Tarjimonlar: dilfuza vohidova maftuna mahmudjonova
-bob FAQATGINA KAM UXLASHNING O’ZI
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Faqat ahmoqlargina sakkiz soat uxlaydi
7-bob
FAQATGINA KAM UXLASHNING O’ZI YETSAYDI, DUNYONI CHUMOLILAR BOSHQARARDI Har bir oʻtning boʻyi chizgʻich bilan bittalab oʻlchab, hisoblab ekilgandek muazzam koʻrinayotgan, katta bir daladan yurib ketishardi. Insonning koʻnglini yorishtirib yuboradigan bu goʻzal yerda sayr qilarkan, Kendinning ichida tugʻyonlar joʻsh urardi. Bu koʻrganlari unga buyuk insonlarning muvaffaqiyat formulasini oʻrgatgandi: "Oz uxlash...". Gʻayrioddiy ish edi bu. Oz uxlaysan va muvaffaqiyat qozonasan. Kendin shu qadar oddiy ishni yillar davomida nega qilmaganini oʻylab afsuslanar, tezroq buni qanday bajarishni oʻrganish uchun sabrsizlanardi. - Qani, oʻrgat menga! Qanday qilib kam uxlayman? Men ham muvaffaqiyatga erishishni xohlayman, - dedi. Jin: - Buni oʻrganishing u qadar oson emas, sabrli boʻl. Oʻrganasan, albatta. Shuning uchun ham bu yerdamiz. Ammo yana bir narsani taʼkidlashim zarur, jamiyki insonlarning yana bir umumiy xususiyati bor: Barchasining boshqalar tarafidan "amalga oshishi imkonsiz" deya baholangan ma’lum maqsadlari bor va aslida koʻplab maqsadlar ularni uxlashlariga yoʻl qoʻymaydi. Kendin quvondi, chunki uning ham maqsadi bor edi. - Mening ham maqsadim bor! - Seni-yaa? Nima ekan sening maqsading?, - dedi Jin haqoratomuz ohangda. - Oʻz sohamda yuksalishni xohlayman, - javob berdi Kendin koʻksini kerib. U koʻpchilik hurmat qiladigan shifokor edi. 38 - Sen shuni maqsad deyapsanmi? - ... - Hamma shifokor yuksalishni xohlaydi, ammo nari borsa eng kamida Ibn Sino kabi boʻladi, - dedi Jin va taassuf bilan "Qanday odamlar oʻtib ketdi-ya!" degandek labini tishladi. Soʻng davom etdi: - Hamma narsa kabi maqsadni ham senga notoʻgʻri talqinda oʻrgatdilar. Tor fikrlayapsan. Chunki, senga koʻp uxlashni oʻrgatganlar oʻzingga hech sezdirmasdan tor oʻylashni ham oʻrgatdilar. - Qanday qilib?, - dedi Kendin butun vujudi quloqqa aylanib. - "Bir sohada yuksalish" aslo uyqu qochiradigan maqsad boʻla olmaydi. Maqsad - oʻz nomi bilan maqsad. Yaʼni, maqsading aniq bo’lishi lozim. Yuksalishni istagan joyingning nomi boʻlishi kerak. "Men shu yerni xohlayman" deysan. Aks holda, maqsading yoʻq hisob. Agar samarali bir maqsading boʻlmasa, kam uxlashingning ham hech qanday maʼnosi yoʻq. Hatto mumkin boʻlsa, bor uxla va tanang koʻtara olsa aslo uygʻonma. Chunki, maqsadsiz insonning uygʻoq boʻlishi ham oʻzi uchun, ham butun insoniyat uchun azobdir, - Jin jilmayib davom etdi: - Biror bir maqsadi boʻlmagan holda, yaʼni uxlashi kerak boʻlgan holda uxlamagan insonlar ham bor, shubhasiz. Bunga shu togʻning ortida ajoyib oʻrnak ham bor. Koʻrishing kerak, qani ketdik... Jin Kendinni ortidan ergashtirib toqqa qarab ketdi. Choʻqqiga yaqinlashib qolganlarida qandaydir nay ovozini eshitdilar. Ovoz togʻ ortidan kelayotgandi. Togʻni oshib oʻtib, ovoz qayerdan kelayotganini bildilar. U jigarrang qalpoq kiygan bir odamning qoʻlidagi naydan kelardi. U nayni shu qadar ustalik bilan chalardiki, atrofidagilar huzur ichida tinglashar, nay nolasi 39 osmonga qadar yetib, qalblarni mumdek eritib yuborardi. Mazkur jigarrang qalpoqli sozanda aslida choʻpon boʻlib, nay esa qoʻylar uchun chalinayotgan edi. - Qara, qanchalik erta uygʻonibdi? Kim biladi, bu suruvni qayerlardan boshlab kelyapti? U biz qidirgan inson aslida; lekin koʻrganing kabi u qoʻylarning zavqlanishi bilan cheklanib, ishini chala bajaryapti..., - dedi Jin. Choʻpon ora-sira uxlab, takror uygʻonar, uyqusiragan koʻzlari bilan nayini ozgina chalgach, yana uxlab qolardi. - Barvaqt uygʻongan, ammo tor fikrlayapti. Hech qanday oliy maqsadi yoʻq. Kun tartibida konsert berish fikri yoʻq. Qish kelishi bilan oladigan ozginagina pulga qarab qolgan. Holbuki, u har kuni soatlab nay chaladi, hech kimsa u kabi uzoq vaqt nay bilan shugʻullanmaydi. U qilishi kerak boʻlgan ish bor-yoʻgʻi ozgina kengroq fikrlab koʻrish edi, xolos! U shunday qilmagani uchun umrini qoʻylargagina nay chalib oʻtkazadi. Hech qachon dunyoning eng yaxshi naychisi boʻlolmaydi. Kun kelib dunyoning eng buyuk naychisi boʻlardi balki, ammo u kengroq oʻylab koʻrmagani uchun dunyoning eng buyuk naychisini oʻzi bilan qabrga olib ketadi. Yaʼni, ichidagi dahoni kashf etmay turib oʻlib ketadi. Shunday ekan, hatto oddiy choʻpon boʻlsang ham, keng fikrla. Va kun kelib sening bir hikoyang boʻladi. "Men bir choʻpon edim. Lekin hech qachon choʻpon kabi chalmadim. Hech qachon qoʻylar uchun chalmadim. Esimni taniganimdan beri shu bugun uchun chaldim nayimni. Bugun dunyodagi eng yaxshi nay chalgan insonman. Ishingizga aslo yengil qaramang, doimo katta oʻylang!" derdi. Shunday qilib, oddiy choʻpon birgina eski nay bilan oʻzidan keyingilarni maftun qiladigan meros qoldirardi. Kendin choʻponga qarab, Jinning aytganlarini oʻylardi. U haq edi; ammo haq boʻlishdan nafratlanardi. Shu sababdan unga 40 "Haqsan" demadi, ammo ich-ichidan ming martalab hayqirdi: "Haqsan... Besh yuzlar kengashidagi Suqrot qadar haqsan!" Endi tushungandi Kendin. Demak, kam uxlashning oʻzi yetarli emas. Uyquni qochiradigan sabab ham juda muhim. Lekin undanda muhimroq bo’lgan yana bir narsa bor edi: Nima ish qilishingdan qatʼiy nazar, kengroq fikrlashing lozim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling