Tarjimonlar: dilfuza vohidova maftuna mahmudjonova
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Faqat ahmoqlargina sakkiz soat uxlaydi
11-bob
UZUMNING TAQDIRI 1 "Chanoqqal'a urushi"ga guvoh boʻlgan Kendin beixtiyor oʻzining harbiy xizmatda o’tgan kunlarini xotirladi. Armiyada bir kunda bor-yoʻgʻi 2 soat uxlab 22 soat davomida jang qilgandi. Bu naq 1 yil davom etgandi. Terror avj olgan zamonlar edi. Kendin minglab askarlar bilan bir safda kecha-kunduz tinmay terrorchilarni taʼqib qilgandi. Shular esiga tushib Jinga: - Bilasanmi, Jin? Men ham naq bir yil davomida kunda bor- yoʻgʻi 2 soat uxlab 22 soat jang qildim. Yurtim uchun jang qildim. Yolgʻiz emasdim, albatta. Mingdan ortiq edik. Sira uyqumiz kelmasdi... Uyga qaytgan chogʻlarim esa Jahon chempioni boʻlgan kurashchi singari kuchli va sogʻlom edim. Armiyaga ketishdan avval baʼzi kamchiliklarim bor edi. Qaytganimda esa ularning baridan xalos boʻlgandim. Jin Kendinning gapini davom ettirdi: - Soʻngra uyga qaytding. Anchagacha shu tarzda yashading, toʻgʻrimi? - Ha, aynan shunday boʻldi. Yarim tunda oʻz-oʻzimdan uygʻonib ketar, qaytib uxlay olmasdim. Jin kulib davom etdi: - Lekin koʻrdingki, hamma uxlayapti, uygʻoq boʻlishning hech bir foydasi yoʻq. "Yaxshisi men ham uxlay qolay, tartib buzilmasin!" deya uxlashni davom ettirding. Yaʼni, uzum uzumga qarab qorayadi. Kendin voqealar rivojidagi bir detal esiga tushgandek: 1 Bu yerda turk maqollaridan biriga ishora qilingan. Turklarda "Üzüm üzüme baka baka kararır" (Uzum uzumga qarab qorayadi) degan maqol bor. Maʼnosi shuki, doʻstlar yoki bir-biriga yaqin insonlar feʼl-atvor jihatdan bir-birlarining odatlarini oʻzlashtiradilar. O’zbek tilida “Qovun qovundan rang oladi” maqoliga to’g’ri keladi. 52 - Hatto uyga qaytgan ilk kunlarim uyqum kelmasa ham yotoqqa kirib uxlashga harakat qildim, oʻzimni 8 soat uxlashga majbur qilish uchun anchagacha ovora boʻldim, - dedi. - Demak, armiyadan qaytganingda insonlarning tabiati buzilib, 15 soat uxlashni boshlagan boʻlsalar, sen ham shuncha uxlagan boʻlarding, yolgʻonmi? Kendin hijolat boʻlib, javob berdi: - Oʻylashimcha, rost... - Endi esa aksini tasavvur qil! Agar xizmat qilgan oʻsha joyingda tugʻilganingda necha soat uxlagan boʻlarding? Jinning aytmoqchi boʻlgan fikrini tushungandi Kendin: - Ikki. - Bu sen uchun normal uyqu muddati boʻlardi. Harbiyda kam uxlarding; chunki tepangda oʻlim dahshati turardi, ammo sira oʻylab koʻrmading! Sen ogʻir vaziyatlarda ikki soat uxlay olasan, bu esa sening normal zamonda ham buni amalga oshira olishingni isbotlaydi. Jin Kendinga yanada yaqinlashib, ishning asl sirini oshkor qilmoqchi boʻlgandek bir alfozda davom etdi: - Inson ikki tuygʻudan biri bilan qarshilashganida, toki ular tugab bitmaguniga qadar uyqusini Mariana botigʻining eng chuqur yeriga koʻmadi. Biri "oʻlim qoʻrquvi" boʻlsa, boshqasi "ishq"dir. Aslida ikkisini umumiy qilib "ishq" desak ham boʻladi. Chunki "oʻlim qoʻrquvi" deganing hayotga boʻlgan muhabbatdan boshqa bir narsa emas. Xulosa qilib aytamanki, buyuk bir ishq domiga tushsang, ikki soat uyqu ham senga yetadi. Ammo senda bunday ishq boʻlmagani sababli yana ikki soat qoʻshaman: jami 4 soat boʻldi. Kendin Jinni qiziqish bilan tinglardi. 53 - Shundan boʻlishiga qaramay, siz uyalmasdan bu muddatga yana 4 soat qoʻshib, normal uyqu muddati 8 soat deya daʼvo qilasiz. 8 soat uxlay olmagan kuningiz "Bugun rosa charchadim, yaxshi uxlay olmadim" deb boʻlmagʻur bahonalar keltirasiz. Jin gapirarkan, Kendin uning aytganlari haqida fikr yuritardi. Jin tamoman haq edi. Kendinning har kuni 8 soat uxlashi oddiygina bir xurofot natijasi edi. Jin soʻradi: - Hozir boshingga toʻpponcha tirab, "Bundan keyin 2 soat uxlaysan, agar 3 soat uxlasang otib tashlayman!" desam, ishonaver, kunda faqatgina 2 soatlik uyqu bilan umringning oxirigacha yasharding. Xoʻsh, unda bir kun kelib bu dunyoni tark etishingni va vaqtni aslo ortga qaytara olmasligingni bila turib, bu qurolga ehtiyoj sezayotganing haqida hech oʻylab koʻrmaysanmi? Savolning toʻliq tushunilishi uchun Jin biroz sukut saqladi. Kendin javob qaytarmay jim tinglardi. Jin yana davom etdi: - Faqatgina bir oy umring qolgan boʻlsa, yana bir kunda 8 soat uxlay olarmiding? Umringni soʻnggi oyidasan... Menimcha bilmasang kerak, ammo oʻlim istalgan vaqt kelib qolishi mumkin. - ... - ... Har oningni eng soʻnggisi kabi qabul qilishing kerak. Choʻpon yoki prezident ekanliging hech nimani oʻzgartirmaydi. Nima ish qilsang qil, ammo qilgan har ishingni eng soʻnggisi deya qabul etishga oʻrgan. Oʻlganingda kimdir senga "Eng oxirgi daqiqada nima qilayotganding?" desa, "Uxlayotgandim!" deyish seni hijolatli ahvolga solmaydimi? Qilayotgan har bir ishingni oxirgi marta qilyapman deb oʻyla va shunday yasha! - Turk harbiylarining bir odati bor, balki eshitgandirsan. Qoʻmondonlari aytadi: "Oʻlimdan soʻng yana bir qadam 54 tashlashing kerak!" Endi esa shu insonni tasavvur qil, oʻlganidan soʻng unga biri "Eng oxirida nima qilayotganding?" desa, "Jang qilayotib oʻldim" deyish oʻrniga "Oʻlgandan soʻng ham jang qildim!" deb javob beradi. Shunday ekan, har on goʻzal oqibat uchun kurashasan. Nay chalasanmi yoki davlat ishi bilan mashgʻulmisan, sen hamisha finaldasan. Qoʻylar tushunmasa ham naying soz holatda boʻlishi kerak; chunki bu qoʻylarning emas, sening finaling... |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling