Tasavvuf va badiiy ijod


-Mavzu:“Dеvоni hikmat”da shariat va tariqat ahkоmlari


Download 70.07 Kb.
bet18/41
Sana26.06.2023
Hajmi70.07 Kb.
#1655898
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41
Bog'liq
Zaripboyeva Soliyajon Tasavvuf

15-Mavzu:“Dеvоni hikmat”da shariat va tariqat ahkоmlari.

Devoni hikmat“ — Ahmad Yassaviyning sheʼrlarini oʻz ichiga olgan majmua. Asl nusxasi saqlanmagan. 19-asrdan boshlab Toshkent, Buxoro, Kogon, Qozon, Istanbul sh.larida bir necha bor nashr etilgan. Mavjud qoʻlyozma va bosma nusxalar bir-biridan farq qiladi. Ahmad Yassaviy „Devoni hikmat“ ni shu nom bilan kitob tarzida tartib bermagan. Uni Yassaviyning murid va izdoshlari tuzishgan. Yaʼni ustozlarining hikmatlarini bir joyga jamlab, unga „Devoni hikmat“ nomini berishgan. Yassaviylik tariqatiga kirganlar uchun „Devoni hikmat“dagi sheʼrlarni oʻqib yod olish, hatto qobiliyati yetadiganlar uchun shunday shaklda sheʼrlar yozish tariqatning daxlsiz talablaridan hisoblangan. Yassaviylik tariqati koʻplab shoirlarni yetishtirib chiqarishda oʻziga xos maktab vazifasini bajargan. „Devoni hikmat“dagi hamma sheʼrlar ham Yassaviyga mansub emas. Unda Yassaviy izdoshlarining ijod namunalari ham kiritilgan. Asar poetik jihatdan xalq qushiklariga yaqin. Shu bois u xalq ommasi orasida keng tarqalgan. Natijada Yassaviy hikmatlari ogʻizdan-ogʻizga kuchib, kitobdan-kitobga oʻtib, oʻz asl tilini va uslubini oʻzgartirgan, ammo ularning asosiy gʻoyaviy mazmuni saqlanib qolgan. „Devoni hikmat“ islom dini asoslaridan bahs etuvchi, shariatning ahkomi va ahli sunnatning aqidalaridan saboq beruvchi, tasavvuf sirlari va tariqatning odobu arkoni yoritilgan qomusiy harakterdagi asardir. Unda ilohiy ishq gʻoyasi va didaktik mazmun yoʻnalishi yetakchilik qiladi. „Devoni hikmat“da munojot, qasida, munozara janri talablariga muvofiq keladigan sheʼrlar bilan bir qatorda, „Meʼrojnoma“ (Hazrat Muhammad alayhissalom madh etilgan manzuma) ham oʻrin olgan. Yassaviy tariqati turli davrlarda va turli joylarda Ahmad Yassaviyning koʻplab shogirdlari va muxlislari tomonidan davom ettirilgan. Sulaymon Boqirgʻoniy, Bobo Mochin, Shamsiddin Oʻzgandiy Xudoydod, Qul Nasimiy, Ubaydiy va b. tasavvuf shoirlar „Devoni hikmat“ taʼsirida bir qator asarlar yozgan. Shu bois „Devoni hikmat“ faqat Yassaviyniki boʻlmay, Yassaviy tariqatining bir necha asrlik umumiy bir adabiy yodgorligi hisoblanadi. Xoja Ahmad Yassaviy (Yassi yaqinidagi Sayram shahri, taxm. 11-asrning 2-yarmi — 1166) — tasavvufning mashhur namoyandalaridan biri, shoir. Otasi Shayx Ibrohim javonmardlik tariqatiga mansub nufuzli zotlardan bo‘lgan. Yassaviy tug‘ilgach, ko‘p o‘tmay onasi — Muso Shayxning qizi Oysha xotun vafot etadi. 7 yoshida otasidan ham ajraladi. Yassaviy tarbiyasi bilan opasi Gavhar Shahnoz mashg‘ul bo‘ladi. Yassaviy opasi bilan Yassiga ko‘chib borgach, 1-ustozi Arslon bob bilan uchrashadi va undan tahsil oladi («Yetti yoshda Arslon bobom izlab topdim...»). Yassaviy Yassida botin ilmi sirlarini mukammal o‘zlashtirgan. O‘sha zamonlarda ilm-ma’rifatning Movarounnahrdagi markazlaridan bo‘lgan Buxoroda Turkistonning turli tomonlaridan tolibi ilmlar yig‘ilishgan. Arslon bob ko‘rsatmasi bilan Yassaviy ham Buxoroga boradi. Davrning eng peshqadam olimi va sufiysi Shayx Yusuf Hamadoniy bilan uchrashib, unga murid tushadi. Buxoroda u arab tili bilan bir qatorda fors tilini ham chuqur o‘rganadi. Forsiyda yaratilgan tasavvufiy adabiyot bilan tanishadi. Xoja Abduxoliq G‘ijduvoniy, Abdulloh Barqiy, Xoja Hasan Andoqiylar bilan hamsuhbat va hammaslak bo‘lib, Yusuf Hamadoniy muridlari qatoridan o‘rin oladi. Alisher Navoiy Yassaviy to‘g‘risida «Maqomoti oliy va mashhur, karomoti matavoliy va nomahsur ermish. Murid va ashob g‘oyatsiz va shohu gado aning irodat va ixlosi ostonida nihoyatsiz ermish», — deydi. Bu fikr Yassaviyning Yassiga qaytib kelib, yangi bir tariqatga asos solgan murshid sifatida shuhrat topgan davrlariga tegishlidir. Yassaviy turkiy xalqlarni islomga yanada kengroq jalb qilish va tasavvuf g‘oyalarini omma ko‘ngliga chuqur singdirish maqsadida she’riyatdan ham foydalangan. Abdurauf Fitratning ta’kidlashicha, Yassaviyning «adabiyotda tutgan yo‘li sodda xalq shoirlarimizning tutg‘on yo‘lidir... Uning hikmatlari vaznda, qofiyada, uslubda xalq adabiyoti atalgan she’rlar bilan barobar». Yassaviy nuqtai nazarida hikmat — «ilmi laduniy», ya’ni ilmi g‘aybu haqoyiq va ilohiy sirlarni kashf aylash mazmuniga ham ega. Yassaviyning o‘zi «Devoni hikmat» nomi bilan biron bir kitob yaratmagan. Ushbu nodir asar uning murid va izdoshlari tomonidan tartib berilgan. Lekin bu narsa hikmat majmuasining Yassaviyga aloqasi yo‘q, degan da’voni ilgari surishga asos bermaydi. So‘fi Olloyor Yassaviy haqida fikr bildirib, yana shunday degan:


Download 70.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling