Тасаввуф фалсафаси


Download 0.55 Mb.
bet1/5
Sana17.06.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1526901
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Mirshamsiyev Salimjonning Falsafa va madaniyatshunoslik fanidan

ORENTAL UNVERSITET Pedagogika pisixalogiya fakultet sirtqi 1 - kurs 5-gurux talabasi Mirshamsiyev Salimjonning Falsafa va madaniyatshunoslik fanidan tayyorlagan slaydi

Mavzu: Tasavvuf falsafasi

Tasavvuf, bir tomondan, din va shariat, ikkinchi tomondan, falsafa va hikmat ilmi bilan bogʻliq holda rivojlanib kelgan oʻziga xos taʼlimotdir. Ammo shunisi borki, soʻfiylar oʻzlarini har doim faylasuflarga va kalom ahli (shariat ahli ulamolari)ga qarama-qarshi qoʻyib kelganlar. Nega? Chunki kalom ahli Qurʼon oyatlari, Paygʻambar hadislarini zohiran oʻrganish, olam yaratilishi va tuzilishini aynan diniy tasavvurlar bilan tushuntirishdan nariga oʻtmas, islomni ham, iymonni ham aql bilan qabul qilish va ahkomlarning rasm-rusumlari, odatlarni mustahkam saqlash uchun kurashganlar.

Tasavvuf inson haqidagi bu qarashlarni qabul qilgan. Shu kabi insonning ikki asos – jism va ruhdan iboratligi, inson jismida toʻrt unsur – suv, olov, havo va tuproq xususiyatlari jamlangani qayd etiladi. Inson oʻz ruhi bilan farishtalarga, jismi bilan esa tabiatga, yaʼni hayvonlarga borib taqaladi, deydi tasavvuf shayxlari.

Tasavvuf inson haqidagi bu qarashlarni qabul qilgan. Shu kabi insonning ikki asos – jism va ruhdan iboratligi, inson jismida toʻrt unsur – suv, olov, havo va tuproq xususiyatlari jamlangani qayd etiladi. Inson oʻz ruhi bilan farishtalarga, jismi bilan esa tabiatga, yaʼni hayvonlarga borib taqaladi, deydi tasavvuf shayxlari.


Faylasuflar Xudoni ham shu yoʻsinda oʻrganib, uni Sababi avval, Birinchi turtki beruvchi yoki Javhar deb taʼriflaganlar. Garchi Aflotun va uning izdoshlari Xudoni mutloq ruh deb, inson va olamda ruh birlamchi asos ekanligi tan olinsa-da, biroq bu ruhni oʻzidan oʻtkazib emas, balki “obyektiv borliq” sifatida, bir asbob sifatida chetdan turib hissiz qarab chiqish koʻzga tashlanadi.

Birinchidan, bu – dunyoga antropotsentrizm nuqtai nazaridan qarashda koʻrinadi. Yaʼni insonni “olam mehvari” deb bilish, olamdagi barcha harakat, voqea-hodisa, oʻzgarish-yangilanishlarni insonda mushohada etish va inson orqali tushuntirish.


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling