Tarmoqli biznes


NUQTAI NAZAR IShONCh (TA’SIR) DOIRANGIZ


Download 333 Kb.
bet4/26
Sana20.11.2023
Hajmi333 Kb.
#1788029
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
10 asos

NUQTAI NAZAR IShONCh (TA’SIR) DOIRANGIZ
BILAN HAMKORLIK QILIShNI O’RGANING!

Siz 100 kishiga birdaniga ta’sir qila olmaysiz, ularning hammasini bir ishga ishontira olmaysiz va hammasini o’z jamoangizga jalb qila olmaysiz.Lekin ishonaman-ki,albatta 3, 4 yoki 5 kishi sizga to’liq ishonadi va siz ham ularga ishonasiz. Hayotingizda siz sevadigan, chin dildan baxt va omad tilaydigan ikkitadan beshtagacha tanishga egasiz. Bu odamlar sizning “ishonch va ta’sir doirangiz” deb ataladi.


Men ilk bor bu biznesga kirganimda o’zimning chap tomonimga eng yaqin do’stimni, o’ng tomonimga esa ukamni jalb qildim. Faqat shu ikki kishini taklif qildim. Ular mening taklifimga shunday javob qaytardidar:
Agar siz bu ishning yaxshi biznes ekanligiga ishonsangiz,biz ham bu haqiqatni qabul qilamiz!”.
Bu holatni quyidagi misolga o’xshatsa bo’ladi: Siz kinoteatrda ajoyib bir film tomosha qildingiz. Bu film sizda katta taassurot qoldirdi. Qizikarli va foydali bu filmni eng yaqin do’stlaringizga, oila a’zolaringizga va samimiy kishilaringizga so’zlab berasiz. Bu filmni albatta ko’rishlari kerakligini ta’kidlaysiz. Ular sizga ishonadi va shu filmni ko’rishga intilishadi. Agar film yomon bo’lganida edi, siz uni yaqin kishilaringizga tavsiya qilmagan bo’lar edingiz. Bizning biznesda ham xuddi shunday: ajoyib biznesga avvalo eng qadrdon “ishonch doirangizni” taklif qiling!
2 – NUQTAI NAZAR: O’ZINGIZNI UNUTING!

Doimiy Xaridorlar Tizimi (SAP) biznesida millioner bo’lishni istasangiz, o’zingizni unuting!Har doim chap va o’ng tomoningizga jalb qilgan yaqinlaringizning foydasini o’ylang. Ularning ishni qanchalik mukammal o’zlashtirayotgani haqida o’ylang. O’rganib, ularga ham o’rgating. Siz bu ishda qanchalik qat’iy, samimiy va jiddiy bo’lsangiz, ular ham sizdan ibrat olib sizning yo’lingizdan borishadi. Sizni kopiya qilishadi. Ularga ham o’zlarining chap va o’ng tomonlariga biznes sirlarini o’rgatishlariga bosh-qosh bo’ling, yordam bering. Jamoangiz a’zolarining foydasini ko’zlang. Ular qancha ko’p foyda ko’rsalar, shuncha ko’p qiziqishlari ortadi va yanayam ishonch va g’ayratlari ortadi. Mana shu nuqtai nazarni o’z jamoangizda yaxshi yo’lga qo’ysangiz, yaqin kelajakda siz ham, jamoangiz ham orzu qilgan daromadlaringizga yetasiz.


Faraz qilaylik: ikki tomoningizni qurish uchun 1oy vaqtin gizketsin. Ularga ishni o’rgatish va ularda ham tomonlar paydo qildirish uchun yana 1 oy o’tsin.
Ikkinchi oyga kelib sizning jamoangizda 4ta odam bo’ladi va ularni tarbiya qilishda siz yakka emassiz. Sizning 2 tomoningizdagi do’stlaringiz va sizni biznesga taklif qilgan lideringiz sizga yordam berishadi. Ya’ni o’zingiz bilan birga 3 kishi to’rtta yangi hamkoringizga o’z tomonlarini tashkil qilishga yordam berasizlar.
Uchinchi oy jamoangizga 8 kishi qo’shiladi. To’rtinchi oyda 8 kishiga yordam berasizlar, shunday qilib 16 kishi bu biznes imkoniyatidan foydalanish uchun sizning jamoangizga qo’shiladi.
Agar shu tartibda yordam bersangiz, 10-oyga borib chap tomoningizda 1024kishi va o’ng tomoningizda ham shuncha kishiga ega bo’lasiz! Bu ikki mingdan ortik hamkor degani!
Bir yildan keyin aynan shu oyga kelib 5000 kishiga ega bo’lishni xoxlaysizmi? Buni albatta hamma istaydi. Maqsadingizga yetishni istasangiz, ishonch doirangizni kengaytiring. Chin dildan yurakdan ishlang va ularga ham ishonch doiralarini kengaytirishga yordam bering. Faqat shundagina biznesingiz muttasil rivojlanishi mumkin.
Agar chap va o’ng tomoningizda beshtadan millionerga ega bo’lsangiz va ular sizning yordamingizda baxtli bo’lsa, ishoning, siz ham baxtli bo’lasiz, hatto ulardan ikki baravar ko’proq pul topasiz. Ko’ryapsizmi, o’zingizni puldor bo’lishingizni emas, ikki tarafingizda lider rivojlantirishni o’ylab ish tutsangizgina, bu muvaffaqiyatlarga yetasiz.

Download 333 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling