27
qalqonsimon to’p gulni tashkil etadi. Savatcha mayda, tuxumsimon, 3-4 mm
uzunlikda bo’lib, tashqi tomonidan o’rama barg bilan qoplangan.
Savatcha
chetidagi gullar oq, ba’zan och pushti rangli, o’rtadagi gullari esa naychasimon.
Mahsulotning o’ziga xos xushbo’y hidi va achchiq mazasi bor.
Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. Bo’ymodaron o’simligi bargi va
gulining mikroskopik tuzilishi tekshiriladi.
Ishqor eritmasida qaynatib, yoritilgan bargning
tashqi tuzilishi mikroskop
ostida ko’riladi. Epidermis tashqi tomondan to’lqinsimon ravishda joylashgan
kutikula qavati bilan qoplangan. Epidermis hujayralari egri-bugri devorli,
ayniqsa
bargning pastki tomonidagi epidermis hujayralari ko’proq egri-bugri devorli va
maydaroq bo’ladi. Ustitsalar 4-5 ta epidermis hujayralari bilan o’ralgan bo’lib,
bargning yuqori tomoniga nisbatan pastki tomonida ko’proq uchraydi.
Barg har ikkala tomondan 4-7 hujayrali oddiy tuklar va tashqi ko’rinishi
tuxumsimon, yaltiroq efir moyli bezlar bilan qoplangan. Tuklarning asos qismi 4-6
tagacha kalta, oxirgisi juda ham uzun - terminal hujayradan tashkil topgan.
Tuklarning oxirgi uzun hujayrasi tezda sinib ketadi. Shuning uchun bargda 4-6
hujayrali asos qismigina qoladi. Efir moyli bezlar murakkabguldoshlar oilasiga xos
ravishda tuzilgan. Bezlar 8 (ba’zan 6) ta 3-4 qavat va 2 qator joylashgan efir moyi
ishlab chiqaruvchi hujayralardan tashkil topgan. Barg tomirlari bo’ylab yog’simon
moddalari yoki sariq-qo’ng’ir rangli donachalari bo’lgan ajratuvchi yo’llar joy-
lashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: