Тартибга солинадиган иктисодиёт зарурми ёки эркин бозорми


Qo’shilgan qiymat solig’i stavkasi va uni undirish tartibi


Download 1.19 Mb.
bet31/103
Sana02.06.2024
Hajmi1.19 Mb.
#1833788
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   103
Bog'liq
portal.guldu.uz-XORIJIY DAVLATLAR SOLIQ TIZIMI

9.2. Qo’shilgan qiymat solig’i stavkasi va uni undirish tartibi.


Qo’shilgan qiymat solig’i Shveytsariyada faqatgina 1995 yil 1 yanvarda, Yevropa ittifoqi mamlakatlari soliq tizimi bilan bir xil bo’lish maqsadida, oborot solig’ining o’rniga kiritildi. Shveytsariyada QQS – umumiy foydalanish va iste’mol uchun soliq bo’lib, tovar importi taqsimoti va ishlab chiqarishning barcha bosqichlaridan olinadi. Bu soliq bo’yicha uchta stavka mavjud: qat’iy – 6,5 foiz, mehmonxona tarmog’idagi xizmatlar uchun maxsus stavka – 3 foiz va oziq – ovqat, spirtsiz ichimliklar, qushlar, baliq, don, tibbiyot tovarlari, poligrafiya mahsulotlari uchun pasaytirilgan stavka — 2 foiz. Bojxona bojlari import tovarlar kabi eksport operatsiyalaridan ham qat’iy stavkalar bo’yicha olinadi16.


9.3. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining hisoblanishi.


To’g’ri soliqlar ichida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i hamda yuridik shaxslardan olinadigan foyda va kapital solig’i muhim ahamiyatga ega. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ini Shveytsariyada foydali faoliyatni amalga oshiradigan barcha shaxslar to’laydilar. Maksimal stavka 11,5 foizni tashkil qiladi.


9.4. Federal foyda solig’i. Kapitaldan olinadigan soliq. Sof aktivlar va daromad solig’i.


Foydadan olinadigan federal soliq esa progressiv soliq bo’lib, uch darajali shkala bo’yicha undiriladi. Manba solig’i 3,63 foiz stavka bo’yicha undiriladi. Maksimal stavka jami foydaning 9,8 foizidan oshmasligi kerak. Kapital soliq proporsional soliq hisoblanadi. U olingan kapitaldan hamda balansda ko’rsatilgan va ko’rsatilmagan zahiralardan olinadi. Soliq stavkasi soliqqa tortiladigan kapital summasining 0,08 foiziga teng.
Ta’kidlanganidek, kantonlar o’z qonunlarini o’zlari tuzadilar. Ammo 2001 yil boshlariga kelib, soliqqa tortishni uyg’unlashtirish qonuniga asosan ular bu qonunlarni tenglashtirishlari lozim edi. Daromaddan olinadigan soliq va sof aktivlar davriy soliqlardir. Shuning uchun ular ma’lum bir aniq vaqtda yig’ilishi kerak. Kantonlarda federal baza stavkasi bo’yicha va kantonlar hamda munitsipalitetlarning qo’shimcha stavkalari bo’yicha hisoblangan soliq summasidan ham jismoniy shaxslarning daromad solig’i to’lanadi.

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling