Tarjima haqida
Download 3.77 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com кутубхонаси 270
RUM SURASI
Surada VII asrning eng yirik davlatlari - Rum bilan Fors o'rtasida boshlangan jangda Rumning mag'lubiyatga uchragani, lekin yaqin kelajakda u g'alabaga erishishi to'g'risida xabar beriladi. Darhaqiqat, yetti yildan so'ng rumliklar forslar ustidan g'alaba qozonib, Qur'onning ilohiy mo'jizaligi yanada ravshanlashadi. Suraning boshqa oyatlarida yana ilohiy da'vat va ibratli qissalar davom ettiriladi.
nasroniy dinida bo'lib, ilohiy kitob Injilga amal qilar edilar. Musulmonlar ham ilohiy kitob - Qur'onga amal qilar edilar. Makka mushriklari musulmonlar ustidan kulib, ilohiy kitobga amal qiluvchilar bizga o'xshagan kitobsiz majusiylardan yengildilar, deb turganlarida mazkur xushxabar nozil qilindi.
7. Ular oxiratdan g'ofil (bexabar) bo'lgan hollarida faqat dunyo hayotining zohirinigina bilurlar. 8. Axir, ular o'zlaricha Alloh osmonlar va Yerni hamda ular orasidagi bor narsani faqat haq (hikmat) va belgilangan muddat bilan yaratganini tafakkur qilib ko'rmadilarmi?! Darhaqiqat, odamlarning aksariyati (qayta tirilib) Parvardigorlariga ro'baro' bo'lishni inkor qiluvchidirlar! 9. Axir, ular yer yuzida sayr etishib, o'zlaridan avvalgi payg'ambarlarni inkor qilib, imonsiz (ketgan) kimsalarning oqibatlari qanday bo'lganini ko'rsalar bo'lmaydimi?! O'shalar bulardan (Makka kofirlaridan) ko'ra quvvatliroq bo'lgan va (o'z) yerlarini bular obod qilganidan ko'ra ko'proq ishlov berib, obod qilgan edilar-ku! Ularga ham o'z payg'ambarlari hujjatlar keltirganlar. Bas, Alloh ularga zulm qiluvchi bo'lmadi, lekin ular o'zlariga zulm qiluvchi bo'ldilar. 10. So'ngra (oxiratda) Allohning oyatlarini yolg'on deyish va ularning ustidan kulish bilan yomonlik qilgan kimsalarning oqibati yanada yomonroq bo'lur. 11. Alloh yaratishni boshlar, so'ngra uni (bu yaratishni qiyomatda) takrorlar. So'ngra (hisobkitob uchun) Unga qaytarilursizlar! 12. Qiyomat qoyim bo'ladigan kunda jinoyatchilar noumid bo'lurlar. 13. (U kunda) ular uchun but-sanamlari (tomoni)dan oqlovchilar bo'lmas va ular but-sanamlarini inkor eturlar. 14. Qiyomat qoyim bo'ladigan kun - ana o'sha kunda (mo'minlar bilan kofirlar) bir-birlaridan ajralurlar. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 271
15. Bas, imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlargina ravza (jannat)da shodlanurlar.
o'shalar (mangu) azobga hozir qilinurlar. 17. Bas, tunga kirish paytlaringizda ham, tongga kirish paytlaringizda ham Allohga tasbeh aytingiz! 18. Osmonlar va Yerdagi (bor) hamd Unikidir. Oqshomda ham, peshin paytiga kirishlaringizda ham (tasbeh aytingiz)! 19. (Alloh) o'likdan tirikni chiqarur, tirikdan o'likni chiqarur va yerni "o'lganidan" keyin (bahorda qayta) "tiriltirur". Sizlar ham (qiyomat kunida qabrlaringizdan) shu tarzda chiqarilursizlar. 20. Uning alomatlaridan (biri) - U sizlarni (Odamni) tuproqdan yaratgani, so'ngra sizlar basharga aylanib, (yer yuziga) tarqalishlaringizdir. 21. Uning alomatlaridan (yana biri) - sizlar taskin topishlaringiz uchun o'zlaringizdan juftlar yaratishi va o'rtalaringizda inoqlik va mehribonlik paydo qilishidir. Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavm uchun alomatlar bordir. 22. Uning belgilaridan (yana biri) - osmonlar va Yerni yaratishi va sizlarning tillaringiz va ranglaringizni xilma-xilligidir. Albatta, bunda barcha olamlar uchun alomatlar bordir. 23. Uning belgilaridan (yana biri) - kechasi va kunduzi uxlashlaringiz hamda (kunduzlari) Uning fazli (rizqi)dan istashlaringizdir. Albatta, bunda eshitadigan qavm uchun alomatlar bordir.
umidvor bo'lgan holingizda chaqmoqni ko'rsatishi va osmondan suv (yomg'ir) yog'dirib, u bilan yerni "o'lganidan" so'ng "tiriltirishidir". Albatta, bunda aql yurgizadigan qavm uchun alomatlar bordir. 25. Uning belgilaridan (yana biri) - osmon va Yer Uning amri bilan (fazoda muallaq) turishidir. So'ngra (qiyomatda) U sizlarni (yotgan) yerlaringizdan bir bor chaqirishi bilan barchangiz birdan chiqursizlar. 26. Osmonlar va Yerdagi (bor) jonzotlar Unikidir. Hammasi Unga bo'yin sunur! 27. U ilk bor O'zi yaratib, so'ngra (qiyomat kuni) O'zi yana qayta yaratadigan zotdir. U zotga (bu) juda osondir. Osmonlar va Yerdagi eng oliy masal (yaratishdagi oliy namunalik) Unikidir. U qudratli va hikmatlidir. 28. (Alloh) sizlarga o'zlaringizdan bir misol keltirur: sizlar uchun qo'llaringiz egallagan (qul)laringizdan Biz sizlarga rizq qilib bergan mol-mulkka sherik bo'lib oluvchilar bormiki, sizlar unda barobar bo'lsangiz, holbuki, ulardan go'yo o'zlaringizdan qo'rqqanday qo'rqursizlar! Aql yurgizadigan qavm uchun oyatlarni mana shunday keng bayon qilurmiz!
bo'lib, ularga sizlardek ega bo'lib olishlarini xohlamaganingizdek, Alloh taolo ham o'z bandalarining ilohiyatda Unga sherik bo'lishlarini xohlamas. Ya'ni, shirk keltirishni U zinhor qabul etmas.
ozdirgan kimsani kim hidoyat qila olur?! Ular uchun (oxiratda) yordam beruvchilar ham bo'lmas! Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 272
30. Bas, (ey, Muhammad,) yuzingiz (o'zingiz)ni doimo to'g'ri bo'lgan dinda (Islomda) tuting! Insonlarni o'sha asosda yaratgan Allohning yaratuvchiligini (anglangiz!) Allohning yaratishiga o'zgartirish yo'q. Eng to'g'ri din shudir! Lekin ko'p odamlar bilmaslar. 31. Unga o'zingizni topshirgan hollaringizda (dinini mahkam tutinglar) va Undan qo'rqinglar hamda namozni mukammal ado etinglar, mushriklardan bo'lmanglar! 32. Ular (mushriklar) dinlarini bo'lib yuborib, (turli) firqalarga ajralgandirlar. Har bir firqa o'z nazdilaridagi narsa bilan shoddirlar.
so'ngra qachonki, (Alloh) ularga O'z tomonidan marhamatni tottirib qo'ysa, bexos ulardan bir guruhi Parvardigorlariga shirk keltira boshlaydilar. 34. Ular Biz ato etgan ne'matlarga noshukrlik qilaversinlar! Bas, (ey, mushriklar,) foydalanib qolinglar! Bas, yaqinda (haqiqatni) bilib olursizlar! 35. Yoki Biz ularga (osmondan) ularning shirk keltirishlarini (to'g'ri deb) so'zlaydigan biror hujjat nozil qildikmi?! 36. Qachonki, Biz odamlarga biror marhamat tottirsak ular bundan shodlanadilar. Agar o'z qilmishlari sababli ularga biror yomonlik (musibat) yetsa, birdaniga ular noumid bo'la boshlaydilar. 37. Allohning xohlagan kishilar rizqini farovon qilishi va (boshqalar rizqini) tang qilishini ko'rmadilarmi?! Albatta, bunda imon keltiruvchi qavm uchun alomatlar bordir! 38. Bas, qarindosh haqqini ado eting! Miskin va musofir haqqini ham. Ana shu Allohning "yuzi"ni istaydiganlar uchun yaxshidir! Aynan o'shalar iqbollidirlar! 39. Odamlarning mol-mulki ko'paysin deb sizlar bergan ribo (foiz)laringiz, Alloh nazdida (hech narsani) ko'paytirmaydi! Allohning "yuzi"ni maqsad qilib bergan zakotingiz esa, bas, aynan o'shalar ko'paytiruvchilardir!
mushriklar edi. 43. Alloh (tomoni)dan qaytarilishi bo'lmaydigan Kun kelmay turib, to'g'ri din (Islom)ga yuzingizni to'g'rilang! O'sha kunda (odamlar turli xillarga) bo'linurlar. 44. Kimki kofir bo'lgan bo'lsa, bas, kufri o'ziga! Kimki solih (amal) qilgan bo'lsa, bas, o'zlari uchun oldini olgan bo'ladilar. 45. (Bu) imon keltirib, solih (amal)larni qilganlarni O'z fazlidan mukofatlashi uchundir. U kofirlarni Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 273
suymas. 46. Uning belgilaridan biri (yomg'ir ёg'ishidan) xushxabar beruvchi, Uning rahmati (yomg'iri)dan sizlarni bahramand etishi uchun, Uning amri bilan kemalar suzishi uchun, Uning fazli (rizqi)dan istashlaring va shukr qilishlaringiz uchun shamollarni yuborishidir. 47. Sizdan oldin ham payg'ambarlarni o'z qavmlariga yuborganmiz. Bas, (elchilarimiz) ularga hujjatlarni keltirganlar. Jinoyatchilardan esa intiqom (o'ch) olganmiz. Bizning zimmamizda mo'minlarga madad berish haqqi bordir. 48. Alloh shunday zotki, (U) shamollarni yuborib, bulutlarni qo'zg'aydi, bas, uni osmonda xohlaganicha yoyadi va uni bo'lak-bo'lak qilgach, uni orasidan yomg'ir chiqishini ko'rasiz. Bas, qachonki uni (yomg'irni) O'z bandalaridan xohlagan kishisiga yetkazganda, ular birdan shodlanib keturlar, 49. garchi oldin ularga (yomg'ir) yog'may turganda ular noumid bo'lsalar ham. 50. Allohning rahmati (yomg'iri) asoratlariga boqing - yerni "o'lgani"dan keyin qanday qilib uni "tiriltiradi"! Albatta, U (Alloh) o'liklarni tiriltiruvchi va U har narsaga qodirdir.
(baribir) kofirliklaricha qolavergan bo'lardilar. 52. Aniqki, Siz "o'liklar"ga (so'zingizni) anglata olmassiz, orqa o'girib ketayotgan "kar"larga ham da'vatni uqtira olmassiz. 53. Yana Siz ("ko'r"larni o'z zalolatlaridan (qaytarib), hidoyat qiluvchi emassiz. Siz faqat bizning oyatlarimizga imon keltiradigan kishilargagina (o'z so'zlaringizni) uqtira olursiz. Bas, o'shalar musulmonlardir. 54. Alloh shunday zotdirki, sizlarni zaif narsadan (bir tomchi suvdan) yaratdi, so'ngra (sizlar uchun) zaiflikdan keyin (quvvat paydo) qildi. So'ngra quvvatdan keyin yana zaiflik va qarilikni (paydo) qildi. U O'zi xohlagan narsani yaratur. U bilimdon va qudratlidir. 55. Qiyomat qoyim bo'ladigan kunda jinoyatchi kimsalar (dunyoda) bir soatdan ortiq turmaganlariga qasam ichurlar. Ular (dunyoda ham) mana shunday (rostdan yolg'onga) buriluvchi edilar. 56. (Shunda) ilm va imon berilgan zotlar ayturlar: "Aniqki, sizlar Alloh (Lavhul-Mahfuzda) yozib qo'yganidek, tirilish kunigacha turdinglar. Bas, mana shu tirilish kunidir. Lekin, sizlar (buni haq ekanini) bilmas edinglar". 57. Ana o'sha kunda zulm qilgan kimsalarga uzr (bahona)lari foyda bermas va ulardan qaytish ham talab qilinmas. 58. Biz ushbu Qur'onda odamlar uchun har (turli) masaldan bayon etdik. Qasamki, agar Siz, (ey, Muhammad,) ularga (talab qilishgan) mo''jizani keltirsangiz ham, albatta, kofir bo'lgan kimsalar: "Sizlar, albatta, yolg'onchidirsizlar", - derlar. 59. Alloh (haqiqatni) bilmaydigan kimsalarning dillarini ana shunday muhrlab qo'yar. 60. Bas, (ey, Muhammad,) sabr qiling! Albatta, Allohning va'dasi haqdir. (Oxiratga) ishonmaydigan kimsalar (qilmishlari) Sizni yengiltaklik (qarg'ash)ga olib kelmasin! Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 274
LUQMON SURASI
Luqmon - tarixda Luqmoni hakim deb shuhrat topgan habashiy bir dono shaxsning nomi. Ulamolar uning payg'ambar yoki valiy bo'lgani haqida bir fikrga kelisha olmaganlar. Chunki na Qur'onda va na hadislarda uning kim bo'lgani to'g'risida aniq ma'lumot berilmagan. Faqat Qur'oni karimda uning o'z o'g'liga qilgan foydali, ibratomuz nasihatlaridan asosiy qismi berilgan. Qolgan qismlarini esa rivoyatlar orqali naql qilinib, to bizning asrimizgacha ham yetib kelgan. Suraning boshqa oyatlarida tavhid va imonga da'vat, kufr va shirkdan qaytarish kabi o'gitlar talqin etiladi.
uchun shukr qilur. Kimki noshukrlik qilsa, bas, albatta, Alloh behojat va hamd egasidir". 13. Eslang, Luqmon o'g'liga nasihat qilib, degan edi: "Ey, o'g'ilcham, Allohga shirk keltirmagin! Chunki, shirk ulkan zulmdir". 14. Biz insonga ota-onasini (rozi qilishni) amr etdik. Onasi uni zaiflik ustiga zaiflik bilan (qornida) ko'tarib yurdi. Uni (ko'krakdan) ajratish (muddati) ikki yilda (bitar). (Biz insonga buyurdikki,) "Sen Menga va ota-onangga shukr qilgin! Qaytishlik Mening huzurimgadir!" 15. Agar ular (ya'ni ota-onang) seni o'zing bilmagan narsalarni Menga sherik qilishga zo'rlasalar, u Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 275
holda ularga itoat etma! Ularga (garchi kofir bo'lsalar-da,) dunyoda yaxshi muomalada bo'lgin va o'zing Menga tavba qilgan kishilarning yo'liga ergashgin! So'ngra (ya'ni, qiyomat kunida) qaytishlik Mening huzurimgadir, bas, sizlarga qilib o'tgan amallaringizning xabarini berurman". 16. (Luqmon dedi): "Ey, o'g'ilcham, shubha yo'qki, agar xantal (o'simligining) urug'idek (yaxshi yoki yomon amal qilinadigan) bo'lsa, bas, u (amal) biroq xarsang tosh ichida yo osmonlarda yoki yer ostida bo'lsa, o'shani ham Alloh keltirur. Zero, Alloh lutfli va ogoh zotdir. 17. Ey, o'g'ilcham, namozni mukammal ado et, yaxshilikka buyur va yomonlikdan qaytar hamda o'zingga yetgan (balolar)ga sabr qil! Albatta, mana shu ishlarning puxtasidandir. 18. Odamlarga (kibrlanib) yuzingni burishtirmagin va yerda kerilib yurmagin. Chunki, Alloh barcha kibrli, maqtanchoq kimsalarni suymas. 19. (Yurganingda) o'rta hol yurgin va ovozingni past qilgin. Chunki, ovozlarning eng yoqimsizi eshaklar ovozidir".
sizlarga barcha zohiriy va botiniy (moddiy va ma'naviy) ne'matlarini komil berganini ko'rmadinglarmi?! Odamlar orasida shunday kimsalar ham borki, ular o'zlari bilmagan, hidoyat topmagan va aniq kitob (hujjat)ga ega bo'lmagan hollarida Alloh xususida munozara qilurlar. 21. Qachonki, ularga: "Alloh nozil etgan narsaga ergashinglar!",- deyilsa, ular: "Yo'q, bizlar ota- bobolarimizni ne uzra topgan bo'lsak, (ana o'shanga) ergashurmiz", - deyishadi. Bordiyu, shayton ularni o't azobiga chaqirib turgan bo'lsa-chi?! 22. Kimki chiroyli amal qiluvchi bo'lgan holida o'zini Allohga topshirsa, bas, u mustahkam tutqichni ushlabdi. Barcha ishlar oqibati faqat Allohga (borur!) 23. Kimki kofir bo'lsa, bas, Sizni, (ey, Muhammad,) uning kufri g'amga solmasin. Bizga qaytajaklar, bas, Biz ularga qilgan amallarining xabarini berurmiz. Zero, Alloh dillardagi sirlarni biluvchidir. 24. Biz ularni (bu dunyoda) ozgina (muddat) foydalantirib, so'ngra qattiq azob (tortish)ga majbur qilurmiz. 25. Qasamki, agar ulardan: "Osmonlar va Yerni kim yaratgan?" - deb so'rasangiz, albatta, "Alloh", - derlar. Siz "Allohga hamd!" - deng. Yo'q, ularning aksariyati (haqiqatni) bilmaslar. 26. Osmonlar va Yerdagi (bor) narsalar Allohnikidir. Albatta, Alloh behojat va hamdga loyiq zotdir. 27. Agar yer yuzidagi (bor) daraxt qalamlar bo'lib, dengiz (siyoh bo'lsa va) undan so'ng yana yetti dengiz unga yordam bersa, Allohning so'zlari tugamas. Albatta, Alloh qudrat va hikmat egasidir. 28. (Ey, insonlar,) sizlarni yaratish ham, qayta tiriltirish ham xuddi bir jonni (yaratish va qayta tiriltirishning) o'zginasidir (osondir). Albatta, Alloh eshituvchi va ko'ruvchidir.
belgilangan muddatgacha joriy bo'ladigan qilib bo'yin sundirib qo'yganini va Allohning qilayotgan amallaringizdan ogoh ekanini ko'rmadingizmi?! Download 3.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling