Tarmoqli biznes


Download 333 Kb.
bet11/26
Sana20.11.2023
Hajmi333 Kb.
#1788029
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
Bog'liq
10 asos

Masalan:- “Kichkina bonus”, yoki “Katta bonus” nimaligini bilasanmi? Kompaniyaning boshqa daromadlari haqida eshitganmisan? Bu biznesdagi qanday bonuslar va toifalari borligini bilasanmi?”.
Cizning ko’p va to’liq ma’lumotga ega ekanligingizni ko’rgan mag’rur do’stingiz keraksiz g’ururini chetga surib qo’yadi. Shu gaplar bilan davom eting: “Bu biznes haqida ko’p narsa bilmasligingni ko’rding. Shuning uchun 2soat ajratsang to’g’ri va to’liq ma’lumot olasan. Bu senga zarar emas, foyda keltiradi. Ishonamanki, agar bu biznesni to’g’ri tushunsang, men bilan birga biznes bilan shug’ullanasan.”
8. Bu biznes bilan shug’ullanish uchun vaqtlari va xohishlari bo’lmaganlarni hozircha taklif qilmang, chunki prezentasiya vaqtida ishni tushunganlari bilan ishni o’rganishga va mashq qilishga vaqt ajrata olmaydilar va ishlari rivojlanmaydi. Shoshilmang, vaqtlari paydo bo’lgunga qadar kuting. Tasavvur qiling, 2-3 oy kutgandan keyin u kishi vaqt ajratib ishlashga tayyor bo’lganida (2-3 oy yo’qotgan bo’lsangiz ham) bir necha ming dollar potensialiga ega bo’lgan yangi tarmoqni boshlash imkoniyatini qo’lga kiritishingiz mumkin. Yodingizda bo’lsin:
BU BIZNES BOYLIKKA OLIB BORUVChI TEZ YO’L EMAS,
LEKIN IShONChLI (ANIQ) YO’L.
9. Do’stlaringizdan bu biznesga kirishni o’tinib so’ramang, iltimos qilmang va ulardan kechirim so’ramang, chunki siz ularga boyish imkoniyati beryapsiz. Shuning uchun uyalmasdan va ishonch bilan taklif qiling. Ular uchun foydali ish qilayotganingizni ko’rsating.
10. Ro’yxatingizda ismi yozilgan bo’lsada, siz yaxshi bilmagan va yaqin munosabatda bo’lmagan kishilaringizni taklif qilmang. Ular bilan yaxshi munosabatda bo’lish uchun avval suhbat quring. Suhbat paytida ishga taklif qilmang, ular haqida ko’proq ma’lumot to’plang. Faqat shundan keyin, munosib vaqt topib ishga taklif qiling. (ICE BREAK) ya’ni (Muz eritish).
11. Hyech qachon lideringizning maslahatini olmasdan odamlarni taklif qilmang va ularni biznes bilan tanishtirmang. Taklif qilinayotganlar ro’yxatingizdagi tartibga ko’ra chaqirilishi kerak.
12. Yodingizda bo’lsin, ish bilan tanishish uchrashuvi (prezentasiya) uchun vaqt va joy belgilab olishingiz kerak. Shuning uchun taklif qilishdan oldin reja va faoliyatlaringizni lideringiz bilan kelishib oling. Qilinadigan faoliyatlarning rejasi bir kun oldin tayyorlanishi kerak.
- - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - -



Download 333 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling