Tarjimada pragmatika tushunchasi va tarjimashunoslikda pragmatikaning o’rni
Download 50.61 Kb.
|
tarjimaaaa
- Bu sahifa navigatsiya:
- Noytbertning fikricha, pragmatik ma’noning tarjimaga kuchishi quyidagicha sodir bo’ladi
Ikkinchi bosqich. 1950-1960 yillarda faylasuflar (Austin, Serl va Paul Gris) nutq kommunikatsiyasi va implikatura nazariyasini yaratdi.
Uchinchi bosqich. 1977 yilda Yakob L. Mey Gollandiyada birinchi «Pragmatika» jurnalini nashr ettirdi. 1983 yilda chop etilgan Levinning «Pragmatics», Jeofrey Lichning «Principle of pragmatic association) nomli kitoblari bu soxadagi jiddiy tadqiqotlardan edi. 1988 yilda IPA (International Pragmatics Association)ning tashkil etilishi pragmatikaning fanda dolzarb yunalish sifatida urin egallaganligini kursatadi. Jaxon tilshunosligida pragmatikaning Britaniya va Amerika maktablari shakllandi. Bu maktablar gap strukturasi va grammatikasini deyktik ifodalashga yo’naltirilgan edi. Pragmatik ma’noning ta’siri bayon mazmuni va shakli uygunligida namoyon bo’ladi. Tarjima jarayonida pragmatik ma’noning ma’lum kismi tushib kolishi mumkin. Noytbertning fikricha, pragmatik ma’noning tarjimaga kuchishi quyidagicha sodir bo’ladi: tarjimaga kuchishning yukori darajasi (ilmiy-texnikaviy adabiyot va x.k.); tarjimaga cheklovlar bilan ko’chish (boshqa til vakillari uchun informatsion-analitik materiallar tayyorlashda); asliyat pragmatikasining deyarli tarjimaga ko’chmaslik xolati (matn muayyan til vaqillarigagina karatilgan bo’lsa). Katrin Raysning ta’biricha, pragmatik ma’noni alohida etkazib berish imkoni yo’q. Tarjima buyurtmachining manfaatlariga mos kelishi kerak. Kurinadiki, pragmatika - bu til jamoasining til birliklariga bo’lgan sub’ektiv munosabati. Ularning bu munosabatdagi komponentlari xususiyatlari tilning paragmatik xususiyati tushunchasini keltirib chikaradi. Ta’kidlash joizki, tilshunoslikdagi pragmatika tushunchasi faqatgina til birikmalarining pragmatikasi tushunchasini o’z ichiga olmaydi. Bu tushuncha ancha keng bo’lib, u yoki bu tilning kommunikativ jarayon ishtirokchilari va vokea syujeti xilma-xilligi hamda ishtirokchilarning malakasiga ham bog’liqligini ifodalaydi. Aynan so’z ikki xar xil gurux vaqillari tomonidan turlicha qabul qilinishi mumkin. Misol uchun, «xakka etishish» birikmasi iloxiyat ilmining xadisini olgan kishilarda boshqacha tasavvur uygotsa, oddiy kishilarda yoki gayridinlarda umuman boshqacha tasavvur uygotadi. Tilning pragmatik muammolari referentsional baxolovchi ma’nolarni o’rganishga nisbatan kam tadqiq qilingan. Download 50.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling