Tarmoq xavsizligi
Tarmoq xavfsizligini taminlash muammolari va tarmoq hujumlarga qarshi samarali himoya yechimlari
Download 188.5 Kb.
|
mgahI2uu3sVNGGYzBS-oqdTuSihR7vu9 (1)
3. Tarmoq xavfsizligini taminlash muammolari va tarmoq hujumlarga qarshi samarali himoya yechimlari.
Aynan tarmoqdan foydalangan holda tezkor malumot almashish vaqtdan yutish imkonini beradi. Xususan, yurtimizda Elektron hukumat tizimi shakllantirilishi va uning zamirida davlat boshqaruv organlari hamda aholi ortasidagi ozaro aloqaning mustahkamlanishini tashkil etish tarmoqdan foydalangan holda amalga oshadi. Tarmoqdan samarali foydalanish demokratik axborotlashgan jamiyatni shakllantirishni taminlaydi. Bunday jamiyatda, axborot almashinuv tezligi yuksaladi, axborotlarni yigish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish boyicha tezkor natijaga ega bolinadi. Biroq tarmoqqa noqonuniy kirish, axborotlardan foydalanish va ozgartirish, yoqotish kabi muammolardan himoya qilish dolzarb masala bolib qoldi. Ish faoliyatini tarmoq bilan boglagan korxona, tashkilotlar hamda davlat idoralari malumot almashish uchun tarmoqqa boglanishidan oldin tarmoq xavfsizligiga jiddiy etibor qara-tishi kerak. Tarmoq xavfsizligi uzatilayotgan, saqlanayotgan va qayta ishlanayotgan axborotni ishonchli tizimli tarzda taminlash maqsadida turli vositalar va usullarni qollash, choralarni korish va tadbirlarni amalga oshirish orqali amalga oshiriladi. Tarmoq xavsizligini taminlash maqsadida qollanilgan vosita xavf-xatarni tezda aniqlashi va unga nisbatan qarshi chora korishi kerak. Tarmoq xavfsizligiga tahdidlarning kop turlari bor, biroq ular bir necha toifalarga bolinadi. axborotni uzatish jarayonida hujum qilish orqali, eshitish va ozgartirish (Eavesdropping); xizmat korsatishdan voz kechish; (Denial-of-service) portlarni tekshirish (Port scanning). Axborotni uzatish jarayonida, eshitish va ozgartirish hujumi bilan telefon aloqa liniyalari, internet orqali tezkor xabar almashish, videokonferensiya va faks jonatmalari orqali amalga oshiriladigan axborot almashinuvida foydalanuvchilarga sezdirmagan holatda axborotlarni tinglash, ozgartirish hamda tosib qoyish mumkin. Bir qancha tarmoqni tahlillovchi protokollar orqali bu hujumni amalga oshirish mumkin. Hujumni amalga oshiruvchi dasturiy taminotlar orqali CODEC (video yoki ovozli analog signalni raqamli signalga aylantirib berish va aksincha) standartidagi raqamli tovushni osonlik bilan yuqori sifatli, ammo katta hajmni egallaydigan ovozli fayllar (WAV)ga aylantirib beradi. Odatda bu hujumning amalga oshirilish jarayoni foydalanuvchiga umuman sezilmaydi. Tizim ortiqcha zoriqishlarsiz va shovqinsiz belgilangan amallarni bajaraveradi. Axborotning ogirlanishi haqida mutlaqo shubha tugilmaydi. Faqatgina oldindan ushbu tahdid haqida malumotga ega bolgan va yuborilayotgan axborotning oz qiymatini saqlab qolishini xohlovchilar maxsus tarmoq xafvsizlik choralarini qollash natijasida himoyalangan tarmoq orqali malumot almashish imkoniyatiga ega boladilar. Tarmoq orqali malumot almashish mobaynida yuborilayotgan axborotni eshitish va ozgartirishga qarshi bir necha samarali natija beruvchi texnologiyalar mavjud: Download 188.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling