar?! Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 405
37. Yoki sizlarda (osmondan tushirilgan) biror kitob bo'lib, undan o'rganayapsizlarmi?! 38. Unda sizlar uchun o'zlaringiz xohlagan narsa bormi?! 39. Yoki sizlar uchun Bizning zimmamizda: "O'zlaringiz hukm qilgan narsa sizlarniki bo'lur", - degan to qiyomat kunigacha yetuvchi qasamlar (ahd-paymonlar) bormi?! 40. (Ey, Muhammad,) ulardan so'rang-chi, qaysilari bunga (da'volarining haq ekanligiga) kafil bo'la olar ekanlar?! 41. Yoki ularning sheriklari bormi?! U holda rostgo'y bo'lsalar, o'sha sheriklarini keltirsinlar!
kuchlari yetmay qoladigan Kunni (eslang)! 43. (O'shanda) ko'zlari quyida va ularni xorlik egallagan holda bo'lurlar. Ular sog'lom bo'lgan hollarida sajda qilishga chorlanar edilar (ammo undan bosh tortar edilar). 44. Bas, (ey, Muhammad,) ushbu So'zni (Qur'onni) yolg'onga chiqaradigan kimsalarni Menga qo'yib bering! Yaqinda Biz ularni o'zlari bilmaydigan (sezmaydigan) tomondan darajama-daraja tutgaymiz (halokatga duchor qilajakmiz)! 45. Men ularga muhlat berib turaman. Zero, Mening "makrim" juda qattiqdir. 46. Yoki Siz (ey, Muhammad, da'vatingiz uchun), ulardan haq so'rayapsiz-u, ular qarzdan og'irsinayaptilarmi?! 47. Yoki ularni huzurlarida g'ayb (Lavhul-Mahfuz) bor-u, ular (aytayotgan so'zlarini o'shandan) yozib olyaptilarmi?! 48. Bas, (ey, Muhammad,) Rabbingizning hukmiga sabr qiling va nahang (baliq) sohibi (Yunus payg'ambar) kabi (betoqat) bo'lmang! Qaysiki, u (baliq qornida turib) g'amga to'lgan holda (Parvardigorga) nido qilgan edi. 49. Agar unga Parvardigori (tomoni)dan ne'mat yetmaganida, albatta, qoralangan holida quruqlikka uloqtirilgan bo'lur edi. 50. Bas, Parvardigori uni (qaytadan payg'ambarlikka) tanlab, solih (payg'ambar)lardan qildi. 51. Albatta, kofir bo'lgan kimsalar Zikrni (Qur'onni) eshitgan vaqtlarida, Sizni ko'zlari bilan yiqitayozurlar va "albatta, u majnun", - derlar. 52. Holbuki, u (Qur'on barcha) olamlar uchun eslatmadir. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 406
AL-HAQQA SURASI
Al-hoqqa - haqiqatan ro'y beruvchi voqea, ya'ni qiyomat demakdir. Surada qiyomat manzarasi, uning boshlanishida ro'y beradigan hodisalar. Nomai a'mollarni o'ng yoki chap tomondan berilishi, Muhammad (a. s.)ning haq payg'ambar ekanining tasdig'i, Qur'oni karimning buyuk ilohiy kitob ekanligi va boshqa muhim ma'lumotlar mavjud.
qishloqlari) ham xato ish qildilar. 10. Bas, ular Parvardigorlarining payg'ambariga itoatsizlik qildilar. Bas, U zot ularni o'ta qattiq ushlash bilan ushladi (qattiq azobladi). 11. Darvoqe, Biz suv tug'yonga ketgan vaqtida sizlarni (Nuh payg'ambar yasagan) kemada ko'tardik. 12. Biz buni sizlarga eslatma qilish uchun va anglovchi quloqlar anglab olishlari uchun (qildik). 13. Bas, qachonki, sur bir bor chalinganida, 14. Yer va tog'lar (o'z joylaridan) ko'tarilib, (bir-birlariga) bir bor urilganda, 15. ana o'sha kunda Voqea sodir bo'lur (Qiyomat qoyim bo'lur)! 16. Osmonlar ham yorilur. Chunki, (osmon) u Kunda zaif bo'lib qolur. 17. Farishtalar esa (osmon) atrofida (Allohning amriga muntazir bo'lib) tururlar. Ularning ustida Rabbingiz Arshini u Kunda sakkiz (farishta) ko'tarib turur. 18. O'sha Kunda sizlar (hisobot uchun Allohga) ko'ndalang qilinursizlar, sizlarning biror siringiz maxfiy qolmas. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 407
19. Bas, o'z kitobi (nomai a'moli) o'ng tomonidan berilgan kishi aytur: "Mana, mening kitobimni o'qinglar. 20. Darhaqiqat, men hisobotimga ro'baro' bo'lishimni bilar edim", - der. 21. Bas, u qoniqarli maishatda, 22. oliy jannatda, 23. mevalari yaqin (joyda) bo'lur. 24. (Jannat ahliga): "O'tgan kunlarda (dunyoda) qilib o'tgan (ezgu) amallaringiz sababli (ushbu noz- ne'matlarni) yoqimli ishtaha bilan yeb-ichaveringlar" (deyilur). 25. Endi, kitobi chap tomonidan berilgan kimsa esa der: "Eh, qaniydi, menga kitobim berilmasa, 26. va hisob-kitobim qanday bo'lishini bilmasam! 27. Eh, qaniydi, o'sha (birinchi o'limim hamma ishni) tugatuvchi bo'lsa! 28. Menga mol-mulk ham asqotmadi. 29. Saltanatim ham halok bo'lib ketdi". 30. "(Ey, jahannam qo'riqchilari!) Uni ushlab kishanlanglar! 31. So'ngra uni olovda toblanglar! 32. So'ngra uzunligi yetmish gaz bo'lgan zanjirga solinglar!" 33. Chunki, u (dunyodalik paytida) Ulug' Allohga imon keltirmas edi. 34. Miskinga taom berishga (o'zini va o'zgalarni) targ'ib qilmas edi.
36. Yiringdan boshqa biror taom ham yo'qdir. 37. Uni esa faqat xatoga (kufrga) ketganlargina yegaylar. 38. Qasamyod etaman, sizlar ko'radigan narsalarga 39. va sizlar ko'rmaydigan narsalargaki, 40. u (Qur'on), albatta, mukarram Payg'ambarning (Alloh nomidan aytgan) so'zidir! 41. U biror shoirning so'zi emasdir. Sizlar (ushbu Qur'onga) kamdan-kam imon keltirursizlar. 42. (U) biror kohin (folbin)ning so'zi ham emasdir. Sizlar kamdan-kam eslatma olursizlar. 43. (U barcha) olamlar Parvardigori (tomoni)dan nozil qilingan (Kitob)dir. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 408
44. Agar (payg'ambar) Bizning nomimizdan (Biz aytmagan) ba'zi so'zlarni to'qib aytganda edi, 45. albatta, Biz uning o'ng qo'lidan tutgan, 46. so'ngra uning shohtomirini uzib tashlagan bo'lur edik. 47. U holda sizlardan biror kishi undan (payg'ambardan halokatni) to'sa oluvchi bo'lmas edi. 48. Haqiqatan, u (Qur'on) taqvodorlar uchun eslatmadir. 49. Biz sizlarning orangizda (Qur'onni) inkor etuvchilar bor ekanini aniq bilurmiz. 50. Albatta, u (Qur'on) kofirlarga (Qiyomat kunida) hasrat (nadomat) bo'lur. 51. Albatta, u (Qur'on) aniq Haqiqatdir. 52. Bas, ulug' Rabbingiz nomi bilan tasbeh ayting! Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 409
MAORIJ SURASI
Maorij - me'rojlar, ya'ni, pog'onalar. Suradan oxirat haqida ogohlantirish, u paytda har kim o'zi uchun javob berishi, inson irodasining zaifligi, uni faqat imon va itoat bilan mustahkamlash mumkinligi va boshqa ilohiy eslatmalar joy olgan.
makon o'lchovlariga taqqoslab, Jabroil va boshqa farishtalarning yo'l bosishlariga taalluqli deb noto'g'ri talqin qilmoqdalar. Vaholanki gap bu yerda qiyomatning bir kuni to'g'risida ketmoqda. Jabroil (a. s.)ning bu masofalardagi harakatlari uchun esa Alloh xohlaganicha vaqt zarur bo'ladi, xolos.
Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling