Mahsulotning tashqi ko’rinishi. Tayyor mahsulot poya, barg va gul
aralashmasidan iborat. Poyasi yopishgan oq tuklar bilan qoplangan. Bargi toq patli
murakkab barg. Bargchalari 6 - 12 juft, cho’ziqroq, ellipssimon, uzunligi 15 - 20
sm, eni 3 - 10 mm bo’lib, har ikki tomoni tuklar bilan qoplangan. Gullari qiyshiq,
gulkosachasi qo’ng’iroqsimon, mayda, sеrtuk, 5 bargli, kalta va kеng
uchburchaksimon tishli, gultojisi gulkosachasidan ikki marta uzun. Tojbargi 5 ta
bo’lib, yеlkan, qayiqcha va eshkaklarni tashkil etgan. Yelkan tеskari tuxumsimon
shaklda, kattaligi qayiqcha va kurakchalarni tashkil qilgan tojbarglarga barobar.
Otaligi 10 ta, hammasi alohida - alohida, onalik tuguni bir xonali, yuqoriga
joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |