Tarmoq iqtisodiyoti fanidan joriy nazorat


Download 49.66 Kb.
bet1/4
Sana10.04.2023
Hajmi49.66 Kb.
#1348023
  1   2   3   4
Bog'liq
tarmoq iqtisodiyot 2


MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
JIZZAX FILIALI
SIRTQI TA’LIM BO’LIMI
IQTISODIYOT YO’NALISHI
TARMOQ IQTISODIYOTI FANIDAN
JORIY NAZORAT
Mavzu: “Oziq-ovqat muammosi va uni yaxshilash yo’nalishlari.”

Guruh: 923-20
Bajardi: Ro’ziqulov O’lmas
Qabul qildi: __________________


Jizzax_2023
MUNDAREJA:
1. Sanoat tarmoqlarining rivojlanishi tarixi…………………………...
2. Tarkibiy siyosat, uning mohiyati va ahamiyati…………………….
3. Sanoat tarmoq tuzilmasi va uni belgilovchi omillar…………………
Xulosa ........................................................................................................
Foydalanilgan adabiyotlar.......................................................................

KIRISH
Sanoat moddiy ishlab chiqarishning asosiy va yetakchi tarmog‘idir. Sanoatning vujudga kelishi va rivojlanishi ishchilar sonining oshishi va uning jamiyatdagi mavqei ko‘tarilishiga olib keladi. Mustaqillik davrida jamiyatni tarixiy jihatdan yangilashda ishchilarning avangardlik roli to‘g‘risida gap yuritilar ekan, faqat ishchilar sinfigina mehnatkashlar ommasining birlashuviga, jipslashuviga va istiqlolni himoya qilishga, mustahkamlashga va uni uzil-kesil ta’minlashga yordam bera oladi, deyish mumkin. Ana shu fikrni O‘zbekiston voqe’ligi kun sayin tasdiqlamoqda. O‘zbekiston ishchisi respublika yalpi ijtimoiy mahsulotining, milliy daromadning asosiy qismini bunyod etmoqda, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini yuqori darajaga ko‘tarishda faol ishtirok etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi ishchilari qiyofasida ham barcha rivojlangan mamlakatlar ishchilaridagidek, ongli industrial mehnat-kashning va insonlar munosabatining yuksak normalari va umuminsoniy tamoyillarini, qadriyatlarini qaror toptiruvchi, yangi hayot uchun ilg‘or kurashchi xislatlari bir butun bo‘lib mujassamlashgan. Mehnatni ijtimoiy tashkil etishning eng oliy turi – konsentratsiyaning yuqori darajasi bilan kichik biznes va tadbirkorlikni uyg‘unlashtirish asosida ijtimoiy ishlab chiqarishni uyushtirishning ilg‘or usullari - ixtisoslashtirish, kooperativlashtirish va kombinatlash-tirish ham sanoat sohasida hukmronlik qiladi va yaxshi samaralar beradi. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirishni ta’minlovchi buyuk harakatlantiruvchi kuch – bu raqobat, ya’ni bellashuv, raqiblar kurashi ham sanoat sohasida rivoj topadi. Ilg‘or texnika va texnologiyalardan foydalanish, materiallarning yangi turlarini yaratish, mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishdagi mahsulotlarning raqobatbardoshligini yuqori darajaga ko‘tarish, ishlab chiqarishning boshqa bir qator texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilash asosida uning samaradorligini ko‘tarish uchun harakat va boshqa mehnat an’analari ham avvalo, sanoat sohasida vujudga keldi va kelmoqda.


Download 49.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling