Tarkibiy unsurlaridan biri. U oʻzining vazifalari orqali barqaror


Download 118.89 Kb.
Pdf ko'rish
Sana19.06.2023
Hajmi118.89 Kb.
#1618943
Bog'liq
Narx - Vikipediya



Narx
Narx — 
bozor mexanizmining
muhim
tarkibiy unsurlaridan biri. U oʻzining
vazifalari orqali barqaror 
iqtisodiyotning
shakllanishi hamda samarali amal
qilishiga, 
bozor
muvozanatining
taʼminlanishiga, milliy daromadning
iqtisodiyot
turli tarmoq va sohalari,
xoʻjalik yurituvchi subʼektlari boʻyicha
taqsimlanishiga, aholining ijtimoiy
jihatdan himoya qilinishiga sharoit
yaratadi. Shuningdek, u ishlab


chiqaruvchilarni ragʻbatlantirib, sogʻlom
raqobat
muhitining yaratilishiga katta
taʼsir koʻrsatadi.
Narx, baho — tovar qiymatining puldagi
shakli; bozor iqtisodiyotida amal qiluvchi
iqtisodiy dastak. Iqtisodiy tafakkur
tarixidagi ayrim qarashlarda N.ni
qiymatning mehnat nazariyasiga
asoslanib talqin qilishgan, unga
qiymatning puldagi ifodasi deb qaralgan.
21-asr boshlaridagi nazariyalar N.ni
pulning miqdoriy nazariyasi asosida
izoxlab, N.ga harajatlar, tovarning nafliligi
va raqobat taʼsir etishini eʼtirof etadi. N.ni
qiymat belgilaydi, ammo u aniq bir
qiymatdan yuqori yoki past boʻlishi


mumkin, bu esa bozordagi muayyan
tovarga boʻlgan talab va taklift bogʻliq. N.
faqat qiymatni emas, balki talab va taklif,
shuningdek, tovarning ijtimoiy foydaliligi,
sifati va boshqa tovarlar oʻrnini bosa
olishi, muomaladagi pulning xarid
qobiliyatiga ham bogʻliq. Binobarin, N.
qiymatdan miqdoran farqlanadi.
Mahsulot tannarxi har qanday N.ning
asosi boʻlib, mahsulotning hayotiy sikli
davomida uning N.idagi oʻzgarishlarga
katta taʼsir koʻrsatadi. N. miqdori
harajatlarga va tovar sifatiga toʻgʻri
mutanosiblikda, rakrbatning shiddatiga
esa teskari mutanosiblikda turadi. Bozor
iqtisodiyotida N. bir nechta vazifalarni
bajaradi: 1) hisob-kitob va oʻlchov


vazifasi —N. vositasida qilingan
harajatlar, olingan natijaning puldagi
miqdori aniklanadi. Harajatlar ishlatilgan
resurslar miq-orini uning N.iga
koʻpaytirish opkali hisoblanadi;
2)ragʻbatlantirish vazifasi — N. ning
oʻzgarishi ishlab chiqarish hajmini
oʻzgartiradi. Talab N.ga nisbatan teskari
mutanosiblikka ega. N. pasaysa talab
ragʻbatlantiriladi, aksincha, N. oshsa
(boshqa shart-sharoit oʻzgarmagan
takdirda) taklif ragʻbat oladi. N.dagi
oʻzgarish ishlab chiqaruvchilar va
isteʼmolchilarga ishtiyoq bagʻishlaydi;
3)raqobat vositasi vazifasi — N. raqibni
bozordan si-qib chiqarish va bozorda oʻz
mavqeini mustahkamlash uchun


ishlatiladi. Raqo-batchilar N.ni oʻzgartirib
turish, uni sharoitga qarab turlicha
belgilash or-qali oʻzaro bellashadilar. N.
raqobatlashuvning iqtisodiy vositasi
hisoblanadi; 4) iqtisodiyotni tar-tiblash
vazifasi — N. bozor mexanizmidagi
asosiy iqtisodiy dastak yoki vosita. N.
oʻzgarishiga qarab nimani va qancha
ishlab chiqarish kerakligi aniklanadi.
Muayyan tovarlar N.ining oshishi ularni
koʻplab ishlab chiqarish kerakligini
bildiradi, aksincha, N.ning pasayishi tovar
ishlab chiqarishni kamayishi yoki
umuman toʻxtatilishi lozimligini anglatadi.
N.ga qarab bozori kasod tovarlardan voz
kechilib, bozori chaqqon tovarlarni ishlab
chiqarishga oʻtiladi. Bu esa resurslarning


bir sohadan ikkinchisiga oqib oʻtishi-ga,
eski soha qisqarib, yangi soxaning tez
rivojlanishiga olib keladi. N. resurslarni
qayta taqsimlash orqali iqtisodiyotni
tartiblaydi.
Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida tovarlar
va xizmatlar oldi-sotdisida qullanilishi N.
tizimini yaratadi. Milliy iqtisodiyot holatini
hisoblashda joriy va qiyosiy N.lar
qoʻllaniladi. Joriy N.lar amaldagi N.lar
boʻlib, ular yordamida yil davomidagi
ishlab chiqarish natijalari hisoblanadi.
Qiyosiy N.larda maʼlum yil asos qilib
olinib, ishlab chiqarishning natijalari shu
N.da hisoblanadi va boshqa yillar bilan
taqqoslanadi. Joriy N.lar inflyasiya tufayli


oʻzgarishi va real iqtisodiy natijani
koʻrsatmasligi sababli yalpi milliy
mahsulot, milliy daromad, real ish haqi va
shahri k. koʻrsatkichlar dinamikasi qiyosiy
N.larda hisoblanadi.
N. qaysi bozorda amal qilishi, kimga
moʻljallanganligi va qaysi maqsadni
koʻzlashiga qarab bir necha turlarga
boʻlinadi.
Erkin bozor N.i (muvozanatli N.) — erkin
bozorda sotuvchilar va xaridorlar
koʻpchilik boʻlganidan ulardan hech biri
oʻzi xohlagan narxni oʻrnatolmaydi. Bu
yerda talab-taklif nis-batiga qarab erkin
savdolashuv N.i, yaʼni muvozanatli N.


yuzaga keladi; monopol N. — monopol
bozorda so-tuvchi yoki xaridor ozchilik
yoxud tanho boʻlganida ular xohlagan N.
oʻrnatiladi. Bu bozorga zoʻrlab
kiritiladigan N. boʻlib, odatdagi N.lardan
yuqori boʻla-di va monopol foyda olishga
xizmat qiladi; Ulgurji N. — tovar ishlab
chikaruvchilar savdo firmalariga to-
varlarni bir yoʻla koʻtarasiga sotishida
qoʻllanadi. Tovar birjalari va savdo
uylarida ham ulgurji N.lar qoʻllanadi;
shartnoma N.lari — sotuvchi va
xaridorlarning roziligi bilan belgilanadigan
va oʻzaro tuziladigan shartnomada
koʻrsatiladigan N. Bunday N., odatda,
shartnoma muddati amal qila-digan
davrda oʻzgarmaydi. Koʻproq mil-liy va


xalqaro bozorlarda qoʻllanadi. Chakana
N. — tovarlar bevosita is-teʼmolchilarga
yakkalab sotilgan chogda qoʻllanadi va
miqdori ulgurji N.dan yuqori boʻladi;
Preyskurant N. — xaridor uchun bildirgich
yoki maʼlumot-noma N. boʻlib xizmat
qiladi va haqiqiy N. preyskurantlar
(koʻrsatkichlar)da eʼlon qilingan N.
atrofida boʻlishini anglatadi; D
otatsiyalangan N. — davlat byudjeti hiso-
bidan maxsus arzonlashtirilgan, bozor
N.idan pastroq qilib belgilangan N.,
N.dagi farq byudjet beradigan dotatsiya
bilan qoplanadi. Bu N.ni oʻtish davrida
turgan mamlakatlarda davlat aholini
ijtimoiy himoyalash uchun qoʻllaydi;
Demping N. — bozorda oʻz mavqeini


mustahamlash va ra-qiblarni siqib
chiqarishda qoʻllanadigan maxsus
pasaytirilgan N., xalq-aro bozorlarda
koʻproq qoʻllanadi.
Bozor koʻlamiga koʻra, N.lar xududiy
(mintaqaviy), milliy va xalqaro bozor N.lar
i ga boʻlinadi. Hududiy N. — faqat maʼlum
hududiy bozorga xos boʻlib, u shu hudud
doirasidagi omillar taʼsirida hosil boʻladi.
Milliy bozor N.i — bir mamlakat doirasida
amal qiluvchi va ularning xususiya-tini
aks ettiruvchi N.lardir. Xalq-aro N. —
muayyan tovarga ketgan baynalminal
harajatlarni, tovarning nafliligi jihatidan
jahon standarti talabiga mos kelish


darajasini va xa-lkaro bozordagi talab va
taklif nis-batini hisobga oladi.
N.lar farqining miqdoriy ifodasi N.
diapazoni deyiladi. N. diapazoni N.lar
oraligʻining puldagi ifodasidir. N.
diapazoni quyi, oʻrta va yuqori N.larni oʻz
ichiga oladi. Bu diapazon qanchalik katta
boʻlsa, tovar muomalasi shunchalik tez
yuz beradi, talab bilan N. oʻzaro
bogʻlanadi. Iqtiso-diyot birbiriga bogʻliq
va yagona boʻlga-nidan turli tovarlar va
xizmatlar N.lari birbirini yuzaga chikaradi,
toʻldiradi va oʻzaro taʼsir koʻrsatadi.
Ularning har biri oʻzi bilan bogʻliq keyingi
mahsulot harajatlarini shakllantiradi.
Koʻpgina sohalarda ishlatiladigan eng


muhim iqtisodiy resurlar (metall, neft,
kumir, gaz, yogʻoch, bugʻdoy, paxta kabi
tovarlar) N.ining oʻzgarishi bozordagi jami
N.lar nisbatiga taʼsir koʻrsatadi.Narxga
taʼsir etuvchi eng qulay omil bu
monopoliyadir.Monopolist korxona narxni
xohlagancha oʻynatishi mumkin.Shunday
ekan demping narx psixologik narx
bularning hammasini monopolist hal
qiladi xohlasa qiladi xohlamasa
yoʻq.Ushbu nazariya Buxoro Davlat
Universiteti Iqtisodiyot kafedrasi kafedra
mudiri Abdullayev.A ga tegishli
nazariyadir
Ahmadjon Oʻlmasov.
[1]


Cost of Living (http://www.numbeo.co
m/cost-of-living/)
 - Contains prices of
goods and services worldwide
Wages, Prices & Living Standards: The
World-Historical Perspective (http://w
ww.economics.ox.ac.uk/Members/rob
ert.allen/WagesPrices.htm)
 
Wayback
Machine
 saytida 
arxivlandi (https://we
b.archive.org/web/20100107034228/h
ttp://www.economics.ox.ac.uk/membe
rs/robert.allen/WagesPrices.htm)
(2010-01-07).
Historicalstatistics.org (http://www.his
toricalstatistics.org)
 Links to
Havolalar


historical statistics on prices
1. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005) maʼlumotlaridan
foydalanilgan.
Manbalar


Bu sahifa oxirgi marta 23-Mart 2023, 17:47 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 4.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Iqtisodiyot
va 
moliyaga
oid ushbu maqola
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipe
dia.org/w/index.php?title=Narx&action=e
dit) Vikipediyaga
 yordam berishingiz
mumkin.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=Narx&oldid=3625319

dan olindi

Download 118.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling