Tarkibi noma’lum moddalarni tahlili


Analizni bajarish tartibi


Download 168.67 Kb.
bet3/5
Sana17.06.2023
Hajmi168.67 Kb.
#1540869
1   2   3   4   5
Bog'liq
Miqdoriy tahlil. Tarkibi noma’lum moddaning tahlili 01

Analizni bajarish tartibi. Tarkibida magniy bo’lgan tuzning hisoblangan miqdori 100 ml suvda eritilib, unga 5 ml 6 n HCl, 2 tomchi metal qizil indikatori va zaruriy miqdorda 10% li ammoniy gidrofosfat eritmasi qo’shiladi. Indikator sariq rangga kirguniga qadar eritmani aralashtirib turgan holda konsentrlangan ammiak eritmasidan tomchilab qo’shiladi. Hosil bo’lgan eritmaga yana 4-5 ml ammiak aralashma 10-12 soatga qoldiriladi. Shu davr ichida eritmadagi magniy to’liq cho’kadi. Cho’kmani filtrlashga kirishishdan oldin to’la cho’kishni tekshirib ko’rish maqsadga muvofiqdir. Aniq natijalar olish uchun magniy ammoniy fosfatni qayta cho’ktirish tavsiya etiladi. Bunda eritmada bo’lgan ammoniy tuzlarining hosil bo’ladigan cho’kma tarkibiga ko’rsatadigan ta’siri kamayadi va aniq Mg(NH4)PO4 formulaga javob beradigan cho’kma hosil bo’ladi. Cho’kma “ko’k tasmali” filtrda filtrlanadi. Cho’kmani dekantatsiya vaqtida va filtrda yuvish uchun 2,5% li ammiak eritmasi ishlatiladi. Cho’kmani yuvish filtratdan xlorid ionining sifat reaksiyasi (AgNO3 + HNO3) salbiy natija berguniga qadar davom ettiriladi. Filtrida cho’kma bo’lgan voronka quritish shkafida quritilgandan so’ng cho’kmali filtr oldindan tayyorlab qo’yilgan massasi aniq tigelga solinadi va 1000-11000C da mufel pechida kulsizlantiriladi va massasi o’zgarmay qolguncha kuydiriladi.
Hisoblash. Yuqoridagi tartibda qayd qilingan natijalar bo’yicha magniyning namunadagi miqdori (g):
mMg = m (Mg2P2O7) ∙ = m (Mg2P2O7) ∙ 0,2185
va u yordamida magniyning namunadagi massa ulushi hisoblanadi:
ωMg =
2-Tajriba. Temir (III) miqdorini aniqlash.
Temir (III) miqdorini aniqlash ammiak eritmasi yordamida temirni Fe(OH)3 shaklda cho`ktirish.
Fe3+ + 3NH3∙H2O → Fe(OH)3↓ + 3NH4+,
cho`ktiriladigan shakldan Fe2O3tortiladigan shaklni
2Fe(OH)3↓ → Fe2O3 + 3H2O
olishga asoslangan. Temir (III) gidroksidni uzoq vaqt kuydirish uning qisman parchalanishiga olib keladi.
6Fe2O3 → 4Fe3O4 + O2
Parchalanish natijasida hosil bo`lgan oksidga bir tomchi konsentrlangan nitray kislota tomizib, aralashma qizdirilsa, qaytarilgan temir ya`na oldingi holiga keladi.
2Fe3O4 + 2HNO3 → 3Fe2O3 +2NO2 + H2O,
biroq yaxshisi temirni qaytarilishgacha olib kelmaslik kerak.
Cho`ktirish issiq eritmalardan o`tkazilganligi uchun temir tuzlari gidrolizlanadi:
Fe3+ + 3HOH ↔ Fe(OH)3 + 3H+
Binobarin, gidrolizni bartaraf qilish maqsadida eritmaga kislota qo`shish kerak. Kislotali muhitda gidroliz reaksiyasi teskari tomonga siljiydi:
Fe(OH)2+ + 2H+ → Fe3+ + 2H2O.
Agar shu maqsadda nitrat kislota ishlatilsa, u modda tarkibida bo`lishi mumkin bo`lgan temir (II) ionini oksidlash va zifasini ham bajaradi:
3Fe3+ + 4HNO3 → 3Fe3+ + NO + 3NO2 + 2H2O

Download 168.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling