Tarjimada uchraydigan asosiy xatolar


CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS)


Download 266.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana31.01.2023
Hajmi266.31 Kb.
#1142830
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
tarjimada-uchraydigan-asosiy-xatolar

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) 
Google Scholar 
ISSN:2181-2454 
 
www.carjis.org
VOLUME 1 | ISSUE 4 | 2021 
Universal Impact Factor(UIF) 2021:7.1
Tashkent, Uzbekistan 20 E-mail: carjisor@carjis.org 
referatlar va maqola taqrizlarini, doplom, dissertatsiya va monografiya qo’l yozmalari 
o’zida mujassam etadi.
Yuqoridagi ish turlarini tarjima qilishda quyidagi faktorlarga e’tibor berilishi 
lozim: tarjima maqsadi, tarjima uslubi, tarjimadagi matnni tashkil qilish va uning 
qismlari o’rtasidagi uzviy bog’liqlik munosabatlar. 
Akademik matnlarning tashqi tuzilishidan tashqari (Boblar, bo’limlar, 
paragraflar), uning ichki tizilishi ham mavjud. Ilmiy matnlarni tarjima qilishda 
o’ziga xos xususiyatlar mavjud - bu umumiy ma’lumotlardan material muammolarni 
belgilab olish va ularning yechimini taqdim etish usulidir. Misol uchun Ingliz tilida 
matn qismlarini bir-biriga bog’lash uchun, shuningdek, bitta ibora ma’nosidan boshqa 
ibora ma’nosiga o’tish uchun, turli maqsadlarda ishlatiladigan bir qancha so’zlar va 
iboralar mavjud. Misol uchun: 
- shuningdek (in addition, moreover, furthermore...); 
- shunga qaramsdan (although, however, despite, in spite of, nevertheless...);
- boshqa so’zlar bilan ifodalaganda (in other words);
- misol uchun (for example, for instance...)[2.B.50-54]. 
 
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Tarjimada atamalarga oid muammolar.
Ilmiy tafakkurning yetakchi shakllaridan biridir va u ma’noni anglash va idrok 
etish tushunchalari bilan bog’liqdir. Ilmiy matndagi deyarli har bir atama leksik birlik 
bo’lib turib, u maxsus leksik birliklar ma’nolaridan birini ifodalaydi. Bu leksik 
birliklar esa atamalar kategoriyasiga mansubdir. 
Umuman olganda atama bu fan va texnologiyalar kesimida ma’lum bir sohaga 
xos bo’lgan so’z yoki iboradir. Atama tilshunoslikda aniq semantik chegaralarga ega. 
Shundan kelib chiqadiki, atamalar bu ma’lum bir fanga tegishli og’zaki iboralar bilan 
mustahkamlangan tushunchalar tizimidir. Agar umumiy tilda (atamadan tashqari) 
so’z ko’p manoga ega bo’lsada, u atamalar kategoriyasiga tushib qolsa, ushbu so’z 
aniq ma’noga ega bo’lib qolib, tarjimada esa uning atamadagi ma’nosi qo’llaniladi.
Shu sababli, tarjimonning ilmiy matnni tarjima qilishda yo’l qo’yadigan asosiy 
xatolaridan biri bu ilmiy lug’atlardan foydalanish qobliyati yetarlicha ko’nikmalar 
mavjud emasligi yoki atamaga xos bo’lgan mavzuni aniq ma’lumotga ega emasligidir 
- bu xolat xatto o’z ona tilida ham kuzatilishi mumkin. Qo’llanilish va miqdoriy 
jihatdan, ilmiy uslub matnlarida atamalar maxsus lug’atlari boshqa turdagi 
lug’atlardan kengroq foydalaniladi. Ular quyidagilar: nomenklatura nomlari
professionallik lug’at va atamalar, kasbga oid jargon va boshqalar. Ushbu leksika 
ilmiy matndagi barcha sohalarida keng qo’llaniladi (yani matn klassifikasiyasida, 



Download 266.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling