Tarmoqli biznes


PREZENTASIYaGA TAKLIF QILINGANLAR SONI


Download 333 Kb.
bet13/26
Sana20.11.2023
Hajmi333 Kb.
#1788029
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26
Bog'liq
10 asos

PREZENTASIYaGA TAKLIF QILINGANLAR SONI:
Eng to’g’risi-bir kishi uchun prezentasiya o’tkazish. Chunki prezentator butun diqqatini bir kishiga qaratadi va uning hamma savollariga to’liq javob berish uchun vaqt topadi.
Bir kishidan ko’p qatnashchisi bo’lgan prezentasiyaning manfiy taraflari:
a) Manfiy fikrlashga moyil (otrisatelnыy) bir kishi qolgan qatnashchilarning ham fikrini buzadi va ularning biznesga kirish ehtimoli kamayadi.
v) Prezentatorning diqqati va kuchi bir necha kishiga sarflanadi va uning gaplarining ta’siri kamayadi.
s) Agar prezentasiya biror bir sabab bilan o’tkazilmasa, birdaniga bir necha kishini yo’qotishingiz mumkin.
d) Qatnashuvchilar o’zaro raqobatlashib kelgusi prezentasiyalarda yana ko’proq yaqinlarini olib kelishlari mumkin. Insonlarning ko’pligining prezentasiyaga manfiy ta’siri bor.
e) Ko’p kishilik suhbatlarga qo’shilganlar “DOIMIY XARIDORLAR TIZIMI (SAP)-da ishlash uchun notiq (orator) bo’lishim kerak”- deb o’ylashi mumkin. Bu fikr unda shubha va qo’rquv uyg’otadi. Agar bu kishining bir o’ziga prezentasiya o’tkazilsa, quyidagicha fikrlaydi:
-Men ham bu prezentatordek vaqti kelib katalog yordamida bir kishiga prezentasiya o’tkaza olaman.


Muvaffaqiyatli prezentasiya uchun qaysi shartlar kerak?

  1. Hamma qatnashchilar uyali (mobilnыy) telefonlar o’chirib qo’yilishi kerak.

  2. Prezentasiya vaqtida yeyish, ichish va chekish mumkin emas.Faqatgina suv yetarli.

  3. Prezentasiya vaqtida esnamang, uxlab qolmang, boshqa ishlarga chalg’imang. Faqatgina ishning “ko’zini” bilishga harakat qiling. Har tarafga boqmasdan diqqat bilan eshiting.

  4. Prezentatorni diqqat bilan eshiting. Siz taklif qilgan do’stingiz bu jiddiyatingizni ko’rib yaxshi tinglaydi, charchamaydi va fikri bo’linmaydi. Aks holda unga shunday deng: “Bu qism juda muhim, ahamiyat bering.” Sizning ishga bo’lgan hurmatingiz do’stingizda ham ishga ishtiyoq va jiddiyat uyg’otadi.

  5. Nima bo’lganda ham taklif qilinganga yo’naltirilgan savollarga siz javob bermang. Hamma savollarga o’zi mustaqil javob berishi shart.

  6. Hyech qachon prezentatorning gapini bo’lmang. Agar lideringiz biror narsani unutib qo’yganini sezsangiz yozib oling. Prezentasiyadan keyin lider bilan bu masalani hal qiling.


Download 333 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling