Ko‘p sathli kommutator (Multilayer Switch) – OSI modelining uchunchi
va to„rtinchi sathida ishlay oladigan yuqori unumdorlikka ega bo„lgan kommutator.
Ko„p sathli kommutatorning shartli belgisi 1.6-rasmda ko„rsatilgan.
1.6-rasm. Ko‘p sathli kommutatorning shartli belgisi.
Marshrutizator (Router) – lokal tarmoqlarni birlashtirish va global
tarmoqqa ulash imkonini beruvchi qurilma. Marshrutizatorning shartli belgisi 1.7-
rasmda ko„rsatilgan.
1.7-rasm. Marshrutizatorning shartli belgisi.
Ulanish nuqtasi (Access Point, AP) – mavjud simli lokal tarmoqqa simsiz
qurilmalarni ulash imkonini beruvchi qurilma. Ulanish nuqtasi shuningdek, bir
nechta kompyuterlarni kabelli tarmoqqa ulanmagan alohida tarmoqqa ulash
imkonini beradi. Ulanish nuqtasining shartli belgisi 1.8-rasmda ko„rsatilgan.
1.8 -rasm. Ulanish nuqtasining shartli belgisi.
Simsiz tarmoq ulanish nuqtasi marshrutizatorga to„g„ridan-to„g„ri o„rnatilgan
bo„lishi ham mumkin. Ulanish nuqtali marshrutizatorning shartli belgisi 1.9 -
rasmda ko„rsatilgan.
1.9 -rasm. Ulanish nuqtali marshrutizatorning shartli belgisi
Modem (Modem) – kompyuter tarmoqlarida modemlar raqamli shaklda
berilgan kompyuter ma‟lumotlarini analog telefon liniyalari bo„ylab uzatishda
sihlatiladi. Modemning shartli belgisi 1.10 -rasmda ko„rsatilgan. Cisco Packet
Tracerda modemning raqamli abonent liniyalari uchun (DSL-Modem) va kabelli
modem (Cable-modem) modellari mavjud.
1.10-rasm. Modemning shartli belgisi.
Frame relay texnologiyasi bo„yicha qurilgan tashqi tarmoqqa ulanishni
belgilash uchun 1.11-rasmda ko„rsatilgan bulut shaklidagi belgi ishlatiladi.
1.11-rasm. Frame relay texnologiyasi bo‘yicha qurilgan tashqi tarmoq
Do'stlaringiz bilan baham: |