Таркибида терпеноидлар бўлган доривор ўсимликлар ва маҳсулотлар


Mahsulotning tashqi ko’rinishi


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/57
Sana15.02.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1199945
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   57
Bog'liq
efir mojlari va iridoidlar saqlovchi dorivor osimliklar va maxsulotlar (1)

Mahsulotning tashqi ko’rinishi. Tayyor mahsulot savatchaga to’plangan 
gullardan iborat, savatchaning diametri 4-8 mm, yarim sharsimon bo’lib, o’rama 
barglari bilan o’ralgan. Savatcha chetida oq tilsimon, o’rtadagi naychasimon 5 
tishli gullardan tashkil topgan. 
Yashil moychechakning savatchasi maydaroq bo’lib, yashil naychasimon 4 
tishli gultojili gullardan tashkil topgan. 
Savatchaning gul o’rni konussimon, tuksiz va ichi bo’sh bo’ladi. Ana shu 
belgilari 
bilan 
boshqa 
o’simlik aralashmalaridan farq qiladi. Mahsulot 
tayyorlanganda aralashama sifatida uchrashi mumkin bo’lgan o’simliklar: 
Matricaria inodora L. (romashka nepaxuchaya) – savatchasi yirikroq, gulo’rni 
yarimsharsimon, mahsuloti hidsiz bo’ladi. 
Har ikkala moychechak mahsulotining xushbo’y hidi va achchiqroq o’tkir 
mazasi bor.
Kimyoviy tarkibi. Moychechak guli tarkibida 0,22-0,8% efir moyi, apiin, 
kvertsimeritrin, kvertsetin, lyuteolin va boshqa (35 tacha birikmalar) flavonoidlar
gvayyanolid guruh laktonlaridan matrikarin va matritsin, geterotsiklik halqali 
poliin 
laktonlar, 
proxamazulen, 
kumarinlar 
(umbelliferon, 
gerniarin), 
dioksikumarin, karotin, vitamin C, shilliq, achchiq va boshqa moddalar bo’ladi.
Xamazulen 
XI-DF ga ko’ra, oddiy moychechak guli tarkubida 0,3%, yashil 
moychechakda 0,2% efir moyi bo’lishi kerak.
Efir moyi ko’k suyuqlik bo’lib, tarkibida 1,64-8,99% xamazulen, 20% gacha 
seskviterpen spirtlari, kadinen, trisiklik spirt, bisabolen va uning oksidlari, kapril, 
nonil, izovalerian kislotalar hamda boshqa terpen va seskviterpenlar bor. Efir moyi 
tarkibidagi seskviterpenlarning umumiy miqdori 50% gacha bo’ladi.
Ishlatilishi. Moychechak ichaklarning yopishib qolishi (ichaklar spazmi) ga, 
mikroblarga, allergiyaga va yallig’lanishga qarshi hamda yaralarni davolovchi 
ta’sirga ega. Shuning uchun uning dorivor preparatlari me’da-ichak (ichak 
yopishib qolganda va ich ketganda) va ginekologik kasalliklarni davolashda hamda 
ter va yel haydovchi dori sifatida ishlatiladi. Bulardan tashqari, moychechak guli 
yumshatuvchi, antiseptik va yallig’lanishga qarshi (og’iz, tomoqni chayqashda
shifobaxsh vanna hamda klizma qilishda) vosita sifatida qo’llaniladi. 
Moychechak guli tarkibidagi kimyoviy birikmalar kompleksi (xamazulen, 
matritsin, apigenin, gerniarin va boshqalar) ta’sir etuvchi qism hisoblanadi. 
Xamazulen tinchlantiruvchi xossaga hamda ichaklarning yopishib qolishi, 


16 
allergiyaga va yallig’lanishiga qarshi ta’sirga ega. Apigenin, apiin va gerniarinlar 
ham ichaklarning yopishib qolishiga qarshi ta’sir qiladi. 

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling