Tarmoqlar iqtisodiyoti


Agrosanoat majmuasining tarkibi


Download 196.93 Kb.
bet2/2
Sana23.04.2023
Hajmi196.93 Kb.
#1389697
1   2
Bog'liq
Agrosanoat majmuasini shakllantirish zaruriyati

Agrosanoat majmuasining tarkibi.
Iqtisodchi olimlar tomonidan agrosanoat majmuasining tarkibi bo’yicha turli fikrlar keltirilgan. Agrosanoat majmuasining tashkiliyiqtisodiy masalalariga bag’ishlangan ilmiy tadqiqotlarda ayrim olimlar agrosanoat majmuasining tarkibi 3 ta, ayrimlari esa 4 ta va boshqalar 5 ta sohadan iborat ekanligini ta’kidlashgan. Ularning har biri agrosanoat majmuasi tarkibini ilmiy izlanishning maqsadi bo’yicha izohlagan. Agrosanoat majmuasining tarkibini ilmiy asarlarda belgilangan tasnifining birortasini inkor qilmagan holda uning tarkibini 4 ta sohaga bo’lib o’rganish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Bu sohalar quyidagilardir:
Respublika agrosanoat majmuasining 1-sohasiga agrosanoat majmuasi tarmoqlari uchun ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchi soha kiradi. Ular tarkiban qishloq xo’jalik mashinasozlik, traktorsozlik sanoati; kimyo sanoati; neft mahsulotlari sanoati, mikrobiologiya sanoati; stanoksozlik sanoati; qurilish materiallari sanoati va boshqalardan tashkil topadi.
Qshloq xo’jaligi tarmog’i uchun zarur bo’lgan qishloq xo’jalik texnikalari ishlab chiqarish to’g’risidagi ma’lumotlar 3.1-jadvalda keltirilgan.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, mamlakatimizda 2019-yilda traktorlar ishlab chiqarish hajmi 2016-yilga nisbatan 3,1 barobarga oshgan, lekin 2018-yilga nisbatan 57,5 foizni tashkil etgan. Mamlakatimizda mavjud fermer xo’jaliklari va agroklasterlar soni hamda ularning qishloq xo’jalik texnikalari bilan haqiqiy ta’minlanganlik darajasini inobatga olganda ishlab chiqarilayotgan traktorlar soni ancha kamdir. Shu sababli mahalliy tuproq va iqlim sharoitlarimizga mos, arzon, zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarni inobatga olga holda traktorlar ishlab chiqarishni yanada oshirish lozim. Shu bilan birga, fermer xo’jalikarining traktorlarni sotib olish imkoniyatlarini ham inobatga olish lozim. Tarmoqda bozor munosabatlarini yanada chuqurlashtirish orqali fermer xo’jaliklarining daromadlarini oshirish, shu orqali ularda qishloq xo’jalik texnikalari sotib olishlari uchun imkoniyatlar yaratish muhim ahamiyatga ega. Bu jarayonda davlatning qishloq xo’jaligida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini faol qo’llab-quvvatlashi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu orqali qishloq xo’jaligida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlashga erishish mumkin. Boronalar va o’rgichlar ishlab chiqarish hajmi esa keskin kamayganligini ko’rishimiz mumkin. Mineral o’g’itlar ishlab chiqarish hajmi to’g’risidagi ma’lumotlar.
Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni Agrosanoat majmuasi iqtisodiyotini o’rganish qishloq xo’jaligi, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hamda sotish muammolarini kompleks, tizimli yechish uslublarini, bozorda vujudga keladigan o’zgarishlarga tezda moslashish, iste’molchilarga tabaqali yondashish, raqobatbardosh yangi tovarlarni vujudga keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, agrosanoat majmuasiga kiruvchi tarmoqlarning faoliyatini oxirgi mahsulotga qaratishning samarali yo’llarini topish imkonini beradi.
Agrosanoat majmui (ACM) — xalq xoʻjaligida qishloq xoʻjaligi xom ashyosidan aholining oziq-ovqat va xalq isteʼmo-li tovarlariga boʻlgan ehtiyojlarini taʼminlashda oʻzaro hamkorlikda fa-oliyat koʻrsatadigan tarmoqlar, kor-xonalar, faoliyat turlari majmui. ASM murakkab va koʻp tarmoqlidir. Uning ishlab chiqarish tuzilmasida qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi muhim ahamiyatga ega. ASM 3 sohani oʻz ichiga oladi: 1) qishloq xoʻjaligi(aholining tomorqa xoʻjaligi ham kiradi) va oʻrmon xoʻjaligi; 2) qishloq xoʻjaligiga ishlab chiqarish vositalari yetkazib beradigan sanoat tarmoqlari — traktor va qishloq xoʻjaligi mashina-sozligi, meliorativ va suv xoʻjaligi ob’ektlari qurilishi tarmoqlari, asosiy fondlar taʼmiri boʻyicha korxo-nalar, mineral oʻgʻit va oʻsimliklarni himoya qilish vositalari, biologik faol preparatlar ishlab chiqarish, ozuqa va mikrobiol. sanoati, turli idishlar (tara) tayyor-lash va b; 3) qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta 166ishlash va isteʼmolchiga yetkazib berish bilan band boʻlgan tarmoqlar(tayyorlov, qayta ishlash, saqlash, tashish, sotish va boshqalar). Har bir tarmoq tarkibida ishlab chiqarish rivo-jining umumiy sharoitini taʼminlaydigan tarmoq infratuzilmalari muhim ahamiyatga ega (yoʻl-transport xoʻjaligi, moddiy-texnika taʼminoti, elektr, gaz, suv taʼminoti, aloqa, omborxona eleva-tor xoʻjaligi, ulgurji va taqsimot bazalari va boshqalar). Shuningdek, ixtisoslashgan oliy oʻquv yurtlari, mutaxassislar va rahbar xodimlar malakasini oshirish fakultetlari, ixtisoslashgan texnikum va ishlab chiqarish-texnika bilim yurtlari, tarmoq ilmiy tadqiqot instituti va laboratoriyalari, IIB, loyiha va institutlari hamda tashkilotlari, konstruktorlik byurolari, tajriba va davlat sinov stansiyalari tizimi ASMni shakllantiradigan tarmoqlar qatorida turadi. Oʻzbekiston ASMda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini birlamchi [un-yorma, yogʻ-moy(paxta moyidan tashqari), goʻsht, sut, meva-konserva, vinochilik sanoa-ti) va ikkilamchi (non, makaron, kondi-ter, paxta moyi, goʻsht, sut konservasi va mahsulotlari, oziq-ovqat konsentratlari) qayta ishlaydigan tarmoqlar va sohalardan iborat oziq-ovqat sanoati, texnika ekinlarini birlamchi (paxta, lub ekinlari, tamaki) va ikkilamchi (ip gazlama, toʻqimachilik sanoati, lub to-lalari, tamaki-maxorka mahsulotlari) qayta ishlaydigan tarmoq va sohalarni oʻz ichiga olgan yengil sanoat muhim ahamiyatga ega. ASM hududiy xususiyatlar va ish-lab chiqarayotgan eng muhim pirovard mahsulotiga qarab tizimlarga boʻlinadi. Hududiy xususiyatiga koʻra mamlakat va viloyat, tuman ASM mavjud. Ishlab chiqarayotgan pirovard mahsulot boʻyicha don, paxta, meva-sabzavot, chorvachilik va boshqa majmuaga boʻlinadi. Oʻzbekiston tarixan rivojlangan paxtachilik, suv xoʻjaligi, mashina-sozlik zavodlari, oʻgʻit va pestitsidlar ishlab chiqaradigan zavodlar, paxta to-zalash korxonalari, yogʻ-ekstraksiya zavodlari, toʻqimachilik sanoati, ixtisos-lashgan ilmiy muassasalarga ega. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotida ASM hissasiga yalpi mahsulotning 50% dan ortiqrogʻi, asosiy ishlab chiqarish fondlarining 40% dan ortigʻi, xalq xoʻjaligida band aholining 45% ga yaqini toʻgʻri keladi.


Foydalanilgan adabiyotlaar:

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

  2. International Journal of Agriculture Intelligence. www.inderscience.com

  3. Agruculture-Management. www.ama.com

  4. Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar. Ilmiy-elektron jurnal. www.iqtisodiyot.uz

Download 196.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling