Tarjima haqida
(bag'rimga) qaytarsa. Albatta, U bilim va hikmat sohibidir"
Download 3.77 Mb. Pdf ko'rish
|
(bag'rimga) qaytarsa. Albatta, U bilim va hikmat sohibidir". 84. Keyin ulardan yuz o'girib: "Esizgina Yusuf!" dedi. G'am-g'ussadan uning ko'zlari oqarib (ojiz bo'lib) qoldi va u endi hazindir. 85. (Shunda o'g'illari): "Alloh haqqi, to chala o'lik bo'lib qolguningcha yoki (bir yo'la) halok bo'lguningcha, Yusufni eslayverar ekansanda?!" - dedilar. 86. U aytdi: "Men g'am va tashvishlarimdan yolg'iz Allohgagina shikoyat qilaman va men Allohning (mehribonligi haqida) sizlar bilmaydigan narsalarni bilurman".
bo'lmanglar. Zero, Allohning rahmatidan faqat kofirlar qavmigina noumid bo'lur". 88. (Ular bor bisotlarini olishib, yana Misr tomonga ravona bo'lishdi). (Yusufning) huzuriga kirishgach, dedilar: "Ey, aziz zot, bizni va ahlu oilamizni ocharchilik tutdi. Bizlar (bu safar) o'tmas matohlarni olib keldik. Bizlarga o'lchov (oziq-ovqat)ni to'la bergin va bizlarga xayr-sadaqa qilgin. Alloh, albatta, sadaqa beruvchilarni mukofotlagay". 89. (Yusuf) dedi: "Jaholatda bo'lgan paytingizda Yusuf va uning ukasiga nima ishlar qilganingizni bilasizlarmi?" 90. Ular: "Sen o'sha Yusufmisan?" - deb so'radilar. U: "Ha, men Yusufman, bu esa ukamdir. Alloh bizga marhamat ko'rsatdi. Darhaqiqat, kimda-kim Allohdan qo'rqib, sabr qilsa, albatta, Alloh ezgu ish qiluvchilarning mukofotini zoye qilmas", - dedi. 91. Ular dedilar: "Allohga qasamki, Alloh seni bizlardan afzal qilibdi. Bizlar esa, haqiqatan, xatoga ketganlardan bo'ldik". 92. U dedi: "Bu kun sizlarga ayblov yo'q. Alloh sizlarni mag'firat qilgay. U rahm qiluvchilarning rahmlirog'idir". Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 153
93. "Sizlar mana bu ko'ylagimni olib borib, otamning yuziga tashlangiz, shunda uning ko'zlari sog'ayur. So'ng barcha ahlu oilalaringiz bilan birga mening oldimga kelinglar". 94. Karvon (Misrdan) chiqishi bilan otalari (Ya'qub o'z huzuridagi kishilarga): "Men Yusufning bo'yini sezmoqdaman. Meni aqldan ozganga chiqarmasangizlar edi", - dedi. 95. (Ular) aytdilar: "Allohga qasamki, sen (hali ham) o'sha eski xatoyingda turibsan".
"Sizlarga men Allohning (mehribonligi haqida) sizlar bilmaydigan narsalarni bilurman, demaganmidim", - dedi u. 97. Ular dedilar: "Ey, ota, (Allohdan) bizlarning gunohlarimizni mag'firat qilishini so'ragin. Albatta, bizlar xato qiluvchilardan bo'ldik". 98. U aytdi: "Albatta, Rabbimdan sizlarni mag'firat qilishini so'rayman. Albatta, mag'firat qiluvchi va mehribon zot Udir".
chegarada bir chodirda ularning kelishiga muntazir edi.
quchog'iga otdi va "Inshoalloh, Misrga tinch-omon kiringlar", - dedi. 100. (Keyin, Misrga kirib Yusufning saroyiga kelganlaridan so'ng) u ota-onasini o'z taxtiga chiqardi va ular (ya'ni, ota-ona va akalari Yusufga) sajda qilgan hollarida yiqildilar. U dedi: "Ey, otajon, mana shu (qirq yil) ilgari ko'rgan tushimning ta'biridir. Rabbim uni rost qildi. Darhaqiqat, u menga yaxshilik qildi - meni zindondan chiqardi, shayton men bilan akalarim orasini buzib ig'vo qilganidan keyin, mana sizlarni sahrodan (Misrga sog'-salomat holingizda) keltirdi. Albatta, Rabbim O'zi xohlagan narsani lutf bilan amalga oshiruvchidir. Albatta, Uning O'zigina bilim va hikmat sohibidir. 101. Ey, Rabbim! Menga podshohlik ato etding, yana barcha gap (tush)larning ta'vil (ta'bir)laridan menga ta'lim berding. Ey, osmonlar va Yerni ijod etgan zot! Dunyoyu oxiratda O'zing egamdirsan. (Ajalim yetganida) musulmon holimda jonimni olgin va meni solihlar (qatori)ga qo'shgin. " 102. (Ey, Muhammad,) bu Biz Sizga vahiy qilayotgan g'ayb xabarlaridandir. (Chunki siz Yusufning akalari) makr-hiyla bilan o'zlarining ishlarini tuzib, ittifoq qilishayotgan paytlarida ularning huzurlarida yo'q edingiz. 103. Odamlarning ko'plari, garchi Siz juda istasangiz-da, mo'min bo'lmaydilar.
olamlar uchun bir eslatmadir, xolos. 105. Osmonlar va Yerda qanchadan-qancha alomatlar bordir. (Lekin) ular bu oyatlardan yuz o'girgan hollarida (beparvo) o'tib ketaveradilar. 106. Ularning aksariyati Allohga faqat mushriklik hollaridagina "imon" keltiradilar.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 154
107. Yoki ular Allohning azobidan biror qamrab oluvchi (balo) kelib qolishidan yo to'satdan ular sezmagan hollarida qiyomat qoyim bo'lishidan xotirjammilar?! 108. Ayting: "Mening yo'lim shu! Men va menga ergashganlar aniq hujjat bilan Allohga da'vat etamiz. (Har qanday sherikdan) Allohni pok deb bilaman. (Zero,) men mushriklardan emasman". 109. (Ey, Muhammad,) Biz Sizdan oldin ham faqat shahar ahllaridan bo'lgan kishilarni payg'ambar qilib, ularga vahiy yuborganmiz. Axir, (odamlar) yer yuzida sayohat qilib, o'zlaridan avvalgi (imonsiz) kimsalarning oqibatlari qanday bo'lganini ko'rsalar bo'lmaydimi? Taqvoli bo'lganlar uchun, shubhasiz, oxirat diyori (bu foniy dunyodan) yaxshiroqdir. Aql yurgizmaysizlarmi?! 110. Har qachon (o'sha) payg'ambarlar noumid bo'lib: "Bizlar yolg'onchi qilindik", - deb gumon qila boshlaganlarida, ularga Bizning g'alabamiz (yordamimiz) kelib, Biz xohlagan kishilarga najot berilar edi. (Ammo) jinoyatchilar qavmidan Bizning azobimiz qaytarilmas! 111. Darhaqiqat, ularning qissalarida aql egalari uchun (katta) ibrat bordir. (Ushbu Qur'on) to'qib chiqariladigan gap emas, balki o'zidan oldingi narsalarni (ya'ni, samoviy kitoblarni) tasdiq etuvchi, unga imon keltiradigan qavm uchun barcha narsalarni mufassal bayon qilib beruvchi hidoyat va rahmat (manbai bo'lgan bir Kitob)dir.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 155
RA'D SURASI
Ra'd - momaqaldiroq. Bu nom berilishiga sabab surada hamma mavjudot, hatto momaqaldiroq ham Allohning sha'nini ulug'lab, Unga tasbeh aytib turishi haqida oyat borligidir. Surada imon- e'tiqod, haqiqat bilan botillik o'rtasidagi kurash, hayot va mamot, qiyomat hisoboti va boshqa ilohiy ko'rsatmalar misollar bilan bayon etilgan.
bunday misollar o'tgandir. Albatta, Rabbingiz odamlarga (ular) zulm qiluvchi bo'lsalar ham mag'firatlidir. Albatta, Rabbingiz azobi qattiq zotdir. 7. Kofir bo'lganlar: "Unga (Muhammadga) Parvardigori tomonidan biror mo''jiza nozil qilinsa edi", - deydilar. Siz esa faqat ogohlantiruvchidirsiz. Har bir qavm uchun hidoyat qiluvchi (payg'ambar) bordir. 8. Faqat Allohgina har bir ayolning homilasini, bachadonlar (muddatidan ilgari) tashlaydigan (bola)ni ham, (to'qqiz oydan) ortiqroq turib qoladigan (bola)ni ham bilur. Uning dargohida har bir narsa o'lchovlidir.
yaratuvchi Allohning O'zi bilur.
10. Sizlarning orangizdagi o'z gapini yashirgan kishi ham, uni oshkora qilgan kishi ham, kecha qorong'usida yashirinuvchi ham, kunduzi (oshkora) yuruvchi ham (Uning uchun) barobardir. 11. Uning (insonning) oldida ham, ortida ham ta'qib qiluvchi (farishtalar) bo'lib, ular Allohning amri bilan uni muhofaza qilib tururlar. Albatta, Alloh biror qavm o'zlaridagi narsa (yaxshi holat)ni Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 156
o'zgartirmagunlaricha, ulardagi narsa (holat)ni o'zgartirmas. Alloh biror qavmga yomonlikni ravo ko'rsa, bas, uni qaytarib bo'lmas va ular uchun Undan o'zga hokim yo'qdir.
tomoniga o'zgarishni kutishi lozim. Oxirat mukofoti uchun amali solih kerak bo'lganidek, dunyoviy baxtsaodatga erishish uchun ham unga sazovor bo'lgudek sa'y-harakat va poklanish darkor.
chaqmoqni ko'rsatadigan va og'ir bulutlarni paydo qiladigan zotdir 13. Momaqaldiroq (ham) Unga hamd bilan tasbeh aytur. Farishtalar ham Undan qo'rqqanlaridan (tasbeh ayturlar). Chaqmoqlar yuborib, ular bilan O'zi xohlagan kimsalarni - ular Alloh xususida talashib-tortishib turgan hollarida, urar. U qattiq tadbirli zotdir.
birorta duosini mustajob qilmas. Illo, ular kaftlarini suvga cho'zib, u suv og'ziga yetishini kutib turgan bir kimsaga o'xshaydilar. Holbuki, u (suv) uning og'ziga yetuvchi emasdir. Kofirlarning duolari mutlaqo zoyedir. 15. Osmonlar va Yerdagi barcha jonzot va ularning soyalari xoh ixtiyoriy, xoh majburan, ertayu kech sajdani Allohga qiladilar.
kofirniki esa majburan sajda qiladi. Ertayu kech iborasini keltirilishiga bois, soya ertadan kechgacha bir qisqarib, bir uzayib boradi. Shu harakatlar sajda ma'nosini beradi.
"Bas, Uni qo'yib, o'zlariga na foyda va na zarar yetkazishga qodir bo'lmaydigan (but va sanam)larni do'st tutdingizmi?" - deng! Yana ayting: "Ko'r (gumroh) bilan ko'ruvchi (hidoyat topgan kishi) barobar bo'lurmi? Yoki zulmatlar bilan nur barobar bo'lurmi?" Yo ular Allohga Uning yaratishi kabi yarata oladigan butlarni sherik qilishib olganu, ular ham yaratganlar, so'ngra ularga (ikki) yaratish o'xshash bo'lib qoldimi? Ayting: "Alloh barcha narsaning yaratuvchisidir va U tanho va g'olibdir". 17. (Alloh) osmondan suv (yomg'ir) yog'dirganida jilg'alar miqdori bilan oqib, (bu) sel o'z ustida ko'piklarni ham ko'tarib kelur. (Odamlar) zeb-ziynat yoki asbob-uskuna (yasash) uchun yoqadigan (olov)lardan ham shunga o'xshash (chiqindi paydo) bo'lur. Alloh haq bilan botilni (mana shunday misol bilan) bayon qilur. Bas, ko'pik o'z-o'zidan yo'q bo'lib ketur. Odamlarga foydali bo'lgan narsa esa Yerda qolur. Alloh misollarni mana shunday bayon qilur. 18. Parvardigorlari (da'vati)ga ijobat etganlar uchun go'zal mukofot (jannat) bordir. Unga ijobat qilmaganlar esa, mabodo yerdagi bor narsa (yana) ikki barobar (ko'payib) ularniki bo'lsa, uni (Allohning azobidan qutulish uchun) fido qilgan bulur edilar. Ular uchun yomon hisob-kitob bo'lur. Ularning (borar) joylari jahannamdir. Naqadar yomon joy u!
biladigan kishi (qalb ko'zi) ko'r kimsaga o'xshaydimi? (Bu oyatlardan) faqat aql egalarigina eslatma olurlar. 20. Ular Allohga bergan ahdlariga vafo qiladigan va miysoq (va'da)ni buzmaydiganlardir. 21. Ular Alloh bog'lanishga buyurgan narsalarni (ya'ni, qarindoshlar bilan aloqani) bog'laydilar, Parvardigorlaridan qo'rqadilar va hisob-kitobning noxush bo'lishidan cho'chiydilar. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 157
22. Parvardigorlarining "yuzini" istab, (turli mashaqqatlarga) sabr qilib, namozlarini to'kis ado etgan va Biz rizq qilib bergan narsalardan xufyona va oshkora ehson qilgan hamda yomonlikka yaxshilik qaytaradigan zotlar - aynan o'shalar uchun oxirat diyori (bordir). 23. (U abadiy) turiladigan jannatlar bo'lib, (ular) u joylarga ota-bobolari, jufti halollari va zurriyotlaridan iborat solih (banda)lar bilan birga kirurlar. So'ng ularning huzurlariga har (bir) eshikdan farishtalar kirib (derlar): 24. "(Alloh yo'lida turli mashaqqatlarga) sabr qilib o'tganlaringiz sababli (endi bu yerda) sizlarga tinchlik bo'lgay. Oxirat diyori naqadar yaxshi!" 25. Alloh bilan ahd bog'laganlaridan keyin uni buzadigan, Alloh bog'lanishiga buyurgan narsalarni uzadigan va Yer yuzida buzg'unchilik qilib yuradigan kimsalar ham borki, ular uchun (Allohdan) la'nat bo'lur va ular uchun noxush diyor (jahannam) bordir. 26. Alloh (O'zi) xohlagan kishilarning rizqini keng qilur va (xohlagan kishilarning rizqini) tang qilur. (Mushriklar) mana shu dunyo hayoti bilan shodmon bo'ldilar, holbuki, bu dunyo hayoti oxirat oldida faqat (bir arzimas) matodir. 27. Kufrda bo'lganlar: "Unga (Muhammadga) Parvardigori tomonidan biror oyat (mo''jiza) nozil qilinsa edi", - deydilar. Ayting: "Albatta, Alloh (O'zi) xohlaganlarni adashtirur va (Allohga) qaytgan kishilarni hidoyat qilur". 28. Ular imon keltirgan va qalblari Allohning zikri bilan orom oladigan zotlardir. Ogoh bo'lingizki, Allohni zikr etish bilan qalblar orom olur.
30. (Ey, Muhammad,) shunday qilib, Sizni (ko'pdan-ko'p) ummatlardan keyin kelgan bir ummatga - ular Mehribon (Alloh)ni inkor qilib turgan hollarida - (Biz) Sizga vahiy qilgan narsalarni tilovat qilib berishingiz uchun payg'ambar qilib yubordik. Ayting: "U mening Rabbimdir. Undan o'zga iloh yo'qdir. Ungagina tavakkul qildim va tavbam Ungaginadir". 31. Bordiyu bir Qur'on bo'lib, uning (kuchi) bilan tog'lar (joyidan) jildirilsa yo uning (kuchi) bilan Yer yorilsa yoki uning (kuchi) bilan o'liklar tilga kiritilganda ham (kofirlar imon keltirmaydilar). Aksincha, barcha ish Alloh (izmi)dadir. Imon keltirganlar Allohning, agar xohlasa, barcha odamlarni albatta hidoyat qilishini bilmadilarmi? To Allohning va'dasi kelgunicha (ya'ni, Makka fath qilinguncha), kufrdagi kimsalarga o'zlarining qilmishlari sababli turli balolar yetar yoki ularning diyorlariga yaqin joylarga (ofat) tushar (va ularni notinch qilur). Albatta, Alloh va'daga xilof qilmas. 32. (Ey, Muhammad,) Sizdan oldingi payg'ambarlar ham masxara qilinganida, (Men) o'sha kufr yo'lida bo'lgan kimsalarga (bir oz) muhlat berib, so'ngra ularni (O'zimning azobim bilan) ushlaganman. Bas, (ularga bergan) jazolarim qanday bo'ldi?! 33. Har bir jonning qilgan amali ustidan (kuzatib) turuvchi Zot (his-tuyg'usiz but-sanamlarga o'xshaydimi?!) Ular (turli narsalarni) Allohga sherik qilib oldilar. (Ularga) ayting: "U butlaringizning nomlarini (va qila oladigan ishlarini) aytinglar-chi? Balki, (Allohga) Yer yuzidagi bilmaydigan biror narsadan xabar berarsizlar?! Yoki faqat yuzaki gap bilan (so'zlariga ishonib, sig'inib, yuraverasizlarmi?)" Yo'q! Kufrda bo'lgan kimsalarga o'zlarining makrlari chiroyli ko'rsatildi va ular (haqiqiy) Yo'ldan to'sildilar. Kimni Alloh yo'ldan ozdirsa, uning uchun biror hidoyat qiluvchi bo'lmas. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 158
34. Ular uchun dunyo hayotida azob bo'lur. Oxirat azobi esa og'irroqdir. Ularni Alloh (azobi)dan saqlovchi (kuch) yo'qdir.
boqiydir. Bu taqvo qilganlarning oqibatidir. Kofirlarning oqibati esa do'zaxdir. 36. Biz Kitob (Tavrot, Injil) ato etgan kishilar Sizga nozil qilingan narsa (Qur'on) sababli shodlanadilar. (Yahudiy va nasroniylardan iborat) guruhlar orasida (Qur'onning) bir qismini inkor etadiganlar ham bordir. (Ularga) ayting: "Albatta, men yolg'iz Allohga ibodat qilishga va Unga (birovni) sherik qilmaslikka buyurilganman. O'sha zotgagina (ibodat qilishga) da'vat eturman va qaytishim (ham) Uning huzurigadir". 37. Shuningdek, Biz uni (Qur'onni) arabiy hukm sifatida nozil qildik. Qasamki, agar Sizga kelgan (shu) bilimdan so'ng ularning havo (xohish)lariga ergashsangiz, Siz uchun Alloh (tomoni)dan biror do'st ham, himoyachi ham yo'qdir. 38. Darhaqiqat, Sizdan ilgari ham (ko'p) payg'ambarlar yuborganmiz va ularga xotinlar va zurriyotlar berganmiz. Hech bir payg'ambar uchun Allohning iznisiz biror mo''jiza keltirish mumkin emas. Har bir vaqt uchun (munosib) kitob (hukm) bordir. 39. O'zi xohlagan narsani (ya'ni, hukmni) o'chirur va (O'zi xohlagan hukmni) barqaror qilur. Ona Kitob (Lavhul-Mahfuz) Uning huzuridadir. 40. Agar Sizga (ular uchun) va'da qilgan ba'zi narsalarni (ya'ni, azoblarimizni) ko'rsatsak ham yoki Sizni (oldinroq) vafot qildirsak ham, albatta, Sizning zimmangizda (dinni odamlarga to'la) yetkazish, Bizning zimmamizda esa hisob(-kitob) qilish bordir. Download 3.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling