Tarjimonlar: dilfuza vohidova maftuna mahmudjonova


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/22
Sana07.02.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1174530
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Bog'liq
Faqat ahmoqlargina sakkiz soat uxlaydi

11-bob 
UZUMNING TAQDIRI
1
 
"Chanoqqal'a urushi"ga guvoh boʻlgan Kendin beixtiyor 
oʻzining harbiy xizmatda o’tgan kunlarini xotirladi. Armiyada bir 
kunda bor-yoʻgʻi 2 soat uxlab 22 soat davomida jang qilgandi. Bu 
naq 1 yil davom etgandi. Terror avj olgan zamonlar edi. Kendin 
minglab askarlar bilan bir safda kecha-kunduz tinmay 
terrorchilarni taʼqib qilgandi. Shular esiga tushib Jinga: 
- Bilasanmi, Jin? Men ham naq bir yil davomida kunda bor-
yoʻgʻi 2 soat uxlab 22 soat jang qildim. Yurtim uchun jang 
qildim. Yolgʻiz emasdim, albatta. Mingdan ortiq edik. Sira 
uyqumiz kelmasdi... Uyga qaytgan chogʻlarim esa Jahon 
chempioni boʻlgan kurashchi singari kuchli va sogʻlom edim. 
Armiyaga ketishdan avval baʼzi kamchiliklarim bor edi. 
Qaytganimda esa ularning baridan xalos boʻlgandim.
Jin Kendinning gapini davom ettirdi: 
- Soʻngra uyga qaytding. Anchagacha shu tarzda yashading, 
toʻgʻrimi?
- Ha, aynan shunday boʻldi. Yarim tunda oʻz-oʻzimdan uygʻonib 
ketar, qaytib uxlay olmasdim.
Jin kulib davom etdi: 
- Lekin koʻrdingki, hamma uxlayapti, uygʻoq boʻlishning hech 
bir foydasi yoʻq. "Yaxshisi men ham uxlay qolay, tartib 
buzilmasin!" deya uxlashni davom ettirding. Yaʼni, uzum 
uzumga qarab qorayadi. 
Kendin voqealar rivojidagi bir detal esiga tushgandek: 
1
Bu yerda turk maqollaridan biriga ishora qilingan. Turklarda "Üzüm üzüme baka baka kararır" (Uzum uzumga qarab 
qorayadi) degan maqol bor. Maʼnosi shuki, doʻstlar yoki bir-biriga yaqin insonlar feʼl-atvor jihatdan bir-birlarining 
odatlarini oʻzlashtiradilar. O’zbek tilida “Qovun qovundan rang oladi” maqoliga to’g’ri keladi. 


52 
- Hatto uyga qaytgan ilk kunlarim uyqum kelmasa ham yotoqqa 
kirib uxlashga harakat qildim, oʻzimni 8 soat uxlashga majbur 
qilish uchun anchagacha ovora boʻldim, - dedi.
- Demak, armiyadan qaytganingda insonlarning tabiati buzilib, 15 
soat uxlashni boshlagan boʻlsalar, sen ham shuncha uxlagan 
boʻlarding, yolgʻonmi?
Kendin hijolat boʻlib, javob berdi:
- Oʻylashimcha, rost... 
- Endi esa aksini tasavvur qil! Agar xizmat qilgan oʻsha joyingda 
tugʻilganingda necha soat uxlagan boʻlarding? 
Jinning aytmoqchi boʻlgan fikrini tushungandi Kendin: 
- Ikki.
- Bu sen uchun normal uyqu muddati boʻlardi. Harbiyda kam 
uxlarding; chunki tepangda oʻlim dahshati turardi, ammo sira 
oʻylab koʻrmading! Sen ogʻir vaziyatlarda ikki soat uxlay olasan, 
bu esa sening normal zamonda ham buni amalga oshira 
olishingni isbotlaydi. 
Jin Kendinga yanada yaqinlashib, ishning asl sirini oshkor 
qilmoqchi boʻlgandek bir alfozda davom etdi: 
- Inson ikki tuygʻudan biri bilan qarshilashganida, toki ular tugab 
bitmaguniga qadar uyqusini Mariana botigʻining eng chuqur 
yeriga koʻmadi. Biri "oʻlim qoʻrquvi" boʻlsa, boshqasi "ishq"dir. 
Aslida ikkisini umumiy qilib "ishq" desak ham boʻladi. Chunki 
"oʻlim qoʻrquvi" deganing hayotga boʻlgan muhabbatdan boshqa 
bir narsa emas. Xulosa qilib aytamanki, buyuk bir ishq domiga 
tushsang, ikki soat uyqu ham senga yetadi. Ammo senda bunday 
ishq boʻlmagani sababli yana ikki soat qoʻshaman: jami 4 soat 
boʻldi.
Kendin Jinni qiziqish bilan tinglardi. 


53 
- Shundan boʻlishiga qaramay, siz uyalmasdan bu muddatga yana 
4 soat qoʻshib, normal uyqu muddati 8 soat deya daʼvo qilasiz. 8 
soat uxlay olmagan kuningiz "Bugun rosa charchadim, yaxshi 
uxlay olmadim" deb boʻlmagʻur bahonalar keltirasiz. 
Jin gapirarkan, Kendin uning aytganlari haqida fikr yuritardi. Jin 
tamoman haq edi. Kendinning har kuni 8 soat uxlashi oddiygina 
bir xurofot natijasi edi. Jin soʻradi: 
- Hozir boshingga toʻpponcha tirab, "Bundan keyin 2 soat 
uxlaysan, agar 3 soat uxlasang otib tashlayman!" desam, 
ishonaver, kunda faqatgina 2 soatlik uyqu bilan umringning 
oxirigacha yasharding. Xoʻsh, unda bir kun kelib bu dunyoni tark 
etishingni va vaqtni aslo ortga qaytara olmasligingni bila turib, 
bu qurolga ehtiyoj sezayotganing haqida hech oʻylab 
koʻrmaysanmi?
Savolning toʻliq tushunilishi uchun Jin biroz sukut saqladi. 
Kendin javob qaytarmay jim tinglardi. Jin yana davom etdi: 
- Faqatgina bir oy umring qolgan boʻlsa, yana bir kunda 8 soat 
uxlay olarmiding? Umringni soʻnggi oyidasan... Menimcha 
bilmasang kerak, ammo oʻlim istalgan vaqt kelib qolishi 
mumkin.
- ... 
- ... Har oningni eng soʻnggisi kabi qabul qilishing kerak. 
Choʻpon yoki prezident ekanliging hech nimani oʻzgartirmaydi. 
Nima ish qilsang qil, ammo qilgan har ishingni eng soʻnggisi 
deya qabul etishga oʻrgan. Oʻlganingda kimdir senga "Eng oxirgi 
daqiqada nima qilayotganding?" desa, "Uxlayotgandim!" deyish 
seni hijolatli ahvolga solmaydimi? Qilayotgan har bir ishingni 
oxirgi marta qilyapman deb oʻyla va shunday yasha! 
- Turk harbiylarining bir odati bor, balki eshitgandirsan. 
Qoʻmondonlari aytadi: "Oʻlimdan soʻng yana bir qadam 


54 
tashlashing kerak!" Endi esa shu insonni tasavvur qil, oʻlganidan 
soʻng unga biri "Eng oxirida nima qilayotganding?" desa, "Jang 
qilayotib oʻldim" deyish oʻrniga "Oʻlgandan soʻng ham jang 
qildim!" deb javob beradi. Shunday ekan, har on goʻzal oqibat 
uchun kurashasan. Nay chalasanmi yoki davlat ishi bilan 
mashgʻulmisan, sen hamisha finaldasan. Qoʻylar tushunmasa 
ham naying soz holatda boʻlishi kerak; chunki bu qoʻylarning 
emas, sening finaling...


55 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling