Tarjimonlar: dilfuza vohidova maftuna mahmudjonova


-bob  KICHIK FONUSNING ICHIDAGI BUYUK INSON


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/22
Sana07.02.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1174530
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Faqat ahmoqlargina sakkiz soat uxlaydi

5-bob 
KICHIK FONUSNING ICHIDAGI BUYUK INSON 
Ikki qavatli 20 ta krovat qator joylashtirilgan yotoqxonaga 
oʻxshagan bir joyda edilar. Oʻrtada uyoqdan buyoqqa yurgan 
odamlarni koʻrishlari bilan tushundilar: bu yer qamoqxona edi. 
Baʼzilar yotoqda uxlab yotar, uygʻoq boʻlganlar esa u yerdan bu 
yerga yurib nimanidir kutishardi.
- Shularni bir kuzataylik, - dedi Kendin. Gapini tugatishga 
ulgurmay, boʻlmaning temir eshigi oldida yuzlari bujmaygan bir 
odam paydo boʻldi. Hayoti davomida hech ham kulmagan 
odamning jiddiyligi bilan: 
- Tushliiik..., - deb baqirdi. Bitta odamdan tashqari qolgan barcha 
tushlikka ketdi.
Katta boʻlmada yolgʻiz qolgan u inson oldidagi gʻijim daftarga 
nimalarnidir yozardi. Vaqti-vaqti bilan orqa sahifalarga koʻz 
yugurtirib, bir narsalarni tekshirar, soʻngra yana kelgan joyidan 
davom etardi. Yozish davomida baʼzan jilmayib qoʻyar, baʼzan 
gʻamgin boʻlib qolar, baʼzan esa yigʻlamoqdan beri boʻlib, 
xoʻrsinib qoʻyardi. Qalbidan nimalar oʻtardi, bilib boʻlmasdi, 
ammo yozayotganlari oʻta muhim narsalar ekani ayon edi. Qalam 
bilan oldidagi daftarga tinmay yozar, nigohi dunyodagi eng 
buyuk qoʻshinni boshqarayotgan sarkardaning qarashlarini 
eslatardi. U qoʻshinni idora qilib turganida, boshqalar ovqatdan 
qaytib, yotoqdagi joylarini egalladilar. 
Ikki kishi xat yozish uchun stolga yaqinlashdi, biri koʻzlarini 
uzmay qoʻlida mahkam ushlab turgan qizchaning suratiga qarab 
turardi. Yana ikki kishi esa goʻyo shu orqali kimdandir qasos 
olayotgandek tez-tez uyoqdan buyoqqa yurardilar. Bo’lma 
devorlarini inobatga olmasangiz, ularni bemor otasiga zudlik 
bilan qon yetkazish uchun shoshilayotgan solih farzand deb 


28 
oʻylardingiz. Qolganlar esa krovatga choʻzilib, uxlab qoldilar. 
Ularni butun diqqati bilan kuzatayotgan Kendinning bekorga vaqt 
yoʻqotishiga monelik qilish maqsadida Jin shoshib gapira 
boshladi: 
- Bu uxlayotganlarni kuzatib turishing shart emas! Ular faqat 
ovqat vaqti uygʻonadilar, qolgan vaqtlarini esa uxlab 
oʻtkazadilar. Shu usulda goʻyo jazo muddatlarining tezroq 
tugashiga ishonadilar. Uygʻoq boʻlganlarida esa ozodlikka 
chiqqach, hech qachon uxlamaslikka ont ichadilar. Ammo 
bilmaydilar yoki bilsalarda tushunmaydilarki, ichkarida yohud 
tashqarida boʻlish oʻrtasida hech qanday farq yoʻq. Chunki har 
bir inson hayotini bir fonus ichida yashab oʻtkazishga majbur. 
Fonusni kattalashtiradigan faqat miyadir, inson oʻzi sigʻgan har 
qanday fonusga miyasi ham sigʻadi, shubhasiz. 
Kendin Jinni diqqat bilan eshitar, soʻzlari uni oʻziga sehrlab 
qoʻygandi. Goʻyoki u hamma narsani bilardi, butun 
universitetlardagi ilmni oʻzida jam qilgandek tuyuldi. Jin davom 
etdi: 
- Agar borar yeringning oxiri boʻlsa, agar qoʻlingdan kelgan 
ishlarning chegarasi boʻlsa, agar bir kun kelib umring bitsa, 
demak umring davomida bir fonus ichida yashaysan. Bu oʻrinda 
"Inson u fonusning ichida har doim eng afzali boʻlish uchun 
yashaydi" deya bemalol ayta olamiz. Yaʼni, zindonda yoki 
ozodlikda boʻlishning farqi yoʻq. Shunday ekan, qayerda boʻlsa-
da, qanday boʻlsa-da, inson doimo qoʻldan kelgan eng afzal ishni 
qilishi kerak.
- Tushundim, - dedi Kendin. Jin yozayotgan odamga oʻgirilib: 
- Hozir shu fonusning ichida boʻlgan bir inson eng yaxshisi 
boʻlish yoʻlida harakat qilyapti. Oradan yillar oʻtib, har bir inson 
unga oʻxshashni orzu qiladi, chunki, u insoniyatning eng 


29 
afzallaridan biriga aylanadi. Shuni bilgani uchun ham uning 
ishtahasi yoʻq, shuning uchun uyqusidan voz kechdi, shuning 
uchun u faqatgina bir martagina mahbus boʻlib yashaydi, - dedi. 
Kendin oyogʻining uchida turdi va Jinning chap yelkasiga osilib, 
yozib oʻtirgan odamga tikildi. Jin: 
- Yaxshiroq qara! Uni taniysan, - dedi. Kendin u insonni tanidi. 
Uni bilmagan inson dunyoda bormikin? Axir, u Dostoyevskiy 
edi!


30 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling