Tarjima haqida


Download 3.77 Mb.

bet42/72
Sana09.02.2017
Hajmi3.77 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   72

foydalantirsak, 

 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

250


206. so'ngra ularga va'da qilingan narsalari (ya'ni, azob) kelganda, 

 

207. ularga (dunyoda) foydalangan narsalari asqotmaydi-ku! 

 

208. Biz birorta ham ogohlantiruvchisi bo'lmagan qishloq (shahar)ni halok qilmadik.  

 

209. Eslatma bo'lsin, deb (shunday qildik), Biz zolim emasmiz! 

 

210. (Qur'onni osmondan) shaytonlar (jinlar) olib tushganlari yo'q.  

 

211. Ular uchun buning imkoni yo'q va ular bunga qodir ham emaslar.  

 

212. Chunki ular (vahiyni xufyona) eshitib olishdan chetlatilgandirlar.  

 

213. Bas, (ey, Muhammad,) Allohga qo'shib boshqa (biror) "iloh"ga iltijo qilmang! Aks holda 

azoblanuvchilardan bo'lib qolursiz.  

 

214. Yaqin qarindoshlaringizni (Alloh azobidan) ogohlantiring! 

 

215. Sizga ergashgan mo'minlar uchun qanotingizni past tuting! 

 

216. Bas, agar ular itoatsizlik qilsalar, u holda ayting: "Albatta, men sizlar qilayotgan ishdan 

pokdirman".  

 

217. Qudratli va rahmli (Alloh)ga tavakkul qiling! 

 

218. U Sizni (namoz uchun) turayotgan vaqtingizda ham ko'radi, 

 

219. sajda qiluvchilar (namoz o'quvchilar) orasida kezgan (vaqtingizda ham) ko'rib turur.  

 

Izoh: Namoz o'quvchilar orasida kezgan, ya'ni, tunda tahajjud namozini o'qiyotgan sahobalaringiz holidan 



xabar olib yurishingizni ham Alloh ko'rib-bilib turur.  

 

220. Albatta, U eshituvchi va biluvchidir.  



 

221. (Ey, Muhammad, ayting): "Men sizlarga shaytonlar (jinlar) kimlarga tushishi haqida xabar 

beraymi? 

 

222. Ular barcha bo'htonchi, gunohga botganlarga tushurlar.  

 

223. Eshitib olganlarini ularga tashlarlar. (Lekin) Ularning ko'plari yolg'onchilardir".  

 

224. Shoirlarga yo'ldan ozganlar ergashurlar.  

 

225. Ularning har vodiyda (mavzuda) daydishlarini ko'rmadingizmi?!  

 

226. O'zlari qilmaydigan narsalarni gapirishlarini ham?!  

 

Izoh: 225 - 226 - oyatlardagi shoirlardan murod o'sha davrdagi yomon niyatli, laganbardor, yolg'on to'quvchi 



maddoh shoirlardir. Ammo yaxshi shoirlar to'g'risida Muhammad alayhissalomdan qator hadislar borki

ularda she'r hikmatdan xoli bo'lmasligi, shoirlar o'z qalamlari bilan qilich qilaolmaydigan ishlarni bajarishlari 

mumkinligi va boshqa fazilatlarini bayon qilganlar.  

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

251


 

227. Ammo, imon keltirgan va ezgu ishlarni qilgan hamda doim Allohni yod etgan va (ilgari) mazlum 

bo'lganlaridan keyin (Islom ravnaq topgach) g'olib bo'lgan kishilar (mustasnodirlar). Zulm qilganlar esa 

yaqinda qanday oqibat sari ketayotganlarini bilib olurlar! 

 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

252


NAML SURASI 

 

Naml-chumolilar.  



 

Surada chumolilar to'g'risida ibratli qissa bo'lgani uchun unga shu nom berilgan. Unda payg'ambarlardan Muso, 

Solih, Sulaymon (a. s.) lar haqida ham sermazmun oyatlar bor. Ayniqsa, Sulaymon (a. s.) ning insu jin

parrandayu darandalar ustidan podshohlik qilganlari, Yaman diyoridagi Sabo mamlakatining malikasi Bilqis 

bilan kechgan mojarolar diqqatga sazovordir.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. To, Sin. Ushbular Qur'on va aniq Kitob (Lavhul-Mahfuz) oyatlaridir.  

 

2. (Bu oyatlar) shunday mo'minlarga hidoyat va xushxabardirki, 

 

3. ular namozni mukammal ado etadilar, zakotni beradilar va oxiratga aniq ishonadilar.  

 

4. Albatta, oxiratga imon keltirmaydigan kimsalar (qilayotgan) amallarini o'zlariga chiroyli ko'rsatib 

qo'ygandirmiz. Bas, ular gangib yuraveradilar.  

 

5. Ana o'shalar uchun (dunyoda ham) eng yomon azob bordir va ular oxiratda eng ko'p ziyon 

ko'ruvchilardir.  

 

6. (Ey, Muhammad,) albatta, Sizga (bu) Qur'on hakim va dono zot dargohidan berilur.  

 

7. Muso oilasiga: "Men olov ko'rib qoldim. Sizlarga undan (biror) xabar keltirurman yoki sizlarga isinib 

olishingiz uchun cho'g' keltirurman", - deganini eslang! 

 

8. Bas, (u olov yoniga) kelgach, unga nido qilindi: "Olov oldidagi kishiga (Musoga) va uning atrofidagi 

zotlarga (farishtalarga) barakot bo'lsin! Olamlarning Parvardigori - Allohga tasbehlar! 

 

9. Ey, Muso, albatta, Men qudratli va hikmatli Allohdirman! 

 

10. Asoyingni tashla!" Bas, qachonki, (Muso) uning ilondek qimirlayotganini ko'rgach, ortiga qaramay 

qochdi. (Shunda Biz dedik): "Ey, Muso, qo'rqmagin! Zero, Mening huzurimda payg'ambarlar 

qo'rqmaslar.  

 

11. Lekin, kim zulm qilsa-yu, so'ngra (bu) yomonliklardan keyin uni chiroyli (ish)ga almashtirsa, bas, 

albatta, Men kechirimli va rahmlidirman.  

 

12. Qo'lingni qo'yninga tiq, u hech qanday yomonliksiz oppoq bo'lib chiqur. (Bu mo''jizalar) sen (Fir'avn 

va uning qavmiga) olib boradigan to'qqiz mo''jiza ichidadir. Darhaqiqat, ular itoatsiz qavm bo'ldilar.  

 

13. Bas, qachonki, ularga mo''jizalarimiz ravshan holda yetib kelgach, ular: "Bu aniq sehrdir", - dedilar.  

 

14. O'zlari aniq bilgan hollarida zulm va kibrga berilib, u (mo''jizalarni) inkor etdilar. Endi, (ey, 



Muhammad,) u buzg'unchilarning oqibati qanday bo'lganini ko'ring! 

 

15. Qasamki, Biz Dovud va Sulaymonga (yetuk) bilim ato etdik va ular: "Bizlarni ko'p mo'min 

bandalardan afzal qilib qo'ygan zot - Allohga hamd bo'lsin!" - dedilar.  

 

16. Sulaymon (payg'ambarlik va podshohlikda) Dovudga voris bo'ldi va aytdi: "Ey, odamlar, bizga 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

253


qushlar tili bildirildi. Albatta, bu aniq fazlning o'zidir".  

 

17. Sulaymon uchun jin, ins va qushlardan iborat lashkarlari to'planib, tizilgan hollarida turdilar.  

 

18. To ular chumolilar vodiysiga yetganlarida, bir chumoli: "Ey, chumolilar, uyalaringizga kiringlar, 

yana Sulaymon va uning lashkarlari o'zlari sezmagan hollarida sizlarni ezib ketmasinlar", - dedi.  

 

19. (Sulaymon) uni so'zidan kulib, tabassum qildi va dedi: "Ey, Rabbim, menga va otaonamga in'om 

etgan ne'matinga shukr qilishga va O'zing rozi bo'ladigan yaxshi amallarnigina qilishga meni muvaffaq 

etgin va meni O'z fazling bilan solih bandalaring qatoriga kiritgin!" 

 

20. U qushlarni ko'zdan kechirib: "Nega men hudhudni ko'rmayapman, balki u (beruxsat) g'oyib 

bo'luvchilardandir?! 

 

21. Albatta, uni qattiq azob bilan azoblarman yo so'yib yuborurman yoki menga (uzrini bayon qilib) 

aniq hujjat keltirur", - dedi.  

 

22. So'ng uzoq (vaqt) qolmay (hudhud kelib) dedi: "Men sen ogoh bo'lmagan narsalardan ogoh bo'ldim 

va senga Saba' (shahri)dan ishonchli xabar keltirdim.  

 

Izoh: Yaman diyoridagi Bilqis malikalik qilgan mamlakatning nomi arab tilida Saba'. O'zbek tilida uni 



yengillatib Sabo deb atash joriy bo'lgan.  

 

23. Men bir ayolni ko'rdim. U ularning malikasi ekan. Unga barcha narsadan ato etilgan bo'lib, ulkan 



taxti ham bordir.  

 

24. Men uning va qavmining Allohni qo'yib, quyoshga sajda qilayotganlarini ko'rdim". Shayton ularga 

(qilayotgan) amallarini chiroyli ko'rsatib, ularni (Haq) yo'ldan to'sib qo'ygandir. Bas, ular hidoyat 

topmaslar.  

 

25. (Uning maqsadi) osmonlar va Yerdagi barcha sirlarni oshkor qiladigan hamda sizlar yashiradigan va 

oshkor qiladigan barcha narsalarni biladigan Allohga sajda qilmaslaridir.  

 

(Sajda oyati) 

 

26. Alloh - Undan o'zga iloh yo'q! U ulkan Arsh egasidir.  

 

27. (Sulaymon) dedi: "Sen rost so'zladingmi yoki yolg'onchilardan bo'ldingmi, ko'rarmiz.  

 

28. Mana bu maktubimni olib borib ularga tashlagin, so'ngra ulardan chetlanib kuzatginchi, nima 

(javob) qaytarar ekanlar".  

 

29. (Hudhud maktubni olib kelib malika Bilqis oldiga tashlagach), u dedi: "(Ey, zodagonlar), haqiqatan 

menga sharafli bir maktub tashlandi.  

 

30. Albatta, u Sulaymondandir va u (maktubda): "Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan.  

 

31. Sizlar Menga kattalik qilmay huzurimga itoatli holingizda kelingiz!" (deb yozilgan).  

 

32. (Malika) aytdi: "Ey, zodagonlar, menga bu ishimda fatvo (maslahat) beringlar. Men to sizlar guvoh 

bo'lmaguningizcha biror ishni qat'iy qiluvchi emasman".  

 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

254


33. Ular dedilar: "Bizlar quvvat va ashaddiy matonat egalaridirmiz. (Ishga) buyurish sening o'zingga 

havola. Bas, nimaga buyurishni o'ylab ko'raver!" 

 

34. U aytdi: "Aniqki, podshohlar qachon biror qishloqqa (bostirib) kirsalar uni vayron eturlar

aholisining aziz kishilarini esa xor qilurlar. Ular shu tarzda ish qilurlar.  

 

35. Men ularga (sinov uchun) bir sovg'a yuborib ko'ray-chi, elchilar nima (xabar) bilan qaytar ekanlar".  

 

Izoh: Bilqis o'ta farosatli va zukko malika edi. U Sulaymonga sovg'a yuborib, qabul qilish yoki qilmasligini 



bilmoqchi bo'ladi. Agar haqiqiy payg'ambar bo'lsa, sovg'ani olmasligi kerak.  

 

36. Bas, qachonki, (Bilqis elchilari sovg'ani olib) Sulaymon (huzuri)ga kelgach, u dedi: "Sizlar menga 



mol-dunyo bilan madad bermoqchimisiz?! U holda (bilingizki), Alloh menga ato etgan (payg'ambarlik va 

podshohlik) U zot sizlarga bergan (mol-dunyo)dan yaxshiroqdir. Balki, sizlar sovg'alaringiz bilan 

xursand bo'larsizlar.  

 

37. Sen (qavminga) qaytib bor! Albatta, biz ularga shunday qo'shin bilan borurmizki, ular unga aslo bas 

kela olmaslar va albatta, biz ularni (yurtlaridan) mag'lub hollarida chiqarurmiz".  

 

38. (Sulaymon): "Ey, zodagonlar, ular mening huzurimga bo'yin-sungan hollarida kelishlaridan ilgari 

qaysi biringiz menga uning (Bilqisning) taxtini keltira olur?" - dedi.  

 

39. (Shunda) jinlardan bir alvasti aytdi: "Men uni senga o'rningdan turishingdan ilgari keltirurman. 

Albatta, men bunga qodir va ishonchlidirman".  

 

40. Kitob (Ismi a'zam)dan ilmi bor bo'lgan zot esa: "Men ko'zing o'zingga qaytgunicha (ko'z ochib 

yumguningcha) uni senga keltirurman", - dedi. Bas, uning (taxtning) o'z huzurida turganini ko'rgach, 

dedi: "Bu Rabbimning shukr qilamanmi yoki noshukrlik qilamanmi, imtihon etish uchun bergan 

fazlidandir. Kim shukr qilsa, bas, albatta u faqat o'zi uchun shukr qilur. Kim noshukrlik qilsa, bas, 

albatta, Rabbim (hamma narsadan) behojat va karamli zotdir".  

 

Izoh: Kitobdan ilmi bor zot kim bo'lgani to'g'risida turli tafsirlar bor. Madorik tafsiri bo'yicha aniqrog'i, u zot 



Sulaymonning kotibi Osif ibn Barxiyo bo'lgan. U Allohning "Ismi a'zami" ni bilar va uni o'qib duo qilsa, 

mustajob bo'lar edi. Ismi a'zam: "- Hayyu, yo Qayyum! - Zal-jaloli val-ikrom!" yoki "- ilohano va iloha kulli 

shay'in ilohan vohidan. Lo iloha illo Ant". Vallohu a'lam.  

 

41. (Sulaymon malikaning farosatini sinash uchun) dedi: "Uning taxtini tanimaydigan qilib, o'zgartirib 



qo'yinglar, u (tanishga) yo'l topadimi yoki yo'l topa olmaydigan kimsalardan bo'ladimi, ko'rurmiz".  

 

42. Bas, u kelgach: "Taxting shundaymidi?" - deyildi. U: "Xuddi o'shaning o'zi", - dedi. (Sulaymon 

aytdi: "Alhamdu lillohki), bizlarga undan ilgari ilm berilib, musulmon bo'lganmiz.  

 

43. Uni esa Allohni qo'yib ibodat qilgan narsasi (musulmon bo'lishdan) to'sgandir. Chunki u kofirlar 

qavmidan edi".  

 

44. (Malikaga): "Saroyga kir", - deyildi. Bas, u (saroyni) ko'rgach, uni suv havzasi deb o'ylab, oyoqlarini 

ochgan edi, (Sulaymon): "Bu oynadan yasalgan silliq qasrdir", - dedi. (Shunda malika) aytdi: "Ey, 

Rabbim, darhaqiqat, men (quyoshga sig'inish bilan) jonimga jabr qilibman, (endi) Sulaymon bilan birga 

olamlar egasi - Allohga bo'yin-sundim".  

 

45. Qasamki, Biz Samud (qabilasi)ga birodarlari Solihni payg'ambar etib yubordik. (U): "Allohga ibodat 



qilingiz!" (dedi). Bas, bexos ular kelisha olmaydigan ikki guruhga bo'lindilar.  

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

255


 

46. (U) aytdi: "Ey, qavmim, nega sizlar azob so'rash bilan yaxshilik (rahmat)dan ilgari yomonlik 

(azob)ni shoshtirmoqdasiz?! Sizlarga rahm qilinishi uchun Allohdan mag'firat so'rasangizlar 

bo'lmasmi?!" 

 

47. Ular dedilar: "Bizlar (boshimizga tushgan qahatchilikni) sen va sen bilan birga bo'lganlardan deb 

shumlandik". U aytdi: "Sizlarning ishingiz Alloh huzuridadir. Aksincha, sizlar imtihon qilinayotgan 

qavmdirsiz".  

 

48. U shaharda islohot o'rniga yer yuzida buzg'unchilik qilib yuradigan to'qqiz nafar kimsa bor edi.  

 

49. O'shalar Alloh nomiga qasam ichishib (bir-birlariga) aytdilar: "Albatta, (Solihni) va uning ahli 

(tobelari)ni tunda halok qilurmiz, so'ngra uning vorisiga: "Bizlar (na Solihning va na) uning ahlini 

halokatiga guvoh bo'lgan emasmiz. Albatta, bizlar rostgo'y kishilardirmiz", - deymiz".  

 

50. Ular makr qildilar. Biz ham ular sezmagan hollarida (ularni halok qilish bilan) "makr" qildik.  

 

51. Bas, ularning qilgan makrlari oqibati qanday bo'lganini ko'ring - Biz ularni va qavmlarining 

barchasini tor-mor qildik.  

 

52. Mana, zulm qilganlari sababli ularning uylari huvillab qoldi! Albatta, bunda biladigan qavm uchun 

ibrat bordir! 

 

53. Imon keltirgan va taqvoli bo'lgan zotlarga esa najot berdik.  

 

54. Lutni ham (eslang). Qaysiki u qavmiga aytgan edi: "Sizlar ko'rib (bilib) turib fahsh ishlarni 

qilasizlarmi?! 

 

55. Sizlar xotinlaringizni qo'yib, shahvatni erkaklarga keltirasizlarmi?! Ha, sizlar johil qavmdirsizlar!" 

 

 



YIGIRMANCHI JUZ’ 

************************* 

 

56. (Lut) qavmining javobi esa faqat "Lut ahlini qishlog'ingizdan (quvib) chiqaringiz! Darhaqiqat, ular 



juda "pok"lanib ketayotgan kishilardir", - deyishlari bo'ldi.  

 

57. So'ng Biz (Lutga) va uning ahliga najot berdik. Illo, uning xotini (najot topmadi, chunki) halok 

bo'luvchilardan ekanini taqdir qilib - belgilab qo'ygan edik.  

 

58. Va ularning ustiga yomg'ir (tosh) yog’dirdik! Bas, ogohlantiriluvchilar yomg'iri naqadar yomon 

bo'ldi! 

 

59. (Ey, Muhammad,) ayting: "Allohga hamd va (payg'ambarlik uchun) tanlagan bandalariga salom! 

Alloh yaxshiroqmi yoki ular sherik qilayotgan narsalarimi?!" 

 

60. Yoki osmonlar va Yerni yaratgan hamda sizlar uchun osmondan suv (yomg'ir) yog’dirib, u bilan 

go'zal bog'larni o'stirgan zotmi?! Sizlar uchun u (bog'lar)ning dov-daraxtini o'stirish imkoni yo'q edi. 

Alloh bilan birga (yana biror) iloh bormi?! Yo'q, ular (Allohga o'zgalarni) teng (deb) biladigan 

qavmdirlar! 

 

61. Yoki Yerni qarorgoh qilib, uning o'rtasida daryolar paydo qilgan va uning uchun tutqi (tog')lar 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

256


barpo qilgan hamda ikki (sho'r va chuchuk) dengiz (daryo) o'rtasida to'siq insho etgan zotmi?! Alloh 

bilan birga (yana biror) iloh bormi?! Yo'q, ularning aksariyati bilmaydilar! 

 

62. Yoki noiloj odam duo qilgan vaqtida (duosini) ijobat qiladigan va (undan) yomonlik (musibat)ni yo'q 

qiladigan hamda sizlarni Yerning o'rinbosarlari qiladigan zotmi?! Alloh bilan birga (yana biror) iloh 

bormi?! Kamdankam eslatma olursizlar! 

 

63. Yoki sizlarga quruqlik va dengiz zulmatlarida to'g'ri yo'lni ko'rsatadigan va O'z rahmati (yomg'iri) 

oldidan shamollarni xushxabar qilib jo'natadigan zotmi?! Alloh bilan birga yana (biror) iloh bormi?! 

Alloh ularning keltirayotgan shirklaridan yuksakdir! 

 

64. Yoki ilk bor O'zi yaratib, so'ngra (oxiratda) qayta yaratadigan zotmi?! Kim sizlarga osmon va 



zamindan rizq berur? Alloh bilan birga (yana biror) iloh bormi?! (Ey, Muhammad, kofirlarga) ayting: 

"Agar rostgo'y bo'lsangizlar, hujjatingizni keltiringiz!" 

 

65. Ayting: "Allohdan boshqa osmonlar va Yerdagi biror kimsa g'aybni bilmas". Ular qachon qayta 

tirilishlarini ham seza olmaslar.  

 

66. Balki ularning oxirat haqidagi bilimlari pishib yetilgandir?! Yo'q, ular (oxiratdan) shak-

shubhadadirlar! Yo'q, ular u to'g'rida ko'rdirlar! 

 

67. Kofir bo'lgan kimsalar dedilar: "O'zimiz ham, ota-bobolarimiz ham tuproqqa aylanib ketganimizda 

(tirilib yana qabrlarimizdan) chiqariluvchimizmi?! 

 

68. Darhaqiqat, bizlarning o'zimizga ham, ilgari ota-bobolarimizga ham mana shu va'da qilingandi. Bu 

faqat o'tganlarning afsonalaridir!" 

 

69. Ayting: "Yerni aylanib, jinoyatchi kimsalarning oqibatlari qanday bo'lganini ko'ringlar!" 

 

70. (Ey, Muhammad,) Siz ularning (imon keltirmaganlari) ustida g'am chekmang va ular qilayotgan 

makrlardan siqilmang ham! 

 

71. Ular: "Agar rostgo'y bo'lsangizlar (aytinglar-chi), mana shu va'da (azob) qachon bo'ladi?" - 

deydilar.  

 

72. Ayting: "Ehtimol sizlar shoshtirayotgan narsa (azob)ning ba'zisi sizlarning izingizga tushib 

qolgandir".  

 

73. Albatta, Rabbingiz odamlarga nisbatan fazllidir. Lekin ularning aksariyati shukr qilmaydilar.  

 

74. Albatta, Rabbingiz ularning dillari yashiradigan narsani ham, oshkor qiladigan narsani ham bilur! 

 

75. Osmon va zamindagi har bir sir aniq Kitobda (Lavhul-Mahfuzda) mavjuddir.  

 

76. Albatta, ushbu Qur'on Isroil avlodiga ular ixtilof qilayotgan narsalar ko'pining qissasini bayon qilib 

berur.  

 

77. Albatta, u mo'minlar uchun hidoyat va rahmatdir.  



 

78. Albatta, Rabbingiz (odamlar) o'rtasini O'z hukmi bilan ajrim qilur. U qudratli va bilimlidir! 

 

79. Bas, Siz Allohga tavakkul qiling! Albatta, Siz aniq haqiqat uzradirsiz! 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

257


 

80. Aniqki, Siz (o'z da'vatingizni) "o'liklar"ga uqtira olmassiz va yuz o'girib ketayotgan "karlar"ga ham 

da'vatni uqtira olmassiz.  

 

81. Yana Siz "ko'rlar"ni ham zalolatlaridan (chiqarib, haq yo'lga) hidoyat qila oluvchi emasdirsiz. Siz 

faqat oyatlarimizga imon keltiradiganlargagina uqtira olursiz. Bas, ular musulmondirlar.  

 

82. Qachon (kofirlarning) ustiga so'z (azob) tushganda (ya'ni, qiyomat oldidan) Biz ular uchun yerdan 

bir jonivor chiqarurmiz. U ularga odamlar oyatlarimizga ishonmaydigan bo'lib qolganlari haqida 


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   72


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling