Tartib raqam Sinf
Mavzu: Оlinаdigаn dаrоmаd vа uni tаqsimlаsh qоidаlаri
Download 0.61 Mb.
|
9 sinf texno kons
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rivojlantiruvchi maqsad
- Darsda jihozi
- Yangi mavzu bayoni
Mavzu: Оlinаdigаn dаrоmаd vа uni tаqsimlаsh qоidаlаri.
Darsning maqsadi: Ta‘limiy maqsad: O‘quvchilarga olinаdigаn dаrоmаd vа uni tаqsimlаsh qоidаlаri haqida ma’lumotlar berish. Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarni tozalikka, mehnatsevarlikka o‘rgatish. Turmushdagi ehtiyojlar va ulardan foydalanishni tushuntirish. Texnika xavfsizligi qoidalari, ish o‘rnini tashkil qilish qonun qoidalarini tushuntirish, sanitariya gigiyena talablariga to‘liq rioya etishni o‘rgatish. Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilar tasavvurida olinаdigаn dаrоmаd vа uni tаqsimlаsh qоidаlаri haqida bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish. Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi. Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, ko‘rgazmali va boshqalar. Dars metodi: guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”, “B/B/B” metodlaridan foydalaniladi. Darsda jihozi: pazandachilik o‘quv xonasi, tikuvchilik ish qurollari va jixozlari, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar, test materiallari. Darsning borishi: Tashkiliy qism: Salomlashish Davomatni aniqlash Darsga tayyorgarlik ko‘rish O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish. Uyga vazifani so‘rash: Savol – javob o‘tkazish Topshiriqlarni tekshirish Yangi mavzu bayoni: Ma’lumki har qanday korxona (firma) tovar yaratadi, xizmat ko‘rsatadi. Maqsad o‘z faoliyatidan yuqori daromad, foyda olishga intilishdir. Bunga erishishi natijasida resurslar sotib oladi. Demak, ma’lum miqdorda sarf harajat qiladi. Korxonaning faoliyati doiraviy aylanishda bo‘ladi, ishlab chiqarish uchun sotib oladi, keyin sotadi, yana sotib oladi. Korxonaning iqtisodiy resurslar sotib olish uchun qilgan sarfi ishlab chiqarish harajatlari deb ataladi. Demak, tovarni ishlab chiqarish va uni sotish uchun sarf harajatlar bo‘ladi. Ishlab chiqarish sarf -haraj atlari – bu tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va ularni iste’molchilarga yetkazib berishga qilinadigan barcha sarflar yig‘indisi tushuniladi. Harajatlar tarkibiga xomashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilg‘i, energiya, asosiy ishlab chiqarish qurollari amortizatsiyasi, ish haqi, ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar, foiz to‘lovlari va hokazolar. Ishlab chiqarishga qilingan barcha sarf harajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxini tashkil etadi. Ishlab chiqarish harajatlari ikkiga bo‘linadi: 1. Bevosita ishlab chiqarish harajatlari, ya’ni xomashyo harajati, yoqilgi va moylash materiallariga harajatlar, amortizatsiya harajati, ish haqi harajati. 2. Muomala harajatlari, ya’ni qo‘shimcha muomola harajatlari, sof muomala harajatlari. Tovarlarni o‘rash, qadoqlash, saqlash, transportga ortish, tashish, saqlash harajatlari qo‘shimcha muomala harajatlarini tashkil etadi. Iste’molchilarning talabini o‘rganish (marketing), reklamalar, sotuvchilarga haq to‘lash – sof muomala harajatlarini tashkil etadi. Korxona o‘z qo‘lidagi mablag‘larini ishlab chiqarishga sarflamay anka qoyishi, unga aktsiya sotib olishi, o‘z ixtiyoridagi bino, inshoat, stanoklarini sotish yoki ijaraga berishi mumkin. Lekin korxona o‘z faoliyatini davom ettirishi va daromad olishi uchun pul doimo harakatda bo‘ladi. korxonaning harajatlari tashqi va ichki bo‘ladi. Tashqi harajatlarga – ishchi kuchi, xomashyo, transport, aloqa xizmati, energiya haqi, bank tijorat xizmatlari uchun qilingan harajatlar kiradi. Ichki harajatlarga korxona ixtiyoridagi bino-inshoat amortizatsiyalari, mashina uskuna amortizatsiyasi, ijara haqi, qarz pul mablag‘lari, meyoridagi foyda va boshqalar kiradi. Korxonada ishlab chiqarilgan, yaratilgan ichki milliy mahsulotni, shuni yaratishda ishtirok etgan xodimlarning sarf qilgan mehnatning miqdori va sifatiga qarab hamda mehnat unumdorligining o‘sishiga qarab harajatlarning taqsimlanadigan qismi ish haqi hisoblanadi. Ish haqi – ishchi va xizmatchilar mehnatining miqdori, sifati va unumdorligiga qarab, milliy mahsulotdan beriladigan ulushining puldagi ifodasidir. Ishbay va vaqtbay ish haqi turlari bor. Ishbay ish haqi ishchining ishlab chiqargan mahsulot miqdori va sifati yoki bajargan ishining hajmiga qarab beriladigan ish haqidir. Vaqtbay ish haqi – bu xodimlarning malakasi, mehnatining sifati va ishlagan vaqtiga qarab to‘lanadigan ish haqidir. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling