Tarrbiyaviy ishlarning ilmiy nazariy tavsifi va funksiyalari


Ta’lim tarbiya jarayonini texnologiyalashtirishda o’qituvchi innovatsion faoliyatning dolzarbligi


Download 236.5 Kb.
bet3/10
Sana16.06.2023
Hajmi236.5 Kb.
#1498705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
TARRBIYAVIY ISHLARNING ILMIY NAZARIY TAVSIFI VA FUNKSIYALARI2

1. Ta’lim tarbiya jarayonini texnologiyalashtirishda o’qituvchi innovatsion faoliyatning dolzarbligi.
Tarbiya tushunchasi o’sib kelayotgan avlodda hosil qilingan bilimlar asosida aqliy kamolot dunyoqarashni, insoniy e’tiqod, burch va ma‘suliyatni, jamiyatimiz kishilariga xos bo’lgan axloqiy fazilatlarni yaratishdagi maqsadni ifodalaydi. Shu ma‘noda tarbiya deb tarbiyachi o’zi hoxlagan sifatlarni tarbiyalanuvchilar ongiga singdirish uchun ularning ruiyatiga ma‘lum maqsadga ko’ra tizimli ta‘sir ko’rsatishga aytiladi. Hozirgi zamon pedagogikasida tarbiya tarbiyachining tarbiyalanuvchi shaxsiga oddiy ta‘sir ko’rsatishi emas, balki tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning aniq bir maqsadga qaratilgan, bir-biri bilan hamkorlikda qiladigan munosabatlari va o’zaro ta‘sir ko’rsatishi ekanligi alohida ta‘kidlanadi. Tarbiya jarayonida kishining turli qobiliyatlari rivojlanadi, goyaviy, axloqiy, estetik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch-quvvatlari mustahkamlanadi.
Bola kattalarning tajribalarini sust holda emas, balki faol ravishda o’zlashtiradi: bu o’zlashtirishda uning ongli harakati, tirishqoqligi katta ahamiyatga ega bo’ladi.Tarbiyalanuvchilar muayyan darajada faol faoliyat ko’rsatmasalar tajriba va bilimni o’zlashtira olmaydilar.Bolaning yoshi ulg’aygani sari bu faollik tobora ko’proq mustaqil xususiyatlarga ega bo’lib boradi; tarbiyalanuvchilar o’zlarida dunyoqarashni tarkib toptirishga, o’z-o’zini takomillashtirish, tabiat, jamiyat va turmushda uchraydigan hodisalarni tushunishga hamda idrok etilgan narsalarga tanqidiy munosabatda bo’lishga ko’nika boradilar.
Pedagogika shaxsning kamolga etishini murakkab ziddiyatli jarayon deb biladi.Shaxsning kamolga etishida nasl – irsiyat, ijtimoiy muhit ham maqsadga muvofiq amalga oshiriladigan ta‘lim – tarbiya va nihoyat o’zining mustaqil faoliyati ham muhim ahamiyatga ega R.Maxmudov Koshifiyning ahloqiy g’oyalariga insonni kamolga etkazish maqsadida uni tarkib toptirish uchun zarur bo’lgan xislatlarni unga bo’lib turkumlashtiradi.

Needs or create reasons for this activity. People looking for means and resources to meet their own needs. There are options to meet the needs of people happy. If moral education, and social development. Moral education and faulty human social breakdown and social benefit (theft, extremism, lies, fraud, etc.) face. Moral education to meet the needs of people looking for ways to communicate with people and to improve the quality of social.

Ehtiyojlar u yoki bu faoliyatning sabablarini vujudga keltiradi. O'zining ehtiyojlarini qondirish uchun kishi vosita va manbalar qidiradi.Ehtiyojni qondirish imkoniyatlari mavjud bo’lganda, kishi o’zini baxtiyor xis etadi. Aks holda ozini baxtsiz deb bilib,unda harakat kuch paydo bo’ladi. Agar odamning axloqiy tarbiyasi to’g’ri bo’lsa u ijtimoiy rivojlanadi. Axloqiy tarbiyasi nosoz odamning ijtimoi sifatlari nuray boshlaydi va ijtimoiy illat (o’g’rilik, nashavandlik, yolg’on so’z, firibgarlik)larga duchor bo’ladi.Bunday o’zaro ta’sirlardan paydo bo’lgan kuchdan samarali foydalanish uchun yonaltirilgan tarbiyaviy ta’sirning muvaffaqiyatli bo’lishi etakchi o’rinni egalaydi. 3

1.Komil inson yetuk ahloqlilik haqidagi fikrlarni an‘anaga ko’ra buyuk donishmandlar, sarkardalar, shohlar tilidan bayon etadi va ularni adolatli,dono,oqil va kamtar inson sifatida ta‘riflab, o’zining komil inson haqidagi konsepsiyasini ilgari suradi.


2.Koshifiy faqat podsholarnigina emas, har bir oddiy insonda ham eng oliyjanob xislatlar tarkib topishini istaydi.
3.U o’zining ijtimoiy ahloqiy idealini yuzaga chiqarishda asosiy vosita deb ilm ma‘rifat va ahloqiy tarbiyani tushunadi.
4.Koshifiy odobli insonni ahloqli deb tushunadi.Inson faqat odobli, sahovatli, to’g’ri, halol, pok bo’lgandagina haqiqiy inson bo’lishi mumkin.Insonparvarlik va halollikni eng yuksak insoniy fazilatlardan deb biladi.
Eramizdan oldingi oltinchi asrdan milodiy beshinchi asrgacha o`tgan davrda Yunonistondagi quldorlik davlatlari va Rim imperiyasida bir qadar demokratik tartiblar, respublika boshqaruvi o`rnatilgan. Bu yorda o`ziga xos ta‘lim – tarbiya tizimlari va pedagogik ta‘limotlar yaratilgan. Yunonistonlik olimlar – Demokrit (460-370), Suqrot (469-339), Aflotun (427-347), Arastu (383-322); Shuningdek, mashhur Rim pedagogi Kvintilian (42-118)lar o`z asarlarida ta‘lim – tarbiya, o`qituvchi axloqiga doir pedagogik nazariyalar yaratganlar.

Download 236.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling