Tarkibida lipidlar tutuvchi o`simliklar
Tarkibida yog` saqlaydigan o`simliklar
Download 26.83 Kb.
|
Tarkibida lipidlar tutuvchi o`simliklar
Tarkibida yog` saqlaydigan o`simliklar
O’simlik moylari o’simliklarning to’qimalarida keng tarqalgan. Lipidlar o’simlik hujayralarining asosiy moddalaridan bo’lib, ayrimlarida ular juda ko’p to’planadi (lokalizatsiyalanadi). Ular asosan o’simliklar urug’larida to’planib, ayrimlarida 50-70% gacha bo’lishi mumkin. Yog’larni juda ko’p miqdorda to’playdigan o’simliklar guruhi moyli o’simliklar deb nom olgan va ular sanoat ahamiyatiga ega bo’ladi. Sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan bu guruh o’simliklariga hozirgi kunda 100ga yaqin o’simliklar kiradi. O’zbekistonda asosiy moyli urug’ sifatida paxta chigiti ishlatiladi. Keyingi vaqtlarda paxta dalalari qisqartirilishi natijasida, paxta chigiti o’rnini qoplay oladigan boshqa moyli o’simliklar ekish ishlarini amalga oshirish orqali respublikamiz uchun noan’anaviy moyli o’simliklardan kungaboqar, maxsar, soya o’simliklarining seleksiyasi va ularning moyini qayta ishlash texnologiyalari o’rganilmoqda. Yer yuzida moyli ekinlar ko’p tarqalgan, ekin maydoni 140 mln ga dan ortiqdir. Eng ko’p tarqalgan ekinlar - soya (73,5 mln ga), kungaboqar (18,33 mln ga) indov (22,25 mln ga), yeryong’oq (21,78mln ga), moyli zig‗ir (7,5 mln ga), kunjut (6,75 mln ga). Moyli ekinlar AQSH, Kanada, Hindiston, Braziliya, Argentina, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Moldova, Ukrainada tarqalgan. O’zbekistonda moyli ekinlardan maxsar, kungaboqar, kunjut, yeryong’oq, moyli zig’ir va soya ekilmoqda, qadimdan kunjut, zig’ir, indov, maxsar urug’i, paxta chigiti, meva danaklaridan o’simlik moyi olingan. Ayrim o’simlik moylari (kastor, zaytun, bodom va boshqalar) tibbiyot va kosmetik preparatlar tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Moyli urug’lardan olinadigan oqsil moddalari odam va hayvon ozuqasining biologik qiymatini oshiruvchi qo’shimcha sifatida ishlatiladi. Moyli urug’lar urug’ va meva po’stlari asosan sellyulozadan tashkil topganligi sababli spirt ishlab chiqaruvchi gidroliz zavodlariga xom ashyo bo’lib xizmat qiladi. Moyli urug’lar va ularni qayta ishlash mahsulotlari moylar va oqsillardan tashqari bir qator biologik faol birikmalar bo’lgan vitaminlar va provitaminlarga ham boydir (tokoferollar, steroidlar, karotinoidlar va boshqalar). Undan tashqari moyli urug’lar boshqa urug’lardan xilma xil fosfolipid kompleksi hamda makro- va ultramikroelementlar to‘plamining miqdori bilan ajralib turadi. Moyli urug’larning kimyoviy tarkibi ularni sanoatda kompleks qo’llash imkoniyatini yaratadi. Moyli urug’larni yig’ib olish, qayta ishlash va saqlash texnologiyalari, ular tarkibidagi barcha qimmatli moddalar to’plamini tayyor mahsulotlar tarkibida saqlab qolishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Bugungi kunda jahon miqyosida ozuqa o’simlik moyi sifatida 1-o’rinda soya moyi, 2-o’rinda kungaboqar moyi, 3-o’rinda palma moylari, 4-o’rinda indov moy va keyingi o’rinlarda chigit, zaytun, kunjut, maxsar va boshqa moylar qo’llanilmoqda. Moylar o’simlik mahsulotidan Sokslеt apparatida organik erituvchilar yordamida ajratib olinadi, erituvchi haydaladi va qolgan moy tarozida tortiladi, yoki mahsulotni oldin va ekstraktsiyadan kеyin tortiladi va % miqdori aniqlanadi. Mahsulotdagi yog’ miqdorini Sokslеt apparati yordamida aniqlash yo’li. 1 g po’stidan tozalanib maydalangan urug’ filtr qog’ozidan tayyorlangan "patron"ga solinadi. Mahsulotni qog’oz bilan tarozida tortib ko’rib Sokslеt apparatiga solinadi va apparatni yuqori qismidan еtarli miqdorda efir quyiladi va suv hammomida qizdiriladi. Patrondagi moy butunlay ekstraktsiya bo’lguncha qizdiriladi. Mahsulotda moy qolmaganini bilish uchun, Sokslеt apparatining oxiridan oqib tushayotgan efirdan qog’ozga tomiziladi. (Yog’li dog’ qolmasligi kеrak). So’ngra patronni olib quritiladi va tarozida tortiladi. Moyni miqdori quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi. a - ekstraktsiya bo’lgan moy miqdori. в - urug’ning og’irligi. Download 26.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling