Tarjima haqida


Albatta, Biz ezgu ish qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/72
Sana04.05.2020
Hajmi1.61 Mb.
#103210
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt


 

44. Albatta, Biz ezgu ish qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz.  

 

45. U Kunda inkor etuvchilar holiga voy! 

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

427


46. (Ey, kofirlar,) ozgina vaqt yeb, foydalanib qolinglar! Zero, sizlar jinoyatchidirsizlar.  

 

47. U Kunda inkor etuvchilar holiga voy! 

 

48. Qachon ularga: "Ruku' qilinglar, (namoz o'qinglar)", deyilsa, ruku' qilmaslar.  

 

49. U Kunda inkor etuvchilar holiga voy! 

 

50. Axir, ular (Qur'ondan) keyin (shunday aziz Kitobga imon keltirmasdan) qanday so'zga imon 

keltirurlar?! 

 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

428


O’TTIZINCHI JUZ’ 

************************* 

 

NABA' SURASI 

 

Naba' - xabardir.  



 

Surada Ulug' xabar, ya'ni, qiyomat to'g'risida bahslashayotgan Makka mushriklariga aniq javoblar beriladi. 

Yana unda Alloh taolo O'z qudrati va hikmati bilan yaratgan borliq, koinot va mavjudotlar, qiyomat kunining 

shiddati, jannatdagi rohat-farog’at va boshqa muhim ma'lumotlar bayon etilgan. Suraning oxirgi oyatida 

imonsiz o'tganlarning qiyomat kuni qanchalik pushaymon qilishlari, hatto tuproq bo'lib ketishni orzu qilishlari 

ta'sirli shaklda tasvirlangan.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. (Mushriklar) bir-birlaridan nima haqida so'rashmoqdalar?! 



 

2. Ulug’ xabar haqida.  

 

3. Qaysiki, u haqda ular (doimo) tortishuvchidirlar.  

 

4. Yo'q, (ularning gumonlari behudadir). Ular yaqinda (bu xabarning haq ekanini) bilib olajaklar.  

 

5. So'ngra, yana yo'q! Bilib olajaklar! 

 

6. Biz Yerni to'shak qilib qo'ymadikmi?! 

 

7. Tog'larni esa (Yerni tutib turuvchi) qoziqlar qilib qo'ymadikmi?! 

 

8. Biz sizlarni juft-juft qilib yaratdik.  

 

9. Uyqularingizni (badan va asablaringiz uchun) orom qildik.  

 

10. Kechani (barcha narsani yashirib turadigan) libos qildik.  

 

11. Kunduzni esa, tirikchilik (vaqti) qildik.  

 

12. Tepalaringizda yetti (qavat) mustahkam (osmonni) bino qildik.  

 

13. Yana charaqlab turuvchi chiroqni (quyoshni paydo) qildik.  

 

14. Yana Biz siqib chiqaruvchi (bulut)lardan duv-duv suv (yomg'ir) yog’dirdik.  

 

15. Toki, u sababli don va nabotot (undirib) chiqarurmiz.  

 

16. Shuningdek, qalin bog’larni ham.  

 

17. Albatta, Ajrim Kuni (hisob-kitob uchun) belgilangan vaqtdir.  

 

18. U Kunda sur chalinur, bas, sizlar to'p-to'p bo'lib (mahshargohga) kelursizlar.  

 

19. Osmon ham ochilib, (farishtalar uchun) darvozalarga aylanib qolur.  

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

429


 

20. Tog’lar ham (joylaridan) jildirilur. Bas, u sarobga aylanib qolur.  

 

21. Albatta, jahannam poylovchi, 

 

22. haddan oshganlar uchun qaytish joyidir.  

 

23. (Ular) u joyda uzoq zamonlar (abadul-abad) qoluvchidirlar.  

 

24. U joyda sovuqlik va ichimlikni totmaslar 

 

25. Faqat qaynoq suv va yiringnigina (toturlar).  

 

26. (Mana shu qilmishlariga) loyiq jazodir.  

 

27. Chunki, ular (Qiyomatdagi) hisob-kitobdan umid qilmas edilar.  

 

28. Oyatlarimizni butunlay inkor etar edilar.  

 

29. Holbuki, Biz barcha narsani hisob-kitob qilib, (yozib) qo'ygandirmiz.  

 

30. Bas, (ey, kofirlar, azobimizni) totib ko'ringlar! Endi sizlarga faqat azobnigina ziyoda qilurmiz.  

 

31. Albatta, taqvodor zotlar uchun (jannatda) yutuq bordir.  



 

32. Ya'ni bog’lar va uzumlar, 

 

33. (yosh va husnda) tengqur, bo'liq siynali (hur qiz)lar 

 

34. va (sharob) to'la qadahlar bordir.  

 

35. Ular u joyda biror behuda va yolg’on so'z eshitmaslar.  

 

36. (Bu) Rabbingiz (tomoni)dan bo'lmish mukofot va hisob(-kitob)dir.  

 

37. (U) osmonlar va Yerning hamda ularning o'rtasidagi (bor) narsaning Parvardigori Mehribon zotdir. 

Undan (izn bo'lmaguncha) so'zlashuvga ega bo'lmaslar.  

 

38. Ruh (Jabroil) va (barcha) farishtalar saf tortib turadigan Kunda (odamlar) gapirmaslar, faqat 

Mehribon zot izn bergan kishigina (so'zlar) va (faqat) rost so'zlar.  

 

39. Bu haq (va rost) Kundir. Bas, kim xohlasa, Parvardigori tomon qaytadigan yo'lni tutar.  

 

40. (Ey, Makka kofirlari,) darhaqiqat, Biz sizlarni yaqin(da voqe bo'ladigan) azobdan ogohlantirdik. U 

Kunda (har bir) kishi o'zi qilib o'tgan narsani (ya'ni barcha yaxshi-yomon amallarini) ko'rar va kofir 

kimsa: "Eh, koshki edi tuproq bo'lsam", - der. 

 

Izoh: Pushaymon qilgan kofirning bu so'zidan ikki xil ma'no olish mumkin. Birinchisi - Koshki tuproq bo'lsam, 



ya'ni dunyoda ilk bor yaratilganimda inson emas, balki tuproq qilib yaratilganimda, shu kunlarga qolmas 

edim, demoqchidir. Ikkinchisi, koshki do'zaxga mahkum bo'lishimdan ilgari tuproqqa aylanib ketsamu, azobdan 

qutulsam, demoqchidir.  

 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

430


NOZIOT SURASI 

 

Noziot – sug’uruvchilar. Bu yerda tanadan jonni sug‘urib oluvchi farishtalar muroddir. Surada qiyomat qoyim 



bo'lish jarayoni, Muso (a. s.) bilan Fir'avn o'rtasida o'tgan mojarolar, bu dunyoning foniy ekani kabi ilohiy 

o'gitlar bilan birga Payg’ambar (a. s.)ning dillariga tasalli berilgan.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. (Kofirlarning jonlarini badanlari) qa'ridan sug’urib oladigan (farishta)larga qasam, 



 

2. (mo'minlarning jonlarini osonlik bilan) chiqarib oladigan (farishta)larga qasam, 

 

3. (osmondan) suzib tushuvchi, 

 

4. (o'z vazifalarini ado etishda) o'zib yuruvchi 

 

5. (Alloh buyurgan barcha) ish tadbirini tuzib turuvchi (farishta)larga qasamki, (albatta, qayta tirilib, 

hisobot berursizlar)! 

 

6. U Kunda larzaga keluvchi (sur) larzaga keladi.  

 

7. Ortidan ergashuvchi (ikkinchi bor sur ovozi) ergashur.  

 

8. U Kunda dillar qo'rquvga tushuvchidir.  

 

9. Ko'zlar esa (dahshatdan) so'nib qoluvchidir.  

 

10. Ular (bu dunyoda) derlar: "Haqiqatan ham bizlar (o'lgach) avvalgi holatimizga qaytariluvchimizmi? 

 

11. Chirik suyaklarga aylanib qolgan vaqtimizda-ya?" 

 

12. Ular (istehzo bilan): "Unday bo'lsa, bu (bizlar uchun) rosa ziyon qiluvchi qaytish-ku!" - deydilar.  

 

13. Bas, (u qaytish) faqat birgina qichqiriqdir (surning ikkinchi marta chalinishidir).  

 

14. So'ngra ular birdan (tirilib) yer ustida bo'lib qolurlar.  

 

15. (Ey, Muhammad,) Sizga Musoning xabari keldimi? 

 

16. Qaysiki, Parvardigori unga muqaddas Tuvo vodiysida (shunday) nido qilgan ediki: 



 

17.- (Ey, Muso,) Fir'avnning oldiga borgin, zero, u haddidan oshdi.  

 

18. Bas, (unga) ayt: "Sening (kufrdan) poklanishga xohishing bormi? 

 

19. Men seni Parvardigoring (yo'liga) hidoyat qilsam, bas, sen (U zotdan) qo'rqsang" .  

 

20. (So'ng Muso) unga bir ulkan mo''jiza ko'rsatdi.  

 

21. (Fir'avn) uni yolg’onga chiqardi va (Allohga) itoatsizlik qildi.  

 

22. So'ngra shoshganicha (Musodan) yuz o'girib ketdi.  

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

431


 

23. So'ngra (o'z odamlarini) to'pladi va jar soldi: 

 

24. "Men sizlarning oliy Parvardigoringizdirman", - dedi.  

 

25. Bas, Alloh uni oxir at va dunyo azobi bilan ushladi. 

 

Izoh: Dunyodagi azobi uning dengizga g’arq qilinishi, oxiratdagisi esa do'zax azobidan iboratdir.  

 

26. Albatta, bu (qissa)da (Allohdan) qo'rqadigan kishilar uchun ibrat bordir.  

 

27. (Ey, mushriklar,) sizlarni yaratish qiyinroqmi yoki osmonnimi?! (Bilasizki,) Alloh uni bino qildi,  

 

28. shiftini baland qilib, tikladi.  

 

29. Yana u (osmon)ning tunini qorong’u qilib, (undan) kunduzini chiqardi.  

 

30. Shundan keyin Yerni (tuyaqush tuxumi shaklida) yoyib - tekis qildi.  

 

31. Undan suviyu, o'tloqlarini chiqardi.  

 

32. Tog’larni esa o'rnashtirdi.  

 

33. (Bularning barchasi) sizlarga va chorva hayvonlaringizga manfaat bo'lsin deb (qilingandir).  

 

34. Bas, qachon katta balo (Qiyomat) kelganida – 

 

35. inson o'z qilmishini eslab qoladigan Kunda, 

 

36. ko'radigan (har bir) kishiga do'zax namoyish qilinganida, 

 

37. bas, o'shanda kimki (dunyoda) tug’yonga ketgan 

 

38. va dunyo hayotini (oxiratdan) ustun qo'ygan bo'lsa, 

 

39. u holda, faqat jahannamgina (unga) joy bo'lur! 

 

40. Ammo, kimki Parvardigorining (huzurida) turishi (va hisobot berishi)dan qo'rqqan va nafsini 

havolanishdan qaytargan bo'lsa, 

 

41. bas, faqat jannatgina (unga) joy bo'lur.  

 

42. (Ey, Muhammad, mushriklar) Sizdan Qiyomat qachon qoyim bo'lishi haqida so'rarlar.  

 

43. Siz qayoqdasiz-u, uni zikr qilish (aytib berish qayoqda)?! 

 

44. Uning intihosi faqat Rabbingizga (borib to'xtar).  

 

45.Siz faqat undan qo'rqadigan kishilarni ogohlantiruvchisiz.  

 

46. Ular u (Qiyomat)ni ko'rgan Kunda (bu dunyoda) go'yo bir oqshom yoki choshgoh payticha 

turgandek bo'lurlar.  


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

432


ABASA SURASI 

 

Abasa-yuzini burishtirdi, xo'mraydi degan ma'nolarni anglatadi. Sura avvalida Rasululloh huzurlariga Abdulloh 



ibn Ummi Maktum nomli bir ko'zi ojiz musulmon kelib, diniy savol so'ramoqchi bo'lganlarida, uni malol olib, 

iltifot qilmay, Makka zodagonlarini da'vat qilish bilan band bo'lganlari uchun Allohdan olgan tanbehlari bayon 

etilgan. Sura davomida insonning yaratilishi, yashashi va vafot etishi, u iste'mol qiladigan noz-ne'matlar, 

Qiyomat kunidagi odamlarning g’am-tashvishlari, hamma o'zi bilan ovora bo'lib qolishi, yaxshilarning yuzlari 

yorug’, yomonlarning yuzlari esa shuvit bo'lishi kabi ma'lumotlar beriladi.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. (Muhammad) yuzini burishtirdi va yuz o'girdi.  

 

2. Zero, uning huzuriga ko'zi ojiz odam kelgan edi.  

 

Izoh: Bu kelgan odam Abdulloh ibn Ummi Maktum ismli ko'zi ojiz kishi edi. U Rasulullohning band 



ekanliklarini sezmay o'zining savollariga javob olishga harakat qiladi. Undan malollangan Payg’ambarimiz (a. 

s.)ning yuzlari burishdi va savollariga javob ham bermadilar. Bu muomala Haq taologa xush kelmadi va 

mazkur oyatlar bilan tanbeh berdi. Tanbehni ham: "Yuzingni burishtirding" demasdan, "Yuzini burishtirdi", -

deb uchinchi shaxs siyg’asida aytdi. Bu esa uncha qattiq botmaydi. Rasulullohning o'zlari oliy xulq egasi 

bo'laturib, bir ko'zi ojiz odamga shunday xunuk muomala qildilarmi, degan savol tuqilishi mumkin. Yo'q, aslo! 

Birinchidan, o'zlari Makka zodagonlarini hidoyat sari yo'naltiraolamanmikan, deb umid bilan harakat qilib 

turganlarida birov kelib ishidan chalg’itgan holatni tasavvur qilib ko'ring. Boshqa har qanday odam ul zotning 

o'rnida bo'lganida ham uni jerkib tashlagan bo'lur edi. Lekin Rasul (a. s.) yuzlarini burishtirish bilan 

kifoyalandilar. Buni u a'mo kishi payqagani ham yo'q. Lekin ulug’larning ozgina sahvu xatosi ham 

boshqalarga nisbatan katta hisoblanadi. Binobarin, Haq Taolo O'z habibini ogohlantirib qo'ydi. Chunonchi, 

tasavvufda bir ibora bor: "Oddiy yaxshi odamlarning savobli ishlari Allohga yaqin zotlarning gunohlari bilan 

barobardir". 

  

3. (Ey, Muhammad,) Siz qayerdan ham bilursiz, ehtimol, u (Sizdan foydalanib, o'z gunohlaridan) 



poklanar 

 

4. yoki eslatma olar-da, so'ng bu eslatma unga foyda berar?! 

 

5. Ammo, boy kimsaga esa, 

 

6. bas, Siz (e'tibor berib) mutasaddilik qilmoqdasiz.  

 

7. Holbuki, uning (o'z kufridan) poklanmasligi Sizga zararli emas edi.  

 

8. Endi, oldingizga yugurib 

 

9. (Allohdan) qo'rqqan holida kelgan kishi esa,  

 

10. bas, Siz undan chalg’imoqdasiz.  

 

11. Yo'q, (bunday qilmang)! Albatta, ular (Qur'on oyatlari) ayni eslatmadir.  

 

12. Bas, kim xohlasa, (uni) yod etar.  

 

13. (U oyatlar Alloh nazdida) mukarram sahifalarda 

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

433


14. (ya'ni,) qadri baland, pokiza (sahifalarda) 

 

15. kotib (farishta)lar qo'llaridadir.  

 

16. (Ular) karamli va itoatlidirlar.  

 

17. Halok bo'lgur inson bunchalar kofir bo'lmasa! 

 

18. (Alloh) uni qaysi narsadan yaratdi o'zi?! 

 

19. (Bir haqir) nutfadan yaratib, so'ng uni (tuqilish vaqtini) belgilab qo'ydi.  

 

20. So'ngra unga (tuqilishda) yo'lni oson qildi.  

 

21. So'ngra unga o'lim berib, qabrga kiritdi.  

 

22. So'ngra O'zi xohlaganda, uni yana qayta tiriltirur.  

 

23. Yo'q! U buyurgan narsani sira ado etmadi.  

 

24. Endi inson o'zining taomiga (ibrat ko'zi bilan) boqsin! 

 

25. Biz (osmondan) suvni mo'l yog’dirdik.  

 

26. So'ngra yerni (giyohlar undirib) yordik.  

 

27. So'ngra Biz unda donlarni undirdik, 

 

28. uzum va ko'katlarni, 

 

29. zaytun va xurmolarni,  

 

30. qalin daraxtzor bog’larni, 

 

31. mevayu giyohlarni ham.  

 

32. Bular sizlar uchun va chorva hayvonlaringiz uchun manfaatdir.  

 

33. Bas, qachonki, (quloqlarni) kar qiluvchi (qichqiriq) kelganda (sur ikkinchi marta chalinganda), 

 

34. o'sha Kunda kishi o'z birodaridan qochur.  

 

35. Yana onasi va otasidan ham,  

 

36. xotini-yu, o'g’illaridan ham (qochur).  

 

37. (Chunki) u kunda ulardan har bir kishi uchun o'ziga yetarli tashvish bo'lur.  

 

38. U Kunda (ba'zi) yuzlar yorug’, 

 

39. kuluvchi va xurram (bo'lur).  

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

434


40. u kunda (boshqa bir) yuzlar uzra g’ubor bo'lur.  

 

41. U (yuz)larni qarolik qoplar.  

 

42. Ana o'shalar (fisqu) fujur qiluvchi kofirlarning o'zidirlar.  

 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

435


TAKVIR SURASI 

 

Takvir - o'rab qo'yish. Bu yerda quyoshni o'rab qo'yilishi muroddir. Surada Qiyomat qoyim bo'lganda, quyosh 



o'rab yig’ishtirib qo'yilishi, yulduzlar, tog’lar, dengizlar va boshqa katta-kichik mavjudotlarda ro'y beradigan 

o'zgarishlar tasvirlanadi. Shuningdek, hisob-kitob jarayoni va boshqa ajib hodisalar surada o'z bayonini topadi.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. Quyosh o'rab qo'yilganida, 



 

2. yulduzlar ham (o'z falaklaridan) to'kilganida, 

 

3. tog’lar ham (o'z joylaridan) jildirilganida,  

 

4. (qornidagi bolasi) o'n oylik bo'g’oz tuyalar ham bo'sh qo'yib yuborilganida, 

 

5. vahshiy hayvonlar ham (bir joyga) to'planib qolganida, 

 

6. dengizlar kuydirilganida, 

 

7. ruhlar (qaytadan jasadlarga) juftlanganida, 

 

8. tiriklay ko'milgan (har bir) qizdan so'ralganida, 

 

9. ne gunohi uchun o'ldirilgan, deb.  

 

10. Yana sahifalar (nomai a'mol) ochilganida, 

 

11. osmon (Yer ustidan) sidirib olinganida,  

 

12. do'zax (kofirlar uchun) qizdirilganida, 

 

13. jannat (taqvodorlarga) yaqin qilinganida, 

 

14. (ana o'sha Kunda har bir) jon o'zi (shu Kun uchun) hozirlab kelgan narsani(yaxshi-yomon 

amallarini) bilur! 

 

15. Bas, qayta-qayta chiqib (ko'rinib) turuvchi (yulduzlar)ga, 

 

16. (beshta) yashirinuvchi sayyoralarga, 

 

Izoh: Besh sayyora yulduzlar - Mirrix, Zuhal, Atorud, Zuhra, Mushtariy.  

 

17. o'z zulmati bilan kelib-ketayotgan kechaga va 

 

18. (otayotgan) tongga qasamki, 

 

19. albatta, u (Qur'on) bir ulug’ elchi (Jabroil)ning so'zidir.  

 

20. (U) quvvatli, Arshning sohibi (Alloh) nazdida martabali, 

 

21. u joyda (farishtalar tomonidan) itoat etiluvchi va ishonchli zot (ya'ni, Jabroil)dir.  


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

436


 

22. Sizlarning sohibingiz (Muhammad) majnun emasdir.  

 

23. Darhaqiqat, u (Jabroil)ni ochiq ufqda ko'rdi.  

 

24. U (Muhammad) g’aybga (vahiyga) baxil ham emasdir. 

 

Izoh: Vahiyga baxil emasliklari kelgan har bir vahiyni, oyat va surani darhol musulmonlarga bekamu ko'st 



yetkazishlari, murakkab joylarini esa izohlab berishlaridir.  

 

25. U (Qur'on) quvilgan (mal'un) shaytonning so'zi emasdir. 



  

26. Bas, sizlar (uni inkor etib) qayoqqa ketmoqdasizlar?! 

 

27. U (Qur'on), haqiqatan, (butun) olamlar uchun eslatmadir.  

 

28. Orangizdagi to'g’ri bo'lishni xohlagan kishilar uchun (albatta).  

 

29. Sizlar faqat (butun) olamlar Parvardigori bo'lmish Alloh xohlasagina (to'g’ri bo'lishni) xohlarsizlar.  

 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling