Tarmok operatsion tizimlari. Tarmok operatsion tizim tarkibi: lokal resurslarni boshkarish vositalari, o`z shaxsiy resurslarini va xizmatlarini umum foydalanishga berish-server qismi


Download 0.87 Mb.
bet4/4
Sana29.01.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1139616
1   2   3   4
Bog'liq
tarmoq operatsion tizimlari

Ilovalar yordami. Kor`orativ tarmoqlarda murakkab ilovalar bajariladi, ular bajarilishi uchun katta hisoblash quvvatini talab qiladi. Bunday ilovalar bir nechta qismlarga bo`linadi, masalan, bitta kompyuterda ma’lumotlar bazasiga bo`lgan so`rovlarni bajarilishi bilan bog`liq ilovalarning bir qismi bajariladi, boshqasida fayl – servisga bo`lgan so`rovlar, klient mashinalarida esa ilova ma’lumotlarini qayta ishlash mantig`ini amalga oshiruvchi va foydalanuvchi bilan interfeysni amalga oshiruvchi qismi bajariladi. Korporatsiya dasturiy tizimlari uchun umumiy hisoblash qismi klientlarning ishchi stantsiyalari uchun juda katta hajmli va ko`tara olmaydigan bo`lishi mumkin, shuning uchun agarda ularning murakkab va hisoblash munosabatidagi qismlarini maxsus shunga mo`ljallangan kompyuter – ilova serveriga ko`chirilsa ilovalar effektliroq bajariladi. Ilovalar serveri kuchli apparat platformasida joylashishi kerak. Ilova serveri OTlari hisoblashlarni yuqori ishlab chiqarishini ta’minlashi kerak, demak Ko`p yo`lli qayta ishlashni, siqib chiqaruvchi Ko`p masalalikni, multiprotsesslashni, virtual xotirani va eng Ko`p tanilgan amaliy muhitlar(UNIX, Windows, MS-DOS, OS/2) ni ta’minlashi kerak. Bunday munosabatda NetWare tarmoq OTni kor`orativ mahsulotlarga kiritish qiyin, chunki unda ilovalar serveriga qo`yiladigan deyarli hamma talablar mavjud emas. Shu bilan birga Windows NT dagi universal ilovalarni yaxshi qo`llashi unga kor`orativ mahsulotlar dunyosida o`rin egallashiga kurashishga yordam beradi.
Ma’lumotnoma hizmati. Kor`orativ OT hamma foydalanuvchilar va resurchlar haqidagi ma’lumotlarni shunday saqlash qobiliyatiga ega bo`lishi kerakki, unda bitta markaziy nuqtadan uni boshqarishni ta’minlashi kerak. Katta tashkilotlarga o`xshab korporativ tarmoq o`zi haqidagi iloji boricha butun ma’lumotlarni(foydalanuvchilar, server, ishchi stantsiyalar haqidagi ma’lumotlardan tortib, to kabel tizimi ma’lumotlarigacha) markaziy saqlanishiga muhtojdir. Bu ma’lumotlarni ma’lumotlar bazasi ko`rinishida saqlashni tabiiy ravishda tashkil qilish. Bu bazadan ma’lumotlar Ko`p tarmoq tizimlari ilovalari tomonidan talab qilinishi mumkin, birinchi navbatda boshqarish va administatorlash tizimlari tomonidan. Bundan tashqari, bunday baza elektron pochtani tashkil qilish, birga ishlash tizimlari, havfsizlik hizmati, tarmoqning dasturiy va apparat ta’minoti inventarizatsiyasi hizmati hamda deyarli hamma yirik biznes – ilovalar uchun foydalidir.
Ideal holatda ma’lumotnomali informatsiya yagona ma’lumotlar bazasi ko`rinishida amalga oshirilishi kerak. Masalan, Windows NT da kamida beshta har xil turli ma’lumotnomali ma’lumotlar bazasi mavjud. Domen(NT Domain Directory Service)ning asosiy ma’lumotnomasi foydalanuvchilar haqida ularni tarmoqqa logik kirishni tashkil qilishda ishlatadingan ma’lumotlarni saqlaydi. SHu foydalanuvchilar haqidagi ma’lumotlar Microsoft Mail elektron `ochtasi tomonidan ishlatiladigan boshqa ma’lumotnoma tarkibida ham bo`ladi. Yana uchta ma’lumotlar bazasi `ast darajali adreslar ruxsatini qo`llaydi: WINS – Netbios – ismlarining IP – adreslarga mosligini o`rnatadi, DNS ma’lumotnomasi – domen ismlari serveri – NT tarmoqlarini internetga ulanishida foyda keltirarkan, va nihoyat, DHC` `rotokoli ma’lumotnomasi tarmoq kompyuterlariga IP – adreslarni avtomatik tarzda tayinlashida ishlatiladi. Idealga yaqin ma’lumotlarnomalar hizmati Banyan(Streettalk III mahsuloti) firmasi va Novell (NetWare Directory Services) firmasi tomonidan keltirilganlarda joylashgan, ular hamma tarmoq ilovalari uchun yagona ma’lumotnomani taklif qiladi. Tarmoq operatsion tizimlari uchun yagona ma’lumotnomalar hizmati borligi korporativlikning eng muhim belgilaridan biridir.
Havfsizlik. Korporativ tarmoq OT lari uchun asosiy muhimligini ma’lumotlarni havfsizligi masalalari tashkil qiladi. Bir tarafdan, yirik masshtabli tarmoqlarda ob’ektiv ravishda sanktsiyalanmagan ruxsat (kirish) uchun Ko`p imkoniyatlar mavjud, sabablariga quyidagilar kiradi: ma’lumotlarni demarkazlashtirish va “qonuniy” nuqtalarni katta taqsimlanganligi, foydalanuvchilar sonining Ko`pligi, shuningdek, tarmoqqa ulanishda sanktsiyalanmagan nuqtalar sonining Ko`pligi kabilardir. Boshqa tarafdan, kor`orativ biznes – ilovalar kor`oratsiyaning butunligicha samarali ishlashi uchun muhim qiymatga ega bo`lgan ma’lumotlar bilan ishlaydi. SHunday ma’lumotlarni himoyasi uchun har xil apparat vositalari qatorida korporativ tarmoqlarda himoya vositalarining operatsion tizimi tomonidan taqdim etilgan hamma spektrlari(saylangan yoki mandat ruxsat huquqlari, foydalanuvchilar autentifikatsiyasining murakkab protseduralari, dasturiy shifratsiya) ishlatiladi.


Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling