Tarmoqli biznes
Yo MUVAFFAQIYaTLI BO’LASIZ, Yo ORTDA QOLIB O’YINDAN ChIQASIZ !
Download 333 Kb.
|
10 asos
Yo MUVAFFAQIYaTLI BO’LASIZ, Yo ORTDA QOLIB O’YINDAN ChIQASIZ !
Demak, o’z muvaffaqiyatingiz uchun sizda otashin ishtiyoq bo’lishi shart. UChINChI SIR: Muvaffaqiyatingiz oxirgi omadsizligingizdan bir qadam oldinda turadi. Bu biznesda ko’plar sizga manfiy javob qaytarishadi. Baland ovozda “YO’Q” deyishadi. Bunday javobdan aslo cho’chimang. “Yo’q” so’zi sizni professionallashtiradi. Diqqatingizga shu ibratli hikoyani taqdim etaman, hamma vaqt yodingizda bo’lsin: Bir tegirmonchi bor edi. Tegirmon atrofida mahalliy dehqon oilalari yashardi. Kunlardan bir kun tegirmonga kichkina dehqon qizi kirib keldi va tegirmon ostonasiga o’tirib oldi. Ishdan boshini ko’targan tegirmonchi jahl bilan qizchadan so’radi: -Senga nima kerak? Qizcha shunday javob qaytardi: -Onamdan sizning 1$ (bir dollar) qarzingiz bor ekan. Shuni qaytarishingizni so’radilar. Yana ham jahli chiqqan tegirmonchi qizchaga baqirdi: -Hozir pulim yo’q, uyingga bor. Qizcha muloyimgina shunday dedi: -Mayli. Lekin qizcha joyidan siljimadi. Ishga sho’ng’igan tegirmonchi qizchaning joyidan siljimaganini payqamadi. Qizcha avvalgi joyida o’tirar edi. Bir muncha vaqtdan keyin tegirmonchi hali ham joyida turgan qizchani ko’rib tutoqib ketdi va qizchaga baqirdi: - Senga “uyingga bor!” demadimmi? Yo’qol bu yerdan! Bo’lmasa uraman! Qizcha past ovoz bilan javob qaytardi: -Mayli. Shunday dediyu eshik oldida o’tiraverdi. Buni ko’rgan tegirmonchining undan ham battar jahli chiqdi. Ishini tashlab qo’liga tayoq oldi va qizchaga po’pisa qildi, lekin qizcha bundan hyech ham cho’chimadi. Qizcha o’rnidan turib tegirmonchi tomonga bir qadam qo’ydi va baland ovozda shunday dedi: -Menga onamning bir dollarini bering! Tegirmonchining og’zi ochilib joyida to’xtab qoldi. Bir muddat o’yga cho’mdi.O’ziga kelib, tayog’ini joyiga qo’ydi va cho’ntagidan 1$ni chiqarib qizchaga uzatdi. Bu hikoya haqida nima deb o’ylaysiz? Qizcha tegirmonchini jahlidan tushirish va undan 1$ni olish uchun qaysi kuchni ishlatdi? Menimcha bu kuch- “quvvatli kuzatuv (ta’qib etish)” edi. Maqsadning payiga tushish kuchi edi! Siz ham agar hayotda muvaffaqiyatli bo’lay desangiz xohishingizning ortidan quvishingiz kerak. Download 333 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling