Tarmoq faoliyatida kichik biznes subyektlarining hatti-xarakati
Download 153.79 Kb.
|
Toshkent moliya instituti iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi iq
Tarmoq faoliyatida kichik biznes subyektlarining hatti-xarakati Reja: Kirish. Asosiy qism: 1.Tadbikorlik faoliyatining mohiyati va uning asosiy belgilari. 2.Tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiyotda tutgan o’rni va uning rivojlanishining asosiy belgilari. 3.Tadbirkorlik turlari va shakllari. 4.Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakatimiz iqtisodiyotidagi o’rni 5.O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo’nalishlari Xulosa. Kirish Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi qat`iy tadbirkor va xushyor bir kishi- ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir. Amir Temur O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini mustahkamlash, har tomonlama rivojlantirib borish, tadbirkorlikni mukammal egallash, uning sir-asrorlarini puxta o‘rganishni talab etmoqda. Xususan, bozor munosabatlariga o‘tishni tezlashtiruvchi eng asosiy yo‘llardan biri bu kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish hisoblanadi. Shuning uchun ham tadbirkorlikni rivojlantirishga, uni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko‘rsatish, uni rag‘batlantirishga bag‘ishlangan ko’plab qonun, farmon va qarorlar qabul qilingan. Bularning hammasi O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori hisoblangan barkamol avlodni yetishtirishni taqozo etadi. «Ma’naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta’lim va maorifni yuksaltirish, milliy uyg‘onish g‘oyasini ro‘yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo‘lib qoladi» - degan edi birinchi Prezidentimiz I.Karimov1. Erkin bozor munosabatlarining keng ravnaq topishi kishilar hayotida, ularning turmush tarzida, ma’naviy va hayotiy ko‘nikmalarida namoyon bo‘lmoqda. Hozirgi vaqtda respublikamiz fuqarolari rivojlangan Yevropa davlatlari, AQSH, Yaponiya kabi davlatlarning boy amaliy tajribasi xususida yetarli axborotga ega bo‘lib bormoqdalar. Respublikada iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning jarayonlarini tobora avj oldirish, shuningdek tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab quvatlashni ta’minlash maqsadida: O‘zbekiston Respublikasining Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish Qo‘mitasi bilan O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi xuzuridagi davlat mulki jamg‘armasi negizida O‘zbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat Qo‘mitasi tashkil etilgan. O‘zbekistonda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlanishi, raqobatchilikni rivojlanishiga, iste’mol bozorini tovarlar va xizmat ishlari bilan to‘ldirishga, yangi ish joylarini yaratish, katta miqdordagi mulk egalari va tadbirkorlarni shakllanishiga xizmat qiluvchi Respublikada o‘tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng muhim yo‘nalishlaridan biridir. Tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlanishi nafaqat iqtisodiyotni muttasil rivojlanishi, xo‘jalik aloqalarini tuzatish, raqobatni rivojlantirish va iste’mol bozorini to‘ldirish bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy maqsadlarni ta’minlashi zarur. Bulardan tashqari bunday davlat yordami iqtisodiy siyosiy vazifalarni hal etishi respublikaning barcha hududlarida siyosiy mo`tadillikni mustahkamlashi, tadbirkorlik faoliyatiga tegishli bo‘lgan ijobiy ijtimoiy munosabatlarni shakllantirishi, unga aholining aktiv qismini jalb etishi ishsizlikni, infilyatsiya va boshqa negativ salbiy ijtimoiy holatlarni oldini olishi lozim2. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh negizini asoslab beruvchi huquqiy hujjat hisoblanadi. Jumladan, uning 53-moddasi bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilib, O’zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil qilishini, davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi. Kichik biznes xususiy mulk asosida tashkil qilinib boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat muhofazasidadir. Mulkdor mulkidan faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin3. Download 153.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling