Tarozibon ne desa shu,ishonibmiz-da!
Download 17.05 Kb.
|
Oraliq nazorat uchun
Adabiyot-ruh va shaxs tarbiyasining kuchli manbai.Badiiy obrazlarning ochilishi orqali adabiyot bizga yaxshilik va yomonlik,haqiqat va yolg’on tushunchalarini beradi.Hech qanay mulohaza,eng ravon,hech qanay mulohaza,ishontiruvchi,odamning ongiga haqiqatdan chizilgan tasvir kabi ta’sir o’tkaza olmaydi.Va bu adabiyotning kuchi va ahamiyati.Xuddi shu fikrlarning yana bir isbbotini shoir va yozuvchi Abdulla Oripovning ,,Jannatga yo’l’’asarida asarni o’qish va mulohaza qilish orqali kuzatishimiz mumkin.Jannatgas yo’l-dramatik doston.1980-yil Toshkent shahrida O’zbekiston Kommunistik partiyasi markaziy komitetining nashryotida chop etilgan.Asar nazm va dramaturiga janrlari xususiyatlarini uzida jamlagan.Doston fantastic va afsonaviy-mifologik mavzu asosida yaratigan.Asardagi voqealar ,,narigi dunyoda’’sodir bo’ladi.Aslida esa mifologiya yordamida realistic hodisalar yoritilgan,ya’ni adib afsonaviy naql vositalari orqali real dunyo mummolarini talqin qiladi. Abdulla Oripov ushbu asarida ezgulikni imkon boride yoki imkon boricha ro’yobga chiqariladigan istak emas ,balki amalga oshirilishi zarur ehtiyoj o’laroq tasvirlangan.,,Jannatga yo’l’’ asarini odiiy o’qirman sifatida ‘’Qiyomatdan bir parcha maktub ‘’deya ham nomlagim keldi,Asarning kirish qismi ham ulug’ qiyomat kuni maxshar tongi bilan boshlanadi va asarda shoir hajviy ma’noni nihoyasiga yetkazish uchun yo’l izlaydi.U ikki paysa savob axtarib qahramomnning arosat sahrosidagi sarguzashtlarini tasvirlaydi.Tasvirlashda shoir rivoyat usulini tanlaydi,lekin mohiyat o’zgarmaydi;maqsad insonning yomon nafsidan hosil bo’ladigan gunohlarning oqibatini ko’rsatish va ezgulikni,ishqni,insoniylikni ulug’lash Tarozibon ne desa shu,ishonibmiz-da! Qaysi kuni yig’lab ketd,i bir mo’ysafid chol, Yetti bora haj safari bo’lmabdi qabul U dunyoda berib qay hol Otasini sansiragan ekan bir bol ul. Shu misralar orqali ham insoniylikning qadr-qimmati qanchalik ulug’ va har narsadan ustun ekanligini guvohi bo’lamiz.Rostdan ham ko’pchilik anglab yetmaydi,bu dunyo bizga faqat sinov uchun berilishi,sinovlarni sabr va iymon,ezgu ishlar orqaligina yengishimiz mumkinligi.Bundan tashqari,ota naqadar ulug zot ekanligini,otaga qilgan hurmatsizligimiz,keyinchalik qanachalik savob qilmaylik kechirmasligini shoir bizga qayta yana bir bor eslatib o’tadi Agar e’tibor beradigan bo’lsak,asarda hech bir obrazga alohida ism berilmagan,chunki shoir bu asardsa faqatgina ba’zi bir qahramonlar hayotini tasvirlamagan,shoir bu yerda noreal statuslardan foydalangan,bir nechta jannatiy insonlar misolida butun bir jannatiy insonlar qanday xulq –atvor va insoniylik fazilatlariga ega bo’lishi,do’zaxiy insonlarda qanday xarakter xususiyatlar aks etishini va biz bu xislatlardan uzimizni yiroq tutishimiz kerakligini ham uqtiradi. Asarda ota va o’g’ilning kasbi bir-biriga mos tarzda tanlangani ham asar qiymatini oshirishga yordam beradi,ya’ni otaning insonlar tanasidagi nuqsonlar va kasalliklarga javobgarligi,o’g’ilning esa insonlar ruhiyatiga javobgarligi,buni quyidagi misra orqali qisqacha izohlashimiz mumkin; Siz qanchalar qanchalar qayg’urgansiz ular o’lganda, Sog’ayganda bo’lardingiz xursand beqiyos, Vazifamga ko’ra men ham tabibroq edim Insonlarning ruhlariga edim javobgar. Yigit kasbiga ko’ra shoir bo’ladi,Alloh unga yorug’ nur,zabon,ulug’ yurak,ilohiy dil beradi,ammo u atrofdagi go’zaliklarni kuylash bilan,qabih ishlar qilib,gunohga g’arq bo’layotgan atrofidagi insonlarga,to’g’rirog’I jamiyatga be’tibor bo’ladi,aslida shoir ezgu she’rlari orqali insonlarni yaxshilikga chorlashi kerak edi,lekin shoir yigit buni kech angalaydi, anglaganda esa qiyomat kuni kelgan bo’ladi,shu tufayli ikki paysa savob uchun arosatda yuradi.Abdulla Oripov asardagi bu misralarn nafaqati zamondosh shoirlariga ,balki kelajak avlod shoirlariga ham o’rnak bo’lib yozgan deb o’ylayman. Xidirova Dildora 402-guruh talabasi Download 17.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling