Тармоқ қурилмалари (Маршрутизатор-роутер, концентратор-хаб)


Ma`lumot almashinish tezligi


Download 1.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana28.12.2022
Hajmi1.09 Mb.
#1012838
1   2   3
Bog'liq
Tarmoq qurilmalari va ularning turlari

Ma`lumot almashinish tezligi 
– konsentratorlarning ma`lumot almashish tezligi odatda 10 va 100 
Mb/s oralig`ida o`zgarib turadi. Tezlik avtomatik ravishda yoki qayta ulagich yordamida o`zgartirilib 
boriladi. Konsentratorlarning afzallik jihati u barcha portlarga axborotni bir xil tezlikda uzatadi; 

Tarmoq o`tkazmalarining tipi- odatda maxsus o`tkazgich yoki optic tolali o`tkazgich, ba`zi 
konsentratorlarda aralashgan o`tkazmalardan foydalaniladi. Misol uchun maxsus o`tkazgichlar va 
koaksial kabellarni muvofiqlashtirgan holda; 



Switch
– bir qancha segmentni birlashtiruvchi tarmoq 
kommutatoridir. Kommutator OSI modelining 2 – pag’onasiga mos keladi. 
Tarmoq administratori tili bilan switch – bu kommutator, bridge(most) deb 
ham ataladi. Signal uzatish tezligi 10/100/1000 Mbit/s bo’ladi. Shu bilan 
birga kommutatorlarni bir – biri bilan bog’lash uchun alohida 2/10 Gbit/s 
tezlikdagi portlar xam mavjud bo’lib, to’liq dupleks rejimda ishlaydi. U 
ma’lumotni nusxasini barcha portlarga yubormaydi. Aksincha paketda 
qabul qiluvchining adresi bo’yicha signalni jo’natadi. Kommutator 
tarmoqdagi kompyuterlarning MAС adresini o’zining xotirasidagi jadvalda 
bir qancha muddatga saqlab qoladi.


Bu esa paketlarni uzatilish tezligi, ishonchliligi va xavfsizligini oshiradi. 
Kommutator bufer xotirasida qabul qilgan signalni saqlab turadi. Kommutatorlar 
boshqariluvchi va boshqarilmaydigan turlarga bo’linadi. Boshqariluvchi 
kommutatorning har bir portini aloxida segmentga biriktirish mumkin. 
Kommutator 48 portga ega bo’lsa, uning juft raqamli portlarini 192.168.x.x ga, 
toq raqamli portlarini 172.57.x.x ga biriktirish mumkin. Yoki bo’lmasa 10 – 
portni 20 – portga translyastiya qilish mumkin. Umuman olganda 
kommutatorlarning imkoniyatlari doirasi keng. Ularni turli soxalarda, turli 
maqsadlarda qo’llash mumkin. Kommutatorlar yordamida WLAN hosil qilish 
mumkin. WLAN yordamida katta tarmoqlarni boshqarish yanada osonlashadi. 


Сетевой коммутатор на 52 порта (включая 4 оптических комбо-порта)


Marshrutizator yoki router
– bu ikki va undan ortiq turli xildagi 
tarmoqni 
bir-biri 
bilan 
bog’lab 
beruvchi 
qurilmadir. 
Marshrutizator dastur va qurilma ko’rinishida bo’ladi.Eng sodda routerda, 
kamida 2 ta port mavjud bo’ladi. Biri WAN port hisoblansa, 
ikkinchisi LANport hisoblanadi. WAN portga turli tehnologiyalarga mansub 
tarmoq – xDSL, Frame Relay, ATMva boshqa kabilar ulanishi mumkin. 
LAN portga Ethernet texnologiyasiga tegishli tarmoq ulanadi.Router 
marshrutizasiya jadvaliga asoslangan holda ishlaydi. U ikki hil ko’rinishda 
bo’ladi: dinamikmarshrutizasiya va static marshrutizasiya.


Dinamik marshrutizasiya, ko’rinishidan qulay, uni sozlash shart 
emas. U o’ziga ulangan barcha qurilmalar tog’risida ma’lumotni saqlaydi. 
Vaqti – vaqti bilan tarmoqqa paketlar jo’natib turadi va ulardan qaytgan 
javob orqali tarmoqni hotirasida quradi. Ammo bu routerni ko’proq 
ishlashiga sabab bo’ladi(yuklama ko’payadi). Havsizklik jihatda ham 
mukammal 
deb 
bo’lmaydi. Statik marshrutizasiya esa tarmoq 
havfsizligining barcha talablariga javob beradi. Unda tarmoq marshruti 
avvaldan yozib qo’yiladi. Barcha paketlar ushbu route bo’yicha harakat 
qiladi. 


Маршрутизатор, использующийся на магистральных каналах


BlueTooth
- kabelsiz tarmoq standartidir. Ishlash radiusi 10- 100 metr 
oralig’i bo’lib, 2.5 GGts chastotada ishlaydi. O’tkazish tezligi 
1Mbit/sek. Albatta qurilmalar ham bu standart uchun mo’ljallangan 
bo’lishi shart. Shuningdek, qo’l (mobilniy) telefoni bilan aloqa bog’lash 
mumkin. Agar telefon operatori (masalan, Uzdunrobita) Internetga 
bog’lash imkonini bersa, u holda kompyuterdan va qo’l telefonidan 
foydalangan holda simsiz Internetga bog’lanish mumkin (noutbuklar 
uchun juda qulay). 



Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling