Tarrbiyaviy ishlarning ilmiy nazariy tavsifi va funksiyalari
Didaktik markazlashgan texnologiya
Download 236.5 Kb.
|
TARRBIYAVIY ISHLARNING ILMIY NAZARIY TAVSIFI VA FUNKSIYALARI2
- Bu sahifa navigatsiya:
- . Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar
2. Didaktik markazlashgan texnologiya. Bu texnologiya markazida ta’lim jarayoni turadi va ta’lim jarayoni tarbiyadan ustun qo‘yiladi. Aynan didaktik vosita yordamida shaxsni shakllantirish maqsad qilib qo‘yiladi. Bunda o‘qituvchi yetaklovchi sifatida maydonga chiqadi. Ikki tomon ham (o‘qituvchi va talaba) bir xil pozitsiyani egallaydi. Asosiy maqsad ta’lim olish va tomonlar hamkorlikda ish olib boradilar.
3. Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar. Ta’lim tizimining markazida talaba shaxsi turadi. Talabaning rivojlanishiga sog‘lom psixologik muhitni tashkil qilish, nizo va inqirozlardan asrash, tabiiy imkoniyatlarini rivojlantirish, qobiliyatini o‘stirishga qaratilgan. Bu yo‘nalishni to‘rt guruhga bo‘lish mumkin: a) Insoniy texnologiyalar (Gumanno-lichnostyu texnologii). Bu texnologiya o‘zining insoniyligi bilan, psixoterapevtik yo‘nalishi bilan ajralib turadi. Ushbu texnologiyaning mazmuni talaba shaxsini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va talabani ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishdir. Talabaga nisbatan hurmat va mehr bilan qarash va majburiylikdan voz kechishdan iboratdir. b) Hamkorlik texnologiyasi. Bu texnologiya demokratiya, hamkorlik, tenglik kabi g‘oyalar asosida qurilgan. O‘qituvchi v talaba orasidagi munosabatlar sub’ekt - sub’ekt sifatida qaraladi. Birgalikda ta’lim jarayoni tashkil etiladi va birgalikda ijod etiladi. v) Erkin tarbiya texnologiyasi. Talabaga tanlash, mustaqillik erkinligi beriladi. Talaba o‘zi tanlagan vosita va mazmunni to‘liq qabul qiladi, hamda bu faoliyatni xoxish bilan bajaradi. Ichki extiyoj bilan uyg‘unlik hosil bo‘ladi. g) Ezoterik texnologiya. Ezoterik bilimlar (ongdan tashqari) qonuniyatlarni o‘rganish orqali haqiqatga yaqinlashish nazarda tutiladi. Geshtalt texnologiya – (M. Vetmeymer, G. Myuller, V.Keler) talabaning qabul qilishiga, idrok qilish refleksini o‘rganishga asoslangan, yangi mavzuni o‘zlashtirish yorqin fragmentlardan va yakuniy fikrlardan tashkil topish nazarda tutiladi. 3.Rivojlantiruvchi texnologiya. V.V. Davidov, D. B. Elkonin g‘oyasi. Asosiy mazmuni - nazariyaning amaliyotdan ustunligi va mazmuniy umumlashtirishlardan foydalanish, mantiqiy bog‘liqliklar va guruhlash sistemalashtirishdir. Umumiydan yakkaga qarab harakatlanish. Soddadan murakkabga qarab izchil rivojlanish o‘zaro bog‘liqliklarga amal qilish talab etiladi. 4. Suggestiv texnologiya. Emotsional, yorqin taasurot, ishontirish, qiziqtirishga yunaltirilgan. Talaffuz, mimika, gipnoz, avtoritetdan foydalanish kabilarga asoslanadi. His–tuyg‘ularni uyg‘otishga qaratilgan. O‘zlashtirish jarayonida insonning nafaqat ongi, balki his-tuyg‘ulari ham ishtirok etishini va o‘zlashtirish jarayonida hissiyotlarni uyg‘otish bilimlarning faqat ong bilan emas, balki qalb bilan ham anglab yetishiga yordam berishini ta’kidlaydilar. Talabalar kontingentiga ko‘ra quyidagi texnologiyalarni ajratish mumkin: -yalpi, an’anaviy texnologiyasi (o‘rta talabaga moslashgan); -chuqurlashtirilgan texnologiya (ba’zi predmetlarni chuqurlashtirilgan dastur asosida o‘qituvchi litsey, gimnaziya, kollej); -kompensatsiyali o‘qitish texnologiyalari (pedagogik korreksiya, ya’ni kamchiliklarni yo‘qotishga qaratilgan texnologiyalar); -viktimologik texnologiyalar (surdo, orto, tiflo, oligofrenika); -tarbiyasi og‘ir bolalar, yoki iqtidorli bolalar bilan ishlash texnologiyalari. An’anaviy ta’lim va tarbiya tizimini modernizatsiyalash asosan quyidagi yo‘nalishlarda olib borilmoqda: 1.Pedagogik munosabatlarni gumanlashtirish va demokratlashtirish. 2.Talabalar faoliyatini aktivlashtirish, intensifikatsiyalash. 3.Ta’lim tizimini tashkil qilish va boshqarishning samarasini oshirish. 4.Ta’lim metodikalarini takomillashtirish. 5.Xalq pedagogikasidan samarali foydalanish. Download 236.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling