Tarmoqli biznes


MEN HAR KUN O’QIR, O’RGANAR VA YaNADA KO’PROQ BILISh UChUN LIDERLARIM BILAN MASLAHATLAShAR EDIM. HAR BIR MAJLISGA QATNAShAShNI BURCh DEB BILARDIM


Download 333 Kb.
bet22/26
Sana20.11.2023
Hajmi333 Kb.
#1788029
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
10 asos

MEN HAR KUN O’QIR, O’RGANAR VA YaNADA KO’PROQ BILISh UChUN LIDERLARIM BILAN MASLAHATLAShAR EDIM. HAR BIR MAJLISGA QATNAShAShNI BURCh DEB BILARDIM.
Men kishilarga qancha ko’p daromad qilsalar, hayotlari shunchalik yaxshi tomonga o’zgarishini va dunyoqarashlari o’sib borishini tushuntirar edim.Bir qancha insonlarning hayotini yaxshi tomonga o’zgartirishga va ularni ham boshqalarga xuddi shunday ta’sir qilishlariga sabab bo’la olishimga qasamyod qildim.
8. Har xil insonlarning bu biznesda ishlashlari uchun har xil sabablar va maqsadlar yetaklashini yaxshi bilaman. Kimningdir katta boylikka ega bo’lgisi keladi. Kimningdir maqsadi-dunyo bo’ylab sayohat qilish. Kimdir xayolidagi uyni umid qilib biznesni boshlaydi. Kimningdir birinchi maqsadi-chet el avtomobili.Men har bir kishining orzu va fikrlariga alohida ahamiyat beraman va har birini hurmat qilaman.
9.Agar insonlar menga bu biznesda inqirozga uchragan kishilarni ko’rsatib shikoyat qilishsa, ularga shunday deyman:
-Ularning bu biznesni to’g’ri tushuna olmaganliklariga, qoidalarga rioya qilmay ishlaganlariga ishonaman. Darslarning hammasini o’zlashtirmaganlar. Ularni biznesga taklif qilgan liderlari yetarlicha mukammal yo’lboshchi bo’lmaganlar. Ukishilar dangasa yoki ahil bo’lmagan tarqoq guruhga tushib qolganlar. Biznes uchun yetarli vaqt ajratmaganlar. Ishga jiddiy yondoshmaganlar.
Agar ba’zi insonlar biznesimizda muvaffaqiyat qozonmasa, bu biznesimizning yomonligidan dalolat bermaydi.
Bu so’zlardan keyin ularga muvaffaqiyatli insonlarni ko’rsataman. Biznesga kirganlaridan boshlab to’g’ri va tinimsiz ishlaganlar bir yil ichida hayotlarini barcha nuqtai nazardan tiklab, har haftalik katta daromadlarga yetib olganlar.
10.Men hyech vaqt menga e’tiroz bildirib, rad javobi berganlardan uzoqlashmaganman. Ularning gaplariga rozi ham bo’lmaganman. Boshqalar bilan kuchli ravishda ishlashni davom ettirganman va bu insonlar bilan muvaffaqiyatga erishganimda taklifimni rad etganlarga buni ko’rsatganman. Ularni mening hayotimdagi o’zgarishlardan xabardor qilganman. Mening omadim chopganini ko’rganlar bu biznesga ishonib, men bilan ishlashni boshlashardi.

- - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - -





Download 333 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling